«Yuridik shaxslarning soliq qarzlari hisobini yuritish» dasturiy mahsulini joriy qilish maqsadlari. Dasturiy mahsul ma‟lumotlar bazasida shakllanadigan ma‟lumotlar
«Yuridik shaxslarning soliq qarzlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuli DSQ ning 2005-yil 5-avgustdagi 148-sonli buyrug„iga asosan ishlab chiqilgan. Bu dastur orqali soliq to„lovchi yuridik shaxslarning budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg„armalar, shuningdek, soliq idoralarini rivojlantirish jamg„armalari bo„yicha boqimandalari, ortiqcha to„langan summalari, hisoblangan hamda to„langan summalari haqidagi ma‟lumotlarni korxonalar, vazirliklar, statuslar, faoliyat turlari, korxona holati, mulkchilik shakli, DSI inspektorlariga biriktirilishi va xizmat ko„rsatuvchi banklar bo„yicha jamlangan holda yoki alohida-alohida shakllantirish mumkin.
Dasturiy mahsulning asosiy maqsadlaridan birinchisi, soliqlar va majburiy ajratmalar bo„yicha yuridik shaxslar tomonidan hisoblangan, to„langan summalari, qarzdorliklari va ortiqcha to„lovlari to„g„risida vazirliklar va idoralar, alohida korxonalar, soliq turlari (yagona soliq to„lovi), soliq to„lovchining faoliyat yuritish holati, yuridik mavqei (statuslar), faoliyat turlari bo„yicha hamda unga xizmat ko„rsatuvchi banklar kesimida ma‟lumotlar olish. Ikkinchisi, belgilangan muddatlarda to„lanmagan qarzlarni
majburiy undirish ustidan nazorat tizimini takomillashtirish va avtomatlashtirish, ya‟ni, boqimandaga ega korxonalarning asosiy hisob raqamlari va debitorlariga qo„yilgan inkasso talabnomalari ro„yxatini shakllantirish hamda ularning ijrosini nazorat qilish; ogohlantirish talabnomalari berilishi lozim korxonalarni aniqlash, talabnomalarni shakllantirish va reyestrini yuritish, ularni nazorat qilish, to„lanmagan qarzdorliklar bo„yicha xo„jalik sudlariga da‟vo arizalarini shakllantirish; xo„jalik sudlariga kiritilgan da‟vo arizalari monitoringini yuritish; sud ijrochilariga berilgan ijro hujjatlarini pul mablag„lari tushumiga qarab tahlil qilib borish, ijro hujjatlarini o„zaro solishtirishdan iborat.
Dasturiy majmuani joriy qilish orqali quyidagi ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan:
yuridik shaxslarning soliq qarzi uchun Soliq kodeksining 61-moddasiga asosan ogohlantirish talabnomalarini shakllantirish;
qarzdorning muddatida to„lanmagan soliq qarzini mol-mulkidan undirish maqsadida Soliq kodeksining 65-moddasiga asosan xo„jalik sudiga taqdim etish uchun arizalarni chop etish;
soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirish bo„yicha xo„jalik sudiga kiritilgan arizalar yuzasidan sudda ko„riladigan ish uchun ma‟lumotlarni shakllantirish;
-xo„jalik sudining soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirish bo„yicha ijro hujjatlarini dasturiy mahsulga kiritib, belgilangan muddatda sud ijro bo„limlariga kuzatuv xati orqali yuborish;
dasturiy mahsulning «41-grafa» nazorat jadvali orqali soliq qarzini majburiy undiruvga qaratishda amalga oshirilgan ishlarni nazorat etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |