8 Gbayt flesh xotira yaratgani haqida ma‘lum qildi, Bu chiplar 2009-yildan boshlab
keng ishlab chiqarishga joriy qilindi. Hajmni ko‗paytirish uchun qurilmalarda bir nechta chipni
birlashtirgan massivlardan foyda-lanib kelinmoqda. Bugungi kunda asosan 1 Gbaytdan 64
Gbaytgacha hajmgacha bo‗lgan flesh kartalardan foydalanib kelinmoqda. Eng katta hajmdagi
kulrang bo‘lib, uning kompyuterga ulangan simi sichqonning dumini eslatadi. Sichqonni
tekislikda harakat qildirganda uning ko‘rsatkichi ekran bo‘ylab mos ravishda harakat qiladi.
Hozirgi vaqtda mexanik (sharikli) sichqonlar o‘rnini optik sinchqonlar egallamoqda.
Oxirgi yillarda optik sichqonchalarning yarimo‗tkazgichli lazerdan foydalanuvchi yangi,
yanada takomillashtirilgan turi yaratildi. Undan tashqari induksion sichqonchalar mavjud.
Induktsion sichqonchalar grafik planshet qoidasiga asosan ishlaydigan gilamchalardan
foydalanadi yoki grafik planshet tarkibiga kiradi. Induksion sichqoncha katta aniqlik bilan
ishlaydi. U simsiz ham bo‗lishi mumkin va induksion oziqlanishga ega. Demak, oddiy simsiz
sichqonchalardan farqliroq akkumulyator talab etmaydi.
Sichqonchalarning yana bir turi inersion sichqoncha. Ular akselerometr deb nomlanuvchi
maxsus asbob yordamida sichqonchaning o‗qlar bo‗yicha siljishini belgilaydi. Aksariyat hollarda
mazkur sichqonchalar simsiz bo‗ladi hamda harakatlar detektorini vaqtinchalik o‗chirib turuvchi
tugmachaga ega. U ishga tushirilganda sichqoncha ko‗rsatkichga ta‘sir etmagan holda harakat
qilishi mumkin.
Giroskopik sichqoncha – uni faqat tekislikda emas, balki fazoda ham harakatlantirish
mumkin. Uni stoldan olib, havoda qo‗lingiz bilan harakatlantirish mumkin.
Skaner. Skaner qurilmasi qog‗ozdagi matn, grafik, chizma-lar ko‗rinishidagi axborotni
kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladi.
Skanerlar quyidagi turlarda ishlab chiqariladi:
Planshet skanerlar – skanerlarning eng keng tarqalgan turidir, chunki u
foydalanuvchi uchun maksimal darajada qulaylik yaratadi – yuqori sifat va skanerlashning
yaxshi tezligini ta‘minlab beradi.
Qog‗oz tortuvchi skanerlar – qog‗oz tirkashga kiritilib, roliklar yordamida skaner
ichidagi lampa oldidan tortib o‗tiladi. Aksariyat modellar avtomatik uzatish qurilmasiga ega, shu
bois, unda katta hajmdagi hujjatlarni tez skaner qilish mumkin.
Planetar skaner – kitoblarni yoki tez shikastlanuvchi hujjatlarni skaner qilish uchun
mo‗ljallangan, chunki skanerlash jarayonida skaner qilinayotgan obyektlarga umuman
tegilmaydi.
Kitob skanerlari – bu skanerlarda jarayon ustki tomondan amalga oshiriladi, siz
faqat kitobni o‗qigandek, uni varaqlab tursangiz bas. Zamonaviy kitob skanerlaridan
foydalanilgan holda o‗nlab kitoblar va hujjatlarni qisqa vaqtda elektron holatga o‗girish mumkin.
Kitob skanerlarida motorlashgan beshik sifat uskuna va boshqarish uchun oyoq pedalidan
foydalanilsa, operatorning ishi yanada yengillashadi. Kitob skanerlarida ishlatiladigan dasturiy
ta‘minot mavjud defektlarni bartaraf etish, kitobning buklangan joyini tekislab ketish
imkoniyatini beradi.
Bugungi kunda asosan 600 dpi imkoniyat darajasiga ega skanerlardan foydalaniladi. Bu
imkoniyatni oshirish yanada takomillashtirilgan optik uskunalarni ishlatishni taqozo etadi.
Monitorlar. Kompyuter monitori ekranga matnli va grafik axborotni chiqarish uchun
mo‗ljallangan bo‗lib, bu tasvirlarni kompyuterning videokontrolleri shakllantirib beradi.
Foydala-nuvchi kompyuterdan ma‘lumotni aksariyat hollarda monitordan oladi. Monitorlar
tasvirlarni asosan elektron-nurli trubkali kines-kop yordamida shakllantiradi. Hozirgi vaqtda
suyuq kristalli yupqa (LCD) monitorlardan ham foydalanilmoqda. Bunday monitorlar avvallari
faqat ixcham ko‗chma (Noutbuk) kompyuterlarda qo‗llanilgan bo‗lsa, hozirga kelib ularni
kompyuterlarning istalgan turiga qo‗yish mumkin bo‗lib qoldi.