Dasturiy mahsul ma‟lumotlar bazasida shakllanadigan ma‟lumotlar
Dasturiy mahsul ma‟lumotlar bazasida quyidagi ma‟lumotlar shakllanadi:
budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg„armalar uchun hisoblangan va to„langan to„lovlar, shuningdek, mavjud soliq qarzi va ortiqcha to„lovlar to„g„risidagi ma‟lumotlarni korxonalar, faoliyat turlari, vazirliklar, statuslar, mulkchilik shakli, banklar hamda hududlar kesimidagi jadval shakli;
to„lov muddati uzaytirilgan soliq qarzlari to„g„risidagi hisobotlarning jadval shakli;
ogohlantirish talabnomalari, qarzdor korxonalar va debitorlar hisobiga qo„yilgan inkasso topshiriqnomalari, debitor korxonalar hisobidan undirilgan summalar, ho„jalik sudiga rasmiylashtirilgan (da‟vo) arizalar hamda qanoatlantirilgan da‟vo arizalar bo„yicha dasturiy mahsulga kiritilgan sud buyruqlari to„g„risidagi reyestr ma‟lumotlarining jadval shakli;
soliq qarzini majburiy undiruvga qaratish bo„yicha amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish maqsadida, «41-grafa» jadvali shakli;
Dasturiy mahsulning joriy etilishi va undan foydalanish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida dasturiy mahsuldan foydalanuvchilar uchun elektron qo„llanma yaratilgan bo„lib, unda dasturiy mahsulni o„rnatishdan boshlab barcha jarayonlar to„liq yoritilgan. Shuningdek, boqimandalar bilan ishlashga doir qonunlar va qonunosti me‟yoriy hujjatlardan ko„chirmalar kiritilgan hamda foydalanuvchilar tomonidan berilayotgan savollarga javoblar kiritilgan.
Dasturiy mahsul asosida nazorat ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda soliq to„lovchilar tomonidan to„langan summalar bo„yicha ma‟lumotlar shakllantiriladi. Bunda soliq to„lovchiga ogohlantirish
talabnomasi berilgandan keyin jami undirilgan (shuningdek, debitorlari orqali va valyuta mablag„larini sottirish hisobiga) mablag„lar aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichda ogohlantirish talabnomalari berilishi lozim, ya‟ni boqimandalar bilan ishlash uchun nomzod korxonalar ro„yxati shakllantiriladi.
Uchinchi bosqichda nomzod korxonalarga ogohlantirish talabnomalari va (qonunchilikda belgilangan muddatlarda) da‟vo arizalari (yoki arizalar) shakllantiriladi, hamda ularning ijrosi nazoratga qo„yiladi.
Тo„rtinchi bosqichda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, tegishli choralar belgilanadi hamda yangi hosil bo„lgan boqimandalar bilan ishlash birinchi bosqichdan qayta davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |