INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
562
o‗quvchilarning matematik bilimdonligini oshirish va mustaqil ijodiy
fikrlash ko‗nikmalarini shakllantirish, ularni kasbga yo‗naltirish, o‗rta maxsus,
kasb-hunar ta‘limi muassasalarini ongli ravishda tanlash va kasbiy ta‘lim
dasturlarini o‗zlashtirishda ko‗maklashish. Shunday ekan, umumiy o‗rta
ta‘lim maqsad va vazifalarini amalga oshirish, o‗quvchilarda matematik
qobiliyatlarni rivojlantirish uchun zarur tashkiliy, o‗quv-uslubiy, moddiy-texnik
va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratib berish lozim.
O‗quvchilarda matematik qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsning hissiy,
irodalilik jihatlarini, shuningdek, tavsifni rivojlantirish bilan bog‗liq.
Qobiliyatlarni rivojlantirish muammolari faoliyatning turli ko‗rinishlariga
qiziqishni rivojlantirish muammolari bilan chambarchas bog‗liq.
Psixolog olimlar ta‘biricha, ―qobiliyat- insonning shaxsiy salohiyati,
imkoniyatlari bo‗lib, u bilimdan keskin farqlanadi, chunki bilim mutolaa
natijasi hisoblanadi. Qobiliyat- shaxs psixologik va fiziologik tuzilishining
xususiyati sanaladi. Qobiliyat ko‗nikma, malakadan farq qiladi va inson
tomonidan ko‗nikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib
boradi‖ [1]. Demak, har qanday qobiliyat shaxsga tegishli murakkab
psixologik tushunchadan tashkil topgan bo‗lib, u faoliyatning talablariga
mutanosib xususiyatlar tizimini o‗z ichiga oladi. Shu bois qobiliyat bironta
xususiyatning o‗zini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera
oladigan va shu faoliyatda yuqori ko‗rsatkichlarga erishishni ta‘minlashga
imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha
qobiliyat uchun tayanch xususiyatlar – kuzatuvchanlik, ya‘ni insonni
fahmlash, obyektdan u yoki bu alomatlarni ko‗ra bilish, ajrata olish
ko‗nikmalari asosida shakllanadi.
Psixolog - olim M.G.Davletshin ta‘kidlashicha, qobiliyat - shaxsga
tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan bo‗lib, u
faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini o‗z ichiga oladi.
Demak, psixolog - olim ta‘biricha, qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga
ajratiladi. Umumiy qobiliyat deganda, yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot
tushuniladi. Qobiliyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida
rivojlantirilishi mumkin. Qobiliyatni ma‘lum faoliyatga moyillik yoki intilish
orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniqlash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz
faoliyatga jalb etish, qobiliyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini
qo‗llash, bilan uyg‗unlikda olib borish va boshqalar orqali rivojlantirish
yo‗llari mavjud. Qobiliyatning yuqori darajasi iste‘dod va daholikda
namoyon bo‗ladi [2].
Do'stlaringiz bilan baham: |