Ingliz va o’zbek tillarida fe’l so’z turkumidagi shaxs va son kategoriyasining ifodalanishi” mavzusidagi kurs ishi



Download 262,5 Kb.
bet2/6
Sana03.04.2023
Hajmi262,5 Kb.
#924548
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ingliz va o’zbek tillarida fe’l so’z turkumidagi shaxs va son ka

The man is standing in the garden9
Bu gapdagi harakat, to’g’rirog’i holat xudi vaqtinchaga o’xshaydi. Bu gapni taqqoslash maqsadida yana bir misol keltiramiz:
The house is standing in the garden.
Bu gapda fe’l ifodalayotgan harakat vaqtincha emasligini gapning mazmuniga qarab anglash mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi zamon turlarining davomli shakllari stilistik maqsadda ham qo’llanilishi mumkin. Bunday hollarda faqat jadal harakat nazarda tutiladn, ya’ni gapiruvchining sub’ektiv-emotsionnal munosabati namoyon bo’ladi. Masalan:
People are always blaming their circumstances for what they are.
Shuningdek, hozirgi zamonning davomli shakllari yaqin kelasi zamon ma’nosini ham berishi mumkin. Bunday hollarda gap tarkibida albatta, vaqt holining ishtirok etishi shart. Masalan:
They are coming tomorrow
Hozirgi zamonning davomli shakllari turli xil gaplar tarkibida, ayniqsa soda gaplar tarkibida ko’plab uchraydi. Ularning juda keng qo’llanilish doirasi ko’chirma gaplardir. Masalan:
Where is Mr. Praed now?
"He is driwing my mother and Bessie to the station"
Ingliz tilidagi tugallangan zamon (Perfect) asosiy zamon turlaridan bo’lib, sof zamon ma’nosiga egadir. Hozirgi zamon perfektining turga xos asosiy ma’nolaridan biri ish-harakatning nutq momentiga nisbatan tugallanganligidir. Perfektning vaqtga xos bunday ma’nosi harakatning nutq momenti davri ichida sodir bo’lishidan iboratdir.10
Ingliz tilidagi fe’l so’z turkumiga oid bo’lgan o’ziga xos xususiyatlardan biri shundaki, tugal ma’noga ega bo’lgan barcha harakatlarning hammasi ham o’tgan zamonga tegishli bo’lavermaydi. Harakatning tugallanganligini aks ettirishda o’tgan zamonning noaniq shakllaridan foydalaniladi. Ammo ba’zi hollarda harakatning tugallanganligiga qaramasdan, gapning kesimi hozirgi zamon bilan bog’liq bo’ladi. Bunda harakat sodir bo’layotgan vaqtning tugallanganligini ifodalovchi ko’rsatkich tushib qoladi va gapdagi ish-harakat hozirgi zamon ma’nosiga taaluqli bo’lib, perfekt orqali ifodalanadi. Perfektda nutq momenti bevosita harakat momentiga kirmaydi. Lekin, harakat nutq momenti davriga kiruvchi vaqt davomida sodir bo’ladi. Masalan, Ne has arrived gapida gapiruvchi boshqa bir shaxsning kelishi haqida tugallangan harakat sifatida xabar bermoqda. Bunday hollarda perfekt shakllarining qo’llanilishi harakat sodir bo’layotgan vaqt nutq momentiga nisbatan tugallanmaganligini ko’rsatadi va shunga ko’ra fe’lning bunday holati hozirgi zamon turlariga kiritiladi. Bu misolga qarama-qarshi tarzda He arrived yesterday gapini oladigan bo’lsak, unda harakat sodir bo’layotgan vaqt tugallangan va shuning uchun ham bu gap o’tgan zamonga tegishlidir.
Perfektning yana bir muhim xususiyatlaridan biri shundaki, u hikoya qilish vazifasiga ega emas. Chunki u yagona harakatni aks ettiradi. Bu zamon birin-ketin hikoya qilinayotgan harakatni qo’llanishda ishlatilmaydi.

  1. Download 262,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish