Inkubatoriyadagi haroratni aniqlashda, asosan, quyidagi asbob- lardan foydalaniladi: Termometr.
Psixrometr (Avgust va Assimon psixrometrlari).
Termograf.
Bu asboblardan termometr va psixrometr xonaning devoriga yoki etajerkalarning (sukchaklarning) chetiga osib qo‘yiladi va xohlagan vaqtda kelib harorat necha daraja ekanligini bilib olishi mumkin bo‘ladi. Termograf esa xonaning kerakli joyiga tekis qilib qo‘yiladi. Bu o‘zi yozadigan asbob bo‘lib, ichida soat mayatnigiga o‘xshash qismi bor. Tashqarisida richagi va aylana shaklida silindri bo‘lib, richagining uchiga pero o‘rnatiladi, silindrga esa graduslarga bo‘lingan millimetrli qog‘oz o‘raladi. Silindr ichki mexanizm yordamida kecha-kunduzi yoki haftasiga bir marta sekin aylanib turadi. Xonadagi haroratning ko‘tarilishi yoki pasayishi bilan richak perosi ham baland yoki pastni chizadi. Natijada graduslarga bo‘lingan millimetr qog‘oz ustida iz qoladi. Shu izning yo‘liga qarab, harorat aniqlanaveradi. Xonadagi namlikni esa quyidagi asboblar yordamida aniqlanadi: Avgust yoki Assimon psixrometrlari bilan.
Sossyur gigrometri yordamida.
Gigrograf bilan.
Gigrografning tuzilishi va ishlash prinsipi xuddi termografga o‘xshaydi. Ishlab chiqarishda inkubatoriya haroratini va namligini o‘lchash uchun, asosan, Avgust psixrometridan foydalaniladi, chunki bu psixrometrni xonaning xohlagan joyiga osib qo‘yish, harorat va namlikni tezda o‘lchab olishda pillakorlar qiynalmasdan foydalanishi mumkin. Bu psixrometrlarning ikkita simobli termometri bo‘lib, bittasi quruq termometr, ikkinchisi (simobli uchiga batis latta o‘ralgan) ho‘l termometr deb ataladi. Ikkinchi termometrning simobli uchiga o‘ralgan batis latta probirka ichidagi suvga tegib turishi kerak. Suv bilan simobli sharcha oralig‘idagi masofa 1,5 sm bo‘lishi lozim. Aks holda namlikni noto‘g‘ri ko‘rsatadi. Namlikni aniqlashda maxsus psixrometrik jadvaldan foydalaniladi. Jadvaldan foydalanish quyidagicha bajariladi. Dastlab psixrometrning quruq termometri ko‘rsatib turgan haroratni yozib olamiz (misol uchun 24 gradus), so‘ngra ho‘l termometrning ko‘rsatgan haroratini yozib olamiz (misol uchun 21 gradus). So‘ngra quruq termometr ko‘rsatki- chidan ho‘l termometr ko‘rsatkichini olib tashlaymiz (misol uchun 24-21=3). Jadvalning chap tomonidan ho‘l termometr ko‘rsatgan haroratni topamiz. Misol uchun 24 daraja.
14-rasm. Harorat va namlikni o‘lchaydigan asboblar
Yuqorisidan esa ikkala termometr ko‘rsatkichlari orasidagi farqni topamiz (misol uchun 3 darajaga teng). So‘ngra ikkalasini bir-biriga kesishtiramiz. Kesishgan joyidagi raqam shu xonaning namlik %i bo‘ladi. Bunday holatda bizning misolimizda ijobiy namlik 76% ekan. Qurt urug‘i solingan qog‘oz qutilar qo‘yiladigan sukchaklarning (etajerkalarning) tuzilishi har xil bo‘lishi mumkin, biroq ular yetarli kattalikda, havo bemalol tegib turadigan hamda ishlash uchun qulay bo‘lishi kerak. Ko‘pincha sukchaklar quyidagi o‘lchamlarda yasaladi: kengligi 1m, qavatlar orasidagi oraliq kamida 40 sm, pastki qavatning yerdan balandligi va eng yuqorigi qavatdan shiftgacha bo‘lgan masofa kamida 70-75 sm. Inkubatoriyaning katta-kichikligiga qarab, sukchakning uzunligi har xil bo‘lishi mumkin, odatda, u 2 m qilinadi yoki kattaligi 2x1 m bo‘lgan maxsus temir sukchaklardan foydalaniladi. Inkubatoriyada urug‘larni kontrol tortish va jonlangan qurtlarning miqdorini aniqlash uchun tarozi hamda toshlar kerak bo‘ladi. Tarozi stol ustiga qo‘yiladigan, sezgirlik darajasi 0,10-0,25 g ga teng bo‘lishi kerak. Sezgirligi bundan ham kamroq bo‘lgan tarozilar urug‘ yoki qurt tortishga yaramaydi, chunki bunday tarozining pallasi kichik bo‘lganligidan qurt urug‘i solingan quti (protveyn) joylashmaydi. Shuning uchun ham urug‘ni inkubatoriyaga keltir- masdan oldin, bir-ikkita taxta faner yoki qalin (qattiq) karton tayyorlab, taxt qilib qo‘yilishi lozim. Faner yoki karton urug‘ solingan qutidan kattaroq bo‘ladi va tarozida tortib barvaqt muvozanatga keltirib qo‘yiladi. Qurt urug‘i solingan qutini tarozida tortish vaqtida qutidagi (palla)ga haligi faner yoki kartonni qo‘yish kerak, shunda urug‘ni tortish ancha osonlashadi va ular qutida surilib bir joyga to‘planib qolmaydi. Tarozining toshlari ham o‘ziga to‘g‘ri keladigan, massasi esa 1 g dan 100 g gacha bo‘lib maxsus g‘ilofda saqlanishi lozim. Bundan tashqari, yengil va kichik narsalarni (100 g massagacha) tortishda ishlatiladigan (teng pallasi qo‘lda ko‘tarib tortadigan) tarozilarning maxsus mg li (5 mg dan 50 mg gacha bo‘ladi) toshlaridan ham foydalaniladi. Urug‘larni jonlantirish va jonlangan qurtlarni solish uchun maxsus kattalikka ega bo‘lgan qutilardan