Ingliz tili ming yillik tarixga EGA


Frazeologizmlarning klassifikatsiyasi



Download 346,45 Kb.
bet10/14
Sana25.01.2022
Hajmi346,45 Kb.
#409908
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Zamonaviy ingliz tilida frazealogik birliklarning umumiy struktur semantik va grammatik xususiyatlari” mavzusidagi

1.4. Frazeologizmlarning klassifikatsiyasi.

Frazeologizmlarning klassifikatsiyasi frazeologizm komponentlarini semantik uyg’unligi nuqtai nazaridan klassifikatsiyasi akademik V.V. Vinogradovga tegishlidir. Ma’lumki, frazeologizmlar ko’chma ma’noga ishlatiladigan erkin so’z birikmalaridan kelib chiqadi. Frazeologizm komponentlarini keyinchalik nominativ ma’no o’chib borishiga qarab shunchalik ularda ko’chma ma’no kuchayadi. V.V. Vinogradov ularni uch turga ajratadi; frazeologik chatishmalar, frazeologik birikmalar. Ushbu frazeologik birliklarning turlarini zamonaviy ingliz tili misolida ko’rib chiqamiz.

Frazeologik chatishmalar.

Frazeologik chatishmalar yoki idiomalar – bu mutlaqo bo’linmas, turg’un birikmalar bo’lib umumiy ma’nosi ularni tashkil etgan so’zlar ma’nosiga bog’liq emas; masalan;

kick the bucket (og’zaki) –

send smb. to Coventry – biror kishiga boykot e’lon qilmoq, kim bilandir muloqatni to’xtatmoq;

at bay ---------------------------------

be at smb.’s beck and call – har doim xizmatga tayyor turmoq;= yugurdak bo’lmoq.

To rain cats and dogs – chelaklab yomg’ir qo’ymoq;

Be all thumbs –

Kilkenny cats – daxshatli dushmanlar.

Frazeologik chatishmalar komponentlarining ko’chma ma’nosi bazasida yuzaga kelgan, lekin bu ko’chma ma’no natijasida zamonaviy til nuqtai nazarida tushunarsiz bo’lib qolishgan. “Frazeologik chatishmalarning ------- faqat tarixiy ochiladi”.7 (V.B. ) masalan ‘’bay’’ so’zi ‘’berk’’ ma’nosini anglatadi va ‘’beck ‘’ so’zi ‘’qo’lsilkitish ‘’ so’zlari arxaizmlar bo’lib u yuqorida berilgan frazeologizmdan tashqari boshqa joyda ishlatilmaydi. Yoki masalan to be all thumbs ifodasi tarixiy one’s fingers are all thumbs ifodasidan kelib chiqqan. Xuddi shunday holat “Killkenny cats” frazeologizmda ham kuzatiladi ( ko’rinishidan, 17 asrda Killkenny va Irish town shaxarlari o’rtasida bo’lib o’tgan va ularni vayronagarchilikka olib kelgan shafqatsiz kurash haqidagi afsonadan kelib chiqqan) va send smb. to Coventry frazeologizimning tarixi ham uzoqqa borib taqaladi ( Klarendanning ‘’The history of great rebellion and civil wars in England’’ kitobida aytishicha, ingliz revolyutsiyasi davrida Kaventri shahrida asirlar saqlanadigan qamoqxona joylashgan.) (16)

Shunday qilib , frazeologik chatishmalarga to’g’ri va ko’chma ma’no o’rtasidagi aloqa yo’qolib, ko’chma ma’no ular uchun asosiy bo’lib qoladi. Xuddi shuning uchun frazeologik chatishmalarni boshqa tilga tarjima qilish juda qiyin.

Frazeologik chatishmalar quyidagi bir qator xarakterli xususiyatlarga ega;



  1. Ularning tarkibiga nekrotizm – so’zlar kirishi mumkin, ular ushbu chatishmadan boshqa ishlatilmaydi shu tufayli zamonaviy til nuqtai nazaridan tushunarsiz .

  2. Chatishmalar tarkibiga arxaizmlar kirishi mumkin.

  3. Ular sentaktik jihatda bo’linmas.

  4. Ularda ko’pincha komponentlarni o’zgartirib bo’lmaydi.

  5. Ular -------- bilan xarakterlanadi, o’z tarkibiga qo’shimcha so’zlarni qabul qilmaydi.

O’zining mustaqil leksik ma’nosini yo’qotib, ‘’frazeologik chatishmalar tuzumiga kiruvchi so’zlar, o’z manosiga ko’ra alohida so’zga yaqin murakkab leksik birlik komponentiga aylanadilar’’ (32). Shuning uchun ko’pchilik frazeologik chatishmalar so’zlarga sinonim;

Kick the bucket – to die; send smb.to Coventry – to ignore.

Lekin shuni unutmaslik kerakki, yuqorida frazeologizmning so’zga ekvivalentligi haqida aytib o’tganimizdek, stilistika nuqtai nazaridan frazeologik birlik va so’z bir-biridan yiroq

Frazeologik birikmalar.

Frazeologik birikmalar – bu shunday so’zlarning turg’un birikmasiki, umumiy ko’chma manoga komponentlarning semantik bo’linishi belgilari sezilarli saqlanib qoladi, masalan:

To spill the beans – sirni aytib qo’ymoq;

To burn bridges – ko’priklarni yoqmoq;

To have other fish to fry – muximroq ishlari bo’lmoq;

To throw dust into smb.’s eyes --------

To burn one’s fingers – kuyib qolmoq biror narsadan;

To throw mud at smb.- loyga itarmoq;

To be narrow in the shoulders – xazilni tushunmaslik

To paint the devil blacker than he is – quyultirmoq, chigallashtirmoq.

To put a spoke in smb’s wheel ------------------

To hold one’s cards close to one’s chest – sir saqlamoq, jim yurmoq, tilni tiymoq;

Refined gold – toza tillani yaltiratmoq; yaxshilashga urunish; o’zi yetarlicha yaxshi narsani yanada bezamoq;

To paint the lily – yaxshilanishiga muxtoj bo’lmagan nimanidir bezatishga yoki yaxshilashga urunish;

‘’Frazeologik birikmalar o’zining obrazliligi metaforaga boyligi bilan qandaydir frazeologik chatishmalarga yaqinroqlar’’ (25) lekin obrazli tarkibi tarixiy ochiladigan frazeologik chatishmalardan farqli o’laroq frazeologik birikmalarda obrazlilik ko’chma ma’nolilik zamonaviy nuqtai nazaridan anglashiladi. Akademik V. V. Vinogradov obrazlilik faqat frazeologik birikmalarga xos xususiyat deb bekorga aytmagan. ‘’Frazeologik birikmalar komponentlari o’rtasidagi aloqa motivga ega metaforizatsiya aniq seziladi’’ (25) Frazeologik birikmani tushunish uchun uning komponentlarini ko’chma ma’noda qabul qilish zarur. Masalan, make a mountain out of a molehill ifodasining ma’nosi pashshadan fil yasash ya’ni biror narsani juda kuchaytirish, oshirib yuborish, (so’zma-so’z tarjima kalamush inining uyumidan tog’ yasash ) ma’nosini ochish uchun molehill so’zini ‘’biror bir sezilarsiz, kichik ma’nosida, mountain so’zining ‘’juda katta nimadir ‘’ ma’nosida ko’rib chiqilsa, ma’nosi ochiladi. Frazeologik birliklar tarkibida zamonaviy til nuqtai nazaridan tushunarsiz so’z bo’lmaydi.

Frazeologik birikmalarning xarakterli xususiyatlari ;


  1. Yorqin obrazlilik va parallel ravishda mavjud so’z birikmalari bilan kelib chiqishi mumkin bo’lgan moslik.(to throw dust one’s eyes, to be narrow in the shoulders, to burn one’s fingers, to burn bridges).

  2. Aloxida komponentlarning semantikasini saqlanishi. ( to put a spoke in smb ‘s wheel )

  3. Bir komponentni boshqasi bilan almashtirib bo’lmaslik [to hold one’s cards close to one’s chest].

  4. Hissiy – ekspressiv bo’yoqdorlik hal qiluvchi rol o’ynaydi [to throw dust into smb’s eyes, to paint the devil blacker than he is ].

  5. Aloxida so’zlar yoki boshqa frazeologizmlar bilan sinonimik munosabatda bo’lish qobilyati [

  6. to gild refined gold, to paint the lily ]

Frazeologik birikuvlar.

Frazeologik birikuvlar – bu turg’un qurilmalar bo’lib, tarkibiga ham erkin va ham frazeologik ma’noga aloqador so’zlar kiradi, masalan:

A bosom friend – yaqin do’st

A pitchet battle –

[to have] a narrow escape – mo’jiza tufayli omon qolmoq.

To frown one’s eyebrows –

Adam’s apple – odam atoning olmasi

A sisyfean labour – sizifanning mehnati,

Rack one’s brains – boshqotirmoq

To pay attention to smb – birortaga etibor qaratmoq.

Frazeologizm chatishmalaridan va frazeologizm birikmalardan farqli o’laroq, ‘frazeologizm birikuvlar fikriy bo’linishi bilan xarakterlanadi’’ (32). Bu xolda ular erkin so’z birikmalariga yaqin turadilar. Frazeologizm birikmalarning o’ziga xos xususiyatlari.

1.Ularda komponentlardan birini variantini berish mumkin;

a bosom friend –

a bosom buddy-

2. Sterjin so’zni sinonimi bilan almashtirish mumkin. ( a pitched battle – a fierce battle –

3. Aniqlovchi kirgizish mumkin ( the frowned his think eyebrows – u quyuq qoshlarini o’ydi )

4.Komponentlarni joyini o’zgartirish mumkin (a sisyfean labour- sizifo mehnati, a labour of sisypheus – sizifaning ishi 0

5. Komponentlarning birining erkin qo’llanishi va bir-biriga bog’liq bo’lishi shart (a bosom friend – sirdosh do’st; dushman yoki boshqa birov sirdosh bo’lmaydi)

Frazeologizmlarning asosiy belgisi sifatida yasalishining siljishini professor V. N.Shanskiyga V. Vinogradov klassifikatsiyasini ya’nada rivojlantirib frazeologizm birliklarning to’rtinchi turi – frazeologik iborani ajratishga yo’l berdi.

Frazeologik ibora

Frazeologik iboraga o’z tarkibiga ko’ra turg’un va ishlatishiga ko’ra butunlay ‘’erkin nominativ ma’no va semantik jihatdan bo’linadigan ‘’(320) so’zlardan iborat bo’lgan frazeologik iboralar tegishlidir. Ularning yagona xususiyati – yasalishi , ular muntazam leksik tarkib va aniq semantikaga ega tayyor nutq birliklari sifatida ishlatiladilar.

Frazeologik iboralar – bu komponentlarning xuddi o’sha ma’noli qurilmalaridir. Frazeologik iboralari ko’plab ingliz maqollari va matallarni o’z tarkibiga oladi, ular to’g’ri ma’noda qo’llaniladi, obrazli allegorik ma’noga ega emas;

Live and learn. – beshikdan qabrgacha bilim izla.

Better untought than ill taught ----

Many men, many mind --------

Easier said then done------

Nothing is impossible to a willing heart ----------- (16)

1.5.Frazeologik birliklarni tarjimasi

Fraziologik birliklar tarjima nazariyasi va amaliyotining eng murakkab masalalaridan biri hisoblanadi. Fraziologizmlar murakkabligi quyidagilarga bog’liq: birinchidan bir xil moddiy ma’noga ega bo’lgan so’zlar turli tillarda turlicha ma’no va stilistik funksiya ( vazifa ) larni bajaradi, ikkinchidan, bunday so’zlar turli tillarda turli so’zlar bilan birikib keladi.

Rus tilshunosi V.V.Vinogradovning umumiy tilshunoslik miqyosida e’tirof etilgan tasnifiga ko’ra frazeologizmlar uchta guruxda :


  1. Frazeologik chatishmalar (фразеологические сращение): bunday birikmalarning ko’chma ma’nosi ularning tarkibidagi so’zlarga bog’liq bo’lmaydi. birikmalar (фразеологические единства): bunday birikmalar ham ko’chma ma’noga ega, ammo ko’chma ma’no frazeologizmlar tarkibidagi so’zlarga bog’liq .

  2. Frazeologik birikuvlar (фразеологические устойчивые сочетания): bularda tarkibidagi so’zlarning ma’lum bir qismigina ko’chma ma’noga ega, birikmaning ma’nosi tarkibidagi so’zlarga bog’liq. Bular asosan ot bilan fe’lning birikuvi bo’lib,fe’l ko’chma ma’noda, ot to’g’ri ma’noda keladi. birliklarni ingliz tilida berish juda murakkab vazifa. ”O’zining semantik boyligi obrazliligi va yorqinligi kuchi tufayli frazeologiya juda muhim rol o’ynaydi “8 (V.B.0.) U nutqqa ifodalilik orginallik beradi. Ayniqsa frazeologizmlar og’zaki nutqqa, badiy adabiyotda va siyosiy adabiyotlarda keng qo’llaniladi.

Frazeologizmlar tarjimasida tarjimon uning ma’nosini berishi, uning obrazliligini ifodalash lozim, ingliz tilida mos ifodani topishi va shu bilan birga frazeologizmlarning stilistik vazifasini ham unutmasligi shart. Ingliz tilida mos obraz mavjud bo’lmagan hollarda tarjimon ’’yaqinroq moslikni’’ topishga urinadi.(11).

Ekvivalentlar to’liq va qisman bo’lishi mumkin. To’liq ekvivalentlar shunday tayyor ekvivalentlarki ular o’zbek tilidagisi bilan ma’nosi, leksik tarkibi, obrazliligi, stilistik bo’yoqdorligi va grammatik tuzulishi bilan mos tushadi;

O’t bilan o’ynamoq – to play with fire;

Vaqti soati yetib keldi – one’s hour has sturk;

Olovsiz tutun bo’lmaydi – there is no smoke without fire;

Ariday mehnat sevar – busy as a bee;

Qisman frazeologizm ekvivalentlarni tarjima qilishi u frazeologizmlarning ma’nosi va obrazliligini tarjimada qisman yoki to’liqsiz berish degan emas; bu atama ostida shu narsa nazarda tutilganki, taklif etilayotgan ingliz tilidagi ekvivalentlar o’zbek tilidagisi bilan biroz farqlanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda tarjimon uchun ‘’frazeologizm birlikni tarjima qilishda birinchi navbatda frazeologizmning obrazini berish muhim, uning til tuzulishini emas’’(21).

Qisman ekvivalentlarni uch guruhga ajratish mumkin;

Birinchi guruhga ma’nosi, stilistik bo’yoqdorligi va obrazliligi yaqinroq bo’lgan ammo leksik tarkibi farq qiluvchi frazeologizmlar kiradi;

Oltin tog’ vada qilmoq – to promise wonders, to promise the moon;

O’z uying o’lan to’shaging – East or west home is best.

Birinchi qaldirg’och – the first portent ;------------

Bu obrazlarning ba’zilari antonimik tarjima yordamida tarjima qilinadi, ya’ni salbiy ma’no tarjimon tomonidan ijobiy konsturuksiya bilan yoki teskarisi, ijobiy ma’no salbiy konsturuksiya bilan tarjimada beriladi. Masalan

Jo’jani kuzda sanaymiz – Don’t count your chickens before the hatched.

Ikkinchi guruhga ma’nosi obrazlilig, leksik tarkibi va stilistik bo’yoqdorligi bilan mos tushuvchi lekin ba’zi formal belgilari, so’z tartibi, son kabilar, farq qiluvchi frazeologizmlar kiradi. Masalan

Kimnidir qo’lida o’ynamoq – to play into smb’s hands (bu yerda sonda farq bor )

Yaltiragan hamma narsa oltin emas – All is not gold that glitters (so’z tartibidagi farq).

Uchunchi guruhga hamma belgilari mos tushadigan ammo obrazliligi mos tushmaydigan frazeologizmlar kiradi. O’zbek tilida kaftdagidek ayon, xuddi kaftdagidek ko’rinib turibdi iborasi ingliz tilida bunday holatda ‘to spread before the eyes to be an open book” iborasi qo’llaniladi. Biz o’zbek tilida bu ko’hna dunyo, ko’hna dunyodek deb gapirsak, ingliz tilida bu ibora “as old as hills” deb beriladi. Ba’zida frazeologizmlarning farqli belgisi sifatida u yoki bu iboraning muloqatda, nutqda qo’llanilishi tezligi, chostatasi namoyon ki, bu qo’llanilayotgan frazeologiyani buzulishi so’zlovchining nutqiga noodatiy yoki xatto eski moda xarakterini berishi mumkin. Bu haqda tarjimon xech qachon unutmasligi lozim .

Frazeologiya birliklarni tarjima qilish jarayonida tarjimon u turg’un yoki o’zgaruvchan so’z birikmasi bilan ishlayotganini farqlay olishi kerak. Buning uchun ulkan “frazeologizmlarning reseptiv zapasi” ega bo’lishi lozim. Shuni nazarda tutish kerakki, so’z birikmalarga, xuddi so’zlar kabi, ko’p ma’nolilik va omonimiya xodisasi xos, shunday bo’lsada ma’nolardan biri va boshqasi frazeologizm omonimi bo’lishi mumkin. Masalan

To burn one’s fingers iborasi quyidagi ma’nolarga ega; 1. barmog’ini kuydirmoq.



  1. kuyib qolmoq, xato qilmoq, adashmoq;

to be narrow in the shoulders to’g’ri ma’noga ( qisqa yelkali bo’lmoq) ham ega va ma’noga ham (xazilni tushunmaslik) ega.

‘’Don’t mention it’’ ‘’menga buni eslatma’’ va ‘’arzimaydi’’, ‘’xech qisi yo’q’’ degan ma’nolarga ega. ‘’to throw the book at smb. ‘’ iborasi ‘’birortani eng uzoq muddatli qamoq jazosiga jo’natmoq ‘’ ma’nosini bildiradi. Ammo bu ibora o’zgaruvchan so’z birikmasi bo’lib ishlatilgan kontekst ham bo’lishi mumkin. Frazeologizm ba’zida o’zgaruvchan so’z birikmasida xatto bitta artikl bilan farq qilishi mumkin, bu esa xolatga formal farqlovchi belgi bo’lib hisoblanadi. Masalan

To go to the sea – dengizga jo’namoq

To go to sea – dengizchi bo’lmoq

To draw a line – chiziq tortmoq

To draw the line – imkoniyatni chegaralamoq

Frazeologiyani yaxshigina puxta egallash uzual va okkazional frazeologizmlarni farqlash uchun ham, shuningdek ‘’avtorlik transformatsiyasi’’ ga uchragan frazeologizmlarning tiklash uchun ham zarurdir.

Avtorlik o’zgaruvi qatoriga asosan quyidagi stilistik qullashlarga tegishli.



  1. iboraga to’g’ri ma’no bilan semantik mos yangi komponent olib kirish. Masalan :

to put the cart before the horse – hamma ishni teskarisini qilmoq [ so’zma-so’z esa otni aravani orqasiga bog’lamoq], quyidagicha o’zgarishga uchragan;
‘Let’s not put the cart too far head the horse’’ (E. S. Gardner.)

  1. Frazeologizmlarni alohida komponentlarini boshqa so’zlar bilan almashtirish natijasida frazeologizmning leksik grammatik tarkibini yangilash. Bunda iborani o’ziga xos deformatsiyasi yuzaga keladi, matn oson tiklanadi. Masalan. Bibliyada uchragan to have a millstone about one’s neck ( yurakda og’ir tosh bilan yurmoq ) iborasi S. T. Koldrij tomonidan o’zgartirilib ko’rinishga kelgan;

have an albatross about one’s neck ( so’zma-so’z yelkada albatrosni olib yurmoq) S.T. Koldrijning ‘’The ancient mariner’’ poemasida albotrosni o’ldirishi tufayli kemaga kulfat olib kelgan va bu qotillikni yelkasida osib yurIsh jazosiga maxkum dengizchi haqida gap boradi.

3.Frazeologizmning tarqalishi va uning komponentlarini o’zgaruvchan so’z birikmasi tarkibida qo’llash.

Bu holatda aloxida component (yoki komponentlar) iboraning butun mazmuni tashkil qiluvchi birlik birlashtiruvchi ma’nosining tashuvchisi xisoblanadi. Frazeologizmning to’liq shakli uning mazmunini tiklamasdan turib ikkinchi planga o’tmaydi. Masalan

‘’I ‘ve got a cold.’’

‘’It’s in your feet.’’ (b. ma)

Bu dialogda so’zlovchilardan biri xastaligidan shikoyat qilsa, boshqa so’zlovchi esa bu kasallik emas, qo’rqoqlik deb aytyapti. Frazeologizm bu yerda bir component, to get cold feet – qo’rqmoq, cho’chimoq bilan berilgan.



  1. Frazeologizm to’liqligicha emas, komponentlarini qismlari saqlanishi bilan ham berilishi mumkin.

‘’He complained to Fleur that the book dealt with nothing but birds in the bush’’.[y. g.]. bu yerda maqolning bir qismi ishlatilgan; ‘’a bird in the hand is worth two in the bush.’’ A bird in the bush bu misolda quruq va’dalar ma’nosida kelgan.

Ingliz tilidan o’zbek tiliga frazeologizmlarni tarjima qilishda maksimal adekvatlikka erishish uchun tarjimon turli ‘’tarjima ko’rinishlari’’[8] dan foydalana olishi lozim.

1. Ekvivalent, ya’ni o’zbek tilida mavjud adekvat qurilma ingliz tilidagi qurilma bilan ma’no-mazmun va obraz asosi jixatidan mos keladi. Masalan:

As cold as ice - muzday sovuq; the salt of the earth -erning tuzi, swallow the pill – acchiq dorini ichmoq.



  1. Analog, ya’ni o’zbek tilidagi shunday turg’un iboralarki ma’nosi ingliz tiliga adekvat lekin obraz asosi jihatidan undan qisman yoki to’liq farq qiladi. Masalan:

a drop in the bucket- dengizga tomchi,

it is rained cats and dogs- chelaklab quydi

a fly in the ointment-

3.Tasviriy tarjima ya’ni inglizcha iboraning ma’nosini erkin so’z birikmalari bilan berish yo’li tarjima qilish. Tasviriy tarjma o’zbek tilida ekvivalent va analoglar mavjud bo’lmaganda qo’llaniladi. Masalan :

To rob Peter to pay Paul- birovdan olib boshqani qarzini bermoq;

To burn the candle on both ends- erta tongdan tungacha ishlamoq



  1. Antonomik tarjima ya’ni negativi salbiy ma’noni ijobiy qurilma yordamida berish yoki teskarisi.

Masalan : to keep one’s head- boshini yo’qotmaslik

To keep one’s head above water- qarzga botmaslik

To keep one’s pecker up- ruhi tushmaslik


  1. Kalkalash metodi frazeologizmlarning obrazliligini ajratib ko’rsatish uchun yoki inglizcha ibora boshqa tarjima turlari bilan tarjima qilib bo’lmaganda tarjimon tomonidan ishlatiladi. Masalan:

the moon is not seen when the sun shines(maqol)- quyosh charaqlab turganda oy ko’rinmaydi.

  1. Aralash tarjima. O’zbek tilidan tarjima inglizcha frazeologizmning ma’nosini to’liq berolmaganda yoki vaqt, makon kabi o’ziga xos koloritga ega bo’lganda kalkalash tarjimasi beriladi, so’ngra tasviriy tarjima beriladi va o’zbekcha analog qiyoslanadi. Masalan :

carry coals to Newcastle- Nyukastlga ko’mir tashimoq ya’ni biror narsani o’sha yerda yetarli bo’lgan joyga olib borish( yoki rus tilida ехать в Тулу с своим самоваром)

Frazeologik birliklar barcha uslubdagi adabiyotlarda keng ishlatiladi. Mahoratli tarjimon u yoki bu frazeolgizmning noaniq tarjimasiga yo’l qo’ymasligi shart. Frazeologiyani bilmasdan, o’rganmasdan nutqning ifodaliligini va yorqinligini baholab bo’lmaydi, hazilni, so’z o’yinini va ba’zan shunchaki iboraning ma’nosini tushunmaslikka olib keladi.

II Bob Zamonaviy ingliz tilida frazeologik birliklarning srtuktur-semantik

va grammatik xususiyatlari.

2.1. Ingliz birliklarning struktur-semantik xususiyatlari.

Birliklar prototiplarining metaforik ma’no o’zgarishi ayniqsa o’zgaruvchan so’z birikmalarining har qanday tilning shu jumladan ingliz tilining frazeologiyasininh boyishining muhim manbalaridan biridir.

Metaforik frazeologizmalr turli hil o’xshashliklar real va o’ylab topilgan o’xshatishlarga asoslanadi va faqat shaxs boshqa narsalarni ifodalshi mumkin. Umuman olganda ko’pchilik birliklar antroposentrik harakterga ega, ya’ni inson va u bilan bog’liq narsalarga tegishli . Bu iboralar odatda baholash xususiyatiga ega. Baholar salbiy hamda ijobiy bo’lishi mumkin. Ammo bahosiz iboralar ham uchraydi. Salbiy baho yosh o’xshashligi:

Babies and sucklings- yangilar, umuman tajribasiz insonlar( qiyoslang ona suti og’zida ketmagan)

Hulq-atvor o’xshatishi : a dog in manger- somon ichidagi it.

Vaziyat o’xshatishi: a round peg in a square hole ( yoki a square peg in a round hole)- o’z joyida bo’lmagan odam;

A snake in the grass-

Ijobiy baholash: kuch-quvvat o’xshatishi: a tower of strength- ishonchli suyanchiq, suyanisn mumkin bo’lgan odam.

Muhimliligini o’xshatish: a big gun- muhim inson, katta, baquvvat odam.

Qiyoslanmaydigan iboralar bo’glangan va bo’glamagan tuzilishda bo’lishi mumkin. Ingliz tilida qiyoslanmaydigan adektiv birliklar ko’p emas. Bu turdagi birliklar asosan insolarga tegishli;

Dry behind the ears- etuk,

Long in the tooth- keksa ( otlarda uzun tishlar qarilik alomati)

Quick on the trigger- ta’sirchan, harakatchan;

Slow on the trigger- sekin ta’sir qiluvchi, sokin.

Bu tuzulishdagi qurilmalar, ya’ni bog’langan tuzulishga ega iboralar, komponentlarni butunlay ma’nosini o’zgartirishi mumkin. Qisman ma’nosini o’zgartirish kamdan-kam uchraydi.masalan

Quick on the trigger, slow on the trigger.

Bog’lovchisiz tuzulishdagi adektiv birliklar iki bo’lakli iboralar xisoblanadi;

Alive and kicking ( og’zaki nutqda) tirik va sog’-salomat;

High and mighty – kibirli, tumshug’i osmonda.

Bazi bog’lovchisiz adektiv birliklar shaxslarga tegishli emas; masalan

Dead and buried (dead and gone) – ishsiz g’oyib bo’lgan, o’tib ketgan ish;

Bog’lovchi tuzulishida adektiv birliklar shaxslarga ham narsalarga ham tegishli bo’lishi mumkin.

Common or garden – eng oddiy, sodda;

Bog’lovchi aloqa. Bu aloqa turi quyidagi iboralar guruhida uchraydi;

1 juft sinonim birliklar

Free and easy – erkin, majburlanmagan

High and mighty – kibrli, kekkaygan;


  1. komponentlari semantik maydonga tegishli birliklar.

Alive and kicking – tirik va sog’

Up and doing – gayratli, vaqtni bekorga o’tkazmaydigan, xarakatchan.

Bog’lovchi tuzulishidagi adektiv birliklar sodda va qo’shma gaplarga ------------- sifatida qo’llaniladi.

Daisy; the past is dead and gone (w. m.) it’s well-know, isn’t it, that her circle is very free and easy. (j.g.)

Bundan tashqari komparativ iboralar ham mavjud bo’lib, ular faqat sifat bilan uning darajalariga ishlatiladi;

More dead than alive – chalajon (charchoqdan) o’lgiday charchagan.

Komparativ birliklar faqat bog’lovchi so’z tuzulishiga ega. Adektiv qiyoslanish gapda aniqlovchi hamda predikativ vazifasida keladi.

‘’You might give me a hand at least, Anne ,’’she said…. ‘’instead of standing with a face as black as thunder’’ (d.c.)

(as) right as rain – 1. butunlay sog’lom, sog’lom fikrda. 2 yaxshi xolatda, joy-joyida.

“You all right again Roy” the Indian said to him. Roy nodded. “I’m all right, Bob,” he said right as rain “(y. a.)

Shunday qilib adektiv qiyoslash vazifasi sifat vazifasi bilan mos keladi.

Adverbial birikmalar ularning semantik xususiyatlari nuqtai nazardan ikki guruhga bo’linadi; sifat va xolat.



  1. sifat adverbial birliklar,

  2. jarayonni ifodalovchi sifat adverbial birliklar, ular ish-xarakatning xolatini va darajalar, o’lchov birliklar. Ish- xarakat xolati adverbial birliklarga. Masalan:

fair and square – to’g’ridan-to’gri, chindan kabi iboralar tegishli.

“Judith, the truth must be faced fair and square”. (n.c.)

Adverbial birliklar ish-xarakat tezligini ham ifodalaydi.

Bularga “by hook or by crook” – hamma chin va yolg’onlar bilan;

“By leaps and bounds” – tez, intiluvchan, shiddatkor qadamlar bilan;

“Hammer and tongs” – g’ayrat bilan shijoat bilan ; yengni shimarib;

“Tooth and nail” – bor kuchi bilan;

“And under the control of a few persons, our trusts wax and explotation grows by leaps and bounds”.(th. D.)

Ish- xarakatni tuganlanmaganligini ushbu birliklar ifodalaydi;

“By fits and starts” – uzulib-uzulib, nomuntazam va

“off and on” yoki (on and off) – vaqti-vaqti bilan, kamdan-kam.

“She could get none but broken sleep by fits and starts”. (Ch. D.)

Ish-xarakat tuganlanganligini ushbu birliklar ifodalaydi;

“Hook, line and sinker” – butunlay, to’lig’incha

Lock stock and barrel – butunlay to’lig’ncha

“From A to Z” – boshidan oxirigacha,

“I was in the mug. I felt for it hook, line and sinker”. (a.m)

“They were buying his farm from him – lock stock and barrel”. (w. f.)

O’lchov daraja adverbial birliklarga quyidagilar tegishli;

“In large measure” – sezilarli daraja

“To a high degree” – juda, favqulotda.

“She knew Hudson… a slight, middle aged man; his manner restrained, polished to a high degree”. (a. cronin)

Bundan tashqari polisemantik adverbial birliklar ham uchraydi;

“Neck and crop” –1. tez ,jismoniy kuch ishlatib, shiddat bilan.

“Practically, I have been thrown out, neck and crop. All my luggage is lost”. (h. wells)

2.asosli, butunlay umuman; “We’re going neck and crop for fashion”. (ch. D )

Holat adverbial birliklar ish-xarakatni sifatini ifodalayi,balki ish-xarakat sodir bo’layotgan xolatni shart-sharoitni ham ifodalaydi. Xolat adverbial birliklarning bir necha guruhi aniqlangan.


  1. ish-xarakat sodir bo’layotgan xolat. Masalan

“rain or shine” – har qanday holatda, xech narsaga qaramasdan.

“I have a job which brings in thirty dollars a week, rain or shine”. (I show)

Ish-xarakatning og’zaki xususiyati :

“By word of mouth” – og’zaki, so’zda birligi bilan ifodalanishi mumkin.

“He had always a certain shyness in expressing himself by word to mouth”.(w.maughaw)


  1. o’rin-joy xoli ( makon belgilarini ifodalaydi); “from China to Peru” – Xitoydan Perugacha, yerning bu chetidan nargi chetigacha;

“From John o’Groat’s to Land’s end” – Angliyaning shimolidan janubigacha, mamlakatning bu chetidan narigi chetigacha;

  1. vaqt holi (ish xarakatning sodir bo’lishi vaqtini ifodalaydi);

“in a flash, in less than no time, in the twinkling of an eye, in two shakes” ( of a lamb’s tail) – o’sha zahoti ,ko’z ochib yumguncha; “in the year dot” ( og’zaki nutqda) – o’sha vaqtlarda, o’sha davrlarda.

“He was constantly … revivifying theories that had been decently interred in the year dot”. ( e. wall )



  1. sabab holi; in one’s cups -mastligidan, in the heat of the moment – o’sha daqiqada tufayli.

“They were all shouting at me to hurry up and in the heat of moment I forgot to pick up the envelope with the tickets”. ( o. w)

5. maqsad holi;

On the off-chance – umidida, xar holda.

“She went to the party on the off-chance that his friends would be there”. (l. d)

Bog’lovchisiz adverbial birliklarning ko’pchiligi predloglar bilan boshlanadi;

At (yoki in] the (very) nick of time – oxirgi daqiqada;

By word of mouth – og’zaki so’zda on one’s own hook ( og’zaki nutqda ) – mustaqil, o’z javobgarligida;

With all one’s heart ( and soul)– chin dildan, chin yurakdan.

Shuningdek, kam sonli faqat inkor shaklda ishlatiladigan bog’lovchisiz adverbial birliklar mavjud;

Not a shot in the locker – bir tiyinsiz, pulsiz.

Komponentlar soniga ko’ra adverbial birliklarning quyidagi struktura turlarini ajratish mumkin;

Ikki komponentli birliklar.

Hammer and tongs – serg’ayrat, bor kuchi bilan;

High and low – hamma joyda.

Off and on ( yoki on and off )– vaqti-vaqti bilan, tanafus bilan.

Uch komponentli birliklar;

Between the upper and neither millstones – qiyin vaziyatda.

Ko’pchilik to be va to have feli bilan boshlanuvchi metaforik birliklar, insonning qaysi holatda bo’lganini ifodalaydi. Masalan

Be in smooth water – qiyinchiliklarni yengish, murakkabliklar.

Be on one’s bones ( og’zaki nutqda ) – og’ir moddiy sharoitda bo’lish, oxirgi nuqtaga yetish.

Be ( yoki have ) one’s head in the clouds – osmonlarga uchmoq, yerdan uzoqda bo’lmoq.

Have a bone in one’s throat – biror so’z aytolmaydigan xolatda bo’lish.

…. “Give us a chance, constable; I’m right on my bones”. (y.g )

Shuningdek, to be fe’li bilan obeklanuvchi birliklar bilan bir qatorda, to get fe’li bilan boshlanuvchi birliklar ham leksik tarkibda uchraydi. Bunday birliklar odamni bir holatdan boshqasiga o’tishini ifodalaydi. Masalan ; be in hot water – kulfatda bo’lmoq, get into hot water – kulfatga uchramoq, be in somebody’s bad books – kimningdir yomon ro’yxatida bo’lish, kimdir yoqdirmaslik, get into somebody’s bad books – kimnidir xurmatini yo’qotish.

Fe’lli frazeologizmlar turli strukturaga ega bo’lishlari mumkin. Eng oddiy ot bilan fe’lning birga kelishi:

eat crow – taqdirlanmoq, harakatlanmoq, xafachilikni ichiga yutmoq, past turib kechirim so’ramoq;

raise cain – shovqun ko’tarmoq, janjal boshlamoq.

Ot aniq va noaniq artikil bilan belgilanishi mumkin;

Bear a cross- xoch olib yurmoq;

Drop a brick – tartibsizlikka yo’l quymoq;

Miss the bus – imkoniyatni boy bermoq.

Take the plunge – xal qiluvchi qadamni qo’ymoq.

Ba’zi bir kirish so’z birliklar modal ma’noga ega. Masalan

Of course – albatta

At all – umuman mutlaqo

Not at all – umuman yo’q

Not in the least – xech qanday, xech qancha

And no mistake – shak-shubxasiz, baxssiz

By no means – xech qanaqasiga

Not a bit – mutlaqo yo’q.

Not for the world – dunyoda xech narsaga

On no account – xech qachon.

Ularning modalligi ta’kid yoki inkorni izoxlab kelayotganligiga ifodalanadi.

Maqollar har doim gap xisoblanadi. U didaktik ( o’rgatish ogohlantirish, va x.k) maqsadni o’z oldiga qo’yadi. birliklarning boshqa turlaridan farqli o’laroq maqollar odatda murakkab gap . Konteksda maqol mustaqil gap yoki qo’shma gap bo’lagi sifatida kelishi mumkin. Masalan:

”The proof of the pudding is in the eating” – Puddingni qandayligini bilish uchun uni yeb ko’rish kerak, xamma narsa amaliyotda ko’rinadi,

“They will tell you that the proof of the pudding is in the eating, and they are right”.(g. show. )

Zero ba’zi ingliz maqollari bir qancha uzun maqollardan iborat.

“A bird in the hand is worth two in the bush”, “He should have a long spoon that sups with the devil”.

Shuningdek ko’p sonli maqollar qisqa va lunda. Uzun maqollar ya’ni leksemalardan iborat bo’lgan maqollar eskirish tendinsiyasiga ega. Masalan

“Measure they cloth ten times, thou canst cut it but once” maqoli qisqartirilib

“Measure thrice and cut once” – Yetti o’lchab bir kes shakliga keltirilgan. Maqol tarkibidagi arxaizmlar ularning eskirishiga sabab bo’ladi.


Download 346,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish