Informatika va axborot texnologiyalari fani haqida


Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta„minoti



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/225
Sana31.12.2021
Hajmi3,34 Mb.
#237591
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   225
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari

  
Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta„minoti 
Shaxsiy  kompyuterning  foydalanuvchi  uchun  qulay  va  samarador  bo‘lishi  unda  qanday  dasturiy 
ta‗minoti  mavjudligi  bilan  aniqlanadi.  Lekin  dasturiy  ta‗minotning  qanday  turlari  foydalanuvchi  uchun 
zarur bo‘lishi uning qaysi soxada faoliyat ko‘rsatishi bilan aniqlanadi.  
Shaxsiy  kompyuterning  dasturiy  ta‗minoti  xususiy  EHM-larni  qo‘llash  samaradorligini  oshirish,  undan 
foydalanishni  osonlashtirish  va  foydalanuvchilar  dasturlarini tayyorlashning  mehnat  sarfini  kamaytirishi 
uchun mo‘ljallangan dasturlar sistemasidan iborat. 
Shaxsiy kompyuter dasturlar ta‗minotining to‘plami quyidagi guruxlarga ajraladi: 
1. Tizimli dasturlar 
2. Amaliy dasturlar 
3. Dasturlashtirish muhiti 
Kompyuterda har  xil turdagi  ma‗lumotlar saqlanadi. Ular  bilan  ishlash  uchun  biz  har  xil  maxsus 
dasturlar  bilan  foydalanishimiz  zarur,  chunki  kompyuter  uzi  hech  qanaqa  harakatlar  bajarmaydi  u  faqat 
bizning  buyruqlarimizni  va  ko‘rsatmalarimizni  bajaradi.  Buyruqlar  va  ko‘rsatmalar  ketmaketligi  esa 
dastur deb nomlanadi (dastur tushunchasi yuqoridagi mavzularda utilgan). Dasturlar 3 turga bulinadi:  
1)  Tizimli  (tizim)  dasturlar.  Tizimli  dasturlar  bu  kompyuter  ishini  boshqaruvchi  va  har  xil 
yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.  
Masalan:  fayllar  ustidan  har  xil  amallar  bajarish  (qayta  nomlash,  yaratish,  o‘chirish,  nusxasini 
olish, xajmini o‘zgartirish), diksni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash ( tashqi qurilmalar ishini 
boshqarish).  Tizimli  dasturlar  ichida  4  dasturlar  guruhlari  ajratilib  turadi.  Bular:  operatsion  tizimlar 
(tizimlar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va qobiq dasturlar.  
       2) Amaliy dasturlar. Amaliy dasturlar bu ma‗lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar.  


18 
 
          Masalan:  matn  ma‗lumotlarni  yaratish  va  taxrirlash,  rasm  va  tasvir  ma‗lumotlarni  yaratish  yoki 
uzgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musiqa va video ma‗lumotlarni kurib chiqish va taxrirlash.  
          Amaliy  dasturlar  foydalangan  ma‗lumotlar  turiga  ko‘ra  guruhlanadi:  matn  muharrirlari  (Word, 
Lexicon,  WD,  Notepad,  Write  va  xokazo),  rasm  va  tasvir  muharirlari,  rasm  va  tasvirlarni  ko‘rsatuvchi 
dasturlar  (Corel,  Adobe  Photoshop,  Imaging,  ACDSee,  Paint  vaxokazo),  musiqa  va  video  muharrirlari, 
musiqa  va  video  ko‘rsatuvchi  dasturlar  (Adobe  Premier,  Winamp,  universal  proigrovatel  va  xokazo), 
jadvallar  muharriri  (Lotus,  Excel  va  xokazo),  ma‗lumotlar  ombori  bilan  ishlovchi  dasturlar  (Access, 
Dbase,  FoxPro  va  xokazo),  uyin  dasturlari,  urgatuvchi  dasturlar,  bugalteriya  va  moliya  dasturlar,  va 
boshqalar.  
       3) Dasturlashtirish muhiti (yoki instrumental dasturlar). Instumental dasturlar bu yangi dasturlar 
yaratuvchi dasturlar tizimlari.  
Instrumental dasturlaga maxsus dasturlash tillari bilan ishlaydigan dasturlar tizimlari kiradi. Ular 
dasturlash tiliga  ko‘ra farqlanadi:  S,  Basic,  C++,  Delphi,  va  boshqalar.  Bu  dasturlar  tizimlar  o‘ziga  bir 
nechta  dasturni  jamlagan  bo‘lib  bular:  dasturlash  tili  muharriri,  translyator,  komplyator  va  boshqa 
yordamchi dasturlar.  
Bundan  tashqari  hamma  dasturlar  pulli,  bepul  va  qisman  pulli  bo‘lishi  mumkin.  Masalan: 
drayverlar asosan bepul yoki qisman pulli bo‘ladi, mashxur bulmagan firmalar dasturlari ham bepul yoki 
qisman  pulli  bo‘ladi,  taniqli  firmaning  maxsuloti  esa  pulli.  Bepul  dasturlar  asosan  imkoniyatlari 
qisqartirilgan holda bo‘ladi.  
Oxirga  paytlar  ―o‘g‘rilangan‖  nusxa  dasturlar  ham  juda  ko‘p  tarqalgan.  Shuning  uchun 
dasturlarni pirat va original nusxa turlariga bulish ham mumkin. Pirat dasturi original dasturga karaganda 
juda arzon bo‘ladi, leykin bu dasturlarga xech qanday kafolat berilmaydi. Shuning uchun katta firma va 
korxonalar, banklar va davlat idoralari faqat original dasturlardan foydalanadi.  
       Har bitta dastur uzining nomeriga ega. Bu nomer versiya deb nomlanadi. Versiyalar asosan raqamlar 
bilan  quyiladi  va  oxirgi  paytlarda,  dastur  chikkan  yili  bo‘yicha  quyiladi.  Masalan  Windows  95  yeki 
Windows  98  yoki  Windows  2000.  Har  bitta  yangi  versiyali  dastur,  oldingi  versiyalardan  qulayliklar  va 
imkoniyatlari ko‘p bo‘lgani bilan yoki kompyuterga talablari o‘zgargani bilan farqlanadi.  
 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish