After concluding the contract, the
representative of the fi rm left Lon-
don.
Shartnoma tuzilgach fi rma va-
kili Londonni tark etdi.
4. Gerunddagi ish-harakat kesimdagi ish-harakatdan oldin sodir bo‘l-
ganligini ta’kidlash zarurati bo‘lmaganda Perfect Gerund emas Simple
Gerund ishlatiladi:
I thank you for coming. (for ha ving
come emas).
Kelganingiz uchun rahmat.
He apologized for leaving the door
open (for having left emas).
U eshikni ochiq qoldirgani uchun
kechirim so‘radi.
GERUNDNING VAZIFALARI
1. Gerund ko‘pincha predloglar bilan kelib, gapda vositali to‘ldiruvchi,
aniqlovchi va ot-kesim tarkibida keladi. Predloglar faqat ot oldida
ishlatilganligi sababli, har qanday predlogdan keyin fe’l otga yaqin bo‘l gan
shakl — gerundga aylanadi.
2. Gerund predlogsiz ega, vositasiz to‘ldiruvchi, fe’l kesim va ot-kesim
tarkibida kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |