Informatsion texnologiyalar



Download 167,32 Kb.
bet5/32
Sana17.04.2022
Hajmi167,32 Kb.
#558615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Informatsion texnologiyalar

Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilishi

Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilib, «2011 yil- Axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda soliq organlarini yanada modernizasiya qilish yili» deb e’lon qilindi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 8 yanvardagi
«Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizasiya qilish chora- tadbirlari to„g„risida»gi PQ-1257 son qarori bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko„tarishda muhim asos bo„ldi.
Mazkur hujjatga muvofiq, Davlat soliq qo„mitasi tomonidan ishlab chiqilgan kompleks tadbirlarga asosan o„zaro sifatli elektron axborot almashinuvini joriy etish, davlat soliq xizmati organlari ishining samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan o„ttizga yaqin dasturiy mahsullar amaliyotga tatbiq qilindi hamda soliq to„lovchilarga interaktiv, ya‟ni qog„ozsiz, masofadan turgan holda xizmatlar ko„rsatish yo„lga qo„yildi.
O„zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridanoq Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalariga jiddiy e‟tibor qaratila boshlangan.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi 388-sonli qarori bilan davlat soliq xizmati organlarida axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarini o„z ichiga olgan axborot tizimlarining shakllanishiga asos solingan va ushbu tizim orqali soliq ma‟lumotlarini yig„ish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish ishlari yo„lga qo„yilgan.
Shu bilan birga, Axborot-texnologiya ta‟minoti boshqarmasi va uning hududiy bo„linmalari tashkil etilgan.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 sentyabrdagi 359-sonli qarori bilan Davlat soliq qo„mitasi qoshida xo„jalik hisobidagi «Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi» (YaTIAM) tashkil etilgan va soliq ma‟lumotlarini qayta ishlash uchun zarur bo„lgan maxsus dasturiy mahsullarni yaratish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish imkoni yaratilgan.
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi «O„zbekiston Respublikasida soliq to„lovchilarga identifikasion raqamlari berish va qo„llash tizimi to„g„risida»gi 130-sonli hamda 1999 yil 7 yanvardagi «Soliq to„lovchilarning identifikasiya raqamlarini qo„llash sohasini kengaytirish to„g„risida»gi 7-sonli qarorlari qabul qilingandan so„ng, bank to„lov
hujjatlarida majburiy rekvizit sifatida STIRning aks ettirilishi yo„lga qo„yilib, soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazorat mexanizmini takomillashtirish imkoni yaratildi. STIRlar bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etib, barcha soliqqa oid axborotlarni yagona bazaga birlashtirishda asosiy me‟zon bo„lib xizmat qilmoqda.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 31 dekabrdagi «Davlat soliq qo„mitasining global axborot tarmog„ini tashkil etish to„g„risida»gi 580-sonli qaroriga binoan barcha hududiy soliq idoralarida yo„ldosh aloqasi tizimi o„rnatilib, korporativ axborot-tarmog„i tashkil etilgan.
Davlat soliq qo„mitasining korporativ axborot tarmog„i ishga tushirilgandan buyon o„tgan yillar mobaynida uzatilayotgan axborot hajmi yil sayin o„sib borayotganligi sababli, Davlat soliq xizmati organlarida mahalliy va korporativ kompyuter tarmoqlarini yanada takomillashtirish maqsadida, 2009 yildan boshlab korporativ aloqa kanali tarmog„ini modernizasiya qilish va yer usti kanallariga o„tkazilish ishlari olib borilgan. Qoraqalpog„iston Respub- likasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar Davlat soliq boshqarmalari va ulardagi 194 ta tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyalarida optik tolali aloqa jihozlari o„rnatilib, ishga tushirilgan.
Korporativ aloqa tarmog„ini yer usti kanallariga o„tkazilishi orqali IP- telefon aloqasi ham joriy etilgan. Bunda, hududiy soliq idoralarida shaharlararo so„zlashuv uchun qo„shimcha haq talab etilmaydi.
1993-2000 yillarda soliq to„lovchilarni hisobga olish, ularning budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg„armalar bilan o„zaro munosabatlari hisobini yuritish ishlari qog„oz shaklida, ya‟ni maxsus daftarlar, kitoblar va jurnallarda amalga oshirilgan bo„lsa, dasturiy mahsullar joriy etilishi bilan ushbu jarayonlar bosqichma-bosqich avtomatlashtirilishi qog„oz shaklidagi hujjat aylanishidan deyarli voz kechishga imkon berdi.
Davlat soliq xizmati organlarida soliq ma‟murchiligini avtomatlashtirish, idoralararo elektron ma‟lumot ayirboshlash ulushini kengaytirish maqsadida, davlat soliq xizmati organlariga ma‟lumotlar taqdim etuvchi idoralar bilan ma‟lumotlarni elektron ayirboshlash kanallari tashkil etilgan.
Davlat soliq qo„mitasining «Soliq to„lovchi-yuridik va jismoniy shaxslarning yagona reyestri», «Soliq to„lovchilarning shaxsiy kartochkalari reyestri», «Moliya va soliq hisoboti reyestri» va «Soliq deklarasiyalari reyestri» rasman ro„yxatga olinib, «Davlat axborot resurslari» maqomiga ega bo„lgan va R00025, R00227, R00228, R00229-sonli guvohnomalar berilgan.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tushumini hisobga olish hamda nazorat qilish darajasini oshirishga, soliq tushumlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olishga, shuningdek soliq to‘lovchilar uchun ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish hamda sifatini oshirishga yo‘naltirilgan davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 30 oktabrdagi “O„zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-1843-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot-tahlil bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari, soliq idoralarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasini shakllantirish bosqichlari belgilab berildi. Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi; davlat soliq xizmati idoralariga soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida ma‟lumot taqdim etadigan idora va tashkilotlarning ro‘yxati tasdiqlandi. Mazkur qarorning
ilovasida ko‘rsatilgan idora va tashkilot rahbarlari zimmasiga soliq majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma‟lumot va boshqa axborotlar to‘laqonli hisobga olinishini ta‟minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatildi.
Yuqoridagilar asosida davlat soliq xizmati organlarida axborot texnologiyalari joriy qilinib, axborot tizimlariga asos solindi va ular muntazam ravishda takomillashtirilib borilmoqda.


Tayanch so‘z va atamalar
Axborot; axborotga bo„lgan ehtiyoj, axborotlashtirish; axborotlashgan jamiyat; axborot madaniyati; informatika; axborot resursi; axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori; axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi; axborot texnologiyasi; axborot tizimi; elektron raqamli imzo; elektron raqamli imzoning yopiq kaliti, ma‟lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimi, soliq qo„mitasining korporativ aloqa tarmog„i

Nazorat savollari



  1. «Soliq tizimida dasturiy mahsullar» fanining maqsadi, predmeti va vazifalari nimalardan iborat?

  2. O„zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?

  3. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda axborot texnologiyalari va tizimlari fanining roli?

  4. DSХ boshqaruv organlarida informatsion-kommunikatsion texnologiyalarini qo„llashning afzalliklari nimalardan iborat?

  5. Axborot tizimlarini joriy etilishi orqali qanday natijalar ga erishish mumkin?

  6. Soliq tizimini axborotlashtirish orqali qanday natijalarga erishish mumkin?




Download 167,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish