Ingliz va o’zbek tillaridagi frazeologizmlarning konseptual gender tahlili


Umr savdosi - qiyin savdo (Marriage is a lottery)



Download 102,5 Kb.
bet4/6
Sana28.06.2022
Hajmi102,5 Kb.
#714807
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola. Elshodbek Muxammadjonov

Umr savdosi - qiyin savdo (Marriage is a lottery)[5:231]. Ba’zi maqollarda esa xotinning eriga qaramligi, bog’liqligi ham tasvirlangan: the cobbler’s wife is the worst shod – etikdo’z xotinining oyoq kiyimi hammanikidan yomon.
Oilaviy munosabatlar mavzusini tahlil qilishni davom ettirar ekanmiz, ota -ona, o’g’il – qiz, aka – singil, tog’a – xola, kuyov – kelin kabi leksemalarni tahlil qilish zarurdir. “O’g’il” va “qiz” leksemasi frazeologik birliklarda quyidagicha tasvirlanadi: The abundance of money ruins the youth, (Yomon o’g’il molga o’rtoq, Yaxshi o’g’il jonga.); Marry your daughters betimes, lest they marry themselves (Qizni erkiga qo'ysang, o'yinchiga tegar). Ammo tahlillar jarayonida qizning o’g’ilga nisbatan ko’proq ijobiy sifatlar bilan baholanishi kuzatildi: My son is my son till he gets him a wife, but my daughter's my daughter all the days of her life – O’g’il xotin olguncha o’g’il, qiz esa bir umrga qiz. O’zbek tilida qiz – ota-onaning joni, davlati; o’g’il esa faxri, avlodini davom ettiruvchi, shuning uchun o’g’il farzand qizga nisbatan orziqib kutiladi: Qiz bola – davlat, O’g’il bola – savlat. Qiyshiq bo’lsa ham yo’l yaxshi, yomon bo’lsa ham o’g’il.
Ingliz tilida ayolning ijtimoiy maqomi erkaklarnikiga nisbatan yorqin ifodalanmagan. Aksincha erkaklar ayol kishini mas’uliyatli ishlar, ilm-fan bilan shug’ullanishiga to’sqinlik qilganlar. Shuning uchun ayollarga nisbatan muhim kasblarni ifodalovchi til birliklari qo’lanilmagan. O’zbek tilida esa ayolning ijtimoiy maqomi asosan “uy bekasi”, “ona”, “xotin”, “qiz”, “kelin” timsollarida namoyon bo’ladi. Ularga avvalo, saranjom-sarishtali uy bekasi, maslahatchi turmush o’rtog’i, mehribon ona kerak: “Xotining yaxshi bo’lsa - bu dunyoning charog’i”; “Xotining yaxshi bo’lsa, berdi Xudo, Xotining yomon bo’lsa urdi Xudo.
Ayol va erkaklarning psixologik xarakterini ifodalovchi konseptual qatlam
Gender konsepti shakllanishida eng ko’p murojaat qilinadigan ko’rsatkich inson xarakteridir. Erkaklar tashqi qiyofasi, yoshi, oilaviy maqomini tavsiflovchi frazeologizmlar soni ayollar xislatlarini aks ettiruvchilarga nisbatan ancha ko’p. “Xulq-atvor” parametri ayol va erkaklar tavsifida qariyb bir xil darajada. Intellekt va aql ko’rsatkichi esa ayollarga nisbatan erkaklar tavsifida ikki marotaba ko’p uchraydi. Shuningdek, ijtimoiy maqomga erkaklar tavsifida uch marta ko’proq murojaat etiladi. Bularning barchasi olam frazeologik manzarasining androsentrik ko’rinishga ega ekanligini isbotlash uchun xizmat qiladi.
Insonlar o’ziga xos psixologik xarakter bilan dunyoga kelib, uning fe’l - atvori psixologik va ijtimoiy omillar ta’sirida shakllanadi va o’zgaradi. Erkaklar siymosida faollik, tajovuzkorlik, raqobatbardoshlik, chidamlilik, botirlik, o’ziga bo’lgan ishonch, ishbilarmonlik, haqiqatgo’ylik, vazminlik, talabchanlik, mulohazakorlik kabi sifatlar ko’p ko’zga tashlansa, ayollar sifatlariga esa sergaplik, qiziquvchanlik, xayolparastlik, yumshoq tabiatlilik, mijg’ovlik, zaiflik, kamtarlik, itoatkorlik kabilarni sanab o’tish zarur. Har ikki tilda ham jasurlik va dovyuraklik erkaklarga xos xususiyat ekanligi aniqlandi.
O.A.Kolosovaning olib borgan tadqiqotlarida erkaklarning ijobiy xislatlarining konseptual maydoni ayollarnikiga qaraganda sezilarli darajada ko’p ekanligi va “erkak” referentini salbiy baholash uchun ayollarga biriktirilgan stereotiplardan foydalanilganligi aniqlangan.[2:128-130]
O’zbek tilida erkaklarning mardligi, jasurligini ifodalovchi frazeologik birliklar ularning qo’rqoqligi, qat’iyatsizligi kabi salbiy jihatlarini tasvirlovchi frazeologizmlarga nisbatan ko’pchilikni tashkil etadi. Erkakning ayolga bo’ysunishi ham pastkash va nomunosib xislatlardan hisoblanadi: Shuning uchun bu xislatni faqat ingliz frazeologiyasida ko’rishimiz mumkin, xolos: petticoat government - ayol hukmronligi, zo’rligi; the gray mare is better horse – uyda hukmron ayol; be tied to one‟s wife‟s apron strings – xotinining chizgan chizig’idan chiqmaslik. Ingliz tilida erkaklarga xos bo’lgan mehnatkashlik xarakterini tasvirlovchi frazeologik birliklar miqdori oz’bek tiliga nisbtan juda
kamligi kuzatildi: a man of his hands – “qo’lidan har ish keladigan mohir, ustasi farang”; early to bed and early to rise, make a man healthy, wealthy and wise – kim erta tursa sog’lik va boylik orttiradi; Yigit degan er bo’lar, mehnat ko’rsa sher bo’lar; yigitning baxtini mehnat ochar; Mardning mardi maydonda sinalar, yigitning yigiti mehnatda; Yigit husni mehnatda.
Erkaklarning salbiy xususiyatlarini aks ettiruvchi frazeologizmlarda qahr-g’azablilik, razillik, shafqatsizlik kabi xislatlar kuzatiladi: the man of blood and iron – qahri qattiq, rahm-shafqatsiz inson; four-letter man – tuban, razil, odamgarchiligi yo’q shaxs; proud as Lucifer – iblisday, kalondimog’. Bu kabi salbiy jihatlar o’zbek tilida deyarli uchramaydi.
Ayollar xarakteridagi salbiy leksik-semantik maydonga to’xtaladigan bo’lsak, ulardan biri – sergaplikdir. Bu xususiyat azaldan faqat ayollarga xos bo’lib, masxara va turli hazillarga sabab bo’lgan: an old wife – g’iybatchi, qari ayol, аn old cat – mijg’ov, qari kampir; a chatter box – vaysaqi, ezma; chatter like a magpie – zag’izg’onga o’xshab chirillamoq; wash one’s dirty linen in public – uydagi gapni ko’chaga olib chiqmoq.
Tahlillarimiz natijasida yana bir jihat ayon bo’ldiki, har bir inson muayyan sharoitda o’z genderologik xususiyatidan kelib chiqib, nutqiy faoliyatini amalga oshiradi. Ingliz tili darslarini o’tish jarayonida bir amaliy misolga doimo guvoh bo’laman: aksariyat qiz bola o’quvchilarga o’zbek tilida uchinchi shaxs birlik “u” olmoshi qatnashgan biror gapni aytib, ingliz tilida tarjima qilish so’ralsa, ular nutqida asosan femininlik so’zlari (she, her, hers) ni beixtiyor ko’p marotaba qo’llaydi. Aksincha o’g’il bola o’quvchilardan xuddi shu topshiriqni bajarish so’ralsa, ular tuzgan gaplarida he, his kabi o’z jinsiga mos bo’lgan olmoshlarni ko’p qo’llayotganlariga guvoh bo’ldim. Mazkur hayotiy lingvistik misol ham ayol va erkaklarning nutqiy jarayonlarida psixologik holat muhim o’rin tutishini ko’rsatadi.

Download 102,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish