«Mantiqni rivojlantiramiz» Kim uchun: 5 sinf o‘quvchilari
Guruxdagi o‘quvchilar soni: 4
Q aysi fanlarni birlashtiradi: informatika, matematika, fizika, kimyo, mantiq Maqsad: dastur
natijalarini ko‘rish yordamida dasturlash ko‘nikmalarini va mantiqni rivojlantirish. Bajarish vaqti: 2-3 oy.
Birinchi xaftada: dastur buyruqlari imkoniyatlari bilan tanishadilar;
Ikkinchi xaftada: oson
kurinishdagi masalalarni dasturini tuzadilar va natijalarni
ko‘radilar;
Keyingi davr mobaynida: kichik guruxlar uchun loyixalar beriladi va o‘quvchilar natija uchun kurshadilar.
Bajarishning oxirgi davrida o‘quvchilar loyixalarini himoya qiladilar.
Scratch vizual dasturlash qobig‘ida ishlash natijasi parallel ravishd hosil qilinadi va bu o‘quvchilarga dasturlashga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Ushbu dastur aynan bolalar uchun 2003 yilda ishlab chiqarilgan vosita bo‘lib, bu qobig‘ yordamida o‘quvchilar oddiy o‘yin va foydali dasturlar yaratish imkoniyatiga egadirlar.
Dasturning asosiy avzalliklaridan biri, dasturdan ta’lim vositasi sifatida foydalanish mumkin. O‘quvchilar fanlardan (tarix, biologiya, fizika, kimyo va b.) berilgan topshiriqlar asosida o‘zlarining illyustratsiya fayllarini yaratish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Scratch 2.0 versiyasida esa ovoz muharriri imkoniyatlaridan ham foydalanishlari va fayllarini boyitishlari mumkin. Dastur bepul hisoblanadi.
Yana bir misol, 2011-yilda tashkil etilgan "Makeblock" kompaniyasi, diqqat e’tiborini robotlarni mustaqil yaratish va dasturlashtirishga mo‘ljallangan to‘plamlarni ishlab chiqarishga qaratdi, bu STEAM-ta’limning asosiy yo‘nalishiga mos keladi. Chunki ular uchun uzluksizlik katta o‘rinni egallaydi. Kompaniya mutaxassislari dastlab ta’limning barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan mahsulotni ishlab chiqishni rejalashtirdilar. Dastlabki bosqichda talabalar SCRATCH vizual muhitiga asoslangan dasturlash asoslarini o‘rganadilar va mBOT modelining namunasini qo‘llash orqali mexatronika asoslarini o‘rganadilar. Shunday qilib, ular dastlabki algoritmlash funksiyalarsh xaqidagi bilimlarni olishadi va yig‘ilgan robotlarni qanday boshqarishni o‘rganadilar. Bepul MAKEBLOCK dasturi har qanday kompyuter, planshet yoki smartfonga o‘rnatilgan bo‘lib, undan siz yozma kodni to‘g‘ridan-to‘g‘ri robotga "havodan yuborishingiz" mumkin.
Ammo robotlar Steamning maktab o‘quvchilarning salohiyatini 100 foizga oshirishga imkon beradigan yondashuv emas. Loyihaga asoslangan ta’limning dastlabki shartlaridan biri, birinchi navbatda, uning uzluksizligi va ikkinchidan, ma’lum bir raqamli makonda ishchi guruhlar o‘rtasida o‘zaro fikr almashish va fikr almashish imkoniyati bo‘lishi mumkinligi. Buning uchun maktabning IT-infratuzilmasini maksimal darajada oshirish, keyingi bosqichda ta’limning umumiy sifatini oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |