from the buyers. Sotuvchilar xaridorlardan
tele gramma olishdi.
PREDLOGSIZ VOSITALI TO‘LDIRUVCHI VA to PREDLOGI BILAN KELGAN VOSITALI TO‘LDIRUVCHI Ba’zan ish-harakat yo‘naltirilgan shaxsni ifodalaydigan predlogsiz
vositali to‘ldiruvchi o‘rnida to predlogi bilan kelgan vositali to‘ldiruv chi
ishlatiladi va u boshqa predlogli vositali to‘ldiruvchilar kabi vositasiz to‘l-
diruvchidan keyin keladi. to prelogi bilan kelgan vositali to‘ldiruvchi larning
bunday ishlatilishi quyidagi hollarda yuz beradi:
1. Vositasiz to‘ldiruvchi olmoshdan yasalgan bo‘lsa:
Show it to your brother. Buni akangizga ko‘rsating.
Pass it to them. Buni ularga uzatib yuboring.
Tom sent him to me. Tom uni menga jo‘natibdi.
I’ll give them to the secretary. Men ularni kotibaga beraman.
2. Ish-harakat yo‘naltirilgan to‘ldiruvchi so‘zlarning uzun guruhi
dan,
vositasiz to‘ldiruvchi esa, bir so‘zdan yoki so‘zlarning qisqa guruhidan
iborat bo‘lsa:
www.ziyouz.com kutubxonasi