§. Tarqatma materiallar va ulaming tutgan o‘rni
0‘tilayotgan darsda talabalarga axborot yetkazish, ularni darsni puxta o'zlashtirishlari va faol qatnashishlarini ta’minlashda tarqatma materiallarning ahamiyati katta.
Darslarda tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng qo‘llanilmoqda. Tarqatiladigan materialning muhim ijobiy tomoni shundaki, u bevosita talabaning qo‘lida bo'lib, uzoqdan ko‘rsatiladigan ko‘rgazmali qurollarga xos kamchiliklardan holi.
Tarqatma materiallar — ta’lim oluvchilar uchun o‘rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo'lmagan (1—2 varaq) yozma o‘quv materiali hisoblanadi.
Tarqatma materiallami maqsadi, mazmuni jihatdan: a) axborot beruvchi, b) topshiriq beruvchi, d) bilimni nazorat qiluvchi guruhlarga bjratish mumkin.
Axborot ko‘lami katta bo'lgani sababli qisqa vaqt ichida barcha axborotni talabalarga to'liq yetkazib berish qiyin. Bunday paytda axborotni tarqatma material sifatida yetkazib berish muhim rol o‘ynaydi. Bunda gaplar qisqacha yozilgan matnlar bo‘lib,
darsga tayyorgarlik ko‘rishda, dars davomida yoki bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi. ,
Tarqatma materiallardan ko'rgazmali qurol sifatida ham foydalanish mumkin. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o‘rganishda turli jadval, grafik, chizmalardan juda ko‘p foydalaniladi. Ularni plakat sifatida tayyorlash talabalar uchun anchagina noqulay. Undan tash- qari:
talabalarga raqamlarda ifodalangan ma’lumotlarni og‘zaki yetkazisff ularni chalkashtirib yuborishi bilan birga, eslab qolish- lariga ham imkon bermaydi;
miqdor jihatdan ko‘p ma’lumotlami doskaga yozib, tushun- tirish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Doskaga yozish paytida 0‘qituvchi bilan ta’lim oluvchilar o‘rtasida aloqa uziladi;
bu jihatdan ko'rgazmali quroldan namoyish qilinuvchi hamda tarqatma material sifatida foydalanish qator afzalliklarga ega.
0‘qituvchi raqamlarda, grafik, formulalarda ifodalangan axborotni namoyish qilinayotgan materialga qarab tushuntiradi. Talabalar esa ham namoyish qilinayotgan materialga, ham qo‘llaridagi tarqatma materialga qarashadi. Ma’lumotlar talabalar qo‘lida bo'lishi, ularni ko‘rib turishi, tushunishi, anglashini os- onlashtiradi.
Tarqatma materiallar talabalarga topshiriqlarni hamkorlikda ishlash imkoniyatini ham beradi. Ayniqsa, buning uchun ishchi va- raqalar tayyorlanishi va ular asosida dars jarayonida juft bo‘lib yoki individual tarzda ishlashni tashkil qilish, shubhasiz talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta’minlaydi. Ular masala, mashq, turli jadvallarni to‘ldirish va hokazolar tarzidagi turli topshiriqlar bo‘lishi mumkin.
Tarqatma materiallar ta’lim oluvchilarni bilimini tekshirish na- zorat qilishda ham keng qo‘llaniladi. Bunda nazorat varaqalari tarzida tayyorlangan test savollari, masala va mashqlar bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |