ВСТАТИТЬ - xotirada joylashgan obyektni shu oynaga kuyish.
ВСТАВИТЬ ЯРЛЫК - xotirada joylashgan obyektgacha yorlikni shu oynaga.
ОТМЕНИТЬ - oxirgi harakatni bekor qilish.
СОЗДАТЬ - shu oynada yangi papka, yorlik yoki har xil yangi faylni yaratish.
СВОЙСТВА - tanlangan disk, papka, fayl yoki yorlikning xususiyatlarini kurish.
Kompyuterda Windows operatsion tizim ustidan va uning yordamida kompyuter va uning qurilmalar ustidan biror bir ammal bajarmoqchi bo‘lsangiz, siz ПУСК menyusidan foydalanishingiz mumkin. ПУСК tugmasini sichqonchaning chap tugmasi bilan bossangiz WINDOWS ning menyusi ochiladi.
Bu menyu 9 bo‘limdan iborat:
1) ПРОГРАММЫ bo‘limi yordamida sizning kompyuteringizga o‘rnatilagn dasturlar ruyxatini kurishimiz va ularni ishga tushirishimiz mumkin
2) ДОКУМЕНТЫ bo‘limi yordamida siz tomoningizdan oxirgi ishlatilgan hujjatlar (mant,rasm,musika va boshqa fayllar) ruyxatini kurishimiz va ularni qayta ishga tushirishingiz mumkin
3) ИЗБРАННОЕ bo‘limi yordamida siz yaxshi kurgan Internet sahifalar ruyxatini kurishingiz va shu sahifalarga tezkor utishingiz mumkin
4) НАСТРОЙКА bo‘limi yordamida Windows dasturning ishlash holatlarini va kompyuter qurilmalar xususiyatlarini o‘zgartirish va sozlashimiz mumkin
5) ПОИСК bo‘limi yordamida fayl. Papka yoki tarmoqdagi kompyuterni kidirishimiz mumkin
6) СПРАВКА buyruq yordamida Windowsda ishlash jarayonida paydo bo‘lgan savollar va ularga javoblar tuplamini kurishimiz mumkin
7) ВЫПОЛНИТЬ buyrug‘i yordaimda har xil dasturlarni yoki buyruqlarni bajarishimiz mumkin
8) ЗАВЕРШЕНИЕ СЕАНСА buyrug‘i yordamida foydalanuvchining ishlash seansini tugatishimiz va yangisini boshlashimiz mumkin
9) ЗАВЕРШЕНИЕ РАБОТЫ buyrug‘i yordamida kompyuter ishini tugatib o‘chirishimiz mumkin. Agar paydo bo‘lgan oynada Перезагрузить tugmasini bossak, u holda kompyuter o‘chib qayta yoqiladi. Agar Ждущий режим tugmasini bossak, u holda kompyuter o‘chadi, lekin kutish holatida bo‘ladi va yoqilgan zahotiyoq ishga tushadi. Agar Выключить компьютер tugmasini bossak, kompyuter o‘chiriladi. Kompyuterni o‘chirishdan avval hamma ochiq oynalar va ishlab turgan dasturlarni yopishimiz kerak, chunki kompyuter ular ichidagi ma’lumotlarni salab qo‘yishi kerak.
Endi shu bo‘limlar bilan yaqinrok tanishini boshlaymiz. Shulardan birinchisi va asosiy bo‘lim bu ПРОГРАММЫ bo‘limi. ПРОГРАММЫ bo‘limi yordamida kompyuterimizga o‘rnatilgan dasturlar ruyxatini kurishimiz va ularni ishga tushirishimiz mumkin. Bu bo‘lim ichidagi dasturlar va ular guruhlar ruyxatida СТАНДАРТНЫЕ nomli dasturlar guruhi joylashadi. Bu dasturlar WINDOWS tarkibidagi (birgalikda beriladigan) dasturlar dir. Bu dasturlar yordamida biz har xil asosiy ammallarni bajarishimiz mumkin (matn yozish, rasm chizish, musika eshitish, video kurish, xisob kitob qilish, uyin uynash va xokazo). Bu dasturlarning kamchiligi bor - shu dasturlar yordamida sodda fayllarni yaratishimiz va dasturlar yordamida tashqi qurilmalarning kam imkoniyatlaridan foydalanishimiz.
Shu dasturlardan birinchi tanishadigan dastur bu - БЛОКНОТ (NotePad) dasturi. Uning yordamida eng sodda matnli (txt va wri kengeytmali) fayllarni yaratishimiz va tahrirlashimiz mumkin. Bu dasturda hamma matn bitta harflar shrifti (shakli) bilan va bitta razmerida (kattalikda) yoziladi, rasm va jadvallar bilan ishlash imkoniyatlar yo‘q.
Bu dasturni ishga tushurish uchun biz sichqoncha yordamida ПУСК tugmasini bosamiz, keyin ПРОГРАММЫ bo‘liminitanlaymiz. Shu bo‘limdagi СТАНДАРТНЫЕ guruhini topib ichidagi БЛОКНОТ nomli dasturni ishga tushiramiz.
Savol va topshiriqlar:
Windows muxiti haqida ma’lumot bеring?
Windows muxitining qanday imkoniyatlari mavjud?
Windows muxitining asosiy qismlari nimalardan tashkil topgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |