Matn yo’nalishini o’zgartirish va matinni keying qatorga o’tkazish Ba’zi bir hollarda jadvalga matn kiritsh vaqtida matn yo’nalishini o’zgartirishga to’g’ri keladi(ya’ni ko’ndalang, katak dioganali bo’yicha va h.k.). Excelda matn kiritishda standart holda o’ngdan chapga qarab gorizantal yo’nalish bo’yicha yoziladi. Ana shu matn yo’nalishini kerakli yo’nalishga o’zgartirish uchun quyidagi amallar ketma – ketligi bajariladi.
Buyruqlar ro’yxatidan kerakli matn yo’nalisih tanlanadi(quyidagi rasm).
- Soat strelkasiga qarama – qarshi yo’nalish bo’iycha;
- Soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha;
- Vertikal matn;
- Matn yo’nalishini yuqoriga aylantirish;
- Matn yo’nalishini pastga aylantirish;
Bulardan tashqari katakni tekislash formatlarini o’zgaritirish va matn yo’nalishini foydalanuvchi o’zi hohlagan burchak ostiga o’zgartirishi uchun ro’yxatdan «Format vыravnivaniya yacheyki» buyrug’idan foydalansa ham bo’ladi. Bunda hosil bo’lgan «Format yacheek» oynasining «Vыravnivanie» bo’limini tanlash, u yerdan kerakli parametrlarni o’zgartirish va OK tugmasini bosishning o’zi kifoya.
Kataklardagi matnlarni formatlash Jadval yaratish vaqtida jaavaldagi har bir katakka ma’lumotni kiritish qandaydir ma’noda foydalanuvchidan alohida bir didni talab qiladi ayniqsa u biror tashkilot yoki korxonaning hujjati bo’lsa. Excel2010da ham matnlarni tekislash, ularni qanlin qilib yozish, shrift rangini, turini, umuman formatlashga oid bo’lgan ko’pgina imkoniyatlar mavjud. Formatlash amallarni bajaruvchi Excel2010ning ushbu guruhi menyuning Glavnaya(Asosiy) lentasida joylashgan va bu guruh SHrift(Shrift) deb nomlanadi.
Excelning oldingi versiyalaridan Excel2010ning afzalliklaridan yana biri ushbu guruhdagi biror tugmani qanday ishlashini ko’rish uchun shunchaki sichqonchani kerekli buyruqni bajaruvchi tugmani ustiga olib borishning o’zi kifoya uni bosish shart emas.
Lentadagi tugmalardan tashqari kataklarda sichqonchaning o’ng tugmasidan foydalangan holda hosil bo’ladigan kontekstli menyu yordamida ham formatlash ishlarini amalga oshirish mumkin. Buning uchun kerakli katak belgilanadi va sichqonchaning o’n tugmasi bosiladi. Natijada bur qancha buyruqlar ro’yxati va quydagi ko’rinishdagi formatlashga oid tugmalar guruhi namoyon bo’ladi.