3.2.2.Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasining tarkibi: ishlab chiqarish infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilma, bozor infratuzilmasi, Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish vositalarining me’yoriy harakatini ta’minlovchi va ularning uzoq vaqt davomida ishga yaroqliligini saqlashga yordam beruvchi tarmoqlarni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish infratuzulmasi tarkibiga bevosita qishlok xo’jaligiga xizmat qiluvchi quyidagi tarmoqlar kiradi:
1.Ishlab chiqarishga mo’ljallangan transport;
2.Ta’mirlash ustaxonalari;
3.Ombor va sovuqxonalar;
4.Kommunikasiya, pochta va telegraf aloqasi tizimi;
5.Elektr uzatish liniyalari;
6.Texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari;
7.Ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyalari;
8.Hisoblash markazlari;
9.Tayyorlash, savdo korxonalari;
10.Moddiy texnika ta’minoti;
11.Meliorasiya va irrigasiya inshootlari.
Bundan tashqari unga yana maxsus xizmat ko’rsatuvchi xizmat va bo’limlar ham kiradi:
1.O’simliklarni himoya qilish;
2.Agrotexnika;
3.Veterinariya;
4.Sun’iy qochirish;
5.Texnika ta’mirlash;
6.Huquqiy.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko’p omillar ta’sir qiladi. Bular ichida muhimlari tuproq iqlim sharoiti, joyning relyefi, yer hududining konfigurasiyasi bilan ta’minlanganligi, yopiq joylar va yo’llar, korxonalarning, ishlab chiqarish obyektlarining joylashishi, qo’llaniladigan texnologiyalar, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash darajasi. Bu omillar ko’p jihatdan butun ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibiga va ichki xo’jalik bo’linmalarining katta kichikligiga va korxonalar funksional faoliyatining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq. Qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish infratuzilmalari obyektlari bilan ta’minlanishi uzoq yillardan beri ancha past yoki o’zgarmasdan qolmokda edi.
Ishlab chiqarish infratuzilmalarining muhim yo’nalishi bo’lgan, qishloq xo’jaligini qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash bo’yicha optimal quvvatni tashkil etish va unga xizmat ko’rsatish, avtogarajlar, texnikalarni saqlash,hayvonlar va maydonchalar qurish, neft omborlari va yoqilg’i moylash materiallari uchun saqlash joylari qurish kabilarga e’tibor talabga javob bermaydigan darajada edi.
Qishloq xo’jaligida hozir ham ishlab chiqarish obyektlarini elektrlashtirish uchun va elektr uzatish liniyalarini ko’rish uchun yetarlicha mablag’ ajratilmayapti. Bu dehqonchilik va chorvachilikda ishlab chiqarish jarayonlariga kompleks mexanizasiyani qo’llashni qiyinlashtiradi. Ishlab chiqarish infratuzilmasidan tejamli foydalanish pirovard mahsulot sifatini yaxshilash va yo’qotishlarni qisqartirishda, mahsulot birligiga sarflanidigan moddiy-pul va mehnat xarajatlarini pasaytirishda namoyon bo’ladi.
Ishlab chikarish infratuzilmasi iktisodiy samaradorligining asosiy kursatkichi bulib, infratuzilma bo’linmalari, xizmatlari va obyektlarini qurishga sarflangan xarajatlarning qoplanishi hisoblanadi. Uni hisoblashda kuyidagi formuladan foydalaniladi:
Bu yerda XK –ishlab chiqarish infratuzilmasi xarajatlarining qoplanishi,so’m;
PMQ- qishloq xo’jaligi pirovard mahsulotining qiymati, so’m;
MX- ishlab chiqarish infratuzilmasiniyaratishga qilingan moddiy xarajatlar, so’m
Hisob-kitoblarning ko’rsatishicha, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish infratuzilmalari qurishga sarflangan xarajatlar 4-6 yilda qoplanadi.
Korxonalarning sifatli ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash xodimlarga mehnat jarayonida ham va ish kuchini takror ishlab chiqarish jarayonida ham me’yordagi sharoit yaratishni talab qiladi. Bu vazifani bajarish ijtimoiy infratuzilma xizmati va bo’linmalari zimmasiga yuklatiladi.
Ijtimoiy infratuzilma deganda, ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning samarali harakat qilish uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining bir qismiga aytiladi. Ijtimoiy infratuzilmaning bosh vazifasi qishloq aholisining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilashdir. Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari bevosita pirovard mahsulot yaratishda katnashmaydi, lekin ishlab chiqarish jarayonini me’yor darajasida rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Ijtimoiy infratuzilmaning roli shundan iboratki, ular ishlab chiqarishning malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash imkoniyatini beradi, ularni takror ishlab chiqarish va qishloq joylarida samarali ishlashlariga yordam beradi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlaydi. Bo’linmalar ham korxona xodimlari, ham ularning oila a’zolarining kommunal-maishiy ehtiyojlarini kondirish uchun sharoit yaratishda qatnashadi.
Ijtimoiy infratuzilmada qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlari aks ettiriladi. Ijtimoiy infratuzilma obyektlari, qishloq xo’jaligi korxonalari resurslari va aholining pul mablag’lari hisobiga, hamda uy-joy, maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar, madaniyat uylari, poliklinikalar, aloqa tarmoqlari va boshqalarni rivojlantirish davlat investisiyasidan samarali foydalanish yo’li bilan yaratiladi. Qishloq joylardagi ijtimoiy bo’linmalar nafaqat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band bo’lgan xodimlarga, balki korxona hududida yashovchi aholining boshqa qatlamlariga ham xizmat ko’rsatadi. Qishloqdagi ijtimoiy infratuzilma xo’jalik hududi bo’yicha bo’lib-bo’lib joylashtirilsa, ulardan samarali foydalanishni qiyinlashtiradi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning mavsumiy xarakteri ijtimoiy infratuzilma xizmati va bo’linmalari ishida ham o’z izini qoldiradi. Uning yaratilishi va rasional harakat qilish, shu obyektlar joylashgan qishloq xo’jaligi korxonalari iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bog’liq. Ijtimoiy infratuzilma bo’linmalarining vujudga kelishiga xo’jaliklar zarur bo’lgan moddiy-pul va mehnat resurslarini ajratadilar.
Qishloq xo’jaligida ijtimoiy infratuzilma obyektlariga uy-joy kommunal xo’jaligi bo’linmalari tibbiyot va maktabgacha bolalar muasasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, o’quv ishlab chiqarish kombinatlari, mehnat muhofazasi bo’yicha xizmatlar, sport-sog’lomlashtirish tashkilotlari, ishchi va xizmatchilarga xizmat qiluvchi transport, aloqa va axborot xizmatlari kiradi. Barcha xizmatlarni maqsadli yo’naltirilganligiga, shakllanish manbalariga, hududiy joylashishiga va ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi bo’yicha ikki guruhga bo’lish mumkin.
Birinchi guruhga xo’jalik bo’linmalariga joylashgan, korxona mablag’lari hisobiga qurilgan va ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning dam olish va texnika xavfsizligi, mehnat sharoitlarini yaxshilashga yo’naltirilgan obyektlar tegishli. Bu guruhga dehqonchilik bo’linmalari va chorvachilik fermalaridagi maishiy xonalar, bo’linmalar umumiy ovqatlanish (bufetlar, tamaddixonalar, oshxonalar) punktlari, sog’liqni saqlash, madaniyat va dam olish (profilaktoriyalar, tibbiyot punktlari, ma’naviyat burchaklari), yong’inga qarshi xavfsizlik punktlari kiradi. Ular chorvachilik komplekslarida, fermalarda, ustaxonalarda va dala shiyponlarida joylashtiriladi.
Ikkinchi guruhni davlat resurslari va agrosanoat birlashmalari va yirik korxonalarning maxsus vositalari hisobiga barpo etilgan va aholining kommunal-maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun mo’ljallangan, qishloq xo’jaligi korxonalari aholi punktlari hududida joylashgan obyektlar tashkil qiladi. Bularga uy-joy kommunal xo’jaligi obyektlari, maishiy xizmat korxonalari, sog’liqni saqlash (poliklinikalar, kasalxonalar, ambulatoriyalar), sport muassalari, maktablar va maktabgacha muassasalar, madaniyat uylari va klublar, savdo tashkilotlari tegishlidir. Ijtimoiy infratuzilmaning bu obyektlari ijtimoiy kelib chiqishidan va mehnatning kaysi sohaga yo’naltirilganligidan qat’iy nazar qishloq joylarda yashovchi barcha aholiga xizmat qilishga qaratilgan.