2016 yilning I choragida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi



Download 22,71 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi22,71 Kb.
#19258
2016 yilning I choragida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

2016 yilning 22 aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yil II choragidagi faoliyati sarhisobi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning borishi, istiqboldagi vazifa hamda loyihalarni belgilashga bag‘ishlangan Hay’at majlisi tashkil qilindi.

Yig‘ilishda Vazirlikning rahbar va mas’ul xodimlari, hududiy boshqarma boshliqlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi aksiyadorlik kompaniyalari, korxonalar va tashkilotlar va ularning hududiy rahbarlari ishtirok etishdi. Shuningdek sohaning hududiy tashkilotlari xodimlari, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari huzuridagi Komputerlashtirish markazlari mas’ullari yig’ilishni videokonferensiya shaklida kuzatib borishdi.

Yig’ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 15 yanvardagi majlisidagi mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan ma’ruzasida sohada yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish masalalari ko’rildi.

Hay’at yig‘ilishida ta’kidlanganidek, mazkur davrda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 19,8 % ga, jumladan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 20,2 % ga o'sgan, shuningdek, komputer dasturlari bilan bog‘liq xizmatlar 33,7%. ga oshgan.

Davlat idoralarining veb-saytlari orqali 1200 dan ziyod interaktiv va axborot xizmatlari, turli hujjat va ma’lumotlarni onlayn taqdim etish xizmatlari ko’rsatilmoqda.

Magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilda Respublika hududlari bo‘ylab jami 2000 km (7,98 mln. AQSh doll.) uzunlikda optik tolali aloqa liniyalari qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 500 km uzunlikda aloqa liniyalari qurilishi hisobiga 0,39 mln. AQSh dollari o‘zlashtirildi.

Shu bilan birga, Yagona portal orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan talab yuqori bo‘lgan interaktiv xizmatlarni joriy qilish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish va 2016 yilda 40 dan ortiq sifatli interaktiv xizmatlarni joriy qilish lozim.

- Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) 69 ta davlat organlarining jami 840 dan ziyod to‘plamdagi ochiq ma’lumotlari joylashtirilgan bo‘lib, ulardan 360 mingdan ziyod foydalanilgan.

“UZ” zonasidagi domenlar soni 27 362 taga yetdi (yil boshiga nisbatan o‘sish 108%), ZiyoNET tarmog‘i doirasida ta’lim resurslari soni esa 115 000 taga (o‘sish 105%) yetdi. Milliy elektron pochta foydalanuvchilari soni 323 mingdan oshdi (o‘sish 121%).

Elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida Internet magazinlar orqali buyurtma berilgan tovarlarni mijozlarga yetkazib berish bo‘yicha bir necha korxonalar bilan shartnomalar tuzilgan va 2016 yilning 1 choragida ushbu xizmatni ko‘rsatishdan 600,0 mln.so‘m miqdorida daromad olingan.

Soha ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan bandligini ta’minlash ham kun tartibidagi muhim masalalardan biri bo‘ldi. Vazirlik tizimidagi korxonalar hamda o‘quv muassasalari o‘rtasidagi ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar yuklatildi.

Hay’atda Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning ijro intizomiga rioya qilish holati, davlat dasturlarining, hukumat va rahbariyat qaror hamda vazifalarining bajaralishiga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, fuqaro murojaatlarga bo‘lgan munosabat atroflicha muhokama qilindi.

Hay’atda 2016 yilda soha oldida turgan muhim vazifalarga urg‘u qaratildi. Jumladan, quyidagilar:

- Internet tarmog‘ining milliy segmentida aholining, ayniqsa yoshlarning axborot resurslariga bo‘lgan talablarini qondirish bo‘yicha ilmiy-ta’limiy, ijtimoiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi veb resurslarni yaratuvchilarni rag‘batlantirish loyihasini amalga oshirish.

- Iqtisodiyotning real sektorida axborot-kommunikatsiya tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarni sifatli hamda o‘z vaqtida joriy etishda korxonalarga kumaklashish.

- “Elektron hukumat” tizimining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini qurish loyihasi bo‘yicha Koreya Respublikasi hukumati bilan zayom kelishuvini imzolash, tender xujjatlarini ishlab chiqish uchun konsultant yollash hamda Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi binosining qurilish ishlarini boshlash;

- 62 ta raqamli televideniye uzatkichlarini o‘rnatish hisobiga Respublika aholisini raqamli televideniye bilan qamrovini 88%ga yetkazish va 12 dan ortiq raqamli telekanallardan foydalanish imkonini yaratish;



- Umumiy sig‘imini 5 ming Terabaytgacha kengaytirish imkoniyatiga ega ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini (data-sentr) ishga tushirish.

Ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan Hay’at qarori qabul qilindi.
Download 22,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish