Rezus-omili mos kelmaydigan qonni quyish klinikasi mos kelmaydigan qonni quyishdagiga o‘xshaydi. Ba’zan reaksiya birmuncha kechikib yuz berishi mumkin. Albuminuriya va gematu- riya paydo bo‘lishi tashxisni isbotlaydi. Davosi mos kelmaydigan qonni quyishdagi davo kabi. - Rezus-omili mos kelmaydigan qonni quyish klinikasi mos kelmaydigan qonni quyishdagiga o‘xshaydi. Ba’zan reaksiya birmuncha kechikib yuz berishi mumkin. Albuminuriya va gematu- riya paydo bo‘lishi tashxisni isbotlaydi. Davosi mos kelmaydigan qonni quyishdagi davo kabi.
- Ifloslangan qonni quyish. Klinik simptomlari qisqa muddat- dan (bir necha soatda) keyin paydo bo‘ladi. Bemor qalt-qalt titrab, pulsi susayadi, teri va shilliq pardalari ko‘karadi, arterial bosimi pasayadi. Davosi mos kelmaydigan qonni quyishdagi kabi, bunda antibiotiklar ham qo‘llaniladi.
- Anafilaktik shok. Turli xil oqsillarga sensibilizatsiyalashgan organizmda paydo bo‘ladi. Simptomlari: arterial bosimning pasayib ketishi, puls tezlashishi, teri va ko‘rinib turadigan shilliq pardalar- ning oqarishi, nafasning yuzaki bo‘lishidir. Davo shokka qarshi tadbirlar ko‘rish, antigistamin preparatlar qo‘llashdan iborat.
- Sitrat shoki natriy sitrati ko‘p bo‘lgan katta miqdordagi qon quyilganda paydo bo‘ladi. Klinikasi gemodinamik buzilishlar, talvasaga tushish bilan ifodalanadi. Davolash uchun 10% li kalsiy xlorid eritmasi venaga quyiladi.
Pirogen reaksiyalar faqat qon emas, balki qon o‘rnini bosadigan suyuqliklar quyilganda ham paydo bo‘lishi mumkin. Bunga, ko‘pincha, turli xil bakteriyalarning hayot faoliyati mah- sulotlari bo‘lgan pirogen moddalarning organizmga tushishi sabab bo‘ladi. Simptomlari: qaltirash, harorat ko‘tarilishi, holsizlik, nafas qisishi, teriga toshma toshishi. - Pirogen reaksiyalar faqat qon emas, balki qon o‘rnini bosadigan suyuqliklar quyilganda ham paydo bo‘lishi mumkin. Bunga, ko‘pincha, turli xil bakteriyalarning hayot faoliyati mah- sulotlari bo‘lgan pirogen moddalarning organizmga tushishi sabab bo‘ladi. Simptomlari: qaltirash, harorat ko‘tarilishi, holsizlik, nafas qisishi, teriga toshma toshishi.
- Pirogen reaksiyalarning oldini olish qon quyishda ishlatiladigan idish va sistemalarni toza tutish bo‘yicha ko‘rsatmalarni puxtalik bilan bajarish, qo‘llaniladigan preparatlarning yaroqlilik muddatiga rioya qilishdan iborat.
- Yurakning to‘satdan kengayishi haddan tashqari tez qon quyilganda yuz beradi. Simptomlari: bemor ko‘ksida qisilish his- sini sezadi, nafas qiyinlashadi, teri va shilliq pardalar ko‘karadi.
- Havo emboliyasi havo sistemadan qon bilan birga o‘ng yurakka va o‘pka tomirlariga kirganda yuz beradi. Simptomlari: bemor ko‘ksida og‘riq sezadi, bezovta bo‘ladi, ko‘karadi, nafas qiyinlashadi, yurak urishdan to‘xtaydi.
- Tromb emboliyasi. Sistemadan va ignalardan qon ivindilari o‘pka tomirlariga kirishi va ular infarkt hosil qilishi mumkin. Simptomlari: ko‘krakda og‘riq, qon tuflash, nafas qisilishi, isitmalash. Tromblar bosh miya tomirlariga ham tushishi (arterio-venoz kom- munikatsiyalarda) mumkin. Bunda bemor hushini yo‘qotadi, arterial va venoz bosim tushib ketib, yuzaki nafas olish paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |