Инновация: фан, таълим, технология



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/61
Sana25.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#255442
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
2019,,2

АДАБИЁТ 
1.Жўраев Р.Ҳ., Умронхўжаев А. Интеграция - янги сифат. // Ж. Узлуксиз таълим. 2002. №1. 
2.Нишонбоева M.F., Жуманиёзова М.Р. Интеграциялашган таълим технологиялари. // Ж.Халк 
таълими. 2006. № 1. 
3.Чориев Р. Таълимда интеграция-янги сифат. // 
Ma’rifat
газетаси. 2001йил 18 июль, -3 б. 
4. Юсуфалиева М. Топқирликка ундовчи ўйинлар. //Ma’rifat газетаси. 2018 йил 31 
октябрь, -6 б. 
 
 
O’SMIR YOSHLARNI MILLIYLIK RUHIDA TARBIYALASHDA MAQOM 
SAN’ATIDAN FOYDALANISH 
 
M.Ashurova – o’qituvchi. 
Andijon davlat universiteti 
 
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ngijtimoiy, siyosiy va madaniy ma’rifiy 
jabhalarda kata o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. O’zligimizni anglashga, qadim tariximizni 
o’rganishga ajdodlarimiz qoldirgan madaniy merosni asrab avaylashga katta e’tibor berilmoqda. 
Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, eng ezgu, yuksak va 
nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi.Mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyo’zining 
“Zafarnoma” kitobida Amir Temur davrida o’tkazilgan musiqiy anjumanlar haqida to’xtalib, 
“Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab g’azalu naqsh ayturedilar. Va turkum o’g’ul, 
xitoyu arab, va ajm din har kim o’z rasmi bilan nag’ma ayturedi” , degan ma’lumotlarni 
keltiradi.
Mustaqillik yillarida ulug’ bobolarimizning ana shunday an’analarini davom ettirgan 
holda, mamlakatimizda musiqa san’atini keng rivojlantirishga qaratilgan dastur va rejalar amalga 
oshirilmoqda. Jumladan, mumtoz musiqiy merosimizni asrab avaylash va o’rganish, uni yosh 
avlodlarga bezavol yetkazish maqsadida ko’plab ko’rik-tanlovlar, nufuzli xalqaro musiqa 
anjumanlari muntazam ravishda o’tkazib kelinmoqda.[1.140] Bugungi kunda mumtoz musiqiy 
san’atimizni chuqur o’rganishning nozik sir –asrorlarini targ’ib etishga alohida e’tibor 
qaratilayapti. Bunday g’amxo’rlik tabiiyki, yosh avlodni yuksak insoniy tuyg’ular ruhida 
tarbiyalab, estetikdidi hamda tafakkurinishakllantirish xalqimizning musiqa san’atiga bo’lgan 
hurmatini oshirishga hissaq o’shmoqda. (Maqom san’ati asosida barkamol yoshlarni tarbiyalash, 
ma’naviy madaniyatini o’sishida ularni intelektual ongini oshirishda kata ahamiyatga egaligini 
alohida e’tirof etish lozim.
Hozirgi zamonaviy yoshlarimiz g’arb madaniyatiga ko’r-ko’rona ergashib turgan bir 
vaqtda maqom san’atini o’rganish ularning tarbiyasida og’ir bosiqlikka, sharqona hayo-odobga 
yetaklaydi. Maqom san’atini ularga singdirish albatta biroz qiyin kechadi, lekin uni avvalambor 
oiladan, maktabgacha ta’lim muassasasidan va maktabdan boshlansa yoshlarda milliy 
musiqamizga bo’lgan qiziqish yanada kuchliroq bo’ladi. Har kungi tinglab yurgan kuy-
qo’shiqlarimizni milliylik ruhidagi musiqalar, maqomlar bilan boyitsak, g’arb musiqasi bilan 
milliy musiqalarimiz orasida yer bilan osmoncha tafovudni kuzatishimiz mumkin.


93 
Yoshlarni maqom san’ati bilan keng tanishtirish orqali ularni milliy an’analarimizga, 
qadriyatlarimizga bo’lgan hurmatini yanada oshirish mumkin. Zero, qaysi yurt yoshlari o’z 
milliyligini bilsa, uni ulug’lasa o’sha yurtda yuksalish, rivojlanish bo’ladi. Asrlar davomda 
xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo’lib kelgan maqom san’ati nafaqat yurtimiz va 
sharq davlatlarida, balki dunyo miqiyosida ham shuxrat qozongan. Ayniqsa, maqom san’atining 
gultoji bo’lgan “Shashmaqom”YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy merosi sifatida 
e’tirof etilganligi fikrimiz dalilidir. Yurtimizda o’tgan davr mobaynida maqom san’atini 
o’rganish va rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
O’zbek “Shashmaqom” i nota matnlarining nashr etilishi va ularga muvofiq ravishgda 
maqom kuy-qo’shiqlrining magnit lentalarga yozib olinishi ulkan ilmiy-madaniy ahamiyatga ega 
voqea bo’ldi. Shularni inobatga olgan holda O’zbekiston RespublikasiPrezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning “O’zbekiston milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari 
to’g’risida”gi va “Milliymaqom san’ati markazini tashkil etish to’g’risida” gi qarori imzolandi. 
O’zbek Milliy maqom san’ati markazini tashkil etish taklifi ma’qullandi va uning asosiy va 
zifalari etib quyidagilar belgilandi: 
-O’zbekistonda maqom san’atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijodiy 
maktablar va an’analarni, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda 
o’rganish va qaytatiklash; 
-O’zbek maqom san’ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining “oltin fond” ini yanada 
rivojlantirish; 
-Xalqmiz, xususan yosh avlod nimaqom san’ati bilan keng tanishtirish maqsadida ularda 
milliy o’zlikni anglash tuyg’usi, yuksak badiiy-estetikdid va tafakkurini kamol toptirish, maqom 
san’ati bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib boorish va targ’ib qilish bo’yicha xalqaro hamkorlikni 
yo’lga qo’yish; 
-Mumtoz 
musiqa 
merosimiz 
namunalarini 
notaga 
olish, 
mavjud 
yozuvlarni 
takomillashtirish va amaliyotga joriy etish, maqom san’atining ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy 
nazariy negizlari, milliy va umumbashriy qadriyatlar bilan bog’liq jihatlarini yurtimiz olimlari va 
chet ellik mutaxassislar ishtirokida chuqur o’rganib, yangi ilmiy tadqiqotlar yaratish va 
o’tkazish; 
-Maqom san’atining ko’p asrlik ijro yo’llarini rivojlantirish, puxta o’zlashtirib, ularni 
yangicha talqinlar bilan boyitish va ularni intelektual salohiyatini oshirishda Maqom markazi 
xodimlari faoliyatini moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab quvvatlash; 
-Yurtimizda maqom san’ati bo’yicha xorijiy yetuk ijrochilarnin go’zaro tajriba almashuvi, 
mahorat darslari ham daturli xalqaro maqom anjumanlari va tanlovlarni tashkil etish va ularni 
yanada rivojlantirish; 
-Respublikamizning viloyatlarida taniqli maqom ijrochilarining ijodiy konsertlarini va 
mahorat darslarini tashkillashtirish; 
-Maqom san’atini targ’ibot qilish maqsadida O’zbekiston Resoublikasi Prezidentining 
qator qabul qilingan qarorlarini hayotga tadbiq qilishda radio televidenie, ommaviy axborot 
vositalari va Intenet orqali O’zbekiston va chet ellarda keng targ’ib etish kabi chora tadbirlari 
belgilandi. 
Birinchi prezidentimiz Islom Krimovning 1993-yildagi Farmoniga binoan “Sharq 
Taronalari” Xalqaro musiqiy festivali tashkil etildi. Bunda asosiy maqsad o’zbek musiqasi 
maqomi durdonalarini jahonga tarannum etish, ijro mahorati, ilmiy anjumanlarni o’tkazish 
ko’zda tutilib, 1993-yili “Sharq Taronalari” i Xalqaro musiqa Festivali Samrqand shahrining 
Registon maydonida o’tkazildi. Bunda Osio davlatlaridan 20 dan ortiqsan’atkorlar, badiiy 
jamoalar ishtirok etgan bo’lsa, yillar davomida uning nufuzi jahon darajasiga chiqdi va 2015-
yilgi xalqaro tadbirga qariyb 200 dan ortiq Osiyo va Yevropa davlatlaridan jamoalar ishtiro 
ketishdi. 
Milliy musiqalarimiz dunyodagi barcha xalqlar uchun birday tushunarlidir. Birgina 
“Tanovor”, “Munojot”, “Ey sabo”, “Gulizorim”, “Mustaxzod” kabi kuylarni oladigan bo’lsak, 
kuyni tinglash jarayonida o’z milliyligimizni birgina shu kuy orqali ham ifoda etish 


94 
mumkinligiga amin bo’lamiz. Undagi musiqiy ohang uyg’unligi, avj pardoning naqadar 
mukammalligi va o’zbek musiqa ladining birgina shu kuyda jam bo’lganligini ko’ramiz. 
Bugungi kunga qadar qanchadan-qancha san’atkorlarimiz ushbu asarlarni dunyo sahnalarida ijro 
etib o’zbek xalqi musiqasini dunyoga keng namoyon etishmoqda. Jumladan, O’zbekiston xalq 
artisti Munojot Yo’lchiyeva, Maryam Sattorova, Nasiba Sattorovalar shularjumlasidandir. 
O’zbekiston musiqa tarixida maqomlarning jonli namunalarini aniqlashga yordam beruvchi 
nota yozuvlari bo’lmaganligi sababli ularning amaliy jihatdan taraqqiyot yo’li bizga qorong’idir. 
IX-XVasrlarda yaratilgan nazariy manbalar[2] maqomlarni “ladasoslari” tarzida o’rganishga 
imkon beradi.Tarixiy-adabiy xarakterdagi manbalada esa ba’zi marosimlar, saroy bazmlari, 
harbiy yurishlar, tantana va xalq shodiyonalari, ba’zi yig’inlar bilan bog’liq musiqa hayoti, 
sozanda, xonanda va bastakorlar hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar, musiqa cholg’ulari kuy, 
maqomlar nomi va boshqa tarixiy materiallar o’z ifodasini topgan. 
Maqomlar janrinig shakllanishi jahon ilmu fanining rivojlanishi bilan ham chambarchas 
bog’liqdir. Sharq olimlari musiqani tibbiyot, falsafa va matematika fanlari bilan chambarchas 
bog'liq ekanini uqdirib o’tganlar. Bu fikr, albatta asosli aytilganedi. Musiqa tibiiyot faninuq 
tainazaridank ishiga ziologik ta’sir kuchigaega bo’lsa, falsafa ham mafanlarni o’zichiga olgan 
yagona fan hisoblnadi. Buhaqda “Tib qonunlari” kitobida buyukalloma Abu Ali Ibn Sino 
takidlab keltirganmisollar va faktlardan ma’lum bo’lishicha, Shashmaqom o’zbek-tojik xalqli 
musiqa merosining asosini tashkil etadi.U ikki qardosh xalqning o’tmishdagi musiqa boyliklarini 
o’zida mujasssamlashtiribgina qolmay, keying davrlarda yuzaga kelgan xalq musiqa asarlari 
bilan doimiy munosabatda rivojlanib, boyib bordi va natijada ular bilan qo’shilib 
ketdi.Maqomlarxalq musiqa ijodiyotining so’nggidavrlardagi taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatdi 
va uning rivojini ta’minladi. 
Shashmaqom O’rta Osiyoning barcha yirik shaharlarida mashhur bo’lgan va sozanda-
hofizlar tomonidan maroq bilan kuylanib kelingan. Shashmaqom xalqimizning turli badiiy-estetk 
ehtiyojlari uchun xizmat qilib, hatto xalq shodiyonalarida, to’ylarda, bayramlarda ularning 
madaniy talablarini qondirib keldi. Bu o’rinda surnay larda ijro etilib kelingan Navo, Dugoh, 
Segoh va Iroq maqom yo’llarini eslatishni o’zi kifoyadir. Shashmaqom XV-XVII Iasrlarda joriy 
bo’lgan bastakorlik an’anasining mahsulidir. Bu an’ana hozirgi kungacha ham davom etib 
kelmoqda. O’zbek bastakorlari maqom uslubida ajoyib musiqa asarlari yaratmoqda. XX asr 
boshlaridan shu kunga qadar o’zbek bastakorlari va kompozitorlari maqomlardan unumli 
foydalanib kelmoqdalar. Maqomlar negizi va uslubida bastalagan HojiAbdulaziz, Sodirxonhofiz, 
Y.Rajabiy, F.Sodiqov, K.Jabborov, S.Kalonov, O.Hotamov, F.Mamadaliev va boshqalarning 
kuy va ashulalari V.Uspenskining “Farhod va Shirin” musiqali dramasi, R.Glier va 
T.Sodiqovlarning “Layliva Majnun”,M.Ashrafiyning “Dilorom”operalari, M.Burhonovning 
“Alisher Navoiyga qasida”si, M.Maxmudovning “Navo”, M.Tojiyevning 3-9-11-simfoniyalari, 
shuningdek, poema, syuita, oratoriya, kontata, xor kabi janrlarni ijodiy o’zlashtirishda o’zbek 
maqomiqonuniyatlari hamda o’ziga xos ifoda vositalari muhim omil bo’lib xizmat qiladi. 
Konsert dasturlarini boyitishda Shashmaqomning o’rni katta va u xalqimizning badiiy talablariga 
javob bera olishi shubhasizdir.
Maqomlarga ijodiy yondoshib, ular asosida ko’p ovozli asarlar yaratish-musiqa 
madaniyatimizda ijobiy natijalar beradi va teatr, konsert reperturi niyanada boyitadi. Maqom 
yo’llarishi navandalar xurmatiga sazovor bo’lib kelgan va shunday bo’lib qolishiga shubha yo’q. 
Bu masalada maqomlarni ilmiy asosda targ’ib qilishning ahamiyatiham judakatadir. Maqomlar 
haqida manbalar va uning turli variantlardagi nota yozuvi kitoblari yuzaga kelgan ekan, hozirgi 
kunda 
ularni 
ilmiy 
asosda 
chuqurroq 
o’rganish 
uchun 
butun 
imkoniyatlar 
mavjud.Mausiqashunoslik fanimizning [3]eng muhim vazifalaridan biri Shashmaqomni 
atroflicha o’rganib, uning badiiy-estetik qimmatini ochib berishda va xalqimiz musiqa merosida 
maqomlarning tutgan mavqeini har tomonlama ko’rsaishdan iborat. Maqomlarni xalq musiqa 
ijodiyotiga taqqoslab, ilmiy asosda chuqurroq o’rganish,o ’zbek xalqi musiqa madaniyati tarixida 
va musiqa ijodoyotida juda kata ijobiy ahamiyatga egadir.


95 
Shubha yo’qki, maqom yo’llarini chuqurroq o’rganib, ulardan ilmiy-ijodiy foydalanish 
masalasini to’g’ri hal etishi o’zbek xalq musiqa madaniyatini yanada gullab yashnashiga va 
yuksak badiiy shakldagi, yirik janrlardagi musiqa asarlari yaratilishiga kata yordam beradi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish