axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar asosida axborotni qayta ishlaydigan
axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyalar yaratish;
jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali
foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarining yechimini topish.
Informatikaning asosiy vazifalari va yo„nalishlari
Informatika fanining yo‗nalishlari:
•
hisoblash tizimi va dasturiy ta‘minot yaratish;
•
axborot nazariyasi – axborotni qabul qilish, uzatish, bir turdan boshqa turga o‗tqazish va
saqlash bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlarni o‗rganish;
•
turli ilmiy tadqiqot sohalarining matematik modelini yaratish;
•
sun‘iy intellekt uslub (model)lari ;
•
bioinformatika;
•
Lingvistik informatika;
•
ijtimoiy informatika;
•
grafika, animatsiya va multimediya vositalari yaratish uslubi;
•
telekommunikatsiya va xalqaro global kompyuter tarmoq tizimini yaratish va aholini
yagona axborot tizimiga ulash.
Axborot
deganda taqdim etilish shaklidan qat‘i nazar, biror-bir shaxs yoki predmet yoxud
dalil, shuningdek, voqea va hodisa hamda jarayonlar haqidagi ma‘lumotlar tushuniladi.
Agar axborot kompyuter texnikasi yordamida uzatish, ishlov berish va saqlanish
imkoniyatiga ega bo‗lsa, u
kompyuter axboroti
deyiladi.
Axborotlashtirish
- yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‗lgan ehtiyojlarini
qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan
foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayon.
Axborot resursi
- axborot tizimi tarkibida mavjud bo‗lgan elektron shakldagi axborot,
ma‘lumotlar banki, ma‘lumotlar bazasi.
Axborot texnologiyasi
- axborotni to‗plash, saqlash, izlash va unga ishlov berish hamda uni
tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usul va jarayonlar.
Axborot texnologiyalari axborot tizimlari bilan chambarchas bog‗liq. Axborot tizimi aniq
bir ob‘ekt uchun yaratiladi. Samarali axborot tizimlarini boshqarish, amaliy sohalar darajalari
o‗rtasidagi farqlarni, shuningdek, tashqi holatlarni e‘tiborga oladi va boshqarish funksiyasini
samarali amalga oshirish uchun zarur axborotnigina beradi.
Axborot tizimi
- axborotni to‗plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish
imkonini beradigan tashkiliy jihatdan tartibga solingan axborot resurslari, axborot
texnologiyalari va aloqa vositalari.
Axborot tizimi ishini ta‘minlovchi jarayonlar funksional bloklardan iborat bo‗lib, ular 1. -
rasmda ko‗rsatilgan.
Axborot tizimlari va
texnologiyalarini qayta
ishlash
(brainware)
Axborotni qayta ishlash
texnologiyalarini ishlab
chiqarish
1.1-rasm. Axborot tizimining tuzilmasi va undagi jarayonlar
Axborot texnologiyalari kompyuterda saqlanuvchi ma‘lumotlar usti-dan turuvchi turli
murakkablik darajasidagi amallarni bajarishning aniq reglamentli qoidalaridan tashkil topadi.
Axborot tizimi funksiyalarini unga yo‗naltirilgan axborot texnologiyalarini bilmasdan turib,
amalga oshirib bo‗lmaydi.
Axborot tizimining ta‘minotlari. Axborot tizimlari qaysi sohada qo‗llanishidan qat‘i nazar,
axborot tizimining ta‘minotlari deb yuritiladigan komponentalarni o‗z ichiga oladi. Bular
dasturiy, texnik, huquqiy, axborot, tashkiliy, matematik va lingvistik ta‘minotlardir (1.2-rasm).
1.2-rasm. Axborot tizimining ta‘minotlari tuzilmasi
Dasturiy ta‘minot - axborot tizimi ishini amalga oshirishda zarur bo‗lgan kompyuter
dasturlari to‗plami. Dasturiy ta‘minotning tuzilmasi haqida keyinchalik batafsil to‗xtalamiz.
Texnik ta‘minot - axborot tizimining o‗z funksiyasini amalga oshirish jarayonida
ishlatiladigan barcha texnik vositalar majmuasi. Bularga kompyuterlar va ular bilan bog‗liq
vositalar (tashqi qurilmalar, axborot tashish vositalari, ma‘lumotlarni uzatish qurilmalari),
telekommunikatsiya vositalari (aloqa tizimlari, tarmoqlar, tarmoqdagi apparatlar va h.k.) kiradi.
Matematik ta‘minot - tizimdan foydalanishda amaliy masalalarni yechishda qo‗llaniladigan
matematik modellar, usullar va ma‘lumotlar bazasini boshqarish algoritmlari to‗plami.
Do'stlaringiz bilan baham: