Dasturlash bu kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni.
Dastur (программа) bu biror masalani yechishda kompyuter bajarishi mumkin bo‘lgan buyruqlar va ko‘rsatmalarning izchil tartibi. Dastur yaratish uchun biz bir vaziyatni yechilish modelini tuzamiz va uni algoritmga o‘tkazamiz, keyin shu algoritmni dasturlash tili yordamida dastur holatida yozamiz.
Dasturlovchi bu dastur yaratadigan odam.
Dasturlash tili bu kompyuter tushunadigan til (buyruqlar va ko‘rsatmalar tuplami).
Dasturlash tillari 3 guruhga bulinadi:
1) Quyi darajali. Kuyi darajali tillarda ko‘rsatmalar raqamlar yordamida beriladi. Misol uchun dasturni bajarishini boshlash uchun biz 003, dasturni tuxtatish uchun esa 002 buyruqni beramiz
2) O‘rta darajali. Urta darajali tillarda ko‘rsatmalar sifatida inson tiliga yakin bo‘lgan leykin kiskartirilgan yoki qisman o‘zgartirilgan suzlar ishlatiladi. Misol uchun dasturni bajarishini boshlash uchun biz prog3, dasturni tuxtatish uchun esa prog2 buyruqni beramiz.
3) Yuqori darajali. Yuqori darajali tillarda ko‘rsatmalar bu inson tilida ishlatiladigan suzlar. Misol uchun dasturni bajarishini boshlash uchun biz start, dasturni tuxtatish uchun esa stop buyruqni beramiz Dasturlovchilarning katta qismi yuqori darajali tillardan foydalanadi. Shulardan eng kup tarkalganlar bu C, C++, Basic, Pascal, Java, Delphi, List.
Dasturlar turlari.
Kompyuterda har xil turdagi ma’lumotlar saqlanadi. Ular bilan ishlash uchun biz har xil maxsus dasturlar bilan foydalanishimiz zarur, chunki kompyuter o‘zi xech qanaqa harakatlar bajarmaydi u faqat bizning buyruqlarimizni va ko‘rsatmalarimizni bajaradi. Buyruqlar va ko‘rsatmalar ketmaketligi esa dastur deb nomlanadi (dastur tushunchasi yuqoridagi mavzularda utilgan). Dasturlar 3 turga bulinadi:
1) SISTEMA DASTURLAR TURI. Sistema dasturlar bu kompyuter ishini boshqaruvchi va har xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.
Masalan: fayllar ustidan har xil amallar bajarish (qayta nomlash, yaratish, uchirish, nusxasini olish, hajmini o‘zgartirish), diksni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash ( tashqi qurilmalar ishini boshqarish). Sistema dasturlar ichida 4 dasturlar guruhlari ajratilib turadi. Bular: operatsion tizimlar (sistemalar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va dastur koplamalar.
Shulardan operatsion sistemalar dasturlar guruhi juda katta axamiyatga ega. Bu dasturlar kompyuter ishini boshqaradi, har xil dasturlarni kompyuter xotirasiga yuklaydi va bajaradi, fayllar, kataloglar va disklar ustidan har xil amallarni bajaradi. Hamma dasturlar shu operatsion sistema dasturning imkoniyatlaridan foydalanadi va shuning uchun hamma dasturlar faqat shu dastur orqali ishga tushadi. Yeng tanikli operatsion sistemalar: MS-DOS va Windows (Microsoft korporasiya) dunyodagi kompyuterlarning 75-80%, Makintosh (Apple firmasi) dunyodagi kompyuterlarning 5-10%, Linux va Unix dunyodagi kompyuterlarning 10-15%. MS-DOS operatsion tizimi bilan biz keyin yaqinroq tanishamiz.
Utilita-dasturlar bu operatsion sistemani imkoniyatlarini kuchaytiruvchi dasturlar. Masalan: disklar ustidan har xil amallarni bajaruvchi dasturlar, kompyuter ishini tezlashtiruvchi dasturlar, ma’lumotlar hajmini uzgaruvchi dasturlar, viruslarni aniklovchi dasturlar va xokazo
Boshqa kup tarkalgan sistema dasturlardan biri bu drayver dasturlari va dastur-koplamalar. Drayverlar-dasturlar bu operatsion sistemaga tashqi va ichki qurilmalar bilan ishlashda qulayliklar yaratuvchi dasturlar. Bu dasturlar asosan shu qurilmalar chiqaruvchi firmalarda yaratiladi va qurilmalar bilan birga tarqalinadi. Masalan: monitorlar drayverlari, SD-ROM lar drayverlari va xokazo. Dastur koplamalar bu operatsion sistemaning imkoniyatlardan chiroliy va qulay holda foydalanishni taminlovchi dasturlar. Shulardan eng tanikliysi bu NORTON COMMANDER dasturi, bu dastur bilan biz 4-bobda tanishamiz.
