Transport oqimi (yuk va yo‘lovchi oqimi) — transport vositalari yordamida transport yo‘li yoki yo‘nalishi bo‘ylab yuk va yo‘lovchilarning katta hajmini bir joydan ikkinchi joyga yo‘naltirilgan harakatlanishidir. Transport oqimining asosiy tavsiflari: yo‘nalishi, hajmi (miqdori), intensivligi (vaqt birligida yuklar va yo‘lovchilar soni), barqaror yoki beqarorligi, mavsumiyligi va boshq. Transport oqimlarini o‘rganishda balans usulidan, chiziqli va chiziqsiz dasturlardan, transport masalalaridan foydalaniladi. Transport oqimlari yirik shaharlarda nisbatan kichik shaharlarga intensivroq, o‘z navbatida intensivlik qisqa masofalarda yuqori va uzoq masofalarda esa pastroq bo‘ladi2.
Transport tuguni— bir yoki bir nechta transport turining mujassamlashgan joyi, transport yo‘llarining kesishuvi (uchtadan kam emas), yuklarni tushirish va qaytadan ortish, yo‘lovchilarni boshqa joyga o‘tkazish, katta yuk va yo‘lovchi aylanmasi hajmida transport vositalarini saralash joyi, Transport tugunining turlari — temir yo‘l, avtoyo‘l, aviatugunlar va h.k. Transport turlarining uyg‘unlashuviga ko‘ra transport tugunlari va majmuali tugunlarga ajratiladi (u o‘z ichiga transport turlarining aksariyatini qamrab oladi, suv-quruqlik, quruqlik, havo-quruqlik)
Yirik olim N.N.Baranskiyning fikriga ko‘ra transport to‘ri — iqtisodiy-geografik jihatdan muayyan hududning transport tugunlari, markazlari va yo‘l tarmog‘i bu barcha narsaning asosi bo‘lib, u hududning shaklga ega bo‘lishini ta’minlaydi, muayyan hududni birlashtirdi3.
I.M.Mayergoyz fikriga ko‘ra mamlakat (rayon) xo‘jaligi uchun transport to‘ri morfologiyasi (konfiguratsiyasi) muhim ahamiyat kasb etadi. U misol keltirib, avtomobil va temir yo‘llarning an’anaviy radial tarmog‘i chekkada joylashgan hududlarning rivojlanishida to‘siqqa aylandi deb ta’kidlaydi.
V.N.Bugromenko esa transport infratuzilmasisining eng asosiy muammolaridan biri sifatida transport tarmog‘i konfiugratsiyasini o‘rganish kerakligini ta’kidlab “transport infratuzilmasisining eng geografik vazifasi” deb qayd etadi.
Transport to‘rining asosiy funksiyalari:
xo‘jalik va aholi hududiy tizimlari elementlari o‘rtasida o‘zarohamkorlikni amalga oshirish (tugunlar, markazlar, zonalar, rayonlar, mintaqalar);
hudud va unda yashovchi insonlarga transport xizmati ko‘rsatish. Transport to‘rining asosiy geografik tavsiflari: konfiguratsiyasi (xaritadagi geometrik shakllari), tipologik tarkibi (to‘r elementlarining o‘zarojoylashuvi), zichligi (hudud bo‘yicha zichlik darajasi), uzunligi, o‘tkazuvchanlik qobiliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |