=ЕСЛИ($A$2=5, "A’lo", "A’lo emas" ) formulada A2 xona nomi uzgarmas. Agar $A$2 o‘rniga $A2 u holda faqat satr nomeri o‘zgaruvchan, agar esa $A$2 o‘rniga A$2 bo‘lsa u holda faqat ustun nomi o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Formulalar bilan ishlashda bizga yordam beruvchi va qulayliklar yaratuvchi Excel formulalar masterini (yordamchisini) ishga tushirish uchun yordamchi asboblar (tugmalar) satrida joylashgan tugmani bosishimiz kerak. Natijada quyidagi dialog oynasi hosil qilinadi.
Ushbu oynada formula yaratishning birinchi qadamda biz formula yoki funksiyani tanlashimiz kerak. КАТЕГОРИЯ nomli berk ruyxatda kerakli formulalar guruhini tanlaymiz:
1) 10 недавно использовавшихся - 10 oxirgi ishlatilgan formulalar
2) полный алфавитный перечень - alfavit bo‘yicha formulalarning jam ruyxati
3) финансовые - iktisodiy formulalar ruyxati
4) дата и время - vart va sana bilan ishlash formulalar
5) математические - matematik formulalar
6) статистические - statistik formulalar
7) ссылки и масивы - giperyullanmalar va massivlar bilan ishlash formulalar.
8) работа с базой данных - ma’lumotlar ombori bilan ishlash formulalar
9) текстовые - matn bilan ishlash formulalar
10) логические - mantikiy formulalar
11) проверка свойств и значений - xonalar ichidagi ma’lumotlarni tekshiruvchi formulalar.
Formula tanlangandan keyin oynaning pastki qismida shu formulaning ma’nosi yoki yordamchi ma’lumotlar chiqariladi. Birinchi kadam bajarilgandan keyin ikkinchi kadamga utamiz.
Ushbu qadamda quyidagi oyna hosil qilinadi. Ushbu oynada formulaning elementlarini ko‘rsatishimiz kerak. Ularni klaviaturadan yoki sichqoncha yordamida ko‘rsatishimiz mumkin. Sichqonchadan foydalanish uchun ma’lumotlar kiritish sohasining o‘ng tomondagi tugmaga bosamiz natijada dialog oyna kichkinalashtirilib siz sichqoncha yordamida ish sohaning ixtiyoriy xonani tanlashingiz mumkin. Xona tanlangandan keyin yana shu tugmani bosib formula yordamchisi bilan ishlashni davom etishingiz mumkin. Formula tayyor bo‘lgandan keyin OK tugmani bosishimiz kerak.
Excel diagrammalari va uning yordamchisi bilan tanishish
Excel dasturida jadval ma’lumotlarga qarab har xil diagrammalar yaratish imkoniyati bor. Diagrammalar bizga ma’lumotlar bilan ishlashni osonlashtiradi. Diagrammani yaratishdan oldin jadvalni tayyorlashimiz kerak. Jadval tayyor bo‘lgandan keyin, jadval ma’lumotlari sohasini sichqoncha bilan tanlaymiz. Bundan keyin ekrandagi tugmani bosamiz. Natijada ekranda quyidagi dialog oyna hosil qilinadi.
Bu oynada biz Diagramma turini tanlaymiz. ДАЛЕЕ tugmani bosib ikkinchi dialog oynaga utamiz. Ikkinchi qadamda biz diagrammada ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotlar satr yoki ustunda joylanishini, qaysi ustun va satrlar tanlanganligini va x/y oslarning ma’nolarini ko‘rishimiz va o‘zgartirishimiz mumkin. Ushbu qadamdan keyin ДАЛЕЕ tugmasi yordamida uchinchi dialog oynasiga o‘tamiz.
Uchinchi dialog oynada biz Diagramma va x/y oslar sarlavxasini ko‘rsatamiz, qaysi oslar ko‘rinishi va ulardagi setka chiziqlarini ko‘rinishini o‘zgartiramiz, tushintirish sohasini sozlaymiz, ustunlarza ma’lumotlar va ma’lumotlar joylashgan jadvalni diagrammada ko‘rinishini ta’minlaymiz. Bu qadamdan keyin ДАЛЕЕ tugmasini bosib oxirgi turtinchi dialog oynaga utamiz. Bu oynada yangi diagramma alohida yoki shu varaqada yaratilishini tanlaymiz va ГОТОВО tugmasini tanlaymiz. Natijada yangi diagramma yaratiladi.
Excel jadval muharriri Данные menyusi bilan tanishish.