2) AMALIY (прикладные) DASTURLAR TURI. Amaliy dasturlar bu ma’lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar.
Masalan: matn ma’lumotlarni yaratish va tahrirlash, rasm va tasvir ma’lumotlarni yaratish yoki o‘zgartirish, ma’lumotlar ombori bilan ishlash, musika va video ma’lumotlarni ko‘rib chiqish va tahrirlash.
Amaliy dasturlar foydalangan ma’lumotlar turiga kura guruhlanadi: matn muharrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va xokazo), rasm va tasvir muharirlari, rasm va tasvirlarni ko‘rsatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, ACDSee, Paint vaxokazo), musika va video muharrirlari, musika va video ko‘rsatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatel va xokazo), jadvallar muharriri (Lotus, Excel va xokazo), ma’lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va xokazo), uyin dasturlari, urgatuvchi dasturlar, bugalteriya va moliya dasturlar, va boshqalar.
3) INSTRUMENTAL (USKUNAVIY) DASTURLAR TURI. Instumental dasturlar bu yangi dasturlar yaratuvchi dasturlar sistemalari.
Instrumental dasturlaga maxsus dasturlash tillari bilan ishlaydigan dasturlar sistemalari kiradi. Ular dasturlash tiliga kura farqlanadi: S, Basic, C++, Delphi, va boshqalar. Bu dasturlar sistemalar uziga bir nechta dasturni jamlagan bo‘lib bular: dasturlash tili muharriri, translyator, komplyator va boshqa yerdamchi dasturlar.
Bundan tashqari hamma dasturlar pulliy, bepul va qisman pulli bo‘lishi munkin. Masalan: drayverlar asosan bepul yoki qisman pulliy bo‘ladi, mashxur bo‘lmagan firmalar dasturlari xam bepul yeki qisman pulliy bo‘ladi, tanikli firmaning maxsuloti esa pulliy. Bepul dasturlar asosan imkoniyatlari kiskartirilgan holda bo‘ladi.
Oxirga paytlar pirat nusxa dasturlari xam juda kup tarkalgan. Shuning uchun dasturlarni pirat va original nusxa turlariga bulish xam mumkin. Pirat dasturi original dasturga karaganda juda arzon bo‘ladi, leykin bu dasturlarga xech kanday kafolat berilmaydi. Shuning uchun katta firma va korxonalar, banklar va davlat idoralari faqat original dasturlardan foydalanadi.
Har bitta dastur uzining nomeriga ega. Bu nomer versiya deb nomlanadi. Versiyalar asosan raqamlar bilan qo‘yiladi va oxirgi paytlarda, dastur chiqqan yili bo‘yicha qo‘yiladi. Masalan, Windows 95, Windows 98, Windows 2000, Windows 2003. Shuningdek, Windows XP, Windows NT, Windows Vista, Windows 7. Har bitta yangi versiyali dastur, oldingi versiyalardan qulayliklar va imkoniyatlari ko‘p bo‘lgani bilan yoki kompyuterga talablari o‘zgargani bilan farqlanadi.
Opеratsion Sistеma
Shaxsiy kompyutеrlarning opеratsion sistеmalari yaratilishi tarixiga nazar solsak, sakkiz razryadli shaxsiy kompyutеrlar uchun yaratilgan birinchi opеratsion sistеma SRG‘M-80 (Control Programm for Microcompyters, ya’ni mikrokompyutеrlar uchun boshqaruvchi dasturlar) nom bilan tanilgan. Uning muallifi Digital Research kompaniyasisining prеzidеnti Gеri Kildell bo‘lgan. 16 razryadli yangi kompyutеrlar yaratish g‘oyasini dasturlar yaratuvchi Microsoft kompaniyasining asoschisi va prеzidеnti, multimiliyardеr Bill Gеyts ilgari surgan, u IBM firmasi bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo‘ladi. Hozirgi kunda 32 razryadli va 64 razryadli kompyuterlar yaratilgan bo‘lib keng miqyosda qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |