Informatika va dasturlash


-mavzu Axborot jarayonlarini amalga oshirishning dasturiy vositalari



Download 5,02 Mb.
bet56/92
Sana25.04.2022
Hajmi5,02 Mb.
#580370
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92
Bog'liq
Маруза-матни-Инф-ва-дастур

42-mavzu Axborot jarayonlarini amalga oshirishning dasturiy vositalari
Axborot texnologiyalarining dasturiy vositalarini ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: asos va amaliy.
Asos dasturiy vositalar axborot texnoloigiyalari anjomiy oqimiga tegishli va o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

Amaliy dasturiy vositalar kompleks masalalarni yoki turli predmet sohalarida alohida masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan.
Operatsion tizimlar EHM manbalari va bu manbalar foydalanayotgan jarayonlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Hozirgi kunda operatsion tizimlar rivojlanishining ikki yo‘nalishi mavjud: Windows va Unix. Bu operatsion tizimlar quyidagicha rivojlangan:

  1. CP / M  QDOS  86-DOS  MS-DOS  Windows

  2. Multics  UNIX  Minix  Linux

O‘z navbatida qatorning har bir elementi o‘z rivojlanish yo‘liga ega. Masalan, Windows quyidagi tartibda rivojlangan: Windows 95, 98, Me, NT, 2000, XP. Mos ravishda Linux quyidagicha rivojlangan: 0.01, 0.96, 0.99, 1.0, 1.2, 2.0, 2.1, 2.1.10 talqinlari. Har bir talqin yangi funksional imkoniyatlarni qo‘shish (tarmoq vositalari, turli protsessorlarga yo‘naltirilganlik, ko‘p protsessorli konfiguratsiyalar va h.k.) bilan farqlanadi.
Ko‘pchilik dasturlash tillari (Si, Paskal) XX asrning 60-70-yillari oralig‘ida yaratilgan (Java dan tashqari). O‘tgan davr mobaynida yangi dasturlash tillari yaratildi, ammo amaliyotda ular keng tarqalmadi. Zamonaviy dasturlash tillarining rivojlanishida boshqa yo‘nalish, – avvalgi dasturlarining ustunliklarini o‘zida birlashtirgan, universal tillarini yaratishga harakat bo‘ldi (Algol, PL/1, Ada). Grafik interfeysli shaxsiy kompyuter va operatsion tizim (masalan, Mac OS, Windows) ning yaratilishi dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar e’tiborini tarmoq protokollari, berilganlar bazalarini vizual yoki obyektga yo‘naltirilgan dasturlash muhitiga birlashtirishga qaratdi. Bu shunga olib keldiki, hozirgi kunda anjomiy muhit sifatida aniq dasturlash muhiti (Delphi, Access va boshqalar) qo‘llaniladi va dasturlash tilining negiz bilimlarini bilish talab qilinmaydi. Shu sababli, dasturlash tilidan foydalanuvchilar doirasi barqarorlashib bormoqda.
Dasturlash tillari sintaksisi va semantikasining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning turdosh konstruktsiyalari asosan «tashqi ko‘rinishi» bilan farqlanadi (kalit so‘zlarni terish yoki tashkil etuvchilar ketma-ketligi). Mazmuni, ayrim farqlanishlarni hisobga olmaganda, deyarli bir xil. Shuday qilib, zamonaviy tillar konstruktsiyasi umumiy mazmunga (semantika), tashkil etuvchilar turli ketma-ketligiga (sintaksis) va turli kalit so‘zlar (leksika)ga ega. Demak, turli tillar foydalanuvchiga bir xil imkoniyatli tashqi ko‘rinishi bilan farqlanuvchi dasturlarni taqdim etadi.
Hozirgi kunda dasturlash tillarini standartlashtirish masalalarini ISO/ANSI komiteti amalga oshiradi, ammo uning faoliyati asosan tillarning talabga javob bermagan sintaktik kengaytirilishiga qaratilgan. Mavjud bo‘lgan kamchiliklarni yo‘qotish uchun dasturlash tillarining sintaktik va semantik standartlashtirishni berish usullari taklif qilindi.
Til ixtiyoriy konstruktsiyasining semantik bayoni kamida uchta asosiy qismni o‘z ichiga olishi zarur:

  • tashkil etuvchilar (komponentlar) ro‘yxati (Ko‘rsatkich Turida bu tashkil etuvchilar Tur nomi va Asos Tur);

  • har bir tashkil etuvchining bayoni;

  • konstruktsiyaning yaxlit bayoni.

Sintaktik bayon etish uchun odatda konstruktsiyaning formal bayoni ishlatiladi, masalan, BNF ko‘rinishida. Sintaktik bayon, Algoldan boshlab, har qanday tilda mavjud.
Dasturlashning rivojlanishida ko‘plab dasturlash tillari ichida uchta juftlik katta rol o‘ynadi: Algol-60 va Fortran, Paskal va Si, Java va Si++. Bunday juftliklarga bo‘lish, ulardagi maqsadlarning bir-biriga qarama-qarshi rivojlanishiga imkon yaratdi.
Muhimi dasturlash tilini va tadbiq qilinishini ajratish. Til – dasturning sintaksisi va semantikasini aniqlovchi qoidalar to‘plami, ya’ni yozuvlar tizimidir. Tilni qo‘llash – yuqori darajali yozuvni mashina buyruqlari ketma-ketligiga almashtiruvchi dastur. Tilni qo‘llashning ikki usuli mavjud: kompilyatsiya va interpretatsiya.
Kompilyatsiyada maxsus ishchi dastur (kompilyator) ishchi dasturni unga ekvivalent bo‘lgan mashina kodiga almashtirishni va keyinchalik ma’lumotlar bilan birga uning bajararilishini ta’minlaydi.





Interpretatsiya usulida maxsus dastur (interpretator), ma’lumotlarga buyruqlarni qo‘llagan holda, til va mashina kodlari o‘rtasida moslik o‘rnatadi. Har qanday dasturlash tili interpretatsiyalanuvchi va kompilyatsiyalanuvchi bo‘lishi mumkin, ammo ko‘pgina hollarda qo‘llash usullariga ko‘ra o‘zining ustunliklariga ega. Hozirgi kunda ixtiyoriy mavjud bo‘lgan til bilan ishlay oluvchi universal kompilyator mavjud emas. Bu yagona semantik omborning mavjud emasligi bilan tushuntiriladi.
Zamonaviy dasturlash tillari bir biriga o‘xshash bo‘lganligi bilan, ularning mosligi to‘liq emas. Quyidagi rasmda dasturlash tillarining kesishish va birlashish sohalari keltirilgan.
Shunday qilib, barcha dasturlash tillariga tegishli bo‘lgan (yoki ularning ko‘pchiligiga tegishli) umumiy semantik va berilgan til uchun spesifik konstruksiyalarni o‘z ichiga olgan birlashish sohasi mavjud. Shu sababli, universal kompliyatorni ikki usul bilan yaratish mumkin:
1. Umumiy konstruksiyalarni qo‘llash (kesishish sohasi), tillar spesifik konstruksiyalarini (birlashish sohasi) chiqarib tashlash. Bu barcha dasturlash tillarini «birlashtirishga» olib keladi.
2. Mavjud bo‘lgan barcha konstruksiyalardan foydalanish (kesishish va birlashish sohalari). Bunday yondashuv qo‘shimcha manbalardan foydalanishga va semantik omborning sezilarli darajada kengayishiga olib keladi.

Ko‘p yillardan buyon dasturlash nimaligi haqida tortishuvlar bo‘lmoqda – fan, san’at yoki ishlab chiqarish jarayoni. Axborot texnologiyalarining yuzaga kelishi bilan dasturlash sanoat darajasida birinchi o‘ringa chiqadi:

  • talablar tahlili;

  • spesifikatsiyalarni ishlab chiqish;

  • loyihalash;

  • maketlashtirish;

  • boshlang‘ich matnini yozish;

  • sozlash;

  • hujjatlashtirish;

  • testdan o‘tkazish va kuzatish.

Bu yo‘nalish bilan birga izlanuvchilik dasturlashi yo‘nalishi ham rivojlanmoqda. Masalan, E.Raymond tomonidan taklif etilgan o‘zi tashkillashtiruvchi, anarxik dasturlash «bozor» nomini olgan. Uning farqlanuvchi tomoni, aniq rejaning mavjud emasligi, loyihani minimal boshqarish, tashqi masofaviy uzoqlashgan ishlab chiquvchilar sonining ko‘pligi, kod va g‘oyalarning erkin almashinuvi.

Download 5,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish