Aqliy hujum metodi Aqliy hujum - g`oyalarni generatsiya qilish usuli. Bakalavr o`qituvchilar birlashgan holda qiyin muammoni echishga harakat qiladilar: uni echish uchun shaxsiy g`oyalarini ilgari suradilar (generatsiya kiladi). U bakalavr o`qituvchilarni o`z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga rag`batlantiradi.
Aqliy hujumning vazifasi kichik guruhlar yordamida yangi-yangi g`oyalarni yaratishdan iborat. Bu metod muammoni hal qilayotgan bakalavr o`qituvchilarning ko`proq aql bovar qilmaydigan va hatto fantastik g`oyalarni yaratishga undaydi. G`oyalar qancha ko`p bo`lsa, shunchalik yaxshi hisoblanadi. Ularning hech bo`lmaganda bittasi ayni maqsadga muvofiq bo`lishi mumkin. Aqliy hujum qoidalari: fikr va g`oyalar hech qanday cheklanmagan holda aytilishi lozim; bildirilgan fikr va g`oyalar takliflar berish to`xtatilmaguncha muhokama qilinmaydi, baholanmaydi; bildirilgan har qanday g`oya va fikrlar hisobga olinadi; qancha ko`p g`oya va fikrlar bildirilsa shuncha yaxshi; bildirilgan g`oya va fikrlarni to`ldirish va yanada kengaytirish mumkin; barcha aytilgan takliflar yozib boriladi; takliflarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi.
Klaster metodi Faol metodlardan biri "Klaster" metodidir. Klasterlarga ajratish - bakalavr o`qituvchilarga biror-bir mavzu to`g`risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu metod ko`p vari-antli fikrlashni o`rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o`rtasida aloqa o`rnatish malakalarini rivojlantiradi.
Klaster so`zi g`ujm, bog`lam ma’nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da`vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikralashni rag`batlantirish uchun qo`llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg`otish, mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo`lib, muayyan mavzu bo`yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzu bo`yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o`rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofikdir. Klaster tuzishda guruhdagi barcha bakalavr o`qituvchilarning ishtiroketishi, shu guruh uchun g`oyalar o`zagi bo`lib xizmat qiladi. Klaster metodi aniq ob`ektga yo`naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning bo`lajak baka-lavr o`qituvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo`lishini ta`minlashga xizmat qiladi.
Stil g`oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan bu metod puxta o`ylangan strategiya bo`lib, undan bakalavr o`qituvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg`ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg`ulotlarda ushbu metod guruh a`zolari tomonidan bildirilayotgan g`oyalarning majmui tarzida namoyon bo`ladi. Bu esa guruxning har bir a`zosi tomonidan ilgari surilayotgan g`oyalarni uyg`unlashtirish hamda ular o`rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.