Ingliz va o’zbek tillaridagi frazeologizmlarning konseptual gender tahlili


Ayol va erkaklarning tashqi ko’rinishini tasvirlovchi konseptual qatlam



Download 102,5 Kb.
bet5/6
Sana28.06.2022
Hajmi102,5 Kb.
#714807
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola. Elshodbek Muxammadjonov

Ayol va erkaklarning tashqi ko’rinishini tasvirlovchi konseptual qatlam
Tilshunoslik materiallarini genderologik tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, ayollar uchun tashqi go’zallik ichki go’zallikka nisbatan ko’proq qadrlansa, erkaklar uchun tashqi ko’rinish unchalik muhim bo’lmagan omil sanaladi. Ingliz tilida tashqi ko’rinish subkonseptining gender tahlili ham erkaklar uchun tashqi ko’rinishning muhim ahamiyat kasb etmasligini ko’rsatadi. Ingliz tilida aynan tashqi ko’rinish tushunchasi doirasida tahlil qilingan 37 ta frazeologizmdan faqat 9 tasigina erkaklarga xosdir.
Erkaklarning semizligi va uning aksi bo’lgan ozg’inligi ham ularning tashqi ko’rinishdagi kamchiliklardan hisoblanadi. fat as an olderman – “qorindor, semiz odam”; baron of bеef – “biqin go’sht, lahm go’sht”; a slip of a boy –
ozg’in yigit.
Erkaklarning tashqi ko’rinishini ifodalashda yuz qismidagi ta’na a’zolarining biri orqali tasvirlangan frazemalar ham uchraydi: a blue-eyed boy – erkatoy, arzanda; a young shaver – o’spirin yigit; old moustache – keksa, tajribali inson.
Ayollarning tashqi ko’rinishi (appearance) ni tasvirlovchi frazeologik birliklar erkaklarni tasvirlovchi frazeologik birliklarga nisbatan ikki barobar ko’pdir. Chunki azaldan ayollar go’zallik va nafosat timsoli sifatida qaralib, ularning tashqi ko’rinishi muhim hisoblangan va shu orqali ko’plab frazeologizmlar vujudga kelishiga asos bo’lgan. Quyidagi namunada ham “tashqi ko’rinish”ning erkaklarga nisbatan ayollar uchun o’ta muhim ekanligi ko’rinib turibdi: A man is old as he feels and a woman as old as she looks – erkak kishining yoshi o’zini qanday his etishiga qarab, ayolniki esa ko’rinishiga qarab baholanadi. I.V.Zikova ushbu iborani ingliz ayolini tasvirlashdagi eng yorqin “konseptual asos” sifatida ko’radi:[1:153] Ingliz va o’zbek tillarida ayollarni tasvirlashda yuz qismi bilan bog’liq frazeologizmlar ham ko’p uchraydi: sutga chayilgandek oq, oy yuzli malak; her face is her fortune – uning boyligi chiroyida; fancy face – chiroyligina do’ndiqcha.
Sharq she’riyatida ko’p uchraydigan ayollarni har xil gullarga qiyoslash holati ingliz frazeologizmlariga ham jihatdir: fair as a lily – nilufar gulidek chiroyli; a rose between two thorns – ikki tikan orasidagi atirgul; o’zbek tilida: gulday nozik; lablari g’unchaday va h.k. Bundan tashqari ayolning qomati - a slip of a girl - kelishgan qaddi-qomatli qiz; sarviqomat; ayollarning sochi ham har ikki til frazeologizmlarida ko’p qo’laniluvchi leksema hisoblanadi: sochlari qaro tundek; zulfi sumbul go’zal; a bush-fire blonde - mallasoch ayol; blush to the roots of one’s hair - sochining uchigacha qizarib ketmoq; a golden hairy girlie – tillarang sochli qizaloq. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, ingliz tili frazeologizmlarining ko’pchiligi ayollarning tashqi ko’rinishini aynan bir tana a’zo orqali emas, umumiy ko’rinish orqali tasvirlaydi: a dolly bird - chiroyli, bezangan qiz; а slick chick - xushro’y, sohibjamol.
Ayrim iboralarda ayolni zoonimlar bilan qiyoslash ham ko’zga tashlanib, uning asosan salbiy jihatlarini ifodalab keladi: a social butterfly – bema’ni qiz; an old duck – kampir; plump as a partridge - kaklikday semiz, do’mboqqina; Erkaklar ham bunday stereotiplarga ega: a fighting cock – urushqoq, janjalkash; а gay dog - axloqi buzuq odam. Biroq bunday frazeologik birliklarning aksariyati pragmatik ma’noning ekspressiv komponenti sifatida xizmat qiladi, ya’ni ularda nafratlanish, jirkanish, mensimaslik ohanglari aks etadi: an old cat – vaysaqi kampir; оld bloke – munkaygan chol; Bunday holatni o’zbek tilida yanada salbiy ma’noda ko’rishimiz mumkin: ilonni yog’ini yalagan; tulkidek ayyor. Demak, insonning salbiy xususiyatlarini ifodalovchi zoonomik frazeologik birliklar uning ijobiy xislatlarini ifodalovchi frazeologik birliklarga nisbatan ko’pchilikni tashkil etadi.
O’zbek maqollarida ayolning tashqi ko’rinishi qadrlansa-da (“Onangni otangga bepardoz ko’rsatma), ichki va tabiiy go’zallik muhim hisoblanadi: Tashiga qarama, ichiga qara; qizning husni yuragida; Yaxshi ayolning yuzida zuluk ham hol bo’lib ko’rinar.[7:134] Shuningdek, o’zbek ayollarining go’zalligi ularning aql-farosati va farzandlari bilan ham tenglashtiriladi: Aqlli xotin – uy ko’rki, Chiroyli xotin – ko’cha ko’rki; Yigit chiroyi – arg’umog’i, kelin chiroyi – chaqalog’i.
Har ikki tilda tashqi ko’rinish ayollarga xos muhim xususiyat hisoblansa-da, ingliz tili frazeologik birliklarida tashqi ko’rinish tushunchasi o’zbek frazeologizmlaridan farqli o’laroq, ayolning nafis va bejirim timsolini ifodalaydi. Rus tilshunosi N.Kalugina ingliz lisoniy birligida ayol obrazini hosil qiluvchi muhim parametrlardan biri bo’lgan tashqi ko’rinish haqida shunday yozadi: “Bu parametrning farq qiluvchi xususiyati shundan iboratki, ko’pgina nominatsiyalar tashqi ko’rinishning alohida xususiyatini bermay, ayolning jozibadorligini ifodalaydi.”[3:13]
O’zbek tilida ayolning tashqi go’zalligidan uning ichki go’zalligi muhim hisoblanib, bu ayol – uy bekasi va ayol – mehribon ona timsollarida yorqin ifodalanadi.
Maqolani yozish jarayonida olib borilgan tahlillar asosida quyidagi xulosalar chiqarildi:
Tilda muayyan gender andozalarning namoyon bo’lishi natijasida vujudga kelgan me’yor va baholar shaxsning olamga, jamiyatga bo’lgan munosabati asosida shakllanadi Har ikki tildagi frazeologik va paremiologik birliklarning gender tahlili natijalariga ko’ra, har ikki til vakillari ijtimoiy-lingvistik hayotida ayolga bo’lgan salbiy munosabat unga bo’lgan ijobiy munosabatdan ustun turadi. O’zbek tilida gender tarkibli frazeologik birliklarning ko’p qismini xalq ijodiyoti mahsuli bo’lgan maqollar tashkil etsa, ingliz tilida quyi martaba vakillariga qaratilgan yo’nalish ustuvordir.
Erkak va ayollarning fe’l-atvor va xarakteridagi xususiyatlar tahlili shuni ko’rsatdiki, erkaklarning “botirlik” va “jasurlik” xislatlari o’zbek frzeologik birliklarida yorqinroq tasvirlangan bo’lsa, aksincha erkaklarning kuchsiz va qat’iyatsizligini ifodalovchi frazeologizmlar ingliz tilida ko’proq uchraydi. Ayollarning fiziologik xususiyatlaridan bo’lgan “tashqi ko’rinish” konseptual qatlamining tahlili ingliz ayollari uchun tashqi go’zallik muhimligini ko’rsatgan bo’lsa, o’zbek tilida esa bu umumiy holda tasvirlanib, o’zbek ayoli uchun tashqi go’zallikdan ko’ra uning ichki go’zalligi ustun hisoblanib, bu holat “ayol – uy bekasi” va “ayol – ona” timsollarida yorqin namoyon bo’ladi.
Ingliz va o’zbek tillari frazeologizm va paremiyalarining gender tahlili barcha qatlamlarda androsentrizmning o’ziga xos xususiyatlarini kuzatish imkonini bersa-da, tahlillar jarayonida androsentrizmni susaytiruvchi holatlarning kuzatilishi tilning frazeologik qatlamida erkaklik xususiyati butunlay ustunlik qilmaydi, deyishimizga to’la asos bo’ladi.
Har ikki tilda ham rod grammatik kategoriyasining mavjud emasligi frazeologik birliklarda gender ko’rsatkich faqat leksik-semantik jihatdan namoyon bo’lishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham frazeologik birliklarning ifoda jihatidagi gender ko’rsatkich muhim hisoblanadi.

Download 102,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish