Ingliz tili ming yillik tarixga EGA


Frazeologizmning semantik strukturasi



Download 346,45 Kb.
bet11/14
Sana25.01.2022
Hajmi346,45 Kb.
#409908
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Zamonaviy ingliz tilida frazealogik birliklarning umumiy struktur semantik va grammatik xususiyatlari” mavzusidagi

2.2. Frazeologizmning semantik strukturasi

Frazeologizm ikki yoqlama lisoniy birlik bо‘lib, shakl va mazmunning dialektik birligidan iborat. Frazeologizmning shakliy tomonini sо‘z (leksema emas) tashkil qiladi. Ularning mazmuniy tomoni ma’nodir. ma’no о‘ta murakkab tabiatli, leksemada bо‘lgani kabi ayrimi denotativ tabiatli bо‘lsa, boshqalari grammatik ma’noga ega, xolos. Masalan, mustaqil sо‘z turkumiga kiruvchi frazeologizm: (burgaga achchiq qilib, kо‘rpaga о‘t qо‘ymoq, tarvuzi qо‘ltig‘idan tushmoq; kо‘ngli bо‘sh; hash-pash deguncha) denotativ ma’noga ega bо‘lsa, turgan gap, shunga qaramay kabi nomustaqil frazeologizmlar faqat grammatik vazifa bajaradi.

Odatda, frazeologizmning ma’nosi bir leksema ma’nosiga teng deyiladi. Biroq hech qachon ular teng emas. Chunki frazelogizm va leksema ma’nosi teng bо‘lsa edi, unda frazeologizm ortiqcha bо‘lib qolar edi. Misol sifatida (yoqasini ushlamoq) frazeologizmi bilan (hayron bо‘lmoq) leksemasining ma’nolarini qiyoslab kо‘raylik. Mazkur frzeologizm «kutilmagan, tushunib bо‘lmaydigan narsa yoki hodisadan о‘ta darajada ta’sirlanib, taajjublanmoq» bо‘lsa, (hayron bо‘lmoq) leksemasi «kutilmagan, tushunib bо‘lmaydigan narsa yoki hodisadan ta’sirlanmoq» sememasiga ega. Har ikkala ma’noda ham kishi ichki ruhiy holati (denotat) aks etgan. Biroq frazeologizm ma’nosida «о‘ta darajada» va «sо‘zlashuv uslubiga xos», «bо‘yoqdor» semalariga egaligi bilan «hayron bо‘lmoq» leksemasidan farqlanadi. Demak, frazeologizmning kо‘pincha, ifoda semalarida obrazlilik, bо‘yoqdorlik bо‘rtib turadi. Umuman olganda, ma’no torroq va muayyanroq, leksema ma’nosi esa unga nisbatan kengroq va mavhumroq bо‘ladi. Masalan, (hayron bо‘lmoq) leksemasi umumuslubiy va bо‘yoqsiz. Shuning о‘ziyoq barcha uslubda qо‘llanish imkoniga egaligini va turli «bо‘yoqlar» bilan ishlatish mumkinligini kо‘rsatadi.

Kо‘rinadiki, frazeologizm va leksema bir narsa yoki hodisani atasa-da (atash semelari bir xil bо‘lsa-da), ifoda bо‘yoqlari bilan keskin farqlanib turadi (ya’ni ifoda semalari turlichadir).

Frazeologizm birdan ortiq mustaqil sо‘zdan tashkil topadi. Biroq uning ma’nosi tashkil etuvchi ma’nolarining oddiy yig‘indisi emas. Masalan, (qо‘yniga qо‘l solmoq) frazeologizmining ma’nosi (qо‘yin), (qо‘l), solmoq) leksemalari ma’nolari sintezi yoki qо‘shiluvchi emas. Frazeologizmning ma’nosi tashkil etuvchi sо‘z tо‘la yoki qisman kо‘chma ma’noda ishlatilishi natijasida hosil bо‘ladi. Masalan, birovning fikrini bilishga urinish harakati uning qо‘ynini titkilab, nimasi borligini bilishga intilish harakatiga о‘xshaydi. Natijada, qо‘yniga qо‘l solmoq erkin birikmasi о‘zidan anglashilgan mazmunga о‘xshash bо‘lgan boshqa bir mazmunni ifodalashga ixtisoslashadi va qurilma frazeologizmga aylanadi. Yoki kishi qо‘ltiqlab ketayotgan tarvuzini tushirib yuborsa, qanday ahvolga tushadi? Biror narsadan ruhiy tushkunlikka tushgan odamning holati shunga monand va erkin birikma frazeologizm mohiyatiga ega bо‘lgan. Bu esa ma’noning mantiqiyligidan dalolat beradi.

Frazeologizm tarkibidagi ayrim sо‘zning kо‘chma ma’noda, boshqalarining о‘z ma’nosida qо‘llanilishi natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, (aqlini yemoq), (kо‘zini bо‘yamoq), (kо‘zi kо‘ziga tushdi), (og‘zi qulog‘ida) frazeologizmlarida (aql), (kо‘z), (og‘iz) sо‘zlari о‘z ma’nosida, (yemoq), (bо‘yamoq), (tushmoq), (qulog‘ida) sо‘zlari kо‘chma ma’noda.

Ba’zan harakat-holatning natijasini ifodalovchi qurilma frazeologizmga aylanadi. Masalan, kishi afsuslanishi natijasida barmog‘ini tishlab qolishi mumkin. Shuning uchun barmog‘ini tishlab qolmoq qurilmasi qiymat kasb etgan. Tishni-tishga qо‘ymoq, tepa sochi tikka bо‘lmoq, labiga uchuq toshmoq iboralari ham shular jumlasidandir.

Ayrim frazeologizm turli diniy aqida, tushuncha, rivoyat asosida ham shakllanadi: 1.Uning eriga mening kо‘zim tekkan emish. (I.Rahim) 2.Hammani qо‘yib, sizning soldat о‘g‘lingizga tegaman deb kо‘zim uchib turibdimi? (M.Muham.) 3. «Jabrdiyda»ning ham, guvohlarning ham dumi xurjunda gaplari shunday savollar berilishini talab etardi. (M. Ism.)

Frazeologizm, asosan, bir ma’nolidir. Ammo polisemantiklik frazeologizmda ham uchrab turadi. Masalan, (aqli yetadi) frazeologizmi «idrok qilmoq», «ishonch hosil qilmoq» ma’nosiga, (bо‘yniga qо‘ymoq) iborasi 3 ta - «aybni birovga tо‘nkamoq», «isbotlab e’tirof qildirmoq», «biror ishni bajarishni birovning zimmasiga yuklamoq» ma’nolariga, (qо‘lga olmoq) iborasi esa 4 ta- «о‘z ixtiyoriga о‘tkazmoq», «qо‘qqisdan hujum qilib bosib olmoq», «qamash maqsadida tutmoq», «biror yо‘l bilan о‘z xohishiga bо‘ysunadigan qilmoq» ma’nolariga ega.

polisemiyada barcha ma’no kо‘chma bо‘lganligi bois, ularni bosh va hosila ma’nolarga ajratish qiyin.

Frazeologizmlarda semantik munosabat. Leksikada bо‘lgani kabi frazeologiyada ham lisoniy-semantik munosabat amal qiladi.

sinonimiY. Ma’nodoshlik hodisasi frazeologizmlarda ham mavjud. Frazeologizmning ma’nodoshlik paradigmasida birliklar ifoda semalari darajasiga kо‘ra farqlanadi: (yaxshi kо’rmoq)9kо‘ngil bermoq), (yer bilan yakson qilmoq) (kulini kо‘kka sovurmoq), (ipidan ignasigacha)– (miridan sirigacha), (qilidan quyrug’igacha) va h. Ma’nodosh frazeologizmlarning atash semasi bir xil bо‘ladi. Masalan, (ipidan ignasiga)(miridan sirigacha), (qilidan quyrug’igacha) kabi iboralarida «butun tafsiloti bilan» atash semasi umumiy. Ammo ular uslubiy xoslanganlik va bо‘yoqdorlik darajasini ifodalovchi semalari bilan farqlanadi.

Sinonim frazeologizmlarni variantdan farqlash lozim. Sinonim iboralarda ayni bir sо‘z bir xil bо‘lishi mumkin. Lekin qolgan sо‘zlar sinonim leksemaning kо‘rinishlari bо‘lmasligi lozim. (Jonini hovuchlab) va (yuragini hovuchlab) iboralarida bir xil sо‘z mavjud. Ammo (jon) va (yurak) sо‘zlari sinonim leksema kо‘rinishi emas. (Kо‘ngliga tugmoq) va (yuragiga tugmoq) iboralari variant.

antonimiY. Zid ma’noli antonimlar bir-biriga teskari tushunchani ifodalaydi. Misollar: (kо‘ngli joyiga tushdi) (yuragiga g‘ulg‘ula tushdi), (qoni qaynadi) (og‘zi qulog‘iga yetdi).

omonimiY. Frazeologizmlar omonimik munosabatda ham bо‘lishi mumkin. Misollar: (sо‘z bermoq I) (“va’da bermoq”), (sо‘z bermoq II) (“gapirishga ruxsat bermoq”),([boshga kо‘tarmoq I) (“ardoqlamoq”), (boshga kо‘tarmoq II) (“tо‘polon qilmoq”), (qо‘l kо‘tarmoq I) (“ovoz bermoq”), (qо‘l kо‘tarmoq II0 (“urmoq”).

Frazeologizmdagi darajalanish, giponimiya, funksionimiya, iyerarxionimiya kabi semantik munosabatlar о‘z tadqiqotini kutmoqda.




Download 346,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish