Kataloglar
Fayl nomlari magnit disketalarda katalog (yoki direktoriy, papka)larda kayd kilinadi. Katalog -bu
fayl nomlari, ularning xajmi, yozilishi vaqti haqidagi ma‗lumotlarni saqlovchi disketadagi maxsus joy.
Agar katalogda faylning nomi bo‘lsa, u holda fayl shu katalogda joylashgan bo‘ladi. Har bir
magnitli disketada kataloglar soni bir nechta bo‘lishi mumkin. Har bir katalog uzining nomiga ega.
Misol uchun, quyidagi takkoslashni keltirish mumkin. Kitob -bu disketa, kitobdagi boblar-bu
kataloglar, har bir bobdagi, paragraflar-bu fayllardir.
Kataloglarga fayllar kabi nom beriladi. Odatda, katalog nomida kengaytgich bulmaydi. Bir katalog
boshqa bir katalogda kayd kilinishi mumkin. Agar X katalog Y katalogida kayd kilingan bo‘lsa, u holda
X - ichki katalog (podkatalog) deyiladi, Y esa - tashqi katalog hisoblanadi . Har bir magnitli disketada
bosh yoki tub katalog bo‘ladi, unda fayllar va 1- bosqichdagi ichki kataloglar kayd etiladi. 1-bosqichdagi
ichki kataloglarda fayllar va 2-bosqich kataloglari kayd etiladi va xokazo. Natijada magnitli disketada
kataloglar va fayllarning daraxtsimon tuzilishi hosil bo‘ladi.
Foydalanuvchi shu dakikada ishlab turgan disk joriy disk deyiladi. Masalan, foydalanuvchi
vinchester bilan ishlab turgan bo‘lsa, qattiq magnitli disk C: joriy hisoblanadi. Foydalanuvchi kichik
egiluvchan magnitli disketa bilan ishlab turgan bo‘lsa, shu kichik magnitli disketa A: yoki B: joriy
disketa hisoblanadi. MS DOS operatsion tizimi foydalanuvchi surayotgan fayllarni joriy disketadan
kidiradi. Joriy diskni o‘zgartirish uchun MS DOS ning maxsus komandalaridan foydalaniladi.
Foydalanuvchi ishlayotgan laxzadagi katalog joriy katalog deb ataladi. Agar MS DOS
komandasida faylning nomi ko‘rsatilsa , u holda bu fayl joriy katalogdan kidiriladi yoki joriy katalogda
tashqil etiladi.
Agarda foydalanuvchiga zarur bo‘lgan fayl joriy katalogda bulmasa, u holda kerakli faylning qaysi
katalogda joylashganini ko‘rsatish lozim. Buning uchun faylgacha bo‘lgan yul ko‘rsatiladi. Faylgacha
bo‘lgan yul ―\‖ belgi bilan ajratilgan kataloglar yoki ―..‖ belgilar ketma-ketligidir. Bu yul tub yoki joriy
katalogdan kerakli fayl joylashgan kataloggacha bo‘lgan marshrutni ko‘rsatadi.
Shaxsiy kompyuterlar turli magnitli disketalar ishlaydigan maxsus qurilmalarga ega. Egiluvchan
disketalar bilan ishlashni ta‗minlaydigan qurilmalar А:, В: va xokazo bilan nomlanadi.
Masalan, shaxsiy kompyuterda ikkita egiluvchan magnitli disketa ishlatilishi mumkin. Bu
disketalar mos ravishda A: va V: orqali belgilanadi. Egiluvchan magnitli disketalardan tashqari qattiq
magnitli disketa (vinchester) ishlatilishi mumkin. Vinchester S: orqali belgilanadi.
Qulaylik uchun odatda S: disketa qismlarga bulinadi. Ular D:,E:,F: va xokazolar bilan nomlanadi.
Faylning to‘liq nomi quydagi ko‘rinishga ega:
[Disk:][Yo‟l\] Faylning nomi.
Faylning to‘liq nomi –disk nomi, fayl joylashgan kataloggacha bo‘lgan yul va fayl nomidan tashqil
topadi.
Ba‗zan biror katalog fayllari guruhini ifodalash uchun ―*‖, ―?‖ belgilaridan foydalaniladi. ―*‖ fayl
nomi yoki kengaytgichidagi ixtiyoriy belgilar sonini, “?” esa faqatgina bitta belgini ifodalaydi.
Masalan:
*.bak – joriy katalogdagi .bak kengaytgichli barcha fayllar,
22
Do'stlaringiz bilan baham: |