Nazorat savollari:
1. MathCad tizimi qanday jarayonlarga qo‘llaniladi?
2. Funksiya grafigi qanday quriladi?
3. MathCad tizimi qanday masalalarni yechishga mo‘ljallangan?
4. Matlab dasturi qanday masalalarga mo‘ljallangan?
5. Dasturning interfeysini ta‘riflab bering.
6. Matlabda qaysi toifadagi ozgaruvchilar mavgud?
7. Matritca ob‘trnbga qanday funktciyalar mansub?
8. Matlabda grafik chizish qoidalari.
14-ma‟ruza: Kompyuter tarmoqlari
Reja:
1. Kоmpyuter tarmоqlari tushunchasi va uning turlari.
2. Lоkal tarmоq topologoiyasi.
3. Tarmоq arxitekturasi.
4. Tarmoqning adresatsiyasi.
Tayanch iboralar:
kompyuter tarmoqlari, qalin koaksial, ingichka koaksial,
o’ralgan juftlik, Mintaqaviy kompyuter tarmog’i, Korporativ tarmoqlar, Global
tarmoq Internet, Chiziqli tarmoq, Aylanasimon tarmoq, Daraxtsimon tarmoq,
154
Yacheykali tarmoq, Yulduzsimon tarmoq, To’liq bog’lanma tarmoq, Tarmоq
arxitekturasi, Wi-FiTarmoqning adresatsiyasi, Xostdomen, IP manzili.
Kompyuterlarning o‘zaro turli ma‘lumotlar, programmalar, texnik, axborot
va tashkiliy resurslarini almashish maqsadida biriktirilishi kompyuter tarmoqlari
deyiladi.
Kompyuter tarmoqlari tugunlar (komputerlar va tarmoq qurilmalari) va
ularni bog‘lash yo‘llari (aloqa kanallari)ni ifodalaydi. Tarmoq yo‘llari – bu ikkita
tugunni birlashtiruvchi yo‘ldir. Quyiidagi tugunlar ajratilgan: oxirgi tugun – bitta
tarmoq yo‘lida joylashgan tugun; oraliq tugun – bittadan ortiq tarmoq yo‘li oxirida
joylashgan tugunlar; aralash tugun - kamida bitta yo‘l bilan bog‘langan, lekin
boshqa tugunga ega bo‘lmagan tugunga aytiladi.
Kompyutelar turli usullar bilan bog‘lanishi mumkin.
Kompyuter tarmoqlarining yaratilishi bir-biridan ma‘lum masofada
jaoylashgan foydalanuvchilar o‘rtasida bir xil axborotlardan amaliy foydalanish
ehtyojidan kelib chiqadi. Tarmoqlar foydalanuvchilarga nafaqat axborot
almashinuvini tezlashtirish, balki birgalikda printerlar va boshqa perifiriya
qurilmalardan va hattoki hujjatlarni qayta ishlash imkonini beradi.
Kompyuter tarmoqlarini bir nechta belgilarga ko‘ra sinflash mumkin:
- Hududiy tarqatilishiga ko‘ra;
- Ma‘lum tashkilotga tegishliligiga ko‘ra;
- Axborotni uzatish tezligiga ko‘ra;
- Uzatish muhitiga ko‘ra.
Hududiy tarqatilishiga ko‘ra tarmoqlar local, mintaqaviy va global
tarmoqlarga bo‘linadi.
Ma‘lum tashkilotga tegishliligiga ko‘ra tarmoqlar tashkilot va davlat
tarmoqlariga ajratiladi.
Axborotni uzatish tezligiga ko‘ra – quyi, o‘rta va yuqori tzelikdagi
tarmoqlarga bo‘linadi.
Uzatish muhitiga ko‘ra - koaksial, o‘rama juflik, optic tolali, radiokanallari
va infrastruktura diapazonlardagi turlarga bo‘linadi.
Lokal kompyuter tarmog‘i kompyuterlar bir xona (sinf xonasi), bino, tashkilot
yoki bir qancha filiallardan iborat bo‘lgan tashkilot doirasida tashkil qilinadi.
Shuning uchun ham ba‘zan 500 metrgacha bo‘lgan masofada birlashtirilgan
kompyuterlar lokal kompyuter tarmog‘i deb ataladi. Ba‘zan uzoqroq masofada
joylashgan kompyuterlar ham lokal tarmoqqa birlashtirilishi mumkin.
Lokal
tarmoq
maxsus
simlar
bilan
birlashtirilgan
kompyuter,
kommunikastiya, periferiya (tashqi ulanadigan) qurilmalarining birgalikda
foydalanish maqsadida biriktirilishidir.
Lokal tarmoq yaratishdan maqsad - tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlarida mavjud
kompyuter parki va uning resurslar (printer, skaner, katalog, fayllar) idan unumli,
tejamli foydalanishdir.
Sim sifatida: qalin koaksial, ingichka koaksial, o‘ralgan juftlik (toking ring-
«vitaya para») deb ataluvchi, optik tola (tola) simlari ishlatilishi mumkin. Odatda
155
qalin koaksial simlar tarmoqning uzoqroqdagi qismida, ma‘lumotlarni uzatish
qobiliyatini yuqori bo‘lishini ta‘minlash maqsadida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |