Elektron Boshqarish blokida datchiklardan kelayotgan ma’lumotlar qayta ishlanib ish rejimiga mos ravishda purkash forsunkasi boshqariladi.
Yonilg’i uzatish tizimi. Yonilg’ini bakdan purkash forsunkalariga yetkazib berish va ishlash uchun zarur bo’lgan bosimni hosil qilish va ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Yonilg’i uzatish tizimi yonilg’i nasosi, yonilg’i filtri, yonilg’i taqsimlash trubasi, bosim rostlagich, sovuq holda ishlaydigan va purkash forsunkalaridan tashkil topgan.
Yonilg’i uzatish tizimidagi yonilg’i taqsimlash trubasi quyidagi muhim vazifani bajaradi:
yonilg’ini yig’ish;
yonilg’ini bir xil bosim ostida ushlab tuish va silindrlarga uzatish;
yonilg’i bosimi miqdorini tebranishini oldini olish;
forsunkani sodda o’rnatish.
rasm. Injektorli ta’minlash tizimining sxemasi.
1-yonilg’i baki, 2-elektrli yonilg’i nasosi, 3-yonilg’i filtri, 4-taqsimlash quvuri, 5-bosim rostlagichi, 6-elektron boshqarish bloki, 7-purkovchi forsunka, 8-yurgazib yuborish forsunkasi, 9-salt ishlashni rostlash vinti, 10-drosel zaslonkasi datchigi, 11-drossel zaslonkasi, 12-havo sarfini aniqlagich.
Purkash forsunkasi -rasm). Purkash forsunkasi yonilg’i taqsimlash trubasiga har bir silindrning kiritish klapani yaqiniga yonilg’ini bosim ostida purkab berish uchun hizmat qiladi. elektromagnitli purkash forsunkasi 7 elektr impulsi yordamida elektron boshqarish blokidan 6 boshqariladi.
Purkash forsunkasi (2-rasm) quyidagilardan tashkil topgan: 1-filtr, 2-elektromagnit o’rami, 3-elektromagnit yakori, 4-purkash ignasi, 5- elektr ulagich.
Ishlash prinsipi. Tok berilmagan holda purkash ignasi prujina ta’sirida o’rindiqqa siqilib turadi. Agar elektromagnitga elektr impulsi berilsa, igna 0,1 mm masofaga o’rindiqdan ko’tariladi va igna va o’rindiq oralig’ida tirqish paydo bo’ladi va shu tirqishdan yonilg’i purkaladi. Forsunka klapanining ochilish va yopilish vaqti 0,6-2,0 ms tashkil etadi. Har bir dvigatel uchun purkash burchagi va kiritish klapaniga bo’lgan masofa har xil bo’ladi. Shuning uchun har bir dvigatelga (ishchi xajmi, yonish kamerasi, kiritish klapanlarining joylashishi, kiritish trubalarining shakli) o’zining forsunkasi o’rnatilishi kerak.
Forsunka kronshteyiga maxsus rezina detallari orqali biriktiriladi. Bu issiqlikdan vibratsiya benzin bug’lari hosil bo’lishdan saqlaydi.
Yonilg’i nasosi 2 – elektr yuritmali bo’lib benzinli bakdan to’xtovsiz xaydab beradi.
Yonilg’i nasosi yonilg’i baki ichida yoki yonilg’i bakidan tashqarida joylashgan bo’lishi mumkin. Yonilg’i nasosi 600 kRa gacha bosim hosil qilishi mumkin.
Yonilg’i filtri 3. Yonilg’ini doimo tozalab turish uchun hizmat qiladi. Tozalanayotgan yonilg’i o’tish tirqishga 10 mm gacha bo’lish kerak.
Bosim rostlagich 5. Bosim rostlagich yonilg’i uzatish tizimida joylashgan bo’lib tizimda o’rtacha 0,5 MPa bosimni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Elektrik yuritmali yonilg’i nasosi yonilg’ini keragidan ortiq uzatib beradi va bosim rostlagich ortiqcha yonilg’ini yonilg’i bakiga qaytarib yuboradi.
Havo miqdorini o’lchash datchigi 12. Datchik havo filtri va drossel zaslonkasi oralig’ida joylashgan bo’ladi va dvigatelga kirayotgan havo miqdorini o’lchab beradi va EBB ga ma’lumot yuboradi.
Drossel zaslonkasini holatini aniqlash datchigi 10. Datchik drossel zaslonkasini holatini va burilish burchagini aniqlaydi. Bu datchik EBB ga dvigatelning ish rejimi (salt yurish, to’liq bo’lmagan va to’liq yuklanish) to’g’risida ma’lumot berib turadi.
Tirsakli valning aylanishlar chastotasini aniqlash datchigi. Datchik EBB ga tirsakli valning aylanishlar chastotasi to’g’risida ma’lumot uzatib turadi.
Ishlash prinsipi (2.117-rasm). Dvigatelga havoni yurgazib yuborish tizimi uzatadi. Dvigatelning ish ko’rsatkichlaridan biri bu dvigatelga so’rilayotgan havo bo’li, uning miqdori havo sarfini aniqlagichda o’lchanadi. Boshqa datchiklar esa drossel zaslonkasining holatini, tirsakli valning aylanishlar chastotasini, havo va dvigatel xaroratini o’lchaydi. Bu datchiklardan kelayotgan signallar elektron boshqarish bloki (EBB)da qabul qilinib tahlil qilinadi va shu asosida forsunkalarga impulslar yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |