,
Seagate Technology LLC
1,5 terabayt
(Tbayt) hajmga ega, 2009-yilda esa, yangi plastinalar vositasida 2 Tbaytlik vinchester yaratildi.
Shu yilda
Western Digital
kompaniyasi 2 terabayt hajmli qattiq disklar ishlab chiqarishni yo‗lga
qo‗ydi.
Kompakt disklar (Compact Disk-CD).
Hozirgi vaqtda axborot tashish vositasi sifatida
kompakt disklardan keng foydalanilmoqda. Kompakt diskning axborot sig‘imi katta bo‘lgani
uchun unga multimediali, grafik axborotlar, kompyuterning dasturiy ta’minoti va boshqa katta
hajmga ega bo‘lgan ma’lumotlar yoziladi. Kompakt disklar uch turga bo‘linadi. Birinchisi, faqat
o‘qish uchun. Bunday kompakt disk (SD)larga axborot ularni ishlab chiqarish jarayonida
yoziladi va undagi axborot faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Ya’ni uning ustiga yangi
ma’lumotlar yozib bo‘lmaydi. Ikkinchi turdagi kompakt disklar SD-R deb nomlanib, ularga bir
marotaba axborot yozish mumkin. Uchinchi turdagi kompakt disklarga mavjud ma’lumot ustidan
qayta yozish mumkin. Bunday kompakt disklar CD-RW deb yuritiladi. Turidan qat’iy nazar
kompakt disklarning axborot sig‘imi 640-700 Mbaytni tashkil etadi. Kompakt disklardan
axborot o‘qish qurilmasi SD-ROM yoki CDD (Compact Disk Driver) deyiladi. SD-ROMlar
axborot o‘qish tezligi bilan xarakterlanadi. Bir birlik axborot o‘qish tezligi sifatida sekundiga
150 Kbayt axborot o‘qish qabul qilingan bo‘lib, qolganlari shunga karrali qilib olinadi.
Masalan, 4 karrali (4x) tezlikka ega bo‘lgan SD-ROM bir sekundda 150x4=600 Kbayt axborot
o‘qiydi. 52x (52 karrali) SD-ROMning o‘qish tezligi 7800 Kbayt/sek.
Hozirgi vaqtda SD disklardan axborot o‘qish bilan birga, unga ma’lumotlar yozish
imkoniyatiga ega bo‘lgan qurilmalar paydo bo‘ldi. Bu qurilmalar CD RW deb yuritiladi. CD
RW qurilmasi uch xil tezlikka ega bo‘ladi: o‘qish, qayta yozish va yozish tezliklari. Qayta yozish
deganda CD RW diskiga axborot ustidan qayta yozish tushuniladi. Yozish deganda CD R
diskiga axborot yozish tushuniladi. Bu tezliklar ham yuqoridagidek tezlik birligiga nisbatan
karrali ko‘rinishda bo‘lib, ketma-ket yoziladi. Masalan, CD RW qurilmasining tezligi CD RW
52x32x44 ko‘rinishda yozilgan bo‘lsa, uning axborot o‘qish tezligi 52 karrali bo‘lib, qayta
yozish tezligi 32 va yozish tezligi 44 karralidir.
DVD disklar (Digital Versatile Disk – universal raqamli disk). Tashqi ko‘rinishidan DVD
disklar CD disklardan farq qilmaydi. CD disklardan farqli o‘laroq DVD disklar katta hajmdagi
axborot sig‘imiga ega bo‘lish bilan birga, ularga axborot, ya’ni yangi texnologiya – DVD
formatda yoziladi. DVD disklarning axborot sig‘imi turiga qarab quyidagicha bo‘lishi mumkin:
DVD-5 – bir tomon, bir sathli hajmi 4,7 Gbayt;
DVD-9 – bir tomon, ikki sath hajmi 8,5 Gbayt;
DVD-10 – ikki tomon, bir sathli hajmi 9,4 Gbayt;
DVD-14 – ikki tomonli disk bir tomonida bitta va ikkinchi tomonida – ikkita sath
Do'stlaringiz bilan baham: |