THE ROLE OF INTERNET RESOURCES IN THE ORGANIZATION OF INDEPENDENT EDUCATION.
UROZBOYEV MIRJALOL ABDIVOSI OGLI Master of Gulistan State University
mirjalol0406@gmail.com
+998 97 020 13 43
Abstract Full use of the Internet in education will help students to keep their knowledge at a high level and will be able to become qualified professionals in the future. In addition, the use of the Internet and Internet resources in the classroom will help to make the lesson more meaningful and interesting.
Keywords: Independent study, Internet resources.
KIRISH Yoshlarni mustaqil bilim olishga o'rgatish bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. O'quvchilaining bilimini aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat miqiyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash jarayoni o'quvchi shaxsini rivojlanlirishga va tarbiyasiga ta’sir ko'rsatadi.
Bilimlarni nazorat qilishda qo'yilgan ball va baholar o'quvchi qanday taassurotlar qoldirganini, ular o'rtoqlarining o’qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo'lishlarini doim kuzatib borishlari lozim. O'quvchilarning intellektual imkoniyatlarini royobga chiqarish ularning bilim faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini chuqur bilishni taqazo etadi.
Ko'pchilik mutaxassis olimlar o'quvchilarni baholash salbiy oqibatlarga olib keladi, deb hisoblashmoqdalar. Ma'lumki, faqat baho uchun o'qish bilimning ijtimoiy ahamiyatini pasaytirishi mumkin. Shunga ko'ra bilimni tekshirishning boshqa usullarini topish hamda qo'llash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
METODOLOGIYA Internet resurslaridan foydalanish haqida gap ketarkan albatta bundan maqsad o’quvchilarga zamonaviy va yangi bilimlarni berish hisoblanadi. Bundanda uzoqroq ko’zlangan maqsad esa, o’quvchi o’qiyotgan yo’nalishining yetuk mutaxassissiga aylanishida muhim ko’mak berishdir. Internet rsurslaridan foydalanishni aniq bir yo’nalish bilan tushuntirib ketadigan bo’lsak, misol uchun axborot texnalogiyalari yo’nlishining xammaga qiziq bo’lgan va mashhur bo’lgan dasturlash yo’nalishini olaylik. Xozirda o’quvchilarga dasturlashning biror-bir yo’nalishini o’quvchilarga o’rgatmoqchi bo’lsak albatta bu jarayon internet kontentlarisiz amalga oshmaydigan jarayon jarayon bo’lib qoldi. Sababi internet resurslari o’rgatuvchilarning bir muhim manbalariga aylanib ulgurdi. Sababi internetda joylangan biror-bir sayt ma’lumotlarini olib qaraydigan bo’lsak, sayt ichida keladigan ma’lumotlar ma’lum darajada taniqli bo’lgan mana shu sohaning yetuk mutahassislari tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan. Shunday ekan bunday manbalardan qanday foydalanmaslik mumkin. Bundan tashqari bu soha o’rganuvchilariga yuqorida aytilgan kabi taniqli soha vakillari bilan uchrashuvla, seminar treninglar o’tkazilib turilsa, bu o’rganuvchilarga motivatsiya va shijoat beradi.
Internetning o’qituvchi uchun qulay bo’lgan omillari.
Bu omillarini asosiylarini sanab o’tamiz:
Mustaqil ravishda tarmoqdagi axborotlar orqali o’z malakasini oshirish.
Tijorat hamda notijorat tashkilotlarining Internet tarmog’idagi masofaviy ta’limini o’zlashtirishi jaroyonida o’z malakasini oshirish.
Dars o’tish uchun Internet tarmog’idan materiallar qidirish.
Hokimiyat serveridan normativ hujjatlar qabul qilish.
Yangi pedagogik tehnologiyalarga oid axborotlar olish.
Talabnomalar jo’natish, konferensiya, tanlov va grantlar, hisobot va konferensiyalarga chiqish haqidagi axborotlarni olish.
Dasturiy ta’minot olish.
O’z ishlarini chop qilish va o’z ishlari to’g’risida ma`lumotlar yuborish.
Hamkasb va do’stlar bilan xat yozishmalar. Fikrdoshlar va hamkasblarni boshqa shaharlar va davlardan qidirish.
Internet magazinlarida savdo qilish.
Ish qidirish.
Doimiy ta’limiy va dunyoviy yangiliklardan xabardor bo’lish. Talim sohasidagi yangi resurslardan foydalanish.