Innovatsiion iqtisodiyot



Download 125,62 Kb.
bet3/7
Sana07.04.2022
Hajmi125,62 Kb.
#535715
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Korxonalarning rivojlanish strategiyasi fanining predmeti va vazifalari

Mavzuning maqsadi: Ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning realizatsyasi tovar qiymatining puldagi ifodasi hisoblanuvchi narxlar bo‘yicha pulga sotish va sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ammo pulning o‘zigina moliyaviy munosabatlarni yoki moliyani anglatmaydi. Pul boshqa tovarlarni qiymatini o‘zida aks ettiruvchi maxsus tovargina hisoblanadi va uning muomalasi sodir bo‘ladi. Moliya iqtisodiy munosabatlar hisoblanib pul aylanishi vositasida amalga oshiriladi. Bu moliyaning pul munosabatlaridan iborat xususiyatli belgisi hisoblanadi.
Mavzuning vazifalari: Tovarlar sotuvi natijasida olingan pul tushumlarining taqsimlanishi natijasida korxonalarda turli xo‘jalik subyektlari bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi. Bunday moliyaviy munosabatlar yaratilgan tovarlarning qiymati nuqtai nazaridan o‘zaro unda ishtirok etuvchilar o‘rtasidagi taqsimot munosabatlari yuzasidan sodir bo‘ladi. Xususan iqtisodiy nazariyada tovar bilan mahsulotning asosiy farqli jihatlari sotish uchun mo‘lljallangan mahsulotlargina tovar harakterini olishi va bundan tovarlar ijtimoiy harakter kasb etishini ta’kidlab utiladi. Shuning uchun ham har qanday ishlab chiqarilgan tovarlar, ularni sotib oluvchilar, mahsulot yetkazib beruvchilar, turli xil xizmat ko‘rsatuvchilar va davlat budjeti o‘rtasida qiymat taqsimot munosabatlari amalga oshiriladi. Buni quyidagi chizma asosida ko‘rib o‘tamiz.

  1. Korxonani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish

Korxonalar moliyaviy mablag’larini faqat qiymat kategoriyasi sifatida tushunish samarali tadbirkorlik faoliyati uchun ularni ahamiyatini to‘la aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, korxonalar moliyaviy mablag’lari mazmunini ularning o‘z majburiyatlri bo‘yicha vaqtida hisob-kitob qilishlariga hamda takror ishlab chiqarishni tashkil etishga imkon beruvchi pul mablag’larining yigindisi sifatida tushunish mumkin.
Bu o‘rinda I.T.Balabanovning “Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy mablag’larini uning ixtiyorida mavjud bo‘lgan pul mablag’lari tashkil etadi” degan fikrga qo‘shilish mumkin. Moliyaviy mablag’lar mohiyatini shunday talqin etishning yana bir yorqin misolini E.A.Kozlovskaya boshliq mualliflar fikrida ko‘rish mumkin “korxonaning moliyaviy mablag’lari -uning ixtiyorida bo‘lgan va turli moliyaviy majburiyatlarini bajarish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bo‘yicha va xodimlarni iqtisodiy rag’batlantirish bo‘yicha harajatlarni amalga oshirishga qaratilgan pul daromadlari va tushumlaridir”. Biroq, shunga alohida etibor berish lozimki rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida “Pul mablag’lari” tushunchasi ostida korxonaning bevosita uning kassasi va bankdagi hisob raqamlaridagi pul mablag’lari hamda qimmatbaho qog’ozlarda ifodalanuvchi qisqa muddatli yuqori likvidli sarmoyalar sifatidagi pul ekvivalentlari tushuniladi. Albatta moliyaviy bozorning rivojlanib borishi bilan bizning mamlakatimiz iqtisodiyotida ham qimmatbaho qog’ozlarning qisqa muddatli va yuqori likvidli turlari o‘z o‘rnini egallaydi.
Korxonalar moliyaviy mablag’larini pul mablag’lari summasi va korxonalar ixtiyoridagi pul ekvivalentlarining yigindisi sifatida tushunish bilan birga bizning fikrimizcha moliyaviy mablag’larning dinamik harakatchanligini ya’ni ularning shakllanishi va ulardan foydalanish jarayonida doimo o‘zgaruvchanligini ham alohida belgilab utish lozim. Moliyaviy mablag’larni ularning harakati jarayonidan ajratilmagan holda ko‘rib chiqish imkoniyatining yukligi shu bilan belgilanadiki mablag’larning alohida olingan bir sharoitdagi holatini uning harakati natijasidir. Korxonaning barcha joriy va uzoq muddatli majburiy to‘lovlarining o‘z vaqtidaligini ta’minlash uchun moliyaviy mablag’lar harakati jarayonini boshqarish zaruriyati vujudga keladi.
Moliyaviy mablag’larning dastlabki shakllanishi korxona ta’sischilari tomonidan uning ustav fondi tashkil etilayotgan vaqtga to‘g’ri keladi. Korxona ustav fondining tashkil topishi manbaiga xo‘jalik yuritishning tashkiliy huquqiy shakllariga ko‘ra quyidagilar kiradi:
-shaxsiy jamg’armalar (xususiy korxona uchun);
-hissadorlik kapitali;
-shirkatlar yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatlar a’zolarining pay badallari;
-budjet mablag’lari uzoq muddatli kredit.
Moliyaviy mablag’larning ishlatilishi qator yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladiki ularning asosiylari qo‘yidagilar:
-moliya-bank tizimi muassasalariga to‘lovlar (soliq va to‘lovlar, kredit uchun foiz to‘lovlar, kreditning qaytarilishi, sug’urta to‘lovlari va x.k.);
Korxona o‘z mablag’larining ishlab chiqarishni kengaytirish texnik qayta kurollantirish bilan bog’liq holda kapital harajatlarga investitsiya qilinishi
-shablag’larning qimmatbaho qog’ozlarga investitsiya qilinishi;
-moddiy rag’batlantirish va sotsial - madaniy maqsadlar uchun fondlarni tashkil etilishi;
-hayriya exson maqsadlari va boshqalar.
Moliyaviy mablag’lar bu davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar qo‘lida tashkil topuvchi pul daromadlari, jamg’armalar va tushumlardir. Ular kengaytirilgan ishlab chiqarish ta’minlash, turli xil faoliyatlarni moddiy rag’batlantirish, ijtimoiy extiyojlarni kondirish, mudofaa extiyojlari va davlat boshqaruvi uchun mo‘ljallanadi. Moliyaviy mablag’lar moliyaviy munosabatlarni moddiy asosi hisoblanadi. Moliyaviy mablag’lar ikki turda bo‘ladi.
Makromablag’lar, ular umumdavlat miqyosida tashkil topadi.
Mikromablag’lar, ya’ni xo‘jalik subyektlari moliyaviy mablag’lari.
“Korxona moliyaviy mablag’lari bu xo‘jalik yurituvchi subyektning ixtiyorlarida bo‘lgan va moliyaviy majburiyatlarni bajarishga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga doir harajatlarni amalga oshirishiga va korxona xodimlarini iqtisodiy rag’batlantirishga mo‘lljallangan pul daromadlari va tushumlaridir”. Korxonalar moliyaviy mablag’lar hisobidan o‘z-o‘zini moliyalashtiradi: Korxona moliyaviy mablag’lari bir qancha manbalar hisobiga shakllanadi. Bu manbalarning ko‘pgina olimlari o‘z asarlarida sanab utishgan. Jumladan, V.A.Chjen Korxona moliyaviy mablag’larini 3 guruhga bo‘lib ko‘rsatdi: O‘z mablag’lari hamda ularga tenglashtirilgan mablag’lar; moliyaviy bozorga safarbar qilinadiganlardan tushgan mablag’lar va qayta taqsimlash tartibida tushuvchi moliyaviy mablag’lar. A.Ulmasov va M. Sharifxujayevlar esa moliyaviy mablag’lar manbalarini birma bir tulik keltiradilar. Olimlarning fikrlarini solishtirib shuni anglash mumkinki, ular bir-biridan unchalik fark kilmaydi. Bu fikrlarni jamlab moliyaviy mablag’lar manbalarini qo‘yidagicha tasvirlash mumkin.
Moliyaviy mablag’larning dastlabki shakllanishi ustav fondi hisobiga amalga oshiriladi. Ixtiyoriy xo‘jalik yurituvchi subektning iqtisodiy shakllanishi asosiy va aylanma mablag’larini tashkil etish bilan boshlanadi va ularni qiymati ustav fondi miqdorini ko‘rsatadi.
Ustav fondi xo‘jalik yurituvchi subyektning xayotiy faoliyatini ta’minlash maqsadida uning ta’sischilari tomonidan kuyilgan ulushlari yig’indisini ifodalaydi. Binolar, inshootlar, jixozlar va boshqa moddiy boyliklar: yerdan, suvdan va boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish huquqini, shuningdek boshqa mulkiy huquq; qo‘shma korxona katnashchilarining mamlakati milliy valyutasidagi pul mablag’lari korxonaning ustav sarmoyasi jumlasiga kiritilishi mumkin.
Moliyaviy mablag’larning asosiy manbai bo‘lib tayyor maxsulotni sotishdan, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarilishidan olingan tushum hisoblanadi. U qayta taqsimlash jarayonida korxona pul daromadlari shaklini oladi. Daromadlar korxonalarning odatdagi xo‘jalik faoliyati tufayli aktivlarning ko‘payishi yoki korxona majburyatlarining kamayishi bo‘lib, o‘z sarmoyasining ko‘payishiga olib keladi.
Moliyaviy mablag’lar asosan foyda hisobidan shakllanadi. “Foyda kapital va ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib akl-idrok bilan ish yuritib, xatarli ishga tavakkal qo‘l urganligi uchun tegadigan moliyaviy mablag’ hisoblanadi”. Foyda shakllanishi korxona faoliyatini eng muhim tomonidir. Foyda massasi natijani tashkil etadi va korxona faoliyati ko‘lamini ko‘rsatadi. Foydani harajatlar bilan taqqoslash korxona faoliyatini samaradorligini tavsiflaydi. Foyda o‘z asosiga ko‘ra 2qismdan iboratdir: real va potensial foyda
Real foyda-mahsulot sotishdan tushgan tushum bilan ishlab chiqarishga ketgan harajatlar o‘rtasidagi farqdir.
Potensial-foyda korxonaning sotishdan tashqari faoliyati bilan bog’liq bo‘lib, qiymati vaqt davomida o‘zgaradigan aktivlardan (qimmatbaho qog’ozlardan olinadigan daromad, mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad va hokazo) shakllanadi. Foydaning shakllanishi omillarini tashkil qiladi va firma ichini 2 guruhga bo‘lish mumkin.
Tashqi omillar umum iqtisodiy holat inflyatsiya darajasi, ayrim tovar bozorlarning o‘ziga hos xususiyatlariga bog’liq.
Foydaning ichki omillari qo‘yidagilardan iborat:
-Asosiy ishlab chiqarish faoliyati va sotishdan tashqari daromadlar;
-Innovatsiyalarni tadbiq qilish;
-Tavakkalchilikni boshqarish;
Mehnat jamoasining bo‘sh pul mablag’larni jalb etishi moliyaviy mablag’larni kushimcha manbai bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi emissiya aksiyalarni, chiqarilgan obligatsiyalarni va boshqa xil qimmatli qog’ozlarni sotish hissadorlik jamiyatlarida moliyaviy mablag’larning yana bir manbai bo‘lishi mumkin.
+immatli qog’ozlar bozorini shakllantirish jarayonida moliyaviy mablag’lar hosil bo‘lishini boshqa elementlarning qimmatli qog’ozlari bo‘yicha dividendlar va foizlari, shuningdek qimmatli qog’ozlar bilan o‘tkazilgan operatsiyalarda musbat kurs tafovutiga erishilishi singari yangi manbalari paydo bo‘ladi.
Ixtyoriy korxonada ishlab chiqarish jarayonining moddiy texnika asosi bo‘lib asosiy ishlab chiqarish fondlari hisoblanadi. Asosiy fondlarning dastlabki shakillanishi, amal qilishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish, bevosita moliyaviy mablag’lar ishtirokida amalga oshiriladi. Asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qarab ularni qiymati 2 ga bo‘linadi:
1) Mahsulot tarkibiga kirib ketuvchi eskirish qiymati.
2) Amal qilayotgan asosiy fondlarning qoldik qiymati.
Asosiy fondlarning eskirgan qiymati mahsulot sotuvi davomida sekin astalik bilan maxsus amortizatsiya fondida pul shaklida jamlanadi. Asosiy vositalarning eskirishi ularni belgilangan xizmat muddati davomida hisoblanadi. Sarflash zaruriyati esa ularni haqiqiy hisobdan chiqarilganda paydo bo‘ladi. Shuning uchun ekspulatatsiyadan chiqarilgan asosiy fondlarni almashtirilguncha hisoblangan amortizatsiya ajratmalari vaqtincha bush hisoblanadi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni qo‘shimcha manbai sifatida ishlatilishi mumkin. Korxona tomonidan amortizatsiyani hisoblash usulini tanlash moliyaviy resurlar shakllanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki bu korxonaning asosiy moliyaviy proporsiyasiga uning sof foydasiga va pul muomalasiga, mablag’ bilan ta’minlashning ichki tuzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Amortizatsiya hisoblash uchun O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy andozasini 22-28 chi bandlarida ko‘rsatib utilgan.
Bunga ko‘ra amortizatsiya hisoblashni quyidagi usullari ajratib ko‘rsatiladi.

  1. Amortizatsiyani baravar hisoblash usuli.

  2. Ishlab chiqarish usuli.

  3. Jadaldashtirilgan amortizatsiya usuli.

Amortizatsiyani baravar hisoblash usuli shundan iboratki, asosiy vositalarning eskirishi ularni foydali ishlatish muddati davomida asosiy vositalar qiymatidan bir ulushda hisoblab chiqariladi. Shunga muvofiq amortizatsiya ajratmalarni hisoblab chiqish formulasi kuydagicha:
Ak- Asosiy vositalar qiymati.
An- Amortizatsiya normasi.
Ishlab chiqarish usuli esa har bir aniq yil davvomida asosiy vositani ishlab chiqarishni hisobga olishga asoslangan. Bu usul bo‘yicha eskirishning yillik miqdorini hisoblash uchun asosiy vositani foydali ishlatishning butun muddati uchun umumiy ishlab chiqarishni hisobga olishga asoslangan.
Ushbu usul bo‘yicha eskirishning yillik miqdorini hisoblash uchun asosiy vositani foydali ishlashining butun muddati uchun umumiy ishlab chiqarish
Yillar yigindisi usuli (akumuliyativ usul) qoldiqning kamayishi usuli aktivning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qilinadigan summaning kamayib borishini bildiradi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, baravar ishlab chiqarish usulidagi eskirish me’yori asosiy vositaning qoldik qiymatiga qo‘llaniladi. Uni hisoblanishicha
Ap q2 An (Ak * A )(
Ap-p- yildagi amortizatsiya summasi.
An -asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati
Ak-k-yilgacha bo‘lgan amortizatsiya summasi yigindisi.
Yillar yigindisi usuli mohiyati shundan iboratki har bir yilda amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddatining oxrigacha qolgan amortizatsiya qilinadigan qiymatdagi ulush sifatida aniqlanadi. Bu ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguncha qolgan tulik yillarning miqdorini amortizatsiya muddatini tashkil etuvchi yillarning tartib soni miqdorga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Asosiy vositalarning har xil turlariga amortizatsiya hisoblashning har xil usullarga qo‘llanishga yo‘l qo‘yildi. Bunda asosiy vositalarning bir turiga faqat bir usul qo‘llanishi lozim bo‘ladi.
+ushimcha moliyaviy mablag’larni jalb qilish shakllaridan biri bu qimmatli qog’ozlarni chiqarish miqdorini aniq bir yilda ishlab chiqarilishni bilish zarur. Ishlab chiqarish sifatida mahsulotning ishlab chiqarilgan birligi miqdorini, necha soat ishlaganini qabul qilish mumkin.
Asosiy vositalardan intensiv foydalanganida, shuningdek fan texnika taraqqiyoti asosiy vositalarning eskirishiga katta ta’sir o‘tkazganda asosiy vositalarning eskirishi jadalashtirilgan amortizatsiya yo‘li bilan hisoblanadi. Jadallashtirilgan amortizatsiya usulining mohiyati shundan iboratki, aylanmadan tashqari aktivlardan foydalanishning dastlabki yillarida ular dastlabki qiymatning asosiy qismi hisobidan chiqariladi. Bunga birinchidan, aylanmadan tashqari aktivlardan eng ko‘p foydalanish jadalligi ular xali fizik va ma’naviy jihatlardan yangi hisoblangan ulardan foydalanishning birinchi yillariga to‘g’ri kelishi; ikkinchidan, amortizatsiya qilinadigan obyekti tezlikda ma’naviy eskirgan takdirda uni almashtirish uchun rezerv yaratilishi: uchinchidan, amortizatsiya qilinadigan obektlardan foydalanishning oxirgi yillariga to‘g’ri keladigan, ularni tuzatishga sarflanadigan harajatlar ulushini ishlab chiqarish chikimlarni ko‘paytirmasdan ko‘paytirish imkoniyatini ta’minlashi sabab bo‘ladi. Bu usul ikki xil yo‘l bilan hisoblanadi:
Amortizatsiyaning ikki baravar ko‘paytirilgan me’yori bilan kamayadigan qoldiq usuli. qimmatli qog’ozlarni chiqarish va sotishda korxona ma’muriyati quyidagi muammoni xal etishi kerak. +aysi qimmatbaho qog’ozni chiqarib sotganda eng yuqori natijani xal eta oladi. Agar korxona o‘z mulkining bir qismidan foydalanish huquqini boshqasiga berishni hohlamasa obligatsiyalarni chiqarish maqsadga muvofiqdir. Obligatsiya aksiyadorlik jamiyati tomonidan uning faoliyatini mablag’ bilan ta’minlash uchun qarz mablag’lari manbai sifatida chiqariladi. Obligatsiyalar chiqarishda qarz oluvchi bilan qarz beruvchi o‘rtasida kontrakt to‘ziladi, kontraktda taraflarning huquq va majburiyatlari belgilanadi. Obligatsiya chiqargan aksiyadorlik jamiyat sharnomaga muvofiq olingan summani va bu bo‘yicha hisoblangan foizlarni belgilangan muddatlarda to‘lashi kerak. Obligatsiya u teng egasiga ovoz berish huquqini bermaydi. /arb mamlakatlarida amaliyotda obligatsiyalarning xillari ko‘p. Masalan, obligatsiyalar ta’minlangan va ta’minlanmagan, boshqa qimmatli qog’ozlarga konvertatsiya qilinishi yoki qilinmasligi, foiz to‘lashning mutlaqo har xil shartlariga ega bo‘lishi mumkin va boshqalar.




  1. Download 125,62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish