Dasturiy muhitlar axborot texnologiyalarining alohida masalalari va amallarini bajaradi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
matn protsessorlari: Microsoft Word, Leksikon, Lotus Word Perfect, Corel Word Pro, Sun Star Office Writer va boshqalar;
elektron jadvallar: Microsoft Excel, Corel Quattro Pro, Lotus 1-2-3, Sun Star Office Calc va boshqalar;
shaxsiy axborot tizimlari: Microsoft Outlook, Lotus Organizer, Lotus Notes, Sun Star Office Schedule va boshqalar;
taqdimot grafikasi dasturlari: Microsoft Power Point, Lotus Freelance Graphics, Corel Presentations, Sun Star Office Impress va boshqalar;
brauzerlar: Microsoft Internet Explorer, Netscape Navigator, Opera va boshqalar;
web-sahifa redaktorlari: Microsoft Front Page, Netscape Composer, Macromedia Free Hand va boshqalar;
pochta mijozlari: Microsoft Outlook, Microsoft Outlook Express, Netscape Messenger, The Bat va boshqalar;
rastorli grafika redaktorlari: Adobe Photoshop, Corel Photo-Paint va boshqalar;
vektorli grafika redaktorlari: Corel Draw, Adobe Illustrator va boshqalar;
stolli nashr tizimlari: Adobe Page Maker, Quark Xpress, Corel Ventura, Microsoft Publisher va boshqalar;
ishlab chiqish vositalari: Borland Delphi, Microsoft Visual Basic, Borland C++ Builder, Microsoft Visual C++ va boshqalar.
43-mavzu Operatsion tizim tushunchasi va vazifasi
Kompyuter ishlashi uchun zaruriy shart- dasturlarning mavjudligidir.
Dastur ta’minoti 2 ta guruhdan iborat:
- Tizimning ishlashi bilan bog’liq tizim dasturlari;
- amaliy dasturlar.
Tizim dasturlari kompyuterning ishlashi uchun zarur dasturlar bo’lib, u kompyuterning ishlashini boshqaradi, uning turli qurilmalari orasida muloqotni tashkil qiladi. Kompyuterdan foydalanishni osonlashtiruvchi tizim dasturlarining yadrosi operatsion tizimlardir. OT foydalanuvchi va kompyuter orasida bevosita muloqot o’rnatishni, kompyuterni boshqarishni, foydalanuvchi uchun qulaylik yaratishni, kompyuter resurslaridan oqilona foydalanish va hokazolarni tahminlovchi dasturlardir.
hozirgi paytda turli operatsion tizimlar mavjud. Masalan: UNIX, MS DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, WINDOWS, MACINTOSH va boshqalar. Bundan tashqari, xizmat qiluvchi dasturlar mavjud bo’lib, ularni dastur utilitlari deb ataladi. Ular kompyuter ishlashini qulay qiluvchi yordamchi amallarni bajaradigan dasturlardir..
Amaliy dasturlar predmet sohadan olingan alohida masalalar va ularning to’plamini yechish uchun qaratilgan bo’lib, amaliy masalalarni yechish uchun mo’ljallangan. Bunday dasturlar majmui amaliy dasturlar paketi (ADP) qisqacha amaliy dasturlar deb ataladi.
Dasturlar odatda magnitli saqlagichlarda joylashgan bo’ladi. Ammo OTlar va u bilan bog’lik dasturlar ancha katta hajmga ega bo’lgani tufayli keyingi paytlarda lazer disklariga yozilmoqda.
Bahzi bir tizimli dasturlar, masalan, kiritish-chiqarishning asosiy tizim dasturlari (ular BIOS -Basa Input Output System) deb ataladi va to’g’ridan-to’g’ri kompyuterning doimiy xotirasida saqlovchi qurilmasiga yozilgan bo’ladi. Tizim dasturlar yadrosini OTlar tashkil qiladi.
Operatsion tizim
Do'stlaringiz bilan baham: |