Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Buloqboshi tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2021-yil 11-oktabr dushanba kuni o’tkazilgan “Informatika va axborot texnologiyalari kuni”ga bag’ishlab o’tkazilgan o’quv-amaliy seminari
AXBOROTI
Ma’lumki, Prezidentimizning 2019-yil 24-26 mart kunlari BAAga rasmiy tashriflarida “One million uzbek coders” loyihasini ishga tushirish bo’yicha kelishuvga erishidi. Bu loyiha natijasida O’zbekiston aholisi ayniqsa yoshlar o’rtasida zamonaviy kasbardan bo’lgan dasturchilik kasbni keng ommalashtirish, turli dasturlash yo’nalishlari bo’yicha onlayn tarzda bepul ta’lim berish keng yo’lga qo’yildi. Onlayn ta’lim olish uchun https://uzbekcoders.uz/ platformasi ishga tushirildi. Bu platforma orqali turli zamonaviy kasblarni oson va bepul o’rganib, yakuniy imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tgan foydalanuvchilar xalqaro sertifikatlarga ega bo’lishi bu orqali esa yangi kasbga ega bo’lishlari mumkin.
Shundan ko’rinib turibdiki “One million uzbek coders” loyihasi O’zbek yoshlarining orzusidagi loyihalardan biri bo’ldi. Xususan Buloqboshi tumani 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida ham “Bir million o’zbek dasturchilari” loyihasiga qiziquvchilar va qatnashuvchilar soni tobora ortib kelmoqda. Shundan kelib chiqib Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i Mirkamilov Azizbek Zainatdinovich Haftaning har dushanba kuni informatiklar kuni bo’lishini ta’kidlab, ushbu kunda “One million uzbek coders” loyihasi bo’yicha joylarda o’quv-amaliy seminarlar tashkil etishga ko’rtsatma berdi. Huddi shunday seminarlardan biri 2021-yil 20-sentabr dushanba kuni Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Buloqboshi tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida tashkil qilindi. Ushbu seminarda Maktabning yuqori sinf o’quvchilari maktabning pedagog hodimlari va maktab rahbarlari ishtirok etdi. Seminarda Informatika fani o’qituvchilari R.Ismoilov, O’.Ataqulov va I.Umrzaqovlar “Bir million o’zbek dasturchilari” loyihasi haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Shundan so’ng https://uzbekcoders.uz/ platformasidan ro’yxatdan o’tish, shaxsiy hisobni Udacity.com saytiga bog’lash, onlayn ta’lim olishni, va sertifikatlarga ega bo’lishni tushintirib o’tishdi va amalda ko’rsatib berildi. Maktabning ushbu loyihada ishtirok etib, sertifikatga ega bo’lgan o’quvchilari tanishtirildi va ularning fikrlari eshitildi.
Seminar yakunida o’quvchilar ushbu loyihaga qatnashishga qiziqish bildirib, zamonaviy kasb egasi bo’lishni, bir so’z bilan aytganda “Men dasturchi bo’laman” degan hulosaga kelishdi. Va bunday seminarlarni doimiy o’tkazishga kelishib olindi.
Axborot yozuvchi: Informatika fani o’qituvchisi R.Ismoilov
Maktab direktori: M. Nosirov
Do'stlaringiz bilan baham: |