Sizga hech mahal “siz juda istarangiz issiq”deb aytishmaganmi?
Yuqorida biz to’ldiruvchi bilan ishlatilinadigan ayrim fe’llarning majhul darajada ishlatilinishini kuzatdik. Ammo shu turdagi barcha fe’llar ham passiv shaklda ishlatilavermaydi. Masalan, holatni bildiruvchi fe’llar, ya’ni to have, to belong, to cost, to resemble, to fail, to misgive kabi qator fe’llar majhul darajada ishlatilmaydi. Shunga ko’ra fe’llar ikki kata guruhga bo’linadi:
1) majhul daraja ishlatilinadigan fe’llar shaklida;
2)majhul daraja shaklida ishlatilmaydigan fe’llar;
Agar ingliz tilida fe’llarning katta bir qismi majhul nisbat shaklida ishlatilmasligi e’tiborga olinsa, nisbat kategoriyasini ingliz tilida fe’llarga mansub grammatik kategoriya deb aytishga asos yo’qdek tuyuladi. Chunki agar nisbat kategoriyasi oppozitsiyasi ikki a’zodan - aktiv va passiv a’zolardan iborat bo’lishi va katta bir guruh fe’llarda bu oppozitsiya neytralizatsiyaga uchrashi nazarda tutilsa, bunday grammatik kategoriyaning tilda mavjud grammatik kategoriyalar orasidagi o’rni haqida o’ylab ko’rishga to’g’ri keladi. Chunki aktiv shaklning faolligini isbotlash uchun uni passiv shaklga solishtirish kerak, shunda aktiv shaklning passiv shaklga o’xshamaganligi uni aktiv deb aytishga asos bo’ladi.
Aktiv-passiv oppozitsiyasi ishlamaydigan, ya’ni neytrallashgan bu o’rinlarda, umuman, nisbat haqida gapirilmasa ham bo’ladi. Ammo ingliz tilidan farqli o’larok, o’zbek tilida bu kabi fe’llar va boshqa barcha fe’llar nisbat kategoriyasi orbitasidan chiqib keta olmaydi chunki, birinchidan. bu tillarla nisbat kategoriyasi ko’p a’zoli oppozitsiyaga ega. Ikkinchidan, agar a’eolar soni ko’p bo’lsa, buni oppozitsiya deb nomlash qiyin.
Ingliz tilida bu masalaga bir oz oydinlik kiritish zarurati tug’ildiki, bu narsa ingliz tilining hozirgi holatida bu til morfologik strukturasining bir oz kambag’alligi bilan izohlanadi. SHuning uchun bunda oppozitsiya aktiv-passiv shaklida emas, balki nopassiv-passiv shaklida bo’ladi. Chunki passivda ishlatilmaydigan fe’llar o’zining leksik-grammatik xususiyatlariga ko’ra boshqa barcha kategorial shakllarga ega va to’liq paradigmani hosil qiladi.13
Masalan:
Takes - goes is taking – is going has taken - has gone
Shuning uchun nopassiv ma’nolarning ayrimlari, yuqorida biz aytib o’tganimizdek, sintaktik yoki leksik yo’l bilan ifodalanadi.
The door opens inside room – Eshik ichkariga ochiladi.
Bu o’rinda opens fe’lining nisbatga tegishliligi o’zbek va ingliz tillarida turlicha baholanadi. Ingliz tilida shakli aktiv bo’lgani bilan ma’nosi aktiv nisbat ma’nosiga to’g’ri kelmaydi. Ma’nosi passivga yaqinroq keladi, lekin shakli to’g’ri kelmaydi. SHuning uchun bu kabi hollar ingliz tilida middle voice - o’rta nisbat deb yuritiladi. Masalan:
The magazine doesn’ t sell well – Jurnal yaxshi sotilmaydi.
Bundan tashqari, majhul darajada qo’llaniladigan va qo’llanilmaydigan fe’llar o’rtasidagi chegara ham juda nisbiydir, ya’ni majhulda ishlatilmaydi deb hisoblanadigan fe’llar nutqda majhul shaklda ko’rinib qolishi mumkin. Masalan: The bed had not been slept in. The house seems hot to have been lived in for a long time
Shunday qilib, ingliz tilida passiv shakllar potensial jihatdan barcha fe’llar bilan qo’llanilishi mumkin. Ammo uning nutqda ifodalashda ayrim cheklash bo’lishi mumkin. Ingliz tili nisbat paradigmasi quyidagi ko’rinishga ega:
A s t i v e
|
R a s s iv e
|
1. Present Indefinite
|
1. Present Indefinite Passive
|
2. Past Indefinite
|
2. Past Indefinite Passive
|
3. Future Indefinite
|
3.Future Indefinite Passive
|
4. Present Continuous
|
4. Present Passive
|
5. Past Continuous
|
5. Past Continuous Passive
|
6. Future Continuous
|
6. Future Continuous Passive
|
7. Present Perfect
|
7. Present Perfect Passive
|
8. Past Perfect
|
8. Past Perfect
|
9. Future Perfect
|
9 -
|
10. Present Perfect Continuous
|
10 -
|
1 1. Past Perfect Continuous
|
11 -
|
12. Future Perfect Continuous
|
12 -
|
Tabiiyki, nega davomli shakllarning perfektiv aspektda shakllari yo’q? Nega normativ grammatikalarda davomli formalarning passiv shakli inkorqilinadi degan savollar tug’ilishi mumkin.
Gap shundaki, ingliz tilida to be fe’li polifunksional aktiv va nutqda eng ko’p uchraydigan fe’l hisoblanadi. Mana shu fe’l passiv shaklni yasashda ham, davomli shakllarni yasashda ham ishtirok etuvchi asosiy yordamchi fe’l sanaladi. Davomli passiv shakllarni yasashda tobe fe’li ikki marta ishlatilinadi. Masalan: The patient is being examined yoki the patient has been being examined.
Yordamchi fe’llarning bu qadar ko’p, keragidan ortiqcha ishlatilishining oldini olish maqsadida Future Continuous Passive hamda Perfect Continuous Passive shakllar nutqda biroz soddalashtiriladi va Future Continuous Passive o’rniga Future Indefinite Passive va Perfect Continuous shakllari o’rniga Perfect Passive shakllari ishlatilinadi.
INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA FE’L SO’Z TURKUMIDAGI SHAXS VA SON KATEGORIYASINING IFODALANISHI
Shaxs va son kategoriyasi fe’l so’z turkumiga xos bo’lib, bu kategoriya ichki paradigma asosida sodir bo’lib, fe’l shaxsli shaklining har qanday paradigmasida mavjuddir. Ingliz tilida fe’llardagi shaxs va son kategoriyasi boshqa tillarga nisbatan unchalik keng taraqqiy etmagan. Negaki, mavjudlik ma’nosidagi fs’llardan tashqari barcha fe’llar shaxs va son shakliga ega emas va come, stopped, looked kabi fe’llar faqat gapning egasi bo’lmish olmosh yoki ot orqali shaxs va son ma’nosini olishi mumkin, ya’ni: he came, the train stopped, they looked.
Mavjudlikni ifodalaydigan fe’llar shaxs kategoriyasiga emas, faqat son kategoriyasiga ega: was, were. Bunday fe’llar hozirgi zamonda assimetrik paradigmani tashkil etadi, ya’ni birlikda birinchi va uchinchi shaxs shakli mavjud bo’lsa, ko’plikda esa shaxs shakliga ega emas: am, is, are.14
Qolgan fe’llar esa uchinchi shaxs birlik ma’nosini beradigan yagona shaklga ega: comes, looks. Bunda morfologik paradigma mutloqo assimetrik xususiyat kasb etadi. Bu erda s qo’shimchasi ko’plik ma’nosini anglatmaydi, balki –s qo’shimchali birlik shakl ham mavjud. Ularda shaxsni ifodalovchi ma’no faqat olmoshlar orqali berilishi mumkin: I look. Fe’l shakllaridagi –s qo’shimchasi son kategoriyasini ifodalamasa shaxs kategoriyasini ifodalaydimi degan savol tug’ilishi tabiiy. Fe’llarning bunday shakllari shaxsni ham ifodalamaydi, chunki ingliz tilida uchinchi shaxsni ifodalaydigan va – s qo’shimchasiga ega bo’lmagan fe’l shakli ham mavjuddir. Shunday qilib, fe’lning – s qo’shimchali paradigmatik shakli o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Zero, biz inglizcha fe’l shakllarining gapdagi vazifasiga e’tibor qilsak, ularning ot bilan ifodalangan egaga nisbatan qarama-qarshi turganligini yaqqol ko’rish mumkin. Masalan, the train stops; the trains stop.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ingliz tili fe’llariga xos bo’lgan shaxs va son kategoriyasi ayrim hollarda assimetrik tarzda parcha-parcha ko’rinishida namoyon bo’lishi mumkin ekan. Bu holat qadimgi ingliz tilidan hozirgi zamon ingliz tiliga qolgan me’rosdir. Yuqorida keltirilgan izohlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ingliz tili fe’l so’z turkumiga xos bo’lgan shaxs kategoriyasi faqat birgina holatda, ya’ni istak-hohish mayli noaniq hozirgi zamondagi uchinchi shaxs birlik shaklida aniq namoyon bo’ladi, ya’ni infinitivga s qo’shimchasi qo’shiladi: writes. Uchinchi shaxs shakli esa qolgan barcha shaxs shakllariga qarama-qarshi turadi. Shunday qilib, noaniq hozirgi zamonda shaxs kategoriyasi faqat birgina holatda shaklan namoyon bo’ladi, ya’ni boshqa shaxslarda qo’shimchaning mavjud emasligi ularning uchinchi shaxs birlik emasligiii inkor etadi.
Ingliz tili fe’llariga xos bo’lgan son kategoriyasi haqida shunday xulosaga kelish mumkinki, u shaxs kategoriyasiga qaraganda ancha sust rivojlangan. Faqat noaniq hozirgi zamondagi –s qo’shimchali uchinchi shaxs shakli birlikni ifodalovchi birdan-bir unsurdir. Biroq, u birlikdagi barcha shaxslarga xos emas, shuning uchun ham u nafaqat ko’plik shakllarga nisbatan qarama-qarshi turadi, balki morfologik ifoda unsuriga ega bo’lmagan ayrim birlik shakllarga ham teskaridir.15
Hozirgi va o’tgan zamonlarda to be fe’li son kategoriyasiga ega, ya’ni bu fe’l birlik va ko’plikda bir-biridan farq qiladi: am, is, are; was, were. Qadimgi ingliz tili grammatikasiga nazar tashlasak, fe’llardagi son kategoriyasi shaxs kategoriyasi kabi hozirgi va o’tgan zamon shakllarida ancha yaxshi rivojlangan.
Hozirgi zamon ingliz tili grammatikasida esa bu shakllarning juda kam qismigina saqlanib qolgan. Biroq, be fe’lining yordamchi fe’l va bog’lovchi fe’l tariqasida keng qo’llanilishi sababli shaxs va son kategoriyasi tilda kutganimizdanda ko’prok ahamiyat kasb etadi.
Shaxs - bu fe’lning grammatik kategoriyasi bo’lib, u fe’l anglatgan ish-harakatning bajaruvchiga tegishliligini bildiradi.
Ish-harakat bajaruvchisi so’zlovchi, uning hamsuhbati yoki ushbu muloqotda qatnashmagan uchunchi shaxs bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra grammatik uchta shaxs farqlanadi: birinchi shaxs, ikkinchi shaxs, uchunchu shaxs.
Ingliz tilida shaxs kategoriyasining morfologik usul bilan ifoda etilishi rus tilidagidek yaxshi rivojlanmagan. U faqatgina hozirgi zamon III shaxs birlikda aniq shaklan o’z ifodasini topgan xolos: (he) says, (he) speaks va hokazo. O’tgan zamonda bu kategoriya o’z shaklini umuman yo’qotgan. Kelasi zamonda esa I shaxs uchun shall ko’makchi fe’li va qolgan shaxslar esa will ko’makchi fe’lining ishlatilishi shaxslar o’rtasidagi farqlarni ifodalaydi. Lekin bu farqlar hozirgi paytda asta-sekinlik bilan yo’qolib boryapti. Birinchidan, will fe’lida shall fe’lini siqib chiqarishga moyillik mavjud, ikkinchidan esa og’zaki nutqda ko’makchi fe’llar o’rtasidagi farqni ifodalamaydigan ega bilan qo’llaniladigan ‘ll qisqartmasi ko’p ishlatilmoqda. Masalan: “The window’ll be ten shilling”, she said (Wain).16
Shaxs kategoriyasining shaklan boshqa fe’llardan farqli tomoni - hozirgi zamon I va III shaxs birlik va ko’plikda o’zining “am” va “is” suppletiv shakllariga ega bo’lgan “to be” fe’li shakllaridir. O’tgan zamonda bu fe’l qisman I va III shaxs birlikda “was” shakli bilan beriladi. Shaxs kategoriyasining ko’plik shakli ifodalanmagan.
Ingliz tilida son kategoriyasi fe’llarda aniq ifodalanmagan. Bu kategoriyani “to be” fe’lining hozirgi ba o’tgan zamondagi shakllari ifodalaydi (birlikda “is”, ko’plikda “are”, “were”). -(es) s morfemasi hozirgi zamon III shaxs birlik shaklini yasaydi: speaks, writes.
Rus tilida son kategoriyasi hamma zamonlarda barcha fe’llarga tegishlidir.
Modallik O. Axmanovaning ta’riflashicha so’zlovchining aytiladigan fikrga sub’ektiv munosabati va aytiladigan fikrning real voqelikka bo’lgan munosabatidir. Modallik kategoriyasi kuyidagi usullar yordamida ifodalanadi:
1)Morfologik usul yordamida. Bu usulda harqanday gap ma’lum bir mayl kategoriyasi asosida ruyobga chiqariladi yoki ifodalanadigan gaplarning barchasi modallikning morfologik usulidir. Nemis olimi G. Bruderning ta’kidlashicha har qanday gapda modallik mavjud.
Sintaktik usul yordamida. Ingliz tilida shunday qurilmalar mavjudki ish-harakat bajarilish zaruriyatini, extimolligi va shartligini ifodalaydi (It is important for him to study). Sintaktik usul shu kabi qurilmalar yordamida ifodalanadi.
Leksik usul yordamida. Bu usul modal so’zlar (certainly; of course; surely; by all means) orqali ifodalanadi.
4)Leksik-grammatik usul yordamida. Ushbu usul modal fe’llarniig fe’lning infinitiv shakli bilan kelishi orqali ifodalanadi.
Fe’l asosan shaxs faoliyatini ko’rsatib keladigan so’z turkumidir. Bunday ta’rif har ikkala tilga ham ya’ni, ingliz va o’zbek tillariga xos bo’lib, buni quyidagi misollarda ham ko’rish mumkin:
Lanny Swarts and Young Mako are coming here tonight.
They set down, very shaky, and looked at each other.
O’zbek tilida ham quyidagi misolni keltirishimiz mumkin. Masalan;
O’rta maktabni a’lo baholar bilan bitirdi.
Bu misollarda ajratib ko’rsatilgan so’zlar fe’l turkumiga oid bo’lib, ular gapdagi sub’yektning faoliyatini ko’rsatib kelayapti.
XULOSA
Fe’l so’z turkumini o’rganishda talabalar so’z boyligini oshirish imkonyatlari benihoya ko’p. O’quvchining nutqini o’stirish bola maktabga birinchi qadam qo’ygan kunidan boshlanadi. Nutq ko’nikmalarining shakllanishi va rivoji izchil ravishda olib borilgan amaliy ishlar natijasidagina hosil bo’ladi.
J. Bo’ronovning fikricha – ingliz va o’zbek tillarida fe’l so’z turkumi harakat yoki holatni bildirib, zamon, aspekt, mayl, nisbat, perfekt va boshqa grammatik kategoriyalarga ega bo’lgan so’z turkumi fe’l deyiladi.17 Fe’l – asosan shaxs faoliyatini ko’rsatib keladi. Fe’llarning aniq va noaniq formalari (finite and non-finite forms of the verb). Fe’l formalari gapda tuslanib yoki tuslanmay kelishiga ko’ra aniq yoki predikativ forma va noaniq yoki predikativ bo’lmagan formaga bo’linadi. Shaxs, zamon, son va mayl kategoriyalarida o’zgarib, gapda kesim vazifasida keluvchi fe’l formalari fe’lning aniq yoki predikativ formalar deyiladi. Harakat yoki holatni umuman ko’rsatish bilan birga qisman belgi yoki predmetlashganlikni ko’rsatib keluvchi fe’l formalari fe’llarning noaniq yoki predikativ bo’lmagan formalari deyiladi. Fe’lning noaniq formalari harakat yoki holatni gapning egasi bilan bog’lanib emas, balki undan ajralgan holatda, o’z - o’ziga ko’rsatib kelishi mumkin.
Fе'lning ma'noviy guruhlanishi hozirgi kun ta'lim tizimining barcha bo’g’inlarida o’z aksini topganligida kuzatiladi. Bu hol mazkur turkumni chuqurroq o’rganishda qo’l kеladi. Fе'l o’zining ma'no qirralari, uslubiy imkoniyatlari bilan o’ziga xos o’rin egallaydi.
Fe’lning – noaniq formalari odatda shaxs-son, zamon, mayl kabi kategoriyalarini to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatmaydi. Bu formalarga hozirgi ingliz tilida infinitiv, sifatdosh gerundiy kiradi. Fe’llarning aniq formalari gapda kesim vazifasida keladi, noaniq formalari ega gapda kesim bo’la olmaydi. Balki uning bir qismi vazifasida kelishi mumkin. fe’l strukturasi (verb structure) yasalgan fe’llar qo’shma yasama fe’llar deyiladi.
Predmetning harakatini va jarayon tarzidagi holatini bildirgan mustaqil so’z turkumi fe’l deyiladi. Fe’l nima qilmoq? so’rog’iga javob bo’ladi. Yozmoq, o’qimoq, bormoq, kelmoq, topmoq kabi. Fe’llar shaxs va predmetlar harakatini ifodalash bilan birga turlicha holatini, belgining o’zgarishini ham harakat tarzida anglatadi.
O’zbek tilida harakat va holat ma’nosi doim fe’llar orqali ifodalanavermaydi. Otlar ham mavhum harakat va holatni anglatadi. Fe’l ish-harakatning biror bajaruvchi tomonidan ma’lum vaqtda bajarilganligini bildiradi. Fe’llar ham boshqa so’z turkumlari kabi sodda, yasama va qo’shma fe’llarga bo’linadi. Sodda yoki tub fe’llar. Bir o’zakdan iborat bo’lgan fe’llar sodda fe’llar deyiladi. Masalan: to come, to see, to work, to bright, to draw va boshqalar.
Fe’l, zamon, shaxs, nisbat kabi grammatik kategoriyalarida kelgan kategorial grammatik suffekslar uning strukturasini o’zgartirmaydi, ya’ni fe’llar sodda fe’ligicha qoladi. Masalan: Work – worked, works-working.
Abduazizov A. A. Theoretical Phonetics of Modern English. T., 2007.
Аbduraimova B. va boshqalar. Ingliz tili amaliy grammatikasi. T. 2006.
Аnikin G.V. Mixalskaya N.P. «Ingliz adabiyoti tarixi». M., 1985.
Blokh M.U. “A Course in theoretical English grammar”. M., 1983.
Bo’ronov J. B “Ingliz va o’zbek tillari qiyosiy grammatikasi.” - T., 1973.
Boʼronov J., Xoshimov Oʼ, Ismatullaev X. “English Grammar”, “Ingliz tili grammatikasi”, “Oʼqituvchi” nashriyoti. -T. 1974.
Ganshina M, Vasilevskaya “English grammar” Foreign languages publishing house. -M,.1954.
Gapparov M. “Ingiliz tili grammatikasi”, -T., “To‘ron-iqbol” 2006.
Gordon Ye. M. Krylova I. P. “A Grammar of present – day english” –M. “Visshaya shkola” 1986.
Gʼulomov А, Аsqarov M. “Hozirgi oʼzbek adabiy tili”, -T. 1987.
Ilyish B. A. The structure of Modern Yenglish. – L.: Prosveshenie, 1971.
Khaimovich B. S., Rogovskava B. I., “A course in english grammar”. –M,.1967.
Maxmudov N., Nurmonov А. Oʼzbek tilining nazariy grammatikasi. (Sintaksis). –Toshkent: Oʼqituvchi, 1995.
Shevchenko M. A, Sitchinava E. Sh A manual in practical grammar. - Samarkand, 2004.
Бархударов Л. С. и др. “Грамматика английского язика”. - М., 1963.
Бархударов Л. С. Очерки по морфологии современного английского язика. - М.: ВШ, 1975.
Качалова К. Н., Израилевич Й. Е. “Практическая грамматика английского язика”. –Бишкек, 2004.
Иванова И. П., Бурлакова В. В., Почевцов Г. Г. “Теоретическая грамматика современного английского язика”. - М., 1981.
Соколова М.А. и др. Практическая фонетика английского язика. М., 2001.
Do'stlaringiz bilan baham: |