Ingliz tili testlarini tavakkal bajarishda quyidagilarga e’tibor bering:
1. PREDLOGLARDAN KEYIN HAR DOIM OXIRI “-ING” QO’SHIMCHASI BILAN TUGAGAN FE’LLARNI TANLANG. Ingliz tili grammatikasidagi asosiy qoidalarga ko’ra deyarli har doim ON, IN, OFF, UP, DOWN, UNDER, OF, ABOUT va boshqa predloglardan keyin oxiri “-ING” qo’shimchasi bilan tugagan fe’llar ishlatiladi. Agar savol “He is afraid of … ” ko’rinishida bo’lsa, ya’ni “…”dan oldin predlog bo’lsa, demak berilgan javob variantlaridagi fe’llarning “ING” bilan tugagani to’g’ri javob hisoblanadi. Bu usul 80% holatlarda to’g’ri.
2. FORMULALARNI YODLAB QOLIB, ULAR ASOSIDA ZAMONLARNI MOSLASHTIRING. Ingliz tilidagi IFli, WISHli gaplarda zamonlarning moslashishiga oid testlar ko’p uchraydi. Abituriyentlar uchun testlarni oson bajarish formulalari maqolasida huddi shunday IFli va WISHli gaplarda zamonlarning moslashinuvi eslab qolish uchun juda oson bo’lgan mahsus formulalar ko’rinishiga keltirilgan. Ularni yodlab qoling va berilgan test savollarida IF yoki WISH so’zlari qatnashgan bo’lsa, yodlagan formulangizning qaysi biriga to’g’ri kelishini aniqlang. Formulalar asosidagi tavakkalingiz natijaning yaxshi bo’lishi ehtimolini sezilarli darajada oshiradi!
3. O’ZIDAN KEYIN “TO” VA “ING” OLADIGAN MAHSUS FE’LLARNI YODLAB OLING. Saytda o’zidan keyin TO infinitiv ishlatiladigan fe’llar mahsus audio-lug’at shaklida taqdim etilgan, Audio-Lug’at: Verb+to infinitive maqolasida o’zidan keyin TO yuklamasini oladigan fe’llar ro’yxati berilgan. Ularni yodlab oling va “…” dan oldin Siz yodlagan shu fe’llardan birini ko’rsangiz, darhol TO yuklamasi bilan boshlangan fe’lni to’g’ri javob sifatida belgilang. O’zindan keyin “-ING” qo’shimchasini olgan fe’l (gerund) keladigan fe’llar ham bor. Hozircha, afsuski, saytda bu fe’llar ro’yxati chiqarilmagan. Ammo ingliz tili grammatikasini o’rgatishga asoslangan har qanday kitibda o’zidan keyin ING gerund keladigan fe’llar ro’yxatini topishingiz mumkin.
4. MATNLI SAVOLLARDAGI JAVOBLARNING ENG UZUN, KO’P YOZUVLISINI TANLANG. Bu 90% testlarda to’g’ri natija beradi. Ingliz tili testlaridagi matnli savollarning to’g’ri javoblari eng ko’p hollarda eng yozuvi ko’pi, uzun yozilgani bo’ladi. Testlarni tavakkal bajarayotgan ekansiz, bu tanlov Siz uchun eng yaxshisi hisoblanadi!
5. ANIQ ARTIKLNING QO’LLANILISHINI YUZAKI O’RGANIB CHIQING. Ingliz tilida THE aniq artikli ma’lum otlar yoki boshqa so’z turkumidagi so’zlar oldidan doimiy ishlatiladi. Ularni yodlab qolish juda oson. Masalan, dunyoda yagona bo’lgan otlar; quyosh, oy, yer va hokazolar oldidan har doim THE ishlatiladi. Sifatning orttirma darajasi oldidan ham aniq artikl ishlatiladi. Demak, “… smallest” (ohiriga -est qo’shimchasi qo’shilgan), yoki “… most important” (ko’p bo’g’inli sifatdan oldin most so’zi qo’yilgan) sifatlardan oldin har doim aniq artikl qo’yiladi. Bunaqa qoidalar ko’p, lekin qisqa vaqtda o’rganishga ulgurmasligingiz darajasida juda ko’p emas. Tahminan 3-4 soat yaxshi shug’ullanish orqali THE ishlatiladigan so’zlarning hammasini o’rganib olishingiz mumkin.
6. TO BE FE’LINING NUQTALARDAN OLDIN TURGAN OTGA MOS SHAKLINING TESKARISINI TANLANG. Hozirda TO BE fe’lining shaklini tanlashni talab qiladigan testlar ko’pincha bir hil usul asosida tayyorlanayapti. Ya’ni, savolda “…”dan oldin ko’plik shaklidagi ot bo’lsa, TO BE fe’lining birlik shakli to’g’ri javob, aksincha, “…”dan oldin turgan ot birlik shaklida bo’lsa, TO BE fe’lining birlik shakli to’g’ri javob sifatida tanlanayapti. Bilmadim, bu balki test bajaruvchilarni chalg’itish uchundir, ammo shaxsan men bunaqa testlarning juda ko’piga duch kelayapman. Demak, “…” dan avval ko’plik shaklidagi ot bo’lsa TO BE fe’lining IS yoki WAS shaklini tanlang. Agar “…”dan oldin birlik shaklidagi ot bo’lsa, TO BE fe’lining ARE yoki WERE shaklini tanlang. Tanlovingiz ko’p hollarda to’g’ri bo’ladi.
7. IBORAVIY FE’LLARNI YODLANG. Imkon qadar ko’proq iboraviy fe’llarni yodlashga harakat qiling. Ingliz tili testlarida eng ko’p uchraydigan iboraviy fe’llar maqolasida ularning ba’zi eng ko’p ishlatiladiganlarini topishingiz mumkin. Ulardan tashqari yana ko’plab iboraviy fe’llar bor. Qanchasini yodlay olsangiz, shunchasini o’rganib olishga harakat qiling. Agar testda iboraviy fe’lning birinchi, fe’l qismi berilgan bo’lsa-yu, Sizdan ikkinchi, predlog qismini topish talab etilgan bo’lsa, yodlaganlaringiz Sizga qo’l kelib qolishi mumkin.
8. MATNLI SAVOLLAR JAVOBLARINI HARFLAR KETMA-KETLIGI ASOSIDA BELGILANG. Nima demoqchi ekanligimni tushuntiraman: masalan, matn berilgan, undan so’ng esa 3 ta matnga oid savol berilgan. Agar shu uchta testning birinchisini B, ikkinchisini C deb belgilangan bo’lsangiz, uchinchisini A deb belgilamang! Kuzatishlarim bo’yicha test tuzuvchilar matnlardan keyin keladigan uchta savol javoblarining to’g’rilarini ko’pincha harflar ketma-ketligi asosida yashirishadi. Ya’ni, agar birinchi savolning to’g’ri javobi B bo’lsa, demak keyingi ikkita savolning to’g’ri javobi A bo’lmasligi aniq. Ikkinchi va uchinchi savolning to’g’ri javoblari C yoki D, juda kamdan-kam holatlarda B (yuqoridagi javob bilan bir hil) bo’lish ehtimoli kuchli.
9. BIR TANLOVNI KETMA-KET 3 MARTADAN KO’P BEGILAMANG. Bu nafaqat ingliz tili, balki boshqa har qanday fanga oid testlarga ham ta’luqli. Agar 7 ta savolni ketma-ket A yoki B yoki C yoki D qilib bir hil belgilasangiz, ularning ko’pi bilan 3 tasi to’g’ri chiqadi. Tavakkal qilishni juda xohlayotgan bo’lsangiz, imkon qadar javob harflarini turli hil qilib belgilashga harakat qiling. Bir hil harfni ketma-ket ko’p marta belgilamang.
Do'stlaringiz bilan baham: |