Ingliz tili xorijiy til va adabiyoti kafedrasi


Frazeologik birlik, uning tarkibi va frazeologizmlarning sinflarga ajratilishi



Download 83,5 Kb.
bet8/11
Sana10.07.2022
Hajmi83,5 Kb.
#768163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Homaki BMI oxirgi

1.2 Frazeologik birlik, uning tarkibi va frazeologizmlarning sinflarga ajratilishi.

1. Frazeologik birliklar. Frazeologiyaning asosiy bo'limlaridan biridir. Ularning asosida semantik transformatsiya yotadi. Komponentlar guruhining ma'nosi o'zgarganda, frazeologik ma'no paydo bo'ladi. Bu guruhga bir –biri bilan ergashish yo'li orqali bog'langan birikmalar kiradi. Frazeobirliklar guruhiga, M. D. Stepanova va I. I.Chernishevaning aytishicha, so'z juftliklari va komparativ frazeologizmlar kiradi. Ular bularni struktural xususiyatga ega frazeobirliklar deb atashadi.


So'z juftliklarining asosiy struktural belgisi bu ularning binar xususiyatga ega birikma bo'lishidir, ya'ni ular ikkita bir gap bo'laklariga taalluqli bo'lgan leksemalardan iborat.Semantika nuqtai nazaridan olib qaralganda , so'z juftliklar umumlashgan xarakterga ega.
Bu yerdan frazeologizatsiyaning quyidagi usullarini ko'rib chiqish mumkin:
1. Umumlashgan ma'no - binar so'z guruhlaridan ma'nosining metaforik yoki metanomik qo'shilishida hosil bo'ladi.
2.Umumlashgan ma'no - binar so'z birikmalaridagi ikkita komponentning semantik konsolidatsiyasi asosida hosil bo'ladi:
3. Umulashgan ma'no - bir xil gap bo'laklarining taftologik birikmasi asosida sodir bo'ladi. Bunday so'z juftliklari taftologik juftliklar deb ataladi. Komparativ frazeologik birikmalarga eng mukammal va qo'shma so'z birliklari misol bo'ladi, chunki buning frazeologik xususiyati an'anaviy taqqoslashda namoyon bo'ladi. Bu guruhdagi frazeologik birliklarning struktural – semantik xususiyati shundaki , bu yerda harakat va xususiyatlar qiyosiy guruh yoki qiyosiy ergash gap , ya'ni “ like” “as” so'zlari bilan namoyon bo'ladi : “Tosinglikeabird “- “qushga o'xshab sayramok “.Yana shuni aytib o'tish joizki, komparativ frazeologizmlar ikki qismli strukturaga ega.
Frazeologik birikmalar semantik kompleks sanalib, ular shakl jihatidan o'zgarishi mumkin, ammo ma'nosi o'zgarmaydi. Lekin shunday birikmalar borki, ular tilda butunlay kirishib ketgan va ularni biz xohlagancha shaklini ham o'zgartira olmaymiz: ro’l o'ynamoq, ma'no kasb etmoq.
Lekin shunday bo'lsa ham frazeologik birikmalar qotib qolgan birikmalar emas va ularning o'rniga sinonimlarni qo'llash mumkin: e'tibor qaratmoq, fikrni qaratmoq.
Yana shuni e'tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, har bir til o'zining ichki qonuniyatlariga ega bo'lib, ingliz va o'zbek tillarida birikmalar so'zlar qo'llanilishi jihatidan bir xil bo'lmasligi mumkin:
to take steps - chora ko'rmoq
to pay attention - e'tibor qaratmoq
direct current - doimiy elektr toki
Masalan, to strike ingliz fe'li har xil birikmalarda o'zbek tilida turlicha tarjima qilinadi:
to strike a match – gugurt yoqmoq
to strike the iron – temirda o'ymakorlik ishlarini bajarmoq
to strike oil – neft konlarini izlab topmoq
to strike hands – qo'l tashlamoq
to strike the eye – ksho'ga tashlanmoq
to strike a flag – taslim bo'lmoq
to strike a mine – minani bosib o'tmoq
to strike a blow – musht ko'tarmoq, zarba bermoq
to strike a bell – chaqiruv e'lon qilmoq.
Lekin yana shunday birikmalar mavjudki, har xil ingliz fe'lli birikmalar o'zbek tilida bir xil tarjima qilinadi:
to open a book – kitobni ochmoq
to unveil a monument – haykalni ochmoq
to discover America – Amerikani ochmoq
to reveal a secret –sirni ochmoq.
Shunday qilib, “frazeologik birlik” atamasi noaniqlikka boy bo'lib qoladi. Bu guruhga “potentsial leksik ajraladigan” birikmalar bilan birga “semantik jihatdan ajralmas” birikmalar misol bo'la oladi. Frazeologik birliklar guruhi har xil birikmalarni o'z ichiga oladi: pashshadan fil yasamoq, qora terga botmoq, tulkiday ayyor, chumoliday mehnatkash va boshqalar. Yana shunday yaxlit so'z birikmalari guruhlari mavjud bo'lib, ular alohida tarzda qo'llanilmaydi: jamoa fikri, yashash uchun kurash, dam olish maskani, va boshqalar.
N.N.Amosovaning fikricha, frazeologiya muammosiga bag'ishlangan ko'pchilik ishlar tasviriy xarakterga ega. Uning fikricha, ingliz frazeologiyasining mustaqil tadqiqoti uchun asosan akademik V.V.Vinogradovning ishlari katta ahamiyatga ega. Lekin frazeologiyaning umumiy tadqiqoti uchun bo'lsa ularning rivojlanish jarayonlari, semantik tabiati va tilda qo'llanilishi katta ahamiyatga egadir. N.N.Amosova ham frazeologiya sohasiga katta hissa qo'shgan: ingliz frazeologiyasi asoslari muammosi, frazeologizmlarni o'rganish uslublarining tavsiyalari, iboralarning yaxlit ma'nosini o'rganish, turg'un birikmalarning frazeologik birliklarga o'zgarishi, frazeologik birliklardagi sintaktik bog'liqliklarning qo'llanilishi va boshqalar.
N.N.Amosova frazeologik birliklarni quyidagicha sinflarga ajratishga e'tibor qaratgan:
1. Iboralar yaxlit ma'noga ega, komponentlarga ajratilganda o'z ma'nsini yo'qotuvchi frazeologik birliklar:
sovuqqon – as cool as cucumber
2. Frazemalar frazeologik jihatdan ma'nosi birikmaning biror komponentiga bog'liq birliklar:
qoshini chimirmoq – to knit one’s brows
sabrini yo'qotmoq – to lose one’s temper[6,18]
A.V.Kuninning fikricha, frazeologik birliklar bu ma'nosi to'liq yoki qisman o'zgargan birikmalar sanaladi. frazeologik birliklarning asosiy belgilari sifatida "tildagi turg'unlik, semantik yaxlitlik, alohida tarzda qayd qilish". Frazeologik birlikning tilda o'z o'rnini topishda birinchi navbatda obrazlilik katta ahamiyatga ega. [13,160]
A.V.Kuninning fikricha, frazeologiya tarkibida uchta asosiy bo'lim mavjud: idiomatika, ideofrazeomatika, frazeomatika. Bu bo'limlar frazeologizmlarning murakkabligiga qarab taqsimlangan. Idiomatika bo'limiga iboralar kiritilgan bo'lib, ular to'liq yoki qisman o'zgartirilgan leksemalar sanaladi. Masalan, “to be in smooth water” birikmasi “tinch suvda bo'lmoq” ma'nosini bildiradi va o'zbek tiliga “qiyinchiliklarni yengmoq” frazeologik birligi asosida o'giriladi:
At last they had turned the comer of their lives and were in smooth water. (“Caravan”)
Frazeomatika bo'limiga frazeomatizmlar, ya'ni iboraviy xarakterga ega bo'lmagan frazeologizmlar misol bo'ladi. Ular asosan murakkab ma'noga ega birliklar sanaladi. Masalan, launch a boat birikmasi o'zbek tiliga “qayiqni suvga tushurmoq” ma'nosini anglatadi, launch fe'lining o'zitor ma'noli fe'l bo'lib, faqatgina launch a boat (liner, ship, vessel) so'zlari bilan birikma hosil qiladi.
Idiofrazeomatika bo'limiga idiofrazeomatik birliklar, yoki idiofrazeologizmlar misol bo'ladi. Idiofrazeologizmlar turg'un birikmalar bo'lib, ular murakkab ma'noga ega birikmalardir. Ularning o'ziga xos tomoni shundaki, bunday birikmalar butunlay ko'chma ma'no kasb etadi. Masalan, half the battle “yarim g'alaba qozongan urush” deb tarjima qilinsada, “muvaffaqiyat belgisi” ma'nosini kasb etadi.
Yana bir birikmani ko'rib chiqamiz: between wind and water “vaterliniya chizig'i” deb tarjima qilinuvchi quyidagi birikma frazeologiyada “nozik joy” ma'nosini anglatadi.
"Realizing... that she was now left high and dry without a penny, Reina appeared to be shuttled between fear and rage.. Mr. Elderson got it between wind and water. He didn't like it a little bit.
2. Frazeologi kbirikmalar Komponentlarning ma'no jihatidan o'zgarib, bitta yagona ma'no beruvchi frazeologik birliklardir. Bunday frazeologik birliklarning semantikasi uchun tahliliy qarash va komponentlarning alohida semantik o'rganilishini saqlashjoizdir. Masalan “an iron lady”-“temir ayol” .
Frazeologik birikmalar terminologik va noterminologik xarakterga ega. Masalan “The black market “- “ chayqovchilar bozori “
3. Frazeologik tushunchalar – bunday birliklar o'z grammatik tuzilishi jihatidan gap yoki predikativ birliklar bo'lishi mumkin .Kommunikativ ma'no jihatidan ularning quyidagi xillari mavjud :
a) ko'p ishlatiladigan maqollar: In Rome as the Romans do- Ko'rlar shahriga borsang, bir ko'zingni qisib yur.
b) Mukammal va hosil qilingan modal tushunchalar , masalan “ Damn it up.”-“ Ha, qurib ketsin !”
O'zgaruvchan birikmalarning ma'no almashinuvi asosida hosil bo'lgan frazeologik birliklar hozirgi tilda ishlatilmaydi. Ko'pincha frazeologik xarakterga ega bo'lmagan mukammal birliklar ma'no almashinuvi jarayoniga yo'liqadi. Bu birinchi navbatda o'z ma'nosida ishlatiladigan terminologik birikmalarga xosdir. O'tmishning aniq hodisasi asosida tuzilgan frazeologik xarakterga ega bo'lmagan mukammal birlik yo'qolishi mumkin, lekin shu asosda yasalgan frazeologik birliklar yasashda davom etadi.
Frazeologik birlikning ma'noviy strukturasi va so'zning ma'noviy strukturasi faqatgina ularning mazmuniga kelib taqalmaydi. Ma'noviy strukturaning mazmundan tashqari asosiy elementi bu – yasamaning yaxlit tuzilishi, uning grammatik bezatilishi va tilning sistemali aloqalariga bog'liqdir. Frazeologik birlikning va so'zning ma'noviy strukturalari hech qachon bir – biriga mos kelmaydi. Bu frazeologik va leksik ma'nolarni bir – biridan ajratishga asos bo'la oladi. Agar biz xohlagan leksiko – frazeologik sinonimik qatordagi frazeologik va leksik sinonimlarni taqqoslasak, shu xulosaga kelamizki, frazeologik va leksik ma'noviy strukturalar hech qachon bir – biri bilan yaxlitligicha mos kelmaydi. Masalan, “to die” fe'lining frazeologik sinonimlari quyidagi birikmalar hisoblanadi: “to go over to the majority”, “to go the way of all flesh”, “to kick the bucket” va boshqalar.
Bu sinonimik qatordagi elementlarni qiyoslaganda biz frazeologik birliklar va ularning leksik ma'nolari o'rtasida ko'rinarli farqlarni payqashimiz mumkin.
I . Frazeologik birlikning ma'nosi bitta: “o'lish”, “vafot etish”.
“To die” fe'li bo'lsa ko'p ma'noli hisoblanadi:
1) “o'lish”, “vafot etish”;
2) “juda ham xohlamoq” (I am dying to see him)
3) “tugamoq”, “yo'qolmoq”, “esdan chiqarilmoq” (His fame will never die).
Xornbi lug'ati “to die” fe'lining shu uchta asosiy ma'nosini ko'rsatib o'tgan. Katta Oksford lug'atida bo'lsa “to die” fe'lining 12 ta ma'nosi ko'rsatilgan.
2. “To go over to the majority” frazeologik birligi “Yaxshi dunyoga ravona bo'lmoq” hazil ma'nosini bildiradi. “To go the way of all flesh” frazeologik birligi bo'lsa “butun olamning hamma kechinmalaridan o'tish” ma'nosini bildiradi. “to kick the bucket” frazeologik birligi bo'lsa frazeologik yasama hisoblanib, “qutida o'ynash” ma'nosini bildiradi.
“Todie” fe'lining ma'nosi stilistik jihatdan neytral. Frazeologik ma'no – to'liq yoki to'liq bo'lmagan ma'no o'zgarishi natijasidir, leksik ma'no o'zgartirilgan yoki o'zgartirilmagan bo'lishi mumkin.
3. Frazeologik birliklar ikki yoki undan ortiq komponentlardan iborat bo'lib, alohida tuzilgan birikmalardir, “to die” fe'li bo'lsa yaxlit tuzilgan birikmadir.
4. “To go over to the majority”, “to go the way of all flesh”, “to kick the bucket” frazeologik birliklari “away, down, off, out” kabi postpozitivlar bilan mos tushmasligi mumkin.
“To die” fe'li leksik ma'noga ega bo'lib, bu postpozitivlar bilan moslashadi: “to die away” - “jim bo'lmoq” (tovush haqida gap ketganda); “to die down” – “olovning o'chishi”; “to die off” – “birin–ketin vafot etmoq”; “to die out” – “olovning o'chishi”.
“To die” fe'lining moslashuvi uning frazeologik sinonimlariga nisbatan kengroqdir, bu fe'l ma'nosining kengligini yanada yaqqolroq namoyish etadi. Misol uchun quyidagi birikmalarni keltirish mumkin: “to die a natural death” – “o'zidan – o'zi vafot etish”, “to die a violent death” – “azob – uqubat sababli vafot etish”; “to die a hero’s death” – “qahramonlarcha halok bo'lish” va boshqalar.
5. “To die” fe'liga sinonim bo'lgan frazeologik birliklar bu fe'ldan farqli ravishda uzoq davom etadigan harakatlarda ishtirok etmaydi. “To die” fe'li cheksiz bo'lib, u ham davomiy, ham qisqa muddatli holatlarda ishlatiladi, frazeologik sinonimlar bo'lsa faqatgina qisqa muddatli harakatni namoyon qiladi.
6. “To die” fe'lining frazeologik sinonimlari frazeologizmlarning ham, murakkab so'zlarning ham tarkibiga kiritilmaydi.
“to die” fe'li bo'lsa frazeologizmlarning bir komponenti sifatida qo'llaniladi: “to die in the last ditch” – “o'lguday qotib qolmoq”, “to die a dog’s death” – “itday o'lib ketmoq”, “never say die” – “hech qachon umidsizlanma” va boshqalar.
7. “To die” fe'li murakkab so'zlarning komponenti bo'lib ham xizmat qiladi. Masalan: “Die - hard” – “yuragi tosh odam, konservator”.
8. Frazeologik birliklar alohida tuzilgan yasamalar bo'lib, individual stilistik yangiliklar kiritish mumkin:
The spare furniture has gone the way of all superfluities. (A. Huxley)
Bu frazeobirlik mebelь jihozi borasida ishlatilgan va oxirgi komponent – ya'ni “flesh” so'zi “superfluities” so'zi bilan o'zgartirilgan. “To die” fe'li mebelь jihozi borasida ishlatilmaydi va u hech qanday struktural yangiliklarni qabul qilmaydi.
9. “To go over to the (great) majority” frazeobirligi ikkita kvantativ variantga bo'linadi: “to go over the majority” va “to go over the great majority”. “To die” fe'lining varianti mavjud emas.
10. “to die” fe'lida so'z yasovchi ildiz mavjud: “dying” – “o'layotgan”, “the dying” – “o'layotganlar”, “dyingly” – “o'layotib”. “to die” fe'liga sinonim bo'lgan frazeologik birliklar so'z yasovchi paradigmaga ega emas.
Biz bu bo'limda “to die” fe'lini va unga sinonim bo'lgan ba'zi frazeologik birliklarni taqqosladik. Albatta, bu o'rganish bizga ko'p narsani aniqlashtirib bera olmaydi, lekin shunda ham biz tushundikki, frazeologik birlik va so'zning ma'noviy strukturasi bir – biriga mos tushmaydi.
Tilda frazeologik birliklarning yasalishi xilma- xildir.Frazeologizmlarning paydo bo'lishini ikki guruhga ajratish mumkin:
1)Shu tilda paydo bo'lib, yashashda davom etayotgan frazeologik birliklar;
2)chet tillardan olingan frazeologik birliklar.
Tilning o'zida paydo bo'lgan frazeologik birliklarning ixtirochilari noma'lum bo'lib qolmoqda .Asosan bu maqollarga taaluqlidir. Yaxlit qilib olganda, frazeologizmlar – bu xalq og'zaki ijodi .Ko'pchilik frazeologik birliklarda an'analar,realiyalar, tarix faktlari mujassamdir:
- Bring soal to Newcastle;
- Rome was not built in a dayvaboshqalar.
Ko'pchilik frazeologik birliklar professional tilga ko'chib o'tgan. Ko'pchilik frazeologizmlar adabiy kelibchiqishga ega .Frazeologizmlarning to'ldirilishining asosi borib boshqa tildan olishga taqaladi .Asosan lotintilidan , yunon tilidan va boshqatillardan olingan frazeologik birliklar katta ahamiyatga molikdir.Frazeologik birliklarning boshqa tildan olib kelinishini uchta asosiy guruhga ajratish mumkin:
1. To'laligicha ko'chirish .Bu guruh ikkita kichik guruhdan tashkil topgan:
a) o'rganiliyotgan tilda ko'chirish ishlatiladi , lekin prototip ishlatilmaydi :
Hunger is the best cooker.
Ochqorin – engyaxshioshpaz
b) o'rganiliyotgan tilda ko'chirish ham, prototip ham ishlatiladi.
A man for a man is a wolf.
Gadoningdushmanigado.
Homo hominem lupus est(lotintilida)
2.Original birliklarga qiyosan,frazeologik birliklarda o'zgarishlar kiritiladi. Bu asosan so'zlar tartibida farq bo'lganidagina ishlatiladi.
If you run after two hares, you will catch nothing.
Ikki quyonning orqasidan chopsang , hech birini tutaolmaysan.
Duos qui sequituer lepores neutrum capit.(lotintilida).
3. Klassik asosdagi kechroq paydo bo'lgan frazeologik birikmalar .Bunday birikmalarga qadimgi mifologiya , qadimgi tarix asosida hosil bo'lgan frazeologik birliklar kiradi.
Since Adam was a boy – Qadim zamonlarda;
Pandora’s box- Pandoraqutisi ,ya'ni qadim zamonlardan beri.
Ko'pchilik bunday frazeologik birliklar baynalminal harakatga ega va ular ko'p tillarda uchraydi.
Ingliz tilida frazeobirliklarning beshta asosiy struktural turi mavjud:
1. Bir bo'limli frazeobirliklar, ya'ni bitta o'z ma'nosida va ikkita o'zga ma'nodagi leksemalardan, yoki ikkita o'z ma'nosidagi va bitta o'zga ma'nodagi leksemalardan iborat frazeologizmlar.
2. Frazemalar, ya'ni bog'lovchili yoki ergash ma'noli strukturaga ega frazeologik birliklar.
3. Predikativ strukturali frazeologik birliklar.
4. Fe'l formali frazeologik birliklar.
5. Sodda va qo'shma gap strukturasidagi frazeobirliklar.
Shu yerda aytib o'tish joizki, frazeologik birliklarning to'rtta struktural – semantik sinfi mavjud. Ular frazeologizmlarning asosiy struktural turi bilan mos kelmaydi.
1. Nominativ frazeologik birliklar, ya'ni predmet, voqea – hodisalarni bildiruvchi frazeologik birliklar.
2. Nominativ – kommunikativ frazeologik birliklar, bunga asosan fe'l formali frazeologik birliklar misol bo'la oladi.
3. Modal fe'lli frazeologik birliklar, mantiqiy va predmet ma'nosini anglatmaydigan frazeologik birliklar.
4. Kommunikativ frazeologik birliklar, ya'ni sodda va qo'shma gap strukturasidagi frazeologik birliklar misol bo'la oladi.
Frazeologik birliklar nutqda faqatgina kontekst tarkibida ishtirok etadi. Frazeologik birliklarning kontekstda ishtirok etishi quyidagi tushunchalar orqali ifodalanadi:
a) Kontakt moslashuv – semantik frazeologik birliklarning aniq so'zlar yoki so'z guruhlariga birlashishi. Bu so'z so'z guruhlari frazeologik birliklarga chap yoki o'ng aktualizator bo'lib xizmat qiladi.
b) Masofali moslashuv – semantik frazeologik birlik va uning aktualizatori so'z yoki so'z birikmasi yordamida ajratiladi. Masofali moslashuvning yana bir holati – bu frazeologik birlik va uning aktualizatori tinish belgi bilan ajratiladi.
v) Moslashtirish – bunga ham kontakt, ham masofali moslashuv misol bo'la oladi.
g) Birlashtirish – frazeologik birliklar va o'zgaruvchan gaplar o'rtasidagi ma'no jihatidan bog'liqlik.
Frazologik birlik nimadan tashkil topgan? Biz frazeologik birliklarning komponentlarini leksemalar deb atadik. Ba'zi leksemalar – potentsial so'zlar hisoblanadi, chunki ular frazeobirliklar tarkibiga kirib, o'z ma'nosini butunlay yo'qotadi. Boshqa leksemalar frazeobirlik tarkibida ma'no jihatidan to'liq o'zgarmagan so'zlarga aylanadi. Frazeologik birlik – gaplarda ular gap bo'lagi bo'lib ajralib chiqmaydi. Ular matnlar tarkibida ham frazeologik birlik bo'lib qoladi, gap bo'lagi sifatida ajratilmaydi. Frazeologik birlikli gaplar ham bosh bo'lakli, ham ikkinchi darajali gaplardan iborat bo'lishi mumkin. Frazeologik birliklar bilan yaxlitligicha to'g'ri keladigan gap bo'laklari bilan frazeologizmlar to'g'ri kelmaydi.
Frazeologik kontekst – tilda semantik tashkil etilgan frazeologik birliklarning moslashuvi, bog'lanishi mavjud bo'lgan aktualizatordir.
Frazeologik kontekst bir necha turga bo'linishi mumkin:
1. Ichki frazali frazeologik kontekst – sodda yoki qo'shma gap tarkibidagi so'z yoki so'z guruhlarini bildiruvchi frazeologik birlikli aktualizator:
Here is realism as large as life. (S. O’Casey)
Bu yerda “as large as life” frazeologik birligi “to'laqonli” ma'nosini anglatadi.
2. Frazali frazeologik kontekst – sodda yoki murakkab gaplar bilan ifodalanadigan frazeologik birliklar:
Bekker … asked Dick how he was getting on. “by lips and bounds”, said Dick. (J. Lindsay)
3. Frazadan tashqari frazeologik kontekst – murakkab sintaktik yaxlitlik, u ma'no va sintaktik jihatdan birlashgan gaplardan tashkil topadi. Frazali kontekst frazeologik birliklarning nutqda ishlatilishi uchun yetarli ma'lumot bermaydi. Bunday paytda keng kontekst lozim bo'ladi.
Frazeologik birliklar faqatgina kontekstda emas, yana tekstda ham ishlptilishi mumkin. Shunga misol qilib, badiiy adabiyotdagi ba'zi asar nomlarini keltirish mumkin: “The Old Wive’s Tale” (A. Bennett); “The Golden Calf” (M. Braddon); “Cards On The Table”, “Cat Among the Pigeons” (A. Christie); “Open Sesame” (Fr. Marryat); “Cakes and Ale”, “The Land of Promise” (W. S. Maugham); “The Devil’s Advocate” (M.West); “In Cold Blood” (Truman Capote) va boshqalar.
Endi esa ad'ektiv qiyoslashlarni ularga taaluqli bo'lgan sifatlar bilan solishtiramiz: (as) merry as a grig – merry, (as) old as the hills – old, (as) plain as the nose on your face – plain.Bu yasamalar orasida quyidagi farqlar ko'rsatiladi:
1. Merry, old va plain so'zlari bo'linmas til birligidir. Yasama frazeologizmlar esa so'zlardan tashkil topgan bo'ladi va strukturasi jihatidan mukammalroqdir.
2. Merry, old va plain so'zlari tuzilishi jihatidan bir ma'noli hisoblanib, u leksik ma'no hisoblanadi. Bu so'zlar sifatlar hisoblanadi. Frazeologizmlarda bo'lsa, sifatlar o'zining haqiqiy ma'nosida ishlatilib, otlar yoki so'z birikmalari yordamida ma'nosi boyitiladi. Agar frazeologizmlar tarkibidagi sifatlar bir ma'noli bo'lmasa, u holda ot yoki so'z birikmalari faqatgina boyib qolmay, yana sifat ma'nosini anglatuvchi funtsiyasini ham bajaradi.
Boshqa qiyoslanishlar singari ad'ektiv qiyoslashlarda ham ma'noning ikkilamchiligi xarakterlidir. Frazeologik birlikning ma'noviy strukturasi so'zning ma'noviy strukturasiga nisbatan mukammalroqdir.
Alohida olingan sifatlar frazeologizm tarkibidagi sifatlarga nisbatan ma'no jihatidan kengroqdir. Misol qilib “plain” sifatini olamiz. “As plain as the nose on your face” qiyosiy frazeologizmida “plain” so'zining ma'nosi quyidagicha: “aniq, ravshan, ko'rinarli”.
Qiyosiy frazeologizmlarga taaluqli bo'lmagan holda, “plain” sifatining boshqa ma'nolari ham mavjud: 1) oddiy, 2) bir xil rangda (material haqida), 3) tekis, ravon (joy haqida), 4) oddiy, ko'rimsiz (ovqat haqida), 5) ochiq, 6) xunuk.
3. Sifatlar – to'liq yasalgan til birliklari bo'lib, ular so'z hisoblanadi, lekin ular so'zlardan tashkil topgan bo'lmaydi. Ularda bo'ladigan birdan – bir o'zgarish – bu sifat darajalarining yasalishi, ya'ni so'zlarga suffikslarning qo'shilishi hisoblanadi. (merry – merrier – the merriest, old – older – the oldest, plain – plainer – the plainest).
Ular o'ziga hech qanday o'zgartirishlarni kiritmaydi. Ad'ektiv qiyoslashlar alohida tuzilgan yasamalar hisoblanadi. Qiyoslashlarda sifatlar faqat qiyosiy darajada ishlatiladi, hech qachon orttirma daraja formasini olmaydi. Qiyosiy darajada ishlatilgan sifat ad'ektiv qiyoslashning birinchi komponenti hisoblanadi.
4. So'zlardan farqli ravishda ad'ektiv qiyoslashlar o'z ichida o'zgartirishlar kiritishga moyildir. Mana shu kiritilgan o'zgartirishlar frazeologizmning biror komponentiga mos tushishi lozim.
“I don’t quite know why?”
“Darling, it’s as plain as the nose on your beautiful face”. (W. S. Maugham, “The Hour Before he Dawn”, ch. II)
5. Sifatlardan, frazeologik birlik tarkibidagi sifatdan farqli o'laroq, so'z va so'z formalari yasaladi: merry (the merriest, merrily, merriment), old (the oldest, oldish, oldness, oldster), plain (the plainest, plainly, plainness) . Bu yasamalar sifatlardagi so'z yasovchi ko'rsatkichlar hisoblanadi.
6. Sifatlar murakkab so'zlar tarkibiga kiradi, lekin ular ad'ektiv qiyoslashlarda ishlatilmaydi: merry (merry-faced, merry-go-round, merry-maker, merry-making), old (old-age-pension, old-fashioned, old-maidish), plain (plain-clothes man, plain-spoken). Bundan tashqari bu sifatlar umuman boshqa ma'no kasb etishi mumkin.
Old - qadimgi zamon (masalan, of old - avvalgivaqtlarda, in the days of old - qadimgi davrda, the old - qariyalar); plain - 1) aniq, ravshan; 2) ochiqdan – ochiq.
Shunday qilib, quyidagi sifatlarning so'z yasovchi paradigmasi xuddi qiyosiy frazeologizm tarkibidagi shu sifatlar so'z yasovchi paradigmasiga nisbatan ancha farq qiladi. O'zi qiyosiy frazeologizmlarda so'z yasovchi paradigmalar mavjud emas.
7. Frazeologik birlik tarkibiga kirmagan sifatlar, ad'ektiv qiyoslashlar tarkibida bo'lganiga qaraganda, kengroq ma'no kasb etadi.
8. Merry, old va plain sifatlarining variatlari ham, struktural sinonimlari ham mavjud emas. Ad'ektiv qiyoslashlarning varianlari ba'zi hollarda struktural sinonimlari ham bor: (as) merry as a cricket (as a grig, as a marriage-bell, as maids); (as) old as Adam (as the hills); (as) plain as a pikestaff (as day, as daylight, as the nose on your face).
9. Sifatlar doimo qo'shilib yoziladi, ad'ektiv frazeologizmlar bo'lsa doimo alohida tartibda yoziladi.
10. Sifatlarda urg'u doimo bitta bo'ladi, ad'ektiv frazeologizmlarda bo'lsa, ikki yoki undan ortiq urg'u qo'llaniladi.
Shunday qilib, biz o'tkazgan tahlil shuni ko'rsatdiki, frazeologik birlik va so'z o'rtasida asosiy struktural – semantik xarakter jihatidan o'zgarishlar mavjud. Har tomonlama, ya'ni struktural – semantik, sintaktik, morfologik va leksik jihatdan frazeologik birliklar so'zlardan farq qiladi.


Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish