INFORMATIV JANRLARDA SARLAVHANING O‘RNI VA AHAMIYATI
Har qanday publitsistik matnning ahamiyatlilik darajasini belgilab beruvchi asosiy unsurlardan biri sarlavhadir. Bu so‘zni nom leksemasiga taqqoslasa ham bo‘ladi. Sarlavha shunchaki nom emas, balki matnning asosiy g‘oyasini o‘ziga singdira olgan ifoda, o‘quvchi va tomoshabin e’tiborini axborotga jalb etuvchi reklama kabi vosita bo‘la olishi kerak. Informativ janrlarning bayonchilik uslubi tahliliy va badiiy publitsistik uslublarga nisbatan sodda “quruq” bo‘lganligi sababli, ularga tanlangan sarlavhalar ham bu xususiyatdan yiroqlasholmaydi. Sarlavhalarning sintaktik tuzilishi va semantik xususiyatidan kelib chiqib, xabar beruvchi, ishontiruvchi, da’vat etuvchi, izoh beruvchi, mujaat qiluvchi, reklama qiluvchi kabi turlarga bo‘lish mumkin. Biz fikr yuritmoqchi bo‘lgan informativ janrlar doirasida ham yuqoridagi kabi xususiyatlarga ega sarlavha(nom)lar mavjud. Sarlavhalar qanday matnga va nima maqsadda qo‘yilishidan qat’iy nazar hajman ixcham, ma’lum bir fikrni bera oladigan, sintaktik butun, matn mazmuniga mos bo‘lishi lozim. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, xabar janriga doir matnlarda butun boshli matnda beriladigan ma’lumotning tub mag‘zini ifodalagan jumla sarlavha maqomiga ko‘tariladi. Sarlavhalarga bugungacha turlicha ta’riflar berilgan: Xabar janriga mansub sarlavhalarda odatda sodda gap shaklidagi sintaktik birliklar xabar maylida, predikativlik aniq va majhul nisbat shakllarida qo‘llanadi. “Ekologik toza maxsulot tayyorlanadi”, “Poyabzal korxonasi ishga tushdi”, “Qo‘shma fakultet tashkil etildi”, “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi”, “Temir yo‘llar rahbarlari Toshkentda uchrashdi” kabi. Ayrim xabarlarda murojaat shaklidagi sarlavhalar qo‘llanib, gap semantikasi so‘roq shaklda beriladi va ular ular “Dolzarb” rukni ostida berilganligi sababli tanlangan sarlavha ham shunga mos bo‘lishini taqozo etadi. Masalan, “Narx-navo barqarorligiga qanday erishiladi?”, “Deputatlar vazirning javobini qanday baholashdi?” kabi.
Bir qator xabar namunalariga badiiy ifoda usulidan foydalanib, sarlavha tanlangan holatlarni ham uchratish mumkin. Masalan, “E’tibor va g‘amxo‘rlikdan munavvar dillar”… Bunday sarlavhalar informativ janrlarda juda kam qo‘llanadi.
Yangi O‘zbekiston matbuotida xabar janrining har bir turiga doir matnlarda qo‘llanayotgan sarlavhalarning semantik struktasi pratakol shakliga ega. Chunki Respublikamizdagi axborot nashrlari, televideniya va radio tarmoqlarida berib borilayoitgan informativ ma’lumotlar pratakol shaklida berilmoqda. Ortiqcha voqeaviy mayda izohlar, evfemistik vositalar hamda qo‘shimcha kichik voqea tafsilotlari berilmaydi. “Yangi O‘zbekiston” gazetasidagi sarlavhalarga e’tibor qaratsak. Prezidentimizning Qozog‘iston respublikasi bosh vazirini qabul qilganligi haqidagi rasmiy xabarda “…Bosh vazir Qozog‘iston Prezidentining salomini aytdi, ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuvlarni amalga oshirish uchun qilinayotgan choralar ko‘rib chiqildi,… masalalariga e’tibor qaratildi”. Ushbu matn tarkibidagi birliklarning strukturasida stilistik bo‘yoqqa ega leksik birliklar mavjud emas. Xususan xabar sarlavhasida ham shunday. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qozog‘iston Pespublikasi bosh vazirini qabul qildi” Xabar tarkibidagi semantik mazmun sarlavhada ham, albatta, aks etadi. Bunday OAAyrim sarlavhalar asosiy fikr katta harflarda berilib, izoh tarzida sarlavha davomi sifatida qo‘shimcha jumlalar ham beriladi. Bu holat subyuktsiya deb ataladi. Subyuktsiya – bu bosh sarlavhadan so‘ng qo‘llanadigan qo‘shimcha sarlavha. Sarlavhani bunday shaklda berish asosan bosma nashrlardagi publitsistik janr na’munalarida uchraydi va butun maqola uchun emas, balki matnning ma’lum bir qismiga e’tiborni tortishdir. Subsarlavhalar matn ichida muhokama qilinadigan masalalarni tezda aniqlashga yordam beradi. Ular matndan anglashiladigan fikrning debochasi ham xissoblanadi. Biz bunday sarlavhalarni deyarli har bir janr doirasida uchratamiz. Informativ janrlarda, ya’ni xabar janrida quyidagicha keladi: “SENAT TASHABBUSIGA KO‘RA O‘TKAZILGAN KO‘RIK TANLOVLAR gender tenglik, xotin qizlarni qo‘llab quvvatlash va ularning iste’dodini to‘la ro‘yobga chiqarish borasidagi sa’y-harakatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi”, “QASHQADARYO GLOBAL MIQYOSDAGI NOYOB ZAVOD ISHGA TUSHIRILDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyayev 25-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi “Uzbekistan GTL” zavodiga tashrif buyurdi”. Sarlavhalarni bunday shaklda qo‘llashni bugunning(axborotlashgan davrning) talabidan kelib chiqib, publitsistikaning zamonaviy xususiyatlaridan biri sifatida ko‘rsatish mumkin. Ayni paytda informativ janrlarga nisbatan tahliliy va badiiy-publiutsistika namunalarida tagsarlavhalar o‘quvchi auditoriyasiga “ilmoq” vazifasini bajarishi mumkin: “Semizlik qiynayaptimi? Bu muammoni qanday qilib tezda bartaraf etishni bilib oling”, “IT savodxonligingiz pastmi? Bir necha usullarda yaxshi natijaga erishing”…
Do'stlaringiz bilan baham: |