Innovations in economy



Download 370,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana25.10.2022
Hajmi370,93 Kb.
#856011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3637-Текст статьи-7344-1-10-20220105

Tadqiqot metodologiyasi 
Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda xalqaro turizm tizimida 
dunyoning mehnatga layoqatli aholisining 284 mln. kishisi banddir.[8] Shuningdek, bu tarmoqda 
yaratilgan bitta yangi ish o‘rni sanoat tarmog‘iga nisbatan 20 barobar arzonga tushadi. [9] Biror-bir 
mamlakatga tashrif buyuruvchi har 30 ta turist bevosita bitta yoki bilvosita ikkita yangi ish o‘rinlarini 
barpo qilishga imkoniyat yaratadi. [10].
Natijada, xulosa qilish mumkinki, jahon iqtisodiyotining boshqa tarmoqlariga nisbatan 
turizm sohasi nisbatan kamroq sarf-xarajatlar evaziga ko‘proq ish o‘rinlarini yaratishi va valyuta 
tushumlarini ta’minlashida xizmat qiladi. 
Diyorimizda turizmga oid ilmiy adabiyotlarda turizm industriyasi tushunchasi har tomonlama 
tadqiq etilib, ushbu soha mutaxassislaridan biri I.S.Tuxliyev tomonidan unga: “Turizm industriyasi - 
bu mehmonxonalar va joylashtirish vositalari, transport vositalari, umumiy ovqatlanish obektlari, 
ko‘ngil ochish obektlari va vositalari, davolash, sog‘lomlashtirish, sportga doir, diniy-marosimchilik, 
ishbilarmonlikka va boshqa maqsadlarga molik vositalar, turizm operatorlari va turizm agentligini 
amalga oshiruvchi, shuningdek, turizm infratuzilma tashkilotlari majmuidan iborat bo‘ladi” [11], deb 
ta’rif berilgan.
Shuningdek Kanadalik soha mutaxassislari Kanada turindustriyasi tarkibini jami 41 turdagi 
xizmat turlaridan iborat [12] deb e’tirof etishsa, amerikalik ekspertlar mamlakat turindustriya 
tarkibiga 39 turdagi xizmatlarni kiritishni lozim topilgan.
Rossiyalik olimlar M.E.Nemolyayeva va L.F.Xodorkovlarning bu boradagi “Zamonaviy 
turizm industriyasi - bu insonlarning tashrif buyurgan davlatlarida pul to‘lanadigan kasbiy faoliyatdan 
tashqari istalgan maqsadlarda vaqtinchalik ko‘chib yurishlari davomida vujudga keladigan talablarini 
qondirishga qaratilgan ishlab chiqaruvchilar guruhidir” [13] degan fikrlarini ilgari surishgan.
Bu borada bizning fikrimizcha, “turizm industriyasi” ga berilgan ta’riflarda uning butun 
ko‘lamini qamrab olish qiyindir. Shularni inobatga olgan holda, biz yukorida olimlar va mutaxassislar 
tomonidan “turizm” ”ziyorat turizmi” tushunchasiga keltirilgan ta’riflar tahlili natijasida uning 
mohiyatini ochib berishga ikki yoqlama yondashuvi orqali shunday xulosa qilishimiz mumkin: 
-
birinchidan, ushbu tushunchani talqin etish konsepsiyasiga “talab” nuqtai nazaridan;
-
ikkinchidan, “taklif” nuqtai nazaridan yondashuvni kuzatish mumkin. 
Ta’kidlash joizki, xalqaro miqyosda turizmga oid keltirilgan ayrim fikrlarda ushbu ikki 
yondashuvni birlashtirishga bo‘lgan intilishlarni ham namoyon bo‘lmoqda. Jumladan Xalqaro turizm 
Akademiyasi vitse-prezidenti M.B.Birjakov “Turizm bu: birinchidan, turizmning aniq maqsadlari 
asosida turistlar tomonidan amalga oshiriladigan sayohatlarning o‘ziga xos ommabop shakli, ya’ni 
turistning faoliyati shakli; ikkinchidan, ushbu sayohatlarni tashkillashtirish va amalga oshirish 
bo‘yicha turistik faoliyatdir. Turistik faoliyat esa turizm industriyasi va unga aloqador tarmoq 


ИҚТИСОДИЁТДА ИННОВАЦИЯЛАР - ИННОВАЦИИ В ЭКОНОМИКЕ - INNOVATIONS IN ECONOMY
№11 | 2021
31 
korxonalari tomonidan amalga oshiriladi” [14] degan fikrni bildirgan 
Mamlakatimizda sohaning yetakchi olimlaridan biri N.Tuxliyevning bu boradagi: “Turizmni 
talab va taklifning kompleks tizimi sifatida ko‘rib chiqish mumkin, [15] degan fikrlarini qo‘llab-
quvvatlagan xolda “ziyoroat turizmi” tushunchasini talab va taklifning tizimli yaxlit mexanizmi
nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi deb xisoblaymiz. 
Ziyorat turizmning o‘ziga xos murakkab jihatlari va mohiyatini nazariy va amaliy jihatdan 
ana shunday yondashuvlar asosida tahlil etish va aniqlash hamda amaliy taklif va tavsiyalarni ushbu 
yondashuvlar asosida ishlab chiqish tadqiqotimizning asosiy maqsadi va mazmunini o‘z ichiga oladi. 
Soxa mutaxasislar tomonidan keltirilgan fikr muloxazalardan kelib chiqqan xolda ziyorat 
turizmini turizm industriyasidagi tarmoqlararo ishlab chiqarish mexanizmidan tashkil topgan 
murakkab tashkiliy-ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida belgilash maqsadga muvofiq bo‘ladi deb 
xisoblaymiz.
Taxlillarga ko‘ra ziyorat turizmining samarali rivojlanish tamoyillari, fikrimizcha, sohani 
rivojlantirish xususida tizimlar nazariyasi va tizimli yondashuv asosidagi rivojlanishning nazariy 
jihatlarida o‘z aksini topadi. Natijada, ziyorat turizmi bozorining murakkab tizim sifatidagi 
xususiyatiga mos ravishda uning rivojlanishini ta’minlaydi. [16] 
Bu o‘z navbatida ushbu tizim bo‘g‘inlarining yaxlitlikdagi va o‘zaro moslikdagi harakatlari, 
ularning yuqoriroq samara berishini taqozo etadi. Tizimlar o‘ziga xos elementlar majmui bilan hamda 
o‘zining tuzilmaviy xarakteri bilan, elementlar o‘rtasidagi munosabatlari bilan, ularning o‘zaro ta’sir 
etish metodlari hamda tashqi muhiti bilan bog‘liqligida xarakterlanadi. 
Ziyorat turizmining o‘ziga xosligi moddiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy, geografik ko‘lami, 
tabiiy-geografik, etnografik, ijtimoiy xususiyatlari bilan namoyo bo‘lib rivojlanishini 
muvofiqlashtiruvchi boshqaruv tizimiga ega. Ilmiy ishning tegishli taxlillaridan kelib chiqib, 
tadqiqotimiz obekti sifatida O‘zbekistonda ziyorat turizmi subektlari faoliyati belgilangan. 
Ziyorat turizmi murakkab va ochiq iqtisodiy tizimga xos bo‘lgan tuzilmaviy xarakterga ega 
bo‘lib quyidagi tuzilmaviy tasniflardan, ya’ni: 
- bozor mexanizmi; 
- ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi; 
- xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari; 
- bozor subyektlarini rag‘batlantirish va motivlashtirish tizimi 
- turizm bozori infratuzilmasi kabi elementlarning yaxlitligidan iborat. 
Shunday ekan ziyorat turizmini rivojlantirish mexanizmi mazkur bozor elementlarining 
yaxlitligini ta’minlaydi. 
O‘rganilgan ilmiy adabiyotlarning nazariy tahlilidan tegishli xulosa qiladigan bo‘lsak, ularda 
iqtisodchi-olimlar «mexanizm» tushunchasining mohiyagini talqin etishda “iqtisodiy mexanizm”, 
“tashkiliy mexanizm”, “xo‘jalik mexanizmi”, kabi tushunchalar qo‘llanilgan. 
“Mexanizm” tushunchasi biror bir asbob, apparat, mashinani harakatga keltiruvchi ichki 
qurilmasi ma’nosini anglatadi. Iqtisodiy ta’limotda esa “mexanizm” tushunchasi ko‘chma ma’noda 
ishlatilib, uning mohiyati: “biror bir harakat sifatida namoyon bo‘luvchi hodisa va jarayonlarning 
ketma- ketligi, shunigdek, biror xil faoliyat tartibini aniqlovchi tuzilma, tizim” [17]sifatida talqin 
etiladi. Bunda ba’zi bir iqtisodchi olimlarning fikriga ko‘ra, iqtisodiyotda “mexanizm” 
tushunchasining ishlatilishida: “ushbu faoliyatning aniq natijaga erishishini ta’minlash maqsadida 
muntazam boshqaruvni ta’minlovchi (iqtisodiy, xo‘jalik, tashkiliy) tizimning shakllanishi nazarda 
tutiladi”, shunigdek “mexanizm iqtisodiy hodisalarning aniq ketma-ketligi yoki majmuidir.” [18] 
Xar qanday iqtisodiy tizim kabi ziyorat turizmi va uning obektlari o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar bozor iqtisodiyotining tartibga soluvchi mexanizmlari orqali tartibga solib boriladi. 
Ziyorat turizmini rivojlantirish mexanizmi sayyohlik mahsulotning iste’molchisi va sayyohlik 
mahsulot sotuvchisi bilan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yaratish va tartibga solish funksiyasini 
o‘zaro yaxlitlikdagi tizimli bog‘liqligi va aloqalari orqali amalga oshiruvchi iqtisodiy, ijtimoiy va 
tashkiliy tuzilmasi va institutsionallik bilan belgilanadigan usullar, o‘ziga xos elemeytlar va vositalar 
uyg‘unligidir. 
Ziyorat turizmini takomillashtirish mexanizmi tizimning turli bo‘g‘inlari: turagentlar va 


ИҚТИСОДИЁТДА ИННОВАЦИЯЛАР - ИННОВАЦИИ В ЭКОНОМИКЕ - INNOVATIONS IN ECONOMY
№11 | 2021
32 
turistik mahsulot iste’molchilari, turoperatorlar va ularning kontragentlari, turoperatorlar va 
turagentlar, turizm bozori subektlari va davlat o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish 
shakllari, usullari va vositalaridan iborat bo‘ladi. 
Mazkur mexanizm ziyorat turizmini rivojlanishini ta’minlovchi iqtisodiy bozor muhitni 
shakllantirish natijasida talab va taklif o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga 
qaratilgan hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ma’muriy-xuqukiy, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy-
psixologik, ijtimoiy-iqtisodiy, mexanizmilar yig‘indisidan tarkib topgan bo‘ladi.
O‘zbekiston turizm industriyasida ziyorat turizmini samarali rivojlantirish mexanizmi 
tarkibiy elementlari, usullari va vositalarini rivojlantirish orqaligina bugungi global iqtisodiy 
rivojlanish sharoitida kutilgan samara va natijaga erishish mumkin bo‘ladi. Natijada ziyorat turizmini 
rivojlantirish mexanizmi ana shunday innovatsion yondashuvlar negizida tarkib topgan tuzilma 
asosida takomillashtirilishi maqsadga muvofiq deb xisoblaymiz. 
O‘zbekistonda ziyorat turizmining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari ochib berish 
hamda uni samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish nuqtai 
nazaridan ushbu masalaning metodologik-uslubiy va amaliy jihatlarini tadqiq etish bugungi kunda 
dolzarbligi bilan ahamiyatlidir. 
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotining global o‘zgarishlari sharoitida va raqobat muhitining 
keskinlashuvida milliy iqtisodiyotnimiz tarkibi bo‘lgan ziyorat turizmini samarali rivojlantirishning 
tashkiliy- iqtisodiy mexanizmini quyidagi elementlar va metodlar orqali rivojlantirishni lozim deb 
bilamz. Xususan, zaruriy qonunlar, qarorlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar yaratish va 
tashkiliy-institutsional mexanizmlar yordamida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni takomillashtirish bilan 
soha izchil rivojlantirish talab etiladi.
O‘zbekiston turizm industriyasida bunday muhim strategik vazifalarni amalga oshirishda 
tegishli darajadagi davlat boshqaruv organlari ishtirok etib, ziyorat turizmining tarmoqlararo 
kompleksini boshqarishda turli xil tashkiliy metod va metodologiyalardan foydalanishni talab qiladi. 

Download 370,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish