Ingliz tili ming yillik tarixga EGA


Frazeologik birliklar va leksikalizatsiya hodisasi



Download 346,45 Kb.
bet12/14
Sana25.01.2022
Hajmi346,45 Kb.
#409908
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Zamonaviy ingliz tilida frazealogik birliklarning umumiy struktur semantik va grammatik xususiyatlari” mavzusidagi

2.3. Frazeologik birliklar va leksikalizatsiya hodisasi
Ma’lumki, birliklar deyilganda, tilda tayyor holda mavjud bо‘lgan va nutqqa shundayligicha olib kiriladigan, shaklan sо‘z birikmasi yoki gapga о‘xshaydigan, mazmuni kо‘chma ma’noga asoslangan til birliklarini yoki lug‘aviy birliklarni tushunamiz.

Hozirgi о‘zbek frazeologiyasi fanida qabul qilingan qarashlarga kо‘ra, FBlar muayyan nutqqa kiritilgunga qadar ham mazmun, ham ifoda planida shakllanib bо‘lgan va til iste’molchilari tomonidan shu holatda anglab yetilgan hamda qabul qilingan bо‘ladi. Buning ma’nosi shuki, FBlarning nutqqa tayyor holda olib kirilishi ularni til hodisasi sifatida e’tirof etishimizni taqozo etadi. Kо‘pchilik tadqiqotchilarning ularni til birligi deyilishida masalaning ana shu jihatini e’tiborga olishgan. Hatto F.de Sossyur ham «Umumiy tilshunoslik kursi» asarida tilda shunday tayyor birikmalar borki, ularning uzual xarakteri ma’nosi va sintaktik xususiyatidan kelib chiqadi. …bunday birikmalar tayyor holda, an’anaga kо‘ra qо‘llanadi, degan edi.9 (Ferdinand de Sossyur. Trudi po yazikoznaniY. – -M.: Progress, 1977, s.157).

Frazeologizmlar, albatta, birdan ortiq sо‘zning birikuvidan tarkib topib, sо‘z kabi bir tushunchaga asoslangan ma’no bildiradi. Lekin, uning tarkibida bir nechta sо‘z bо‘lishiga qaramay, bir sо‘z kabi bir lug‘aviy birlik hisoblanadi. U, sо‘zlar birligidan tarkib topgan birikma yoki predikativ qо‘shilma qolipli bо‘lsa ham, birikma yoki predikativ qо‘shilma kabi nutq jarayonida yuzaga kelmaydi, balki tilda tayyor lug‘aviy birlik holatida bor ekanligi holda, nutq uchun shundayligicha tanlanadi. Ana shu nuqtada birliklar leksikalizatsiya hodisasi bilan «kesishadi» Shu sababli birliklar va leksikalizatsiya hodisasining о‘zaro munosabatini tekshirish muhimdir. Ma’lumki, leksikalizatsiya deganda morfema yoki sо‘z birikmasi shaklidagi til elementlarining mazmuni bir leksemaga teng keladigan lug‘aviy birlikka aylanish jarayoni tushuniladi va ifoda-mazmun planida leksikalizatsion birlik va FB о‘rtasida formal belgilar nuqtai nazaridan о‘xshashliklar mavjud ekanligi ham diqqat qaratish muhimdir.

Ushbu о‘rinda gap FBlar va ularning leksikalizatsiya hodisasiga munosabati haqida borar ekan, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu birliklarning til hodisasi sifatida qaralishi muayyan aniqliklarni talab qiladi. Chunki FBlarga til hodisasi sifatida qarashning о‘ziyoq uning leksikalizatsiyaga munosabatini aniqlashga о‘tib bо‘lmas g‘ov qо‘yadi. Tabiiyki, bunday paytda FBlar chindan ham til hodisasimi, degan savolni о‘rtaga qо‘yishga majbur bо‘lamiz. Alohida olingan leksema til qurilishining lug‘aviy ma’no anglatuvchi unsuri sifatida til hodisasi sanalishi albatta, hech kimda shubha tug‘dirgan emas. Ammo sistem tilshunoslikning nuqtai nazari bu boradagi tasavvurimizni kengaytiradi.

О‘zbek tilshunosligida sistem leksikologiyaga oid qarashlarni umumlashtirgan, ayni paytda, bu borada о‘z nazariy mulohazalarini bayon qilgan H.Ne’matov va R.Rasulovlar quyidagilarni yozishgan: «…leksemaning eng asosiy xususiyati uning «tayyorligi», ya’ni yasama emasligidir. Demak, leksema muayyan qolipning, muayyan qonuniyatning mahsuli, hodisasi bо‘lmasligi lozim. Masalan, (kitob), (uy), (biz), (о‘g‘il), (kel), (ket), (qoch), (qol), (chо‘zib), (ajoyib), (uch), [besh] kabi minglab tayyor birliklar voqelikdagi narsa, belgi, miqdor, harakat, holat, xususiyatlarni atab, ifodalab keladi. Ular jamiyatning barcha a’zolari uchun tayyorligi bilan ajralib turadi.

Leksemalarning “tayyor”lik belgisi an’anaviy tilshunoslikning “tub sо‘zlar”, “о‘zaklar” tushunchasiga mos kelganday kо‘rinadi. Aslida esa bunday emas. Haqiqatan ham, an’anaviy tilshunoslikning “tub sо‘zlari” va “о‘zaklari” tildagi leksemalarning nutqda voqelashishining bir turidir» (4, 38).

Agar leksemaga sо‘z deb qarasak-chi? Sо‘z - «leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan kо‘rinishi. О‘z tovush qobig‘iga ega bо‘lgan, obyektiv narsa-hodisalar haqidagi tushunchani, ular о‘rtasidagi aloqani yoki ularga munosabatlarni ifodalay oladigan, turli grammatik ma’no va vazifalarda qо‘llanadigan eng kichik nutq birligi». (3,95).

H.Ne’matov va R.Rasulovlar ham sо‘zning nutq birligi ekanligini e’tirof etishadi. «U leksemalarning va sо‘z yasash qoliplari hosilalarining о‘xshashlik va qо‘shnichilik munosabatlari asosida aniqlangan, muayyan shakl, mazmun va vazifa kashf etgan kо‘rinishidir». (4, 54).

Odatda bitta sо‘zga teng keladigan leksema nutq birligi sifatida qaralar ekan, bir necha sо‘zning qо‘shilishidan tarkib topgan FBlarni ham nutq birligi deb atashimizga nima monelik qiladi? Bu sо‘zlar nutqdan tashqarida bо‘lgan qanday holatda va qachon ibora tarzida birikib ulgurgan? Ma’lum bо‘ladiki, ular tilda turg‘unlashib, ma’lum bir ma’noni ifodalaydigan va til iste’molchilari uchun tushunarli holiga kelgunga qadar qandaydir о‘zaro birikish, sintaktik munosabat jarayonini kechirgan bо‘ladi. О‘z-о‘zidan ayonki, bu birikish faqatgina nutqda amalga oshadi. Turg‘unlashish va nutqda til elementi sifatida, tayyor holda ishtirok etish esa bu birliklar hayotidagi ikkinchi bosqich sanaladi. Demak, ular mana shu holatga kelgunga qadar, ya’ni til hodisasiga aylangunga qadar ham nutqiy jarayonda ishtirok etish vazifasini о‘tagan.

FBlarning nutqiy jarayon mahsuli ekanligini tan olishgina ularning leksikalizatsiyaga munosabati xususida mulohaza yuritishimizga imkon beradi.

A.E.Mamatovning quyidagi fikrlari masalaning mohiyatini yana ham oydinlashtiradi: «…frazeologiyani «keng» va «tor» ma’noda tushunish notо‘g‘ri, uni bitta ma’noda tushunish kerak. Ular qanday til birliklari deb tasnif qilinishidan qat’iy nazar, aforizmmi, maqol yoki matalmi, turg‘un sо‘zlashuv formulalarimi, «qanotli sо‘zlar»mi, xullas, agar ular frazeologizmning biz bergan ta’rifiga mos tushsa, undagi talablarni bajara olsa, ya’ni tuzilishi jihatidan sо‘z birikmasiga yoki gapga teng bо‘lgan, obrazli, umumlashgan ma’no anglatadigan, leksik elementlari qisman yoki tо‘liq kо‘chma ma’noga ega bо‘lgan, lug‘atlarda qayd etilgan har qanday turg‘un leksik-semantik birliklar birliklar doirasiga kiritilishi shart». (2,212).

Aytilgan fikrlarni umumlashtiradigan bо‘lsak, yaxlit holda kо‘chma ma’no anglatadigan barcha lug‘aviy birliklarni FBlar sifatida qarash mumkin bо‘ladi. Ammo har xillikdan qochish va aniqlikka intilish maqsadida bu borada SH.Rahmatullayev aytgan quyidagi fikrga tayanib ish kо‘ramiz, ya’ni FB larning ikki guruhiga e’tiborimizni qaratamiz: «Frazemadan yaxlitligicha anglashiladigan ma’no bilan uning tarkibidagi leksemalar anglatadigan ma’nolar orasidagi munosabat asosida frazemalarning ikki semantik turi farq qilinadi: 1) butunlik, 2) chatishma.

Ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolar asosida izohlanadigan, shu leksik ma’nolarning umumiy mahraji sifatida gavdalanadigan frazema butunlik deyiladi.

Quyidagi misollarni qiyoslang: 1) Turg‘un ota uzoq bosh qashir, keyin birdan yengin shimarar. (O). 2) Shunday qilib, Tojiboyning raislik davri tamom bо‘ldi. Oyimxon Sovetning pechatini undan olib, kо‘krak chо‘ntagiga solib qо‘ydi. Oyimxon yeng shimarib ish boshladi (P.T.).

Ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolar asosida izohlanmaydigan, bu leksemalarga xos leksik ma’nolarni hisobga olmaydigan frazemaga chatishma deyiladi.

Misollar: Hadeb tо‘ningizni teskari kiyavermang (N.S.), Ovchi uzoqdan о‘pkasini qо‘ltiqlab chopib keldi (Ertakdan)».

chatishmaning tildagi ikkinchi nomi idioma dir.

Ma’lum bо‘ladiki, ta’riflarda ziddiyat yо‘q, aksincha ular bir-birlarini tо‘ldiradi.

FB ham tildagi barcha birliklarda bо‘lgani singari ifoda va mazmun planiga ega. Ifoda planida uning qurilishi tushuniladi. Bu qurilmada kamida ikkita mustaqil sо‘z (leksema) ishtirok etib, о‘zaro sintaktik bog‘langan bu sо‘zlar mohiyatiga kо‘ra birikma yoki gapga teng bо‘ladi (5,9-10). Demak, ifoda planida ular sо‘z birikmasi yoki gap shaklida bо‘lsa, mazmun planida leksemaga teng bо‘ladi (ma’no hamma vaqt ham aniq reallashavermasligi mumkin). Tadqiqotchilar leksik sо‘z birikmalari, deganda FBlarning ana shu jihatlarini nazarda tutishgan. «…mazmun planiga kо‘ra FBlar leksik birlik (sо‘z)larga yaqin tursa, ifoda plani jihatidan ular sintaktik birlik (sо‘z birikmasi, gap)larga yaqindir. Ammo FB sо‘zga ham, sо‘z birikmasiga ham, gapga ham tо‘la ma’noda teng emas» (1,6). Bu aytilgan fikrlarning mohiyatini chuqurroq anglash ham FBlarning leksikalizatsiyaga munosabatini aniqlashda ma’lum ahamiyatga ega. Bu birliklarning sо‘z yasalishiga bо‘lgan aloqasi ham ana shundan kelib chiqadi.

K.M.Gyulumyans «Polyak tilidagi ayrim turg‘un birikmalar semantikasining evolyusiyasi» nomli ma’ruzasida quyidagilarni bayon qilgan edi: «Erkin birikmalarning turg‘un birikmalarga о‘tish sabablaridan biri leksikalizatsiya jarayoni bо‘lib hisoblanadi. Frazeologiya sohasidagi leksikalizatsiya deb biz birikma tarkibidagi alohida komponentlar semantik ma’nolarining asta-sekin sezilmaydigan darajaga kelishini, frazeologizmlarning birikma qismlari ma’nolari ustida turadigan umumiy ma’noga ega bо‘lishini aytamiz» (6,239).

Masalani mana shu tarzda tushunish FBlarning leksikalizatsiyaga munosabati masalasiga yana ham oydinlik kiritadi. Zero, FBlar komponentlari о‘rtasida sintaktik munosabatlar mavjud holatlar ulardagi leksikalizatsiya hodisasining amal qilish doirasini ham chegaralaydi, ham ravshanlashtiradi. Mavjud leksikalizatsiyalashish qoidalariga muvofiq kelgan holatlardagina FBlar leksikalizatsiyasi haqida gapirish mumkin bо‘ladi.

Masalani mana shu tarzda qо‘yadigan bо‘lsak, о‘zbek tilidagi barcha FBlarga ham leksikalizatsiyalashuv talabini qо‘ya olamizmi? Yо‘q, albatta.

butunlikning ma’nosi uning tarkibidagi birliklar leksik ma’nolarining umumiy ma’nosidan kelib chiqadi va ular tilda mavjud bо‘lgan ma’lum bir leksemaga ekvivalent bо‘ladi. Masalan: avj olmoq – a) rivojlanmoq. Brigadada agrotexnika qoidalariga tо‘la rioya qilingani uchun g‘о‘zalar barq urib avj olmoqda (R.Fayziy); b) zо‘raymoq, kuchaymoq. Otishmalar tamom bо‘layotgandek bir nafas pasayar va yana avj olar edi (P.Tursun); azob chekmoq – qiynalmoq. Brigadir kо‘p vaqtlardan buyon jigar kasalidan azob chekardi (SH.Rashidov). (5,23).

Misollar mazmunidan shu narsa ma’lum bо‘lmoqdaki, avj olmoq frazemasining ma’nosi avjlanmoq/avjlanish sо‘zlarining azob chekmoq esa azoblanmoq sо‘zi ma’nosining xuddi о‘zi. Biroq uning ta’sirchanroq, orbazliroq kо‘rinishi, xolos. Leksikalizatsiya hodisasi oldiga qо‘yiladigan talablar ishning avvalgi qismlarida aytilganlardan ma’lum. Bu hodisa tufayli tilda yangi tushunchani anglatadigan yangi birlik hosil bо‘lishi lozim. Bu yerda shu talab bajarilayaptimi? Savolga ijobiy javob berish qiyin. Ammo mavjud narsa-hodisa yoki tushunchaning yangicha ifodasi hosil bо‘lganligini inkor etib bо‘lmaydi. Birgina bosh komponentli boshi aylanmoq, boshiga kо‘tarmoq, boshidan kechirmoq, boshi bukilmoq, boshi egilmoq, boshiga yetmoq, boshiga kelmoq, boshiga chiqmoq, boshidan kechirmoq, boshini achitmoq, boshini yemoq, boshini suqmoq, boshini tiqmoq, bosh qotirmoq, boshi qotmoq, boshini qotirmoq, boshi shishmoq/g‘ovlamoq, bosh qо‘shmoq, boshini qо‘shmoq kabi FBlarni sanab о‘tish kifoY.

«О‘zbek tilining izohli lug‘ati»dagi «A» va «B» harflar doirasidagi aynan shu qolipdagi boshqa FBlarga murojaat qilamiz: avra-astarini ag‘darmoq – barcha kirdikorlarini ochib tashlamoq (7.24,28); ammamning buzog‘i – landavur, lapashang (7,26), anqoning urug‘i – topilishi qiyin, kamyob (7,27), aravani olib qochmoq ­– maqtanmoq (7,27), arpasini xom о‘rmoq – yomonlik qilmoq (7,27), belga tepmoq/beliga tepmoq – istamagan, kutilmagan о‘rinda xalal yetkazmoq (7,36), bel bog‘lamoq – shaylanmoq, otlanmoq, astoydil kirishmoq (7,35), beli og‘rimoq/beli og‘rimaydi – og‘rinmaydi (7,36), bel ushlashmoq/bel bog‘lashmoq –kuch sinashmoq (7,36-37), bel og‘ritmoq – mashaqqat chekmoq (7,37), bir yostiqqa bosh qо‘ymoq – oilaviy hayot kechirmoq (7,39), bir о‘q bilan ikki quyonni urmoq – aynan bir vaqtda ikki narsani kо‘zlab ish tutmoq (7.40,44), boshi aylanmoq – behud bо‘lmoq, muvozanatni yо‘qotmoq (7,45), boshdan oyoq – tо‘la tо‘kis, bus-butun (7,15), bosh og‘riq – ortiqcha tashvish, dahmaza (7,55) va boshqalar. Bu kabi Fblar lug‘atda anchagina. Lekin ular avval tahlil qilingan avj olmoq, azob chekmoq tipidagi Fblardan nimasi bilan farqlanadi? Birinchidan, ularning ma’nosi bir sо‘zgagina teng emas. Boshqacha aytganda, ularning ekvivalenti bir sо‘zga ham, boshqa bir FBga ham teng bо‘lishi mumkin. Ikkinchidan, ulardagi kо‘chimga asoslangan ma’nolar aynan ikki sо‘zning birikuvi natijasidagina kelib chiqmoqda. Biz uchun xuddi ana shu narsa muhim. Chunki leksikalizatsiya hodisasida ham shunday jarayon kechadi. Tahlil esa bizga FBlarning bu tipini ham til birliklarining leksikalizatsiyalashishi samarasi deb hisoblashimizga asos bо‘ladi. Uchinchidan esa, bu tipdagi birikuvlarning о‘zbek tilida dastlab tо‘g‘ri ma’no anglatganligi, kо‘chma ma’no anglatish esa birikma holidagi til birligi ma’no taraqqiyotining ikkinchi bosqichi ekanligi fikrimizni qо‘llab-quvvatlaydi. ularning ayrimlari hozirda ham о‘zining tо‘g‘ri ma’nolarida yashab kelmoqda: yeng shimarmoq, yoqadan tutmoq, og‘zini ochmoq, og‘zini yopmoq kabi. Masalan: Ammamning buzog‘ini yetaklab bozorga olib bordim – «Bektemirdan kо‘nglim tо‘q, - dedi Ali tajang,- kallasi ishlaydi. Ammo Safar chо‘tir – u ham qо‘rqoq, ham ammamning buzog‘i (Oybek. Quyosh qoraymas), Ot hurkib, aravani olib qochdi - Aravani olib qochding, og‘ayni. Gapga ham amirkon moyi surtib, g‘irchillatvoradigan bо‘psan-da (S.Ahmad. Oriyat), Kattalarning qistovi bilan о‘tgan yili arpa xom о‘rildi, natijada ularning aksariyat qismi panglab ketdi – «Xо‘sh, yigitcha, qani, nima gunohi bor? Arpangni xom о‘rdimi u?»- qiziqsindi О‘ktam (Oybek. Oltin vodiydan shabadalar) kabi.

FBlar tufayli tilda yangi leksema paydo bо‘ladimi yoki u mavjud leksemaning ekvivalenti bо‘lib qoladimi, degan savolga bu о‘rinda biroz kengroq tarzda javob berish imkoniyati tug‘iladi. Tilda lapashang, landavur ma’nolarini anglatish uchun amma va buzoq sо‘zlarining о‘zaro birikuvidan foydalanilayotgan ekan, uni leksikalizatsiya mahsuli bо‘lgan yangi birlik sifatida e’tirof etishga tо‘g‘ri keladi. FB sifatida esa u tilda avvaldan mavjud bо‘lgan va shu ma’noni anglatadigan boshqa bir birlikning ekvivalenti bо‘lishi ham mumkin.

Endi FBlarning chatishma deb nomlanadigan qismining leksikalizatsiyaga munosabatini kо‘rib chiqamiz. Qoidaga binoan bu tipdagi FBlarning ma’nosi uning tarkibidagi leksemalar asosida izohlanmaydi, ya’ni ma’nosi о‘z tarkibidagi sо‘zlarning ma’nosidan kelib chiqmaydi. Hatto unga zid ma’no ham ifodalanishi mumkin. Masalan: dunyoni suv bossa tо‘pig‘iga chiqmaslik – о‘taketgan beg‘am, haddan tashqari beparvo (5,76), yerga kirib ketmoq – qattiq izza bо‘lmoq, о‘sal bо‘lmoq (5,81), yer tagida ilon qimirlasa, bilmoq – nihoyatda ziyrak, sezgir (5,84), yostig‘ini quritmoq – butun oilasi bilan о‘ldirib yubormoq (5,89), jigari ezilmoq (5,93), jonini hovuchlamoq – biror falokatning voqe bо‘lishidan benihoya qо‘rqqan holda (5,100), zardasi qaynamoq – jahllanmoq (5,106), ikki oyog‘ini bir etikka tiqmoq – juda qiyin ahvolga tushmoq (5,111), ikki qо‘lini og‘ziga tiqmoq – hovliqib, lozim bо‘lgandan kо‘ra ortiqroq narsani rо‘yobga chiqarish (shunga erishish) uchun intilmoq (5,113), ichini it tirnamoq – yashirin holda ruhan bezovtalanmoq, tashvishlanmoq (5,116), ichi qora – yomon niyatli, boshqalarga yaxshilikni ravo kо‘rmaydigan (5,117), kulini kо‘kka sovurmoq – butunlay yemirmoq, yо‘q qilmoq (5,129), kо‘zining paxtasi chiqmoq/kо‘zi qinidan chiqmoq/kо‘zi kosasidan chiqmoq – g‘azabi kо‘zida aks etib, kо‘zi chaqchaymoq (5,145), oyog‘ini qо‘liga olmoq – chopmoq, tо‘nini teskari kiymoq – о‘chakishgan holda qaysarlik qilmoq (5,238), о‘pkasini qо‘ltiqlamoq – hovliqmoq kabi.

Bu kabi FBlarning ma’nosi uning tarkibidagi sо‘zlarning ma’nosidan kelib chiqmasligini leksikalizatsiya hodisasiga uchragan murakkab birikmalarni eslatadi. Hosila ma’noning birikmalar tarkibidagi sо‘zlar ma’nosidan kelib chiqmasligi haqidagi mulohaza faqat ularning tо‘g‘ri ma’nosiga tegishli ekanligi unutmaslik lozim bо‘ladi. Hatto hosilada zid ma’nolarni ifodalanishi haqida fikr ham komponentlarning birikuvidagi leksikalizatsiya va kо‘chimga asoslangan.

Keltirilgan Fblarni tо‘g‘ri ma’noda tushunish mantiqqa mutlaqo zid. Ularning hech birini real hayotda amalga oshirib bо‘lmaydi. Ammo amalga oshirilgan harakatni biroz bо‘rttirib, mubolag‘ali tarzda ifoda etish ehtiyoji tildagi elementlarning shu tarzda birikuvini taqozo etmoqda. Ularni tо‘g‘ri ma’noda tushunish qanchalik mantiqqa zid bо‘lmasin, harakatlarni о‘zaro bog‘lab turuvchi umumiy yaqinlik va о‘xshashlik mavjud. Biz uni klassema tushunchasi orqali izohlab berishga harakat qilganmiz.

Shunday qilib, FBlarning bu kо‘rinishida ham leksikalizatsiya hodisasini kuzatamiz va ularning umumiy jihatlari quyidagi holatlarda namoyon ekanligini ta’kidlaymiz:

Ma’lumki, FBlardan anglashiladigan ma’no ular tarkibidagi sо‘zlarga xos leksik ma’nolarning oddiy (arifmetik) yig‘indisi bо‘lmay, ustama ma’no sifatida, shu bilan bir vaqtda kо‘chma ma’no sifatida gavdalanadilar. Xuddi mana shu holatni leksikalizatsiya jarayonida ham kuzatamiz. Har ikki holatda ham birikma tarkibidagi leksemalar о‘z mustaqilligini yо‘qotadi.

Frazeologizatsiya va leksikalizatsiya jarayonida bir sо‘z emas, balki birikma hamda uning tarkibida ikki va undan ortiq leksema ishtirok etadi.

Frazeologizatsiya va leksikalizatsiya hodisalari tufayli yangi hosila ma’nolar yuzaga keladi. Ular butunlay yangi bо‘lishi yoki mavjud leksemalarning ekvivalenti sanaladigan lug‘aviy birliklar bо‘lishi ham mumkin.

Har ikki holatda ham hosila shakl gapda bir vazifani bajaradi.

Ana shu aytilganlar FBlarning yuzaga kelishini ham nutqiy jarayon hisoblab, uni frazeologizatsiya deb atashimizga hamda bu jarayonning leksikalizatsiya hodisasi bilan mushtarak tomonlari biz sanab о‘tgan holatlarda mavjud ekanligini qayd etishimizga huquq beradi. Frazemalarning ifoda va mazmun plani

Leksikologiyada keng o’rganiladigan hodisalardan biri frazeologiya hodisasi sanaladi.

Agar bir tilda shu til soshiblarining kip asrlik tajribalari asosida yaratilgan, azaldan taxt sholatga keltirib qo’yilgan, uslubiy buyoqdorlikka ega bilgan barqaror til birliklari mavjud biladi. Ularga turg’un iboralar deb qarash ham bor.

Ikki va undan ortiq sizdan tashkil topgan va yaxlit bir ma’noni ifodalaydigan til birliklariga birlik yoki frazeologizm deyiladi. Frazeologizmlar ikkinchi bir nom—frazema nomi bilan yuritiladi. Frazeologizmlar (frazemalar)ni irganuvchi til bilimi frazeologiya atamasi bilan yuritiladi. Bu siz grekcha phrasis— ibora va logos—ta’limot sizlaridan olingan.

quyidagi misollarga e’tibor berib ko’raylik: tomdan tarasha tushganday, it quvlagan soqovday, ataladan chiqqan suyakday, o’pkasini qiltiqlab, oftobda qatiq yalashmoq, og’ziga mum solib olmoq, orasidan mushuk o’tmoq.

Nutqni ta’sirchan qilish, emotsional-ekspressivlikni kuchaytirish maqsadida bir siz irnida kichma ma’nodagi turg’un so’zlar birikmasidan foydalanilmoqda. Tomdan tarasha tushganday iborasi birdan, it quvlagan soqovday frazemasi tez so’zlari o’rnida qo’llangan. qolgan frazemalarning ham leksik sinonimlarini topish mumkin.

Frazeologizmlar so’z birikmasi va gaplardan keskin farq qiladi. Siz birikmasi va gaplar nutq hodisasi sanaladi. Frazeologizmlar esa til shodisasi sifatida azaddan taxt sholda biladi.

Frazeologizmlar sizlar kabi ifoda va mazmun planiga ega. Turg’un iboralar ifoda planida frazema, mazmun planida frazeosemema deb yuritiladi.

Frazema mustaqil ma’no anglatadigan ikki va undan orti= leksemadan tashkil topgan biladi. U nominativ ma’no bildiradi. Mana shu xususiyatlariga kira frazemalar boshqa til shodisalaridan keskin farqlanib turadi.

Frazemaning ifoda plani deyilganda uning grammatik qurilishi tushuniladi. Birinchidan, frazemalar siz birikmasi va gapga qurilish jishatidan teng keladi. Ikkinchidan, frazemani nutqda qollash orqali ularni birikma yoki gap shakliga solish mumkin. Uchinchidan, frazemalarni tashkil qilayotgan komponentlar hokim—tobe munosabat asosiga qurilgan biladi. Ularning tarkibida egalik, kelishik, shaxs-son, mayl, nisbat, zamon qo’shimchalari ishlatilishi mumkin.

Frazemaning mazmun planini tashlil qilganimizda quyidagilarni sezishimiz mumkin. Uni tashkil qilayotgan leksemalar izining ma’no mustaqilligini yo’g’otgan holda bitta umumiy ma’noga buysungan bo’ladi. Bu ma’no odatda ko’chma ma’no tarzida namoyon biladi.

Leksemada bo’lgani kabi frazemada ham ikki hodisa ajratiladi.

1. (lug’aviy) ma’no. 2. Uslubiy baho.

Misol uchun «band» ma’nosini ifodalash uchun «bosh qashigani vaqt yo’q» frazemasi ishlatiladi. Uni boshqa frazemalarga, etimologik ma’nosiga qiyoslash, taqqoslash umumlashtirish yo’li bilan semantik tahlil qilishimiz, ma’no xususiyatlarini aniqlashimiz mumkin.

Frazemalar mazmun planida frazosemama deb ataladi.

Turg‘un iboralarda, ya’ni frazeologizmlarda emotsional-ekspressivlik kuchli bo‘ladi.

Ingliz xalqi o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida frazeologizmlarning o‘ziga xos jamg‘armasini yaratgan. Bu jamg‘arma o‘zining to‘laqonliligi, ifodaga boyligi, ishlatilishga qulayligi, ixcham va lo‘ndaligi bilan tilning boshqa birliklaridan keskin farqlanib turadi. Masalan, Asakasi ketmoq, qovun tushirmoq, o‘pkasini qo‘liga olmoq, orasidan qil o‘tmaydi, ammamning buzog‘iday kabi frazemalar ingliz tilining go‘zal va betakror boyligi sanaladi.

Frazemalarning hammasi bir tipli emas. Shunga ko’ra bir necha tomondan tasnif qilinadi.

1. qoshilmalar. Bunday frazeologizmlarni tashkil qilgan birinchi so’z o’z ma’nosida, ikkinchi siz esa kichma ma’noda ishlatiladi. Masalan: ishdan (o’z ma’nosida) chiqmoq(ko’chma ma’noda) hordiq(o’z ma’nosida) chiqarmoq (kichma ma’noda)

2. butunlik. Bunday iboralarning tarkibidagi komlonentlar birikib turib, birgalikda bitta umumiy kichma ma’noni berishga xizmat qiladi. Masalan: gap kovlamoq, og’iz ko’pirtirib maqtamoq, burni ko’tarilib ketmoq kabi.

3. chatishma. Bunday iboralarni tashkil qilayotgan so’zlarning ma’nolari bilan ibora orqali yuzaga chiqarilayotgan ma’no o’rtasida hech qanday leksik aloqa bo’lmaydi. Ilk leksik ma’nolar unutilgan biladi. Masalan: oftobda qattiq yalashgan (qalin), oldiga poxol solib ketmo=q(aldamoq), qo’y og’zidan cho’p olmagan (yuvosh) kabi.

U.Tursunov yetakchiligidagi mualliflar esa frazeologizmlarni ikkiga ajratadi.

1. butunlik. Frazemani tashkil qilgan leksemalar o’zlarining ma’no mustaqilligini saqlagan bo’ladi: o’ziga kelmoq, infarkt qilmoq, boshi g’ovlab ketmoq.

2. chatishma. Ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolar asosida izoshlanmaydigan, kichma ma’no anglatadigan frazemalar: ikki oyog’ini bir etikka tikib olmoq, tovoqqa tushib olmoq, misi chiqmoq,

Shuningdek, tilimizda omonimlar, sinonimlar, antonimlar va polisementizmlar ham ko’p uchraydi.

Qo’lini ko’tarmoq (doskaga chiqish uchun qo’lini ko’tarmoq—taslim bulmoq)— omonim. Bunga omofrazema ham deyiladi.

Og’zi qulog’ida, og’zining tanobi qochmoq— sinonim. Uchala frazema ham bitta ma’noni— «xursand» ma’nosini ifodalash uchun ishlatilmoqda.

Yerga ursa, ko’kka sakraydi (sho’x)-=iy o\zidan chip olmagan (yuvosh)— antonim.

Bulardan tash=ari izbek tilida polisemiya—kip ma’nolilik shodisali sham uchrab turadi. Masalan: oyo=—=ili yengil 1.Cha==on. 2. Ishni tez bajaradigan, dastyor.

Xullas, frazeologizmlarning xususiyatlari kip va ular nut=da reallashadi.


III Bob. 16 – 20 asrlar ingliz badiy adabiyotidan olingan frazeologizmlar.



    1. Shekspirizmlar.

Zamonaviy ingliz tilida asosiy vazifasi tilning estetik aspektini kuchatirish bo’lgan ko’plab frazeologizmlar mavjud. Frazeologizmlarning ko’p qismi urf-odatlar, tarixiy faktlar bilan bog’liq ravishda paydo bo’lgan, ammo ingliz frazeologiya fondining katta qismi badiiy adabiyot namunalari hisobiga yuzaga kelgan.

Mashhur ingliz klassigi Ulyam Shekspirning asarlari ingliz tilini frazeologizmlar bilan boyitgan manbalaridan eng asosiylaridir. Ularning soni yuzdan ortiq. Biz taniqli va keng tarqalgan shekspirizmlarning vazifalarini tadqiq etdik va ulardan misollar keltiramiz. (qo’yidagi berilgan birliklar A.B. Kunin muallifligi ostidagi inglizcha-ruscha lug’atdan oligan.) (16)

“Macbeth”

To make assurance doubl sure- ishonch xosil qilish uchun

The be all and end-all – xayotni to’ldiradigan xayotdagi barcha narsa.

The milk of human kindness – ‘’saxobat malxami’’ odamgarchilik, insonparvarlik.

To screw one’s courage to the sticking place – mardlik qilmoq

To win golden opinions- o’zi haqida yoqimli fikr eshitmoq

At one fell swoop – bir urunish bilan bir daqiqada.

The sere and yellow leaf – yuqori martaba, o’q mansabidan kekkaygan, kibirli.

Full of sound and fury – ma’nosiz baland parvoz gaplar, xech narsani anglatmaydigan nutq.

“Hamlet”


To be or not to be- yashash yoki o’lim

To cudgel one’s brains – bosh qotirmoq [biror narsa ustida]

The observed of all observers – umum diqqat markazi barchaning diqqat markazi.

To be hoist with one’s own petard – o’z tuzog’iga tushmoq

To do yeoman service – o’z vaqtida yordam ko’rsatish

Our withers are unwrung – ayblovlarni bizga aloqasi yo’q.

To shuffle off (this mortal coil) – bu yolg’onchi dunyoni tark etmoq, xayot bilan xisob-kitobni tugatmoq.

To give pause to (smb.) – aralashtirmoq (birortani)

To out- herod herod – irodni ham shavqatsizlikda ortda qoldirmoq.

To know a hawk from a handsaw – farqlashni bilish

Caviar to the general – ko’pol did uchun o’ta nozik taom.(bu yerda general keng omma ma’nosida ishlatilgan.)

Germane to the matter – ishga yaqin

A towering passion -------------------------

The primrose path of dalliance – roxat- farog’at yo’li

There’s the rub – mana jumboq yechimi qayerda.

From whose bourne no traveller returns – xech kim qaytib kelmagan makon ( ya’ni o’lim podsholiligi, borsa-kelmas yurti)

In the mind’s eye – fikran, tasavvurda

To the manner born – yurgakdaligidanoq o’rgangan, qonida bor.

Shreds and patches – qiyqimlar va quroqlar

Sweets to sweet – chiroyliga chiroyli ( sovg’a berishda iltifot ko’rsatish uchun )

To the top of one’s bent – mutlaqo, butunlay;

“Othello’’

The green-eyed monster – (kitobiy) ‘’yashil ko’zli mahluq’’, rashq.

To chronicle small beer – mayda-chuyda, keraksiz voqea-xodisalarni nishonlamoq, keraksiz narsalar bilan shug’unlanmoq.

The seamy side – ko’rinmaydigan tomoni, biron narsaning teskarisi.

To wear one’s heart upon one’s sleeve – o’z xis tuyg’ularini ochiq ko’rsatmoq

Trifles light as air -----------

Curled darlings – badavlat boyliklar ‘’tilla yoshlar’’, bekorchi boyvachchalar.

Moving accidentls – tulqinlanturuvchi hodisa

Owlar proof – ko’rinib turgan isbot.

A foregone conclusion – xal qilingan ish, xulosa, tugatilgan fikr.

The head and front of – yuqori eng asosiysi, muhimi.

The pity of it – afsus

‘’King Henry IV’’

To eat one out of house and home – biror odamni uning xisobiga ishlab.

The wish is father to the thought – istak fikrni paydo qiladi; insonlar o’zlari istaganlaricha juda ishonishadi.

The better part of valour is discretion ------------------------------

“King Henry V”

To give the devil his due – odamga yomon va kerakli narsani bermoq.

‘’King John’’

To gild refined gold – (toza oltinni yaltiratmoq) yetarlicha yaxshi bo’lgan biror narsani bezamoq yoki yaxshilashga urunmoq; vaqtni bekorga sarfllamoq.

To point the lily – liliya gulini bo’yamoq; ya’ni bezatish yoki o’zgartirishga muxtoj bo’lmagan nimanidir yaxshilashga urunmoq.

‘’Twelfth night ‘’

Midsummer madness-------------------------

The whirligig of time – ‘’vaqt charhpalagi’’ taqdir

Cakes and ale – xayotdan zavqlanmoq.

‘’Merchant of Venice’’

To have [smb.] on the hip – kimnidir noqulay vaziyatidan foydalanib qolish.

To one’s heart’s content -------------------------

A daniel come to judgement – adolatli sudya

A pound of flesh – aniq miqdori

With bated breath – nafasini ichiga yutib

‘’As you like it’’

How the world wags - ishlar qanday ketyapdi

In good set terms - qattiq qullik bilan

Lay it on with a trowel – oshirib yubormoq

Sermons in stones – jiddiy yondashuv

‘’Midsummer night’s dream’’

Fancy free – xech kimni sevmagan, band emas, bo’sh yurak.

The beginning of the end – oxirining boshi

‘’King Lear’’

Every inch a king – boshdan oyoq, butunlay, barcha munosabatlarda xaqiqiy [shox]

More sinned against than sinning – noto’g’ri ayiblangan, boshqalardan ko’ra ayibsizroq odam.

‘’Much ado about nothing’’

Comparisons are odorous – taqqoslash xar doim ham o’rinli emas.

Good men and true – tartibli, rostguy odamlar.

‘’Troilus and creseide’’

Hit or or miss – tartibsiz, pala partish.

‘’Romeo and Juliet’’

A fool’s paradise – fantazmlar dunyosi, baxt.

“Comedy of errors’’

Weither rhyme nor reason – ma’no mazmunsiz

‘Antonius and Cleopatra’’

Salad days – yoshlik tajribasizligi davrlari, yoshlik beboshlik.

‘’Julius Caesar’’

An itching palm – pora olishga moyillik, pulga och, ‘’qichiyotgan kaft’’

‘’Tempest‘’

Asea–change – o’zgarish

‘’Coriolanus ‘’

A triton among the minnows – pullilar orasidagi gigant.

‘’Love’s labour last’’

That’s flat --------------------------

Hozirgi zamon ingliz tilida shekspirizmlar bir qancha o’zgarishlar bilan qo’llanishi mumkin. Masalan

To wear one’s heart upon one’s sleeve for days to pesk at [‘’ Othello ‘’ ] – o’z xis-tuyg’ularini ochiq-oydin namoyon etish iborasi o’rta asrlardagi risarlarning o’z xonimining rangini kiym yingini kiyib yurish odati bilan bog’liq. Zamonaviy ingliz tilida odatda qisqartirilgan shaklda ishlatiladi- to wear one’s heart upon one’s sleeve.

Shuningdek upon predlogi o’rniga boshqa predlog on predlogi ishlatilishi mumkin. Masalan:

‘’It’s lovely to be able to tell the world what she means to me.’’ Howard … adds; ‘’I never back off from showing my emotions whatever they are. I think if we all were our hearts on our sleeves a bit more wed all get on a lot better’’. ( times )

The better part of valour is discretion ( King Henry 4) shekispirizmi zamonaviy ingliz tilida so’z tartibining o’zgarishi bilan uchraydi; discretion is the better part of valour.

Ko’p shekispirizmlarning vaqt o’tishi bilan leksik variantlari yuzaga keldi. Masalan, applaud ( yoki cheer) – olqishlamoq;

To the echo – shovqin bilan, xayojon bilan olqishlamoq;

[adpploud to the echo – shekispirizm bo’lib ‘’macbeth’’ dan] ;

Cram ( ram yoki thrust) smth. Down smb.s throat ------------------ ( thrust smth. Down smb.s throat – shekispirizm bo’lib ‘’tiyus anddronicus’’)

Buy golden opinions shekispirizmida o’zi xaqida yoqimli fikrga eshitmoq, ma’nosini bildirib, zamonaviy ingliz tilida buy fe’li o’rniga win fe’li qo’llaniladi.

At one feel swoop iborasi( Macbeth) – bir urunishda, bir laxzada ma’nosini bildirib, qisqartirilgan holda xozirda at one swoop shaklida ishlatiladi. Masalan

‘’They go quick, one after another – five of them vanished already at one swoop’’ (s. o’casey)

Zamonaviy ingliz tilida shuningdek arxaizmlar ya’ni eskirgan so’zlardan tashkil topgan shekispirizmlar ham nutqda uchraydi, bu so’zlar faqat ushbu frazeologik birlikda ishlatiladi. Masalan

From whose bourne no traveller returns – hali xech kim qaytib kelmagan joy ( ya’ni o’lim podsholiligi, borsa kelmas yurti) iborasida bourne arxaizmlar bo’lib, chegara, nixoya degan ma’nolarni bildiradi. U zamonaviy ingliz tilida faqat shu frazeologizmda ishlatiladi.

Shekspir tomonidan yaratilgan frazeologizmlarning katta qismi umumxalq iste’moliga kirib ketgan va bu shekspirning lingvistik mahoratining buyukligi va uning yuqori darajada taniqliligidan dalolat beradi.

3.2. 17-20 asr ingliz va amerika yozuvchilarining asarlaridagi frazeologizmlar.

Shekspirdan tashqari, ko’plab boshqa ingliz yozuvchilar ham ingliz tili frazeologik fondini boyitishga o’z xissalarini qo’shgan. Ular orasida asosan takidkashimiz lozimlari aleksandr pop, valter skott, djefri chocer, djon milten va djonatan svift, charliz dekkenslardir.

Mashhur ingliz yozuvchisi aleksandr pop o’z asarlarida keltirilgan frazeologizmlar bu asarlarning badiy saviyasini oshiribgina qolmay, ba’zi iboralar xalqning og’zaki nutqda ishlatadigan iboralarga ham aylanib ulgurgan. Bularga masalan; fools rush in where angels fear to thread – [axmoqlar farishtalar qadam qo’yishiga qo’rqadigan joylarga shoshilishadi]. Bu ibora yozuvchining ‘’ an essay on criticism’’ asaridan olingan bo’lib, zamonaviy ingliz tilida ko’p ishlatiladigan iboraga aylangan. Bundan tashqari masalan;

Damn with faint praise iborasi ( ‘’ Epistle to Dr. Arbuthnot’’ asaridan uning ma’nosi)

Damn with faint prouse – tanqid qilmoq iborasi ‘’Epistle to Dr. Arbuthnot’’ asaridan.

Quyida berilgan iboralar ingliz yozuvchilari Valter Skott va Jefri Choserning asarlarida keltirilgan frazeologizmlardir.

To catch smb.red-handed – biror kimni jinoyat ustida qo’lga olmoq

Beard the lion in his den – xafli dushmanga uning o’z makoniga xujum qilmoq.(‘’Ivanhoe’’ asaridan)

On one’s native path – o’z ona yerida, o’z vatanida

A foeman worthy of smb.’s steel – arzirli raqobatchi, qarshi tomon ( bu iboralar ‘’Rob Roy’’ asaridan.)

Through thick and thin – qat’iy xech qanday to’siqlarga qaramasdan.

Murder will out – hamma sirlar oshkor bo’ladi.

He needs a long spoon that sups with the devil – shaytonga o’ralashib qolsang o’zingdan ko’r. shayton bilan bir dasturxonga o’tirsang uzunroq qoshiq olval.(‘’The canterbury tales’’)

Djon Milton.

Fallon evil days – qashshoqlikka tushib qolmoq, qora kunlar keldi.

Heaven on earth ( paradise on earth) – yerdagi jannat.

The light fantastic toe – raqs (‘’paradise lost’’)

Djonatan Svift

The land of nod. (‘’poleti conversation’’) – ‘’tushlar mamlakati’’, tushlar saltanati.

Charliz Dikkens

Never say die ---------------------

A bad of bones – ozg’in odam,

How dees the enemy/ - vaqt necha bo’ldi/ (nischolos nickleby)

Boshqa yozuvchilarning iboralari sitata bo’lib qoladi va kamdan-kam hollarda og’zaki nutqga kirib ingliz tilining frazeologik fondini to’ldiradi.

Ko’p sonli frazeologik birliklar yozuvchilar tomonidan yaratilmagan, balki zamonaviy ingliz tilida keng yoyilgan. Masalan

John Barleycorn iborasi 17 asrning birinchi yarmidayoq mashhur edi va p. bernisning ‘’john varleycorn’’ balladasi tufayli tanishib ketdi. John barleycorn iborasi spirtli ichimliklar viski, piva kabilarni nomini bildiradi.

To be on the side of the angels ( so’zma -so’z farishtalar tomonida bo’lmoq) – iborasi b. dizrag’li tufayli taniqli bo’ldi.

Amerika badiy adabiyotlaridan olingan frazeologizmlar.

Ko’pchilik frazeologizm birliklar Angliyaga AQShdan kelgan. Ular ichki til imkoniyatlariga taaluqlidir. Bu frazeologik birliklarning ba’zilari o’z vaqtida amerikalik yozuvchilar tomonidan yaratilgan bo’lib zamonaviy ingliz tilida keng tarqalgan. Masalan b. Irving asaridan olingan ibora

The almighty dollar – ’’qudratli dollar’’ (iroshya sifatida qo’llaniladi); ‘’ arip van winkle’’ – qoloq odam (20 yil uxlagan qaxramon haqidagi hikoya nomidan)

F. Kuperning asarlaridan tanishgan iboralar esa quyidagilar;

The last of the mohicans – so’nggi mohikan (roman nomidan olingan). Mogikanlar shimoliy amerika xindularining yo’qolib ketgan qabila nomi. Kuper ingliz tili frazeologizmlariga xindular xayoti bilan bog’liq iboralarni olib kirgan;

Bury the hatchet – yarashmoq, murasa qilmoq, tenglik o’rnatmoq (xindular tenglik o’rnatishga kelishishganda yerga -------- o’rnatishgan); dig up the hatchet – urush boshlamoq (xindularga urush boshlashganda yerga qo’shilgan tomogavkni qazib olish udumi bo’lgan);

Go on the war-path – urush xolatida bo’lish

M. Mitchellning ‘’gone with the wind’’ asari nashr qilingan so’ng bu rolanga kinofilm ham suratga olingan va

Gone with the wind – ishsiz yo’qolgan, o’tmishda qolgan iborasi mashhur bo’lib ketdi

Dj. Xouning ‘’battle hump of the republik’’ asarida quyidagi ibora birinchi marta ishlatilgan;

The grapes of wrath -----------------------

Amerika badiiy adabiyotidan kirib kelgan frazeologizmlar soni ingliz adiblari tomonidan yaratilgan frazeolgizmlar sonidek ko’p emas. Ammo shuni takidlash kerakki, yuqorida berilgan amerikanizmlar ingliz yozuvchilari iboralari bilan taqqoslanganda o’zining obrazliligi va yuqori eksprissivligi bilan ajralib turadi.

Shuningdek fransuz badiy adabiyoti ham zamonaviy ingliz tilining frazeologik fondiga kichik bo’lsada o’z xissasini qo’shgan. Ko’plab fransuz yozuvchilarning asarlari ingliz tiliga tarjima qilingan va xozirgacha ham angliyada keng omma orasida tarqalgan. Bular qatoriga fransua pavle, jon batist moler, jerom d anji, lofonmen kabi adiblarni kiritish mumkin bundan tashqari arab badiy adabiyotidan ham ba’zi bir iboralar ingliz tili frazeologiyasiga kirib kelgan.

‘’Ming bir kecha’’ ertagidan ingliz tiliga bir necha iboralar o’tgan;

Aladdin’s lamp – olovuddinning sehrli chirog’ (xo’jayinining hamma istaklarini bajo keltiruvchi tumor)

To rub the lamp – o’z istaklarini osongina amalga oshirish iborasi ham shu ertak bilan bog’liq.

Alnascharp’s dream (kitobiy) – amalga oshmaydigan orzular, fantaziya qilish;

The old man of the sea – qutilib bo’lmaydigan odam.

An open sesame – sezam -----------

Arab folklori bilan bog’liq ba’zi iboralarning zamonaviy ingliz frazeologizmiga aylanishiga sabab ularning ifodaliligi va metaforaga boyligi. Bu iboralar boshqa tillar frazeologiyasida ham uchraydi bu arab adabiyotidagi frazeologizmlarning internatsionalligidan darak beradi.

Xulosa

Ingliz tilining frazeologik xazinasi shunchalik kattaki uni butunlay tadqiq etish ushbu malakaviy ish chegaralariga sigmay ketadi.Bundan tashqari misollarda



ko’rib chiqilgan frazeologizimlardan zamonaviy ingliz tilining birlik semantic

va ifoda jixatidan naqadar turli tuman ekanligini tasovvur etish mumkin.

Nafaqat buyuk britaniya balki butun dunyo yozuvchi va shoirlarining badiy

Adabiyotlar namunalari tufayli xozirgi vaqtda ingliz tili ulkan miqdordagi

Frazeologizimlar bilan xisoblashmoqda.ammo shuni unitmaslik kerakki turli

Mamlakatlar tarixi va madanyatidan ingliz tiliga xam kop sonli frazeologizimlar kirib kelgan.afsuslanarlisi shuki zamonaviy ingliz nutqida osiyo mamlakatlari adabiyotlaridan olingan iboralar qollanilishi uchramaydi.faqat xudud jixatidan yaqin bolgan mamlakatlar adabiyotidan olingan frazeologizimlar keng tarqalgan. Takidlash lozimki ingliz tilida bibleizimlarning qollanilishi ayniqsa kop uchraydi bu extimol ingliz xalqining dinparvar ekanligidan darak bersa kerak.

Muximi shundaki ushbu ishda keltirilgan ingliz adabiyotidan olinmagan iboralar yoki bu tildan kalkalash orqali ozlashtirilgan.zamonaviy ingliz tilida bu frazeologizimlar chet tilidan shakilda ishlatilmaydi. Shuning uchun turli mamlakatlar badiy adabiyotidan ozlashtirilgan frazeologizimlar assimelatsiya jaroyoniga uchragan deya olmaymiz.

Ishda ’’frazeologizimlar bu boyitishni iborasi kop ishlatilgan. Shuni aytish kerakki bu oddiy qonunyat emas zero a.b. shunday degan

Frazeologiya –bu tilning xazinasidir.(15) va tildagi frazeologizimlar tilning boyligi xisoblanadi.frazeol birlik nafaqat u yoki bu tilni ifodalamaydi balki nutqni ancha ifodali va ematsional bolishiga yordam berad.

Frazeolgiya-favqulodda murakkab xodisa uni urganish o’z tadqiqan metodlarini taqozo etadi va shuningdek boshqa fanlar – leksikalogiya gramatika stilestika fanetika til tarixi tarix falsafa mantiq va mamlakatshunoslik kabi fanlar bu uzviy bog’liqni talab etadi.




Download 346,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish