Informatikani o’qitishda o’quvchilar bilimini tekshirishning shakllari va metodlari. Mamarajabov siddiqboy sanaqul o’G’LI



Download 20,98 Kb.
bet3/4
Sana30.01.2022
Hajmi20,98 Kb.
#419208
1   2   3   4
Bog'liq
Maqola Internet resurslari

MUXOKAMA VA NATIJALAR
Mustaqil ta’limni o‘zlashtirishda talabalarga kun davomida o‘zlashtirish darajasi quyidagicha guruhlanadi:
-Ertalabki soat 7.00 dan so‘ng ish qobiliyati oshadi, so‘ngra esa soat 9. 00 dan 11.00 gacha odamlardan eng yuqori daraja deb nomlangan optimal ish qobiliyati kuzatiladi. 12.00-13.00 larda qobiliyat pasayadi va soat 14.00 -15.00 larda borib eng pastki darajaga tushadi.
-Soat 15.00 dan keyin qobiliyat bir oz ko‘tariladi va shu holatda 17.00 -19.00 gacha o‘zgarmaydi, ba’zi bir odamlarda soat 20.00dan so‘ng yana “Yuqori faollik darajasi” paydo bo‘ladi va u soat 10.00 gacha saqlanadi. Demak bundan ko’rinadiki, o’rganuvchilarning asosiy qismida yuqori faollik soat 9.00 va 11.00 oraliqda hamda kechki 20.00 dan keyin juda yuqori darajada bo’lar ekan.Shunday ekan, o’quvchilarning ayni mana shu yuqori faollik kuzatiladigan vaqtlarida ularga eng foydali topshiriqlar bilan band qilishimiz kerak bo’ladi. Agar o’quvchining dars vaqti ertalab bo’lsa biz uning ertalabki faolligini band qila olamiz. Ammo, uning kechki faollik vaqtini birgalikda band qila olmaymiz. Mana shuning uchun o’quvchilarning faollik vaqtlarini mazmunli va foydali o’tkazishlari uchun biz ularga mustaqil ishlashi uchun mustaqil topshiriqlar berishimiz kerak. Mustaqil ta’lim bu o’quvchi talabalar o’zlari mustaqil fikrlab, izlanib bajaradigan topshiriqlardir.
Hozirgi davrimiz axborot asriga aylanganini hisobga olib gapiradigan bo’lsak, biron-bir soha yo’qki, internet va undagi yangiliklarga asoslanmagan. O’quvchilarga berilgan mustaqil topshirilar ham albatta qaysidir jihatdan internet yangiliklariga bog’liq bo’lib qoladi. Sababi, o’quvchi o’zi uchun berilgan topshiriq bo’yicha albatta yangilik qidiradi. Yangiliklarning asosiy qismi esa albatta internetda. Shunday ekan, biz birinchi navbatda o’quvchilarimizga internetda ishlash, undan to’g’ri foydalanish va undan ma’lumot qidirishni o’rgatishimiz kerak va shart.
Bilim olish jarayonida Internet tarmog’idan foydalanish talabalarning о’quv-tadqiqotchilik madaniyatini shakllantirish samaradorligini oshirishga imkon beradi. Talabaning о’quv tadqiqotchilik madaniyati shaxs madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanib, dunyo yaxlit tasvirini bilish, ilmiy bilish kо’nikma va malakalariga ega bо’lish, uning natijalarini qadrlash, shaxsning ijodiy rivojlanishini ta‘minlash bilan xarakterlanadi.
Bugungi kunga kelib, internet ta’lim sohasida juda muhim o’rin egalladi. Chunki ta’limda shunday yo’nalishlar ochildiki ular internetsiz hech qanday amalga oshmaydigan yo’nalishga aylandi. Endi biz mana shu internetdagi axborot resurslarining ta’limdagi o’rni haqida to’xtalib o’tamiz. Bugungi kun ta’limda bilim olish imkoniyatini internet manbalari bilan 50% oshgan deb hisoblash mumkin. Ayrim sohalarda 100% deb hisoblasak ham bo’laveradi. Bu sohaga o’zimizning informatika sohasini kiritishimiz mumkin. Chunki informatika sohasining web-dasturlash, dasturlash, grafik dizayner va shunga o’xshash ko’plab sohalarini to’liq internetdan o’rgansa bo’ladi. Intenet bu – yaxshi ustoz. Albatta internetdagi xar bir sohaga tegishli ma’lumotlar ko’payib ketgan. Ularning asosiy qismi ingliz yoki rus tillarida bo’lishiga qaramay ulardan foydalanish yaroqli va hammagaa ish berayapti. Demak internet ta’lim sohasida juda muhim qismiga aylanib ulgurdi. Chunki bizning sohadagi deyarli 50-60% ishchilar internet orqali pul topishadi. Ularning taqdiri ham internetga borib taqaladi. Endi biz internetdagi axborot resurslariga qo’yiladigan talablar haqida gaplashaylik. Informtika sohasiga tegishli internet axborot resurslariga qo’yiladigan talab bitta – o’rganilayotgan mavzudan chetga chiqmasa, mana shu mavzuni kerakligicha o’rganuvchiga yetkazib berolsa shuning o’zi yetarli.
O’zimizning o’qish ta’limimizdan kelib chiqadigan bo’lsak, hozirgi kunda ta’lim sohasida eng ko’p foydalaniladigan ta’lim resurslarining manbasini http://YouTube.com deb ko’rsatishimiz mumkin. Chunki bu tizimdagi manbalar bir-birini to’ldiruvchi hisoblanadi. Bu degani biror-bir videorolikdan izlagan ma’lumotni qandaydir kamchilik bilan topsangiz keying videorolikda mana shu izlagan ma’lumotingizni to’ldirib olishingiz mumkin. Bu yerdagi ma’lumotlarning asosiy qismi boshqa tillarda bo’lsada biz o’rganishimiz uchun ham qisman yaroqli. Albatta til bilgan o’rganuvchiga to’liq yaroqli hisoblasak bo’ladi. Informatika sohasining dasturlash sohasini oladigan bo’lsak, bu sohada o’zbek tilidagi ma’lumotlar juda kam bo’lgani uchun hozirda dasturlash tillarini o’rganuvchilarning asosiy qismi youtubedagi video darsliklardan foydalanishadi.

Download 20,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish