INFORMATIKADA DASTUR UCHUN KO'RGAZMALI QUROLLAR TAYYORLASH
Iqtisodiy fanlarni o'rganishda dars o‘tish metodlarigina emas. Dars jarayonida foydalaniladigan namoyish etiluvchi va tarqatma materiallardan foydalagnish ham muhim ahamiyatga ega. Chunki, har bir insonning o'ziga xos xislati axborot qabul qilishda ham namoyon bo‘ladi.
0‘quvchi-taIabaIarni chuqur bilim olishlari uchun axborotlarni turli tarzda berish muhim ahamiyatga ega.Navbatdagi bob ana shu masalani o‘rganishga bag'ishlangan.
Metodlarni qo‘llashning turli-tuman modiflkatsiyalari mavjud bo‘lib, ular dars o‘tish shakllari va vositalari bilan qo‘shilib ketadi. O'qish, o‘rganish idrok qilish, xayolan qayta jonlashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Hayot tajribasi ko‘rsatadiki, inson o‘zi ко‘rib, tasawur qilgan narsani to‘liq o‘zlashtiradi. Avtomobil yoki traktor haqida qancha o'qigan, og'zaki eshitgan bo‘lmang, o‘zini ko‘rib, mashq qilmay o‘rganib bo‘lmaydi. Inson tabiatan shunday yaratilgan ekan-ki, u biron narsani o‘rganishi uchun uni tasawurida jonlantira bilishi kerak ekan. Shuning uchun ham iloji boricha o‘rganilayotgan predmetni turli vositalar, tasvir, maket, rasm, chizma va boshqalardan foydalaniladi, ya’ni ta’limning ko‘rgazmali!igi ta’minlanadi.
Ta’limning ko‘rgazmaliligini ta’minlashni shartli ravishda ikki katta guruhga: ko'rgazmali va namoyish qilish usullariga bo‘lish mumkin. Ko‘rgazmalilik o'quvchi-talabalarga turli qo‘llanmalar, jumladan, xanta, plakat, chizma va rasmlar, suratlar va bosh- qalami ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Namoyish qilish esa, odatda, qurilma, asboblar, tajribalar, turli tipdagi apparatlarni namoyish qilish bilan bog'liq. Ta’limning ko‘rgazmali uslublarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular og‘zaki ifodalash uslubi bilan u yoki bu darajada uyg‘unlashib ketadi. So‘z va ko‘rgazmalilikning chambarchas bog'liqligi shundaki, obyektiv borliqdagi qonuniyatlar atnali- yotda birgalikda qo'llashni taqozo etadi. Demak, so‘z va ko‘rgazmalilik aloqasining xilma-xil shakllari mavjud. Ta’lim vazi- fasining o'ziga xos xususiyati, mavzuning mazmuni, mavjud ko‘rgazmali vositalarning xarakteri, o'quvchi-talabalar tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib, oqilona uyg'unlashtiriladi.
Ко ‘rgazmali qurollar yordamida bir vaqtning o'zida muhokama qilinayotgan savolni, axborotni ham eshitish, ham ко ‘rish orqali qabul qilish shubhasiz talabalarni puxta bilim olishlariga yordam beradi.
Taraqqiyotning o‘zi bir tomondan fanni chuqur o'zlashtirishni zarur qilib qo‘ysa, ikkinchi tomondan turli - tuman yangi metodlar, ko‘rgazmalilikni oshirish, texnik vositalardan foydalanish, ularni qo'llashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashti- rish, qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam beradi.
Ко ‘rgaz/nali qurollar xilma-xil. Ко ‘rgazmalilik, odatda, xayolan ko‘z o'ngiga keltirish bilan yoki namoyish qilish bilan ta’minlanadi. Ко ‘rgaz/nali qurollar: nomoddiy va moddiy turlarga bo'linadi (quyi- dagi chizma):
Dars jarayonida so‘z bilan o‘qituvchi tomonidan yodga tu- shirish, talabalaming xayolida gavdalantirish mumkin bo'lgan ichki, xayoliy ko‘rgazmali qurollar: adabiyot, san'at asarlari, badiiy film, badiiy asar qahramonlari hayotda yuz beradigan turli voqea, vazi- yatlardan odatda keng foydalaniladi.
Darsni boshlaganda o'qituvchi 0‘tilgan mavzuni talabalaming yodiga tushiradi. Yangi mavzuni boshlar ekan, talabalar diqqatini unga jalb qilish, fikrini yo‘naltirish uchun adabiyot, sa’nat asarlari yoki hayotda yuz bergan voqeani gapirib berish mumkin. Bu yangi mavzuni o'rganishga talabalar fuhi, kayfiyatini tayyorlaydi. Masalan: «Tovar — pul nazariyasi» mavzusini boshlashdan awal audi- toriyaga murojaat qilish mumkin: suvni hamma biladi. Usiz hayot yo‘q. Shunga qaramay u tekin yoki narxi juda arzon. Brilliantni ko‘z o‘ngizga keltiring. Usiz yashash mumkin. Lekin juda qimmat, nima sababdan?
Bugungi darsda ana shu savollarga javob topishga harakat qilamiz. 0‘qituvchi mavzu, uning maqsadi haqida gapirib, so‘ngra dars rejasini beradi.
Mashg‘ulot jarayonida ko‘rsatib, izohlash mumkin bolgan ko‘rgazmali qurollar - jadval, sxema, plakat, chizma, diagramma va boshqalardan foydalanish talabalaming bilimini puxtalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Darsda doskani ishlatish ko‘p vaqtni oladigan, boshqa texnik vositalardan foydalanish imkoni yo‘q auditoriyalarda plakat, sxema- lardan foydalanish maqsadga muvofiq.
An’anaviy ko‘igazmali qurollar bu sxema va plakatlar bo‘lib, odatda sxemalar standart vatman sathiga qora yoki boshqa ranglarda zarur matn yozilgan yoki jadval, chizma, diagramma, boshqalar chizilgan bo‘Iadi. Plakatlar esa nashr qilingan ko‘rgazmali qurol hisoblanib o'tiladigan mavzular bo‘yicha tanlab olinadi.
Sxema, plakatlami tayyorlash moddiy jihatdan qimmat hamda ko‘p vaqtni oladi. Xato qilinsa, o‘zgartirish qiyin. Shuning uchun hozirgi paytda vatmanga chizilgan yoki plakat holida nashr etilgan ko‘igazmali qurollar o‘miga yangi, tayyorlash va foydalanish qulay zamonaviy turlari, ayniqsa, dars jarayonida slaydlardan foydalanish keng yoyildi.
Slaydlar ta’lim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. Zamonaviy o‘quv jarayonini bularsiz tasawur qilish qiyin. Asosiy qulaylik shundaki, ulardan istagan paytda foy-
dalanish, ish o‘mi o‘zgarganda oson ko‘chirish mumkin.
Jadval, sxema, graflk, diagrammalardan foydalanish universal:
awaldan slayd plyonkalarga chizib, texnik vositalar yor- damida ko‘rsatilishi;
vatman qog‘ozga chizib, texnik vositalardan foydalanish uchun sharoiti yo‘q auditoriyada foydalanish;
kserokopiyadan chiqarib, tarqatma material sifatida foydalanish;
disketga kiritib, kompyuter orqali ko‘rish, tahlil qilish mumkin.
Ko‘rgazmali qurollaming afzalligi shundaki, uni dars o'tishning barcha shakllari, uslublarida qo‘llash mumkin. Ayrim mavzularni esa umuman namoyish qilinadigan materiallarsiz, ko‘igazmali qurollarsiz o‘tib bo'lmaydi. Darsni tashkil etishda ko‘rgazmali qurollar muhim o'rin tutadi. Didaktikaning asosiy prinsiplaridan biri darsning ko‘rgazmaliligini ta’minlash. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish talabalarga iqtisodiy kategoriyalarni, muammolarni o‘rganishda katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |