Innovatsiion iqtisodiyot


Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi fanining predmeti



Download 125,62 Kb.
bet5/7
Sana07.04.2022
Hajmi125,62 Kb.
#535715
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Korxonalarning rivojlanish strategiyasi fanining predmeti va vazifalari

Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi fanining predmeti

Ma’lumki, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib berish bilan tugallanadi. Bozor munosabatlari sharoitida bu jarayen tayyer tovarlarni qiymatini o‘zaro ayirboshlash jarayeni natijasida sotuv qilinishi bilan belgilanadi. Tovarlar sotuvi ishlab chiqarish jarayenining muvaffakiyatli tugallanishini asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi va bir vaqtning o‘zida korxonaning me’yordagidek xo‘jalik faoliyatini yuritishda muhim hisoblanuvchi aylanma mablag’larini aylanishining tugallangan boskichi hisoblanadi. Sotuv qilingan tovarlar iste’molchilarga yuborilgan yeki korxonalar tomonidan turlicha pul shaklida tushumga ega bo‘lgan tayyor tovarlar hisoblanadi.


Mahsulot sotuvidan tushum o‘zida sotuv qilingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga korxona hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag’lari yigindisini o‘zida aks ettiradi. Mahsulot sotuvidan tushum korxonaning pul daromadlarini asosiy manbai hisoblanadi. Sotuvdan tushum muhim moliyaviy kategoriya sifatida tovarlar yetkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi pul munosabatlarini o‘zida aks ettiradi. Moliyaviy kategoriya sifatida tushum korxonalar moliyaviy mablag’larining va pul mablag’larining bosh moliyaviy manbai hisoblanadi. Shuningdek moliyaning koorxonalar doirasidagi taqsimot funksiyasini asosiy obyektlaridan biri hisoblanadi.
Moliyaviy mablag’lar- mehnatga to‘lovlar fondi va pul qoplamalariga taqsimlanish jarayenida foydalanuvchi yalpi daromad va pul qoplamalaridan iboratdir, pul mablag’lari esa– aylanma mablag’lar va amortizatsiya hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda iqtisodiy adabiyotlarda sotuv qilingan mahsulot tushunchasi haqida turli xil karashlar mavjud. Xususan, vositachilik– ta’minot- savdo va tayyerlov tashkilotlarda ulgurji baholar bo‘yicha sotuvdan tushumni mahsulot sotuvidan tushum hisoblash mumkinmi?– degan bahsli munozara mavjud. +ator iqtisodchilar sotuv tushunchasi sotuvning asosiy obyekti hisoblangan tovarlarni bevosita iste’molchilarga tushishi bilan bog’liq deb hisoblaydilar.
Bu munozara kushilgan qiymat, aksiz soliqlarini to‘lovchilar haqidagi masalani xal qilishda kutariladi. Bu soliqlarning to‘lovchilari iste’molchilar hisoblanadi. Budjetga ularni tovarlar sotuvini kiluvchi korxona, soliq vositachilari keltirib tushiradi.
Bizning fikrimizcha, korxonalar moliyasi uchun muhim hisoblangan mahsulot sotuvi tushunchasining mohiyatini aniqlash uchun qo‘yidagilarni ko‘rib utish lozim:
Birinchidan- sotuvdan tushum qiymatning tovar shakli bilan pul shaklini o‘zaro almashishi hisoblanadi. Sotib oluvchi tomonidan tovarlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish natijasida tovar pul shakliga almashadi; ikkinchidan-subyektlar mulklari o‘zaro almashadi: tovarlarni to‘lovini sotib oluvchi amalga oshirganga kadar tovarlar mulkiy egaligi ishlab chiqaruvchida bo‘ladi. Tovarlarning to‘lovlari amalga oshirilgandan so‘ng sotib oluvchi mulkchilik subyektiga aylanadi.
Bu ikki jarayonning majmuasi, ya’ni mulk va qiymat shaklining o‘zaro almashuvi sotuv qilingan mahsulot tushunchasining iqtisodiy mohiyati hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, tayyer mahsulotning tovarlarni o‘zaro ayriboshlash operatsiyalari uchun foydalaniladigan qismini sotuv qilingan mahsulotga kiritish mumkin emas (Barter operatsiyalari).
Bizning fikrimizcha, bunday shartnomalarning amalga oshishi qonunchilik bilan cheklanishi lozim, modomiki, bu mamlakatdagi pul muomalasini buzilishiga olib keladi, mahsulot sotuvidan foyda miqdorini kamaytiradi va soliqqa tortishda chetlashish holatlarini vujudga keltiradi. Mahsulot sotuvdan tushum o‘lchoviga sotuv qilingan mahsulotning miqdori assortiment ko‘rsatkichlari, sotuv qilinadigan mahsulotlarning sifati, hisob kitob tartiblari va baholar ta’sir qiladi.
Mahsulot sotuvidan tushumning miqdoriga ishlab chiqarish xajmi bog’liq bo‘ladi va sotuv davrining boshi va oxiridagi sotuv qilinmagan qoldik mahsulotlar ulchamiga bog’liq. Umuman, hozirgi sharoitda ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish va mahsulot ishlab chiqarish birligini yuqori samaradorligini ta’minlash xukumatimiz tomonidan asosiy masala sifatida kuyilishi sharoitda korxonalarda mahsulot sotuvidan tushumni rejalashtirish va uning sifat ko‘rsatikichlarini oshirishning moliyaviy imkoniyatlarini yaratish muhim hisoblanadi.
Sotuv qilingan mahsulotlarning assortiment ko‘rsatkichlari tushumga faol ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida tushumga ikki tomonlama ta’sir qiladi. Tovarlar bahosini o‘sishi sharoitida mahsulot assortimentlarining ham yuqori bo‘lishi tushum miqdorining oshishiga olib keladi. Bu yerda shuni takidlash lozimki, tushumning miqdor ko‘rsatkichlariga baholarning o‘sishiga to‘g’ri proporsional ammo, teng shart sharoitlarda baholarning o‘sishi mahsulot sotuvini xajmini pasaytiradi. Natijada korxonalarning yetarli darajadagi pul tushumlari shakllanmaydi. Bu holat albatta, birlamchi darajadagi to‘lanishi zarur bo‘lgan joriy majburiyatlarni qaytarish imkoniyatini pasaytiradi va korxonaning moliyaviy holati yomonlashishi mumkin.
Sotuv qilingan mahsulotning sifati ham tushum o‘lchoviga ikki tomonlama ta’sir etadi. Tayyer mahsulot bahosiga uning sifati va iste’mol xususiyati ta’sir qiladi.
Mamlakatdagi to‘lov hisob kitob tartiblari ham sotuvdagi tushumga ta’sir etadi.
Mahsulot sotuvidan tushumning iqtisodiy mohiyati nuqtai nazardan ikki elementdan tashkil topadi. Birinchisi, yalpi daromad ikkinchisi pul jamg’armalari.
Mahsulot sotuvidan tushum taqsimot munosabatlarining bosh moliyaviy ko‘rsatkichlari sifatida o‘ziga hos xususiyat kasb etib bunday xususiyatlar turli mulk shakllarida va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvchi korxonalar nuqtai nazardan turkumlanadi. Xususan, moddiy ishlab chiqarish korxonalarida asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi sifatida olingan foydaning bosh moliyaviy manbai ishlab chiqarilgan tovarlar sotuvidan tushgan tushum hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlarida esa ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga olingan pul tushumlari asosiy faoliyatning moliyaviy natijalarini moliyaviy manbai hisoblanadi. Umuman olganda moliyaviy nuqtai nazardan bu ikki xo‘jalik subyektida mahsulot sotuvidan tushumning shakllanishi bir mazmunni anglatadi ya’ni avanslangan kapitalning foydaliligi, samaradorliligini belgilab beruvchi bosh moliyaviy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ammo, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining texnik iqtisodiy asoslari nuqtai nazardan korxonalarda mahsulot sotuvidan tushumning shakllanish yo‘nalishlari farklanadi. Masalan, moliyaviy sektor institutlarida mahsulot sotuvidan tushgan tushum emas balki operatsion daromadlar sifatida hisoblanadi.
Mahsulot sotuvidan tushum moliyaviy kategoriya sifatida taqsimot munosabatlarining asosiy manbai hisoblanadi. Mahsulot sotuvidan tushum moliyaning asosiy harakterli belgilaridan bo‘lgan pul fondlarini shakllantirishdagi asosiy moliyaviy manbalardan biri hisoblanadi.
Har qanday qiymat taqsimot munosabatlari umumiy ekvivalent ya’ni pullar vositasida amalga oshiriladi. Shuningdek taqsimlash xarakteridan iborat bo‘lgan pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlarni o‘zida aks ettiradi




  1. Download 125,62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish