O„zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishdagi
davlat siyosati
O‗zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot
resurslari,
axborot
texnologiyalari
va
axborot
tizimlarini
rivojlantirish
hamda
takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini
yaratishga qaratilgan
1
.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‗nalish-lari quyidagilardan
iborat:
har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga oid konstitutsiyaviy huquqlarini
ro‗yobga chiqarish, axborot resurslari-dan foydalanilishini ta‘minlash;
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari,
shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O‗zbekiston
Respublikasi-ning yagona axborot makonini yaratish;
1
Ўзбекистон Республикасининг ―Ахборотлаштириш тўғрисида‖ги қонуни. 2003 йил 11 декабрь. ЎзР қонун
ҳужжатлари Lexuz маълумотлари миллий базаси. www.lex.uz
xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‗idan foydalanish
uchun sharoit yaratish;
davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda
rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‗zaro aloqada ishlashini ta‘minlash;
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqari-lishini tashkil etish;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga
ko‗maklashish;
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni rag‗batlantirish;
tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish, investisiya-lar jalb etish uchun
qulay sharoit yaratish;
kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni
rag‗batlantirish.
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot
texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirish hamda uning huquqiy asoslarini tartibga solishda
amaldagi qonun va qarorlar, farmonlar va boshqa me‘yoriy hujjatlar muhim o‗rin tutadi.
Ayniqsa, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Kompyuter-lashtirishni yanada
rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnolo-giyalarini joriy etish to‗g‗risida‖gi Farmoni
2
da
axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha
sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya
vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga
ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to‗laroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga
kirish, jahon axborot resurslaridan foydalanishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish kabi masalalar maqsad qilib olingan. Mazkur Farmonda kompyuterlashtirish va axborot-
kommunikatsiya texno-logiyalarini rivojlantirish, ularning zamonaviy tizimlarini joriy etishning
birinchi galdagi eng muhim vazifalari belgilab berilgan, ular quyidagilar:
zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy ma‘lumotlar axborot bazalarini yaratish,
axborot resurslari va xizmatlari bozorini rivojlantirish, axborot almashuvining elektron
shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich o‗tish;
real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta‘lim sohalarida
kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy
kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo‗lishlari uchun shart-sharoit yaratish;
maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‗quv yurtlarining
ta‘lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularning
faol qo‗llanishiga asoslangan ilg‗or ta‘lim tizimlarini kiritish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy
vositalar, ma‘lumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika, tarmoq va mahalliy
axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish, kompyuter va telekommunikatsiya
texnikasini ishlab chiqish sohasida faoliyat yuritish uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar
tayyorlashni tashkil qilish;
axborot-kommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlari konvergensiyasini nazarda
tutgan holda mamlakat barcha hududida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining texnikaviy
infratuzilmasini, shu jumladan, ko‗chma aloqa, IR texnologiyalari, boshqa zamonaviy
telekommunikatsiya va ma‘lumot uzatish vositalarini jadal rivojlantirish;
milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga g‗oyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy
etish, ularning aholi punktlari, shu jumladan, qishloq aholi punktlariga kirib borishini ta‘minlash;
sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni eksport qilishni
rag‗batlantirishning samarali mexanizmini yaratish;
mahalliy kompyuter texnikasi va uni butlovchi qismlar ishlab chiqarishni tashkil
etish.
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Компьютерлаштиришни янада ривожлантириш ва ахборот-
коммуникация технологияларини жорий этиш тўғрисида‖ги фармони. 2002 йил 30 май. ЎзР қонун
ҳужжатлари Lexuz маълумотлари миллий базаси. www.lex.uz
Farmonda O‗zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi O‗zbekiston Aloqa va
axborotlashtirish agentligi etib qayta tashkil etish hamda unga quyidagi vazifalarni hal etish
yuklatilgan:
axborot tizimlari, telekommunikatsiyalar va ma‘lumot uzatish tarmoqlarini
rivojlantirish hamda takomillashtirishga xorijiy investisiyalarni jalb etish uchun sharoit yaratish;
zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish, telekommunikatsiya va axborot
texnologiyalariga oid mahalliy standartlarni, texnik shartlar va talablarni ishlab chiqib, ularni
tasdiqlash;
axborot resurslari bozorini rivojlantirish, davlat boshqaruvi, biznes, sog‗liqni
saqlash, fan va ta‘lim sohalarida, shuningdek, jamiyat hayotining boshqa sohalarida axborot
almashuvining elektron shakllariga o‗tish dasturlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni
tashkil qilish.
Mazkur Farmonni bajarish yuzasidan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida
strategik ustuvorliklarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta‘minlash maqsadida
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyun 200-sonli ―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori
e‘lon qilindi. Unda, xususan, 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi tasdiqlangan bo‗lib, mazkur dastur
zamonaviy texnik infratuzilmani rivojlantirish-ni jadallashtirishga, kompyuterlashtirishni,
mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar industriyasini va eksportini rivojlantirishni rag‗batlan-
tirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, qonunchilikni takomillash-tirish, axborot xavfsizligini
ta‘minlash bo‗yicha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Jamiyatning axborotga bo‗lgan
ehtiyojini qondi-rish, iqtisodiyotning jahon bozorlaridagi raqobatbardoshliligini oshi-rish
dasturning maqsadli vazifasi hisoblanadi. Unda axborot-kommuni-katsiya texnologiyalarini
rivojlantirishning quyidagi asosiy yo‗nalish-lari belgilab berilgan:
telekommunikatsiyalar infratuzilmasini rivojlantirish;
internet tarmog‗ining milliy segmentini rivojlantirish;
kompyuter texnikasi bilan ta‘minlash va kompyuter tarmoq-larini rivojlantirish;
dasturiy mahsulotlar industriyasini barpo etish;
axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyor-lash;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobat muhiti-ni rivojlantirish;
normativ-huquqiy bazani standartlash va sertifikatlashni takomillashtirish.
Dasturning axborot xavfsizligini ta‘minlash bandida, jumladan, axborotni ruxsatsiz o‗chirib
tashlash, o‗zgartirish, buzish, ko‗chirib olish, to‗sib qo‗yish va axborot resurslariga qonuniy
aralashuvga doir boshqa xatti-harakatlarning oldini olish, qonunchilikka muvofiq ravishda
hujjatlashtirilgan va elektron shakldagi davlat sirini, axborotning mahfiyligini saqlash,
O‗zbekiston Respublikasining axborot va kompyuter texnologiyalari sohasidagi axborot
xavfsizligini ta‘min-lash tizimini tashkil qilish va axborot xavfsizligini ta‘minlov-chi
xizmatlarni shakllantirish, ma‘lumot uzatish tarmoqlariga himoya vositalarini joriy etish
samaradorligini baholash, loyihalarni axborot xavfsizligini ta‘minlash talablariga javob berish
nuqtai nazaridan ekspertizadan o‗tkazish uchun doimiy ishlaydigan (idoralararo) ekspert
guruhini tuzish va axborotni himoya qilish bo‗yicha tavsiyalar ishlab chiqish, mamlakatimizda
axborotni kriptografik himoyalash vositalarini ishlab chiqish kabi tadbirlarni amalga oshirish
ko‗zda tutilgan.
Shuningdek, qarorda mazkur yo‗nalish bo‗yicha mutaxassislar tayyorlashga ham katta
ahamiyat berilib, ixtisoslashtirilgan oliy o‗quv yurtlarida, kasb-hunar kollejlari va akademik
litseylarda dasturiy vositalarni, ma‘lumotlarning axborot bazalarini, multimedia, kompyuter
texnikasini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha yuqori malakali mutaxassislar va
texnik xodimlar, shuningdek, kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanuvchilar
tayyorlashni kengaytirish lozimligi uqtirilgan.
So‗nggi yillarda zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlanti-rish va joriy etish bo‗yicha
qator qonunlar qabul qilindi. Bularga 2003 yil ikkinchi chaqiriq 13-sessiyada qabul qilingan
―Elektron raqamli imzo to‗g‗risida‖gi va ―Axborotlashtirish to‗g‗risida‖gi qonunlar hamda 2004
yil ikkinchi chaqiriq 14-sessiyada qabul qilingan ―Elektron tijorat to‗g‗risida‖gi va «Elektron
hujjat aylanishi to‗g‗risida»gi qonunlarni misol keltirish mumkin.
Xususan, 2003 yil 13 dekabrda qabul qilingan ―Axborotlashtirish to‗g‗risida‖gi qonunning
yangi tahriri AKTning so‗nggi holatini hisobga olgan holda avvalgisidan farq qilib, unda
quyidagi tamoyillar o‗z aksini topgan:
har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini
amalga oshirishi, axborot resurslari-dan erkin foydalanishini ta‘minlash;
davlat organlarining, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek, jismoniy
hamda yuridik shaxslarning axborot tizimlari asosida respublikaning yagona axborot
maydonini yaratish;
xalqaro axborot tarmoqlari va Internet - jahon axborot tarmog‗idan erkin
foydalanish uchun sharoit yaratish;
davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda
rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‗zaro aloqada ishlashini ta‘minlash;
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga
ko‗maklashish;
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirishni rag‗batlantirish;
soha
yo‗nalishida tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlanti-rish,
investisiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish.
Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq 13-sessiyasida qabul qilingan ―Elektron raqamli imzo
to‗g‗risida‖gi qonun iqtisodiyot, boshqaruv va boshqa sohalarda hujjat yuritishning butunlay
yangi texnologiyasiga o‗tish uchun huquqiy yo‗riqnoma vazifasini bajarmoqda.
Shu vaqtgacha ―Elektron raqamli imzo to‗g‗risida‖gi qonun jahonning 70 ga yaqin
mamlakatlarida qabul qilingan bo‗lib, O‗zbekiston Respublikasi ham ana shunday mamlakatlar
qatoridan o‗rin oldi.
Aytish joizki, shu vaqtgacha respublikamizda elektron raqamli imzodan faqat bank
faoliyatida elektron to‗lovlarni amalga oshirishdagina foydalanilar edi. ―Elektron raqamli imzo
to‗g‗risida‖gi qonunning qabul qilinishi bu tizimdan foydalanish ko‗lamini kengaytirishga
huquqiy poydevor bo‗ldi. Respublika darajasida elektron raqamli imzodan foydalanishni to‗g‗ri
tashkil etish eng dolzarb va murakkab vazifalardan biri hisoblanadi. Elektron raqamli imzo
tizimini shakllantirishda tizimning tuzilmasiga kiruvchi barcha komponentalarning funksional
vazifalari,
majburiyatlari,
ularga
qo‗yiladigan talablar va ular o‗rtasidagi o‗zaro
munosabatlarning aniqlab berilishi elektron raqamli imzodan foydalanishni tashkil etishdagi eng
asosiy va birlamchi bosqich hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining «O‗zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini
takomillashtirish to‗g‗risida‖gi qarorida
3
―Axborotlashtirish to‗g‗risida‖gi qonunga asosan
O‗zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining asosiy vazifalari belgilab berilgan.
Shuningdek, O‗zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi to‗g‗risidagi nizom hamda uning
hududiy boshqarmasining namunaviy va markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Elektron raqamli imzodan
foydalanishning huquqiy-normativ bazasini takomil-lashtirish to‗g‗risida‖gi qarori
4
ushbu
qonunning bajarilishini ta‘min-lovchi me‘yoriy hujjatlardan hisoblanadi.
Maktablar, litseylar, kollejlar o‗quvchilarining, oliy ta‘lim muassasalari talabalarining
axborotga bo‗lgan talab-ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish, shuningdek, Internet tarmog‗ining milliy segmentida ta‘lim va bilim beradigan axborot
3
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 215-сонли «Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш
агентлиги фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида‖ги қарори. 2004 йил 7 май.ЎзР қонун ҳужжатлари
Lexuz маълумотлари миллий базаси. www.lex.uz
4
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг ―Электрон рақамли имзодан фойдаланишнинг
ҳуқуқий-норматив базасини такомиллаштириш тўғрисида‖ги қарори. 2005 йил 26 сентябрь. ЎзР қонун
ҳужжатлари Lexuz маълумотлари миллий базаси. www.lex.uz
resurslarini rivojlantirish maqsadida O‗zbekiston Respubli-kasi Prezidentining ―O‗zbekiston
Respublikasida umumta‘lim tarmog‗i-ni yaratish to‗g‗risida‖gi qarori
5
imzolandi.
Unda O‗zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim, Xalq
ta‘limi vazirliklarining hamda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining respublikadagi turli
tuzilmalar tomonidan ma‘lumotlar uzatish tarmoqlarida tashkil etilayotgan ta‘lim va yoshlarga
mo‗ljallangan axborot resurslarini yagona "ZiyoNET" axborot tarmog‗iga birlashtirish va
tizimlashtirish to‗g‗risidagi taklifi ma‘qullandi.
Vazirlar
Mahkamasining
―Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani
takomillashtirish to‗g‗risida‖gi qarori
6
asosida Davlat axborot resurslarini shakllantirish va
Davlat organlarining axborot tizimlarini tashkil etish tartiblari to‗g‗risidagi nizomlar tasdiqlan-
gan.
Davlat soliq xizmati organlarining zamonaviy axborot-kommunika-siya texnologiyalarini
qo‗llagan holda soliq to‗lovchilarga axborot xizmatlari ko‗rsatishni yanada takomillashtirish,
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar tomonidan moliyaviy hisobotlar va hisob-kitoblar taqdim etishda
elektron hujjat aylanishini joriy etish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining ―Soliq to‗lovchilarga axborot xizmati ko‗rsatish va Davlat soliq xizmati
organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish to‗g‗risida‖gi Qarori
7
imzolandi. Unda
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda
2006-2010 yillarda soliq to‗lovchilarga axborot xizmati ko‗rsatish va davlat soliq xizmati
organlarining axborot tizimini takomillashtirish dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishiga
doir ishlar tashkil etilishini ta‘minlash lozimligi uqtirilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan
ta‘minlashni tashkil etish to‗g‗risida‖gi Qarori
8
zamonaviy talablarni hisobga olgan holda
kutubxona tarmog‗ini tashkil qilishni takomillashtirish, o‗sib kelayotgan yosh avlodning
intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga
yo‗naltirilgan prinsipial yangi axborot markazlarini tashkil etish, shuningdek, aholini yanada
kengroq va tizimli axborot bilan ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida
imzolangan huquqiy-me‘yoriy hujjat hisoblanadi. Unda Qoraqalpog‗iston Respublikasining
Respublika kutubxonasi, viloyatlar ilmiy-universal kutubxonalari, shuningdek, Toshkent shahar
markaziy kutubxonasi negizida, idoraviy jihatdan O‗zbekiston Aloqa va axbo-rotlashtirish
agentligiga bo‗ysunuvchi Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar axborot-
kutubxona markazlari tashkil etish hamda bu markazlarning asosiy vazifalari qilib, quyidagilar
belgilandi:
ta‘lim muassasalari o‗quvchilari hamda aholining zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta‘lim olishi va mustaqil ravishda
ta‘lim olishiga ko‗maklashish;
milliy ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarni keng ko‗lamda targ‗ib qilish, xalqning
madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‗lishini ta‘minlash, ma‘naviy boy va
uyg‗un kamol topgan shaxsning ijodiy o‗sishi uchun imkoniyat yaratib berish;
yangi axborot texnologiyalari (ma‘lumotlar elektron bazalari, Internet resurslari)
asosida aholiga axborot xizmati ko‗rsatish;
5
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Ўзбекистон Республикасида умум-таълим тармоғини яратиш
тўғрисида‖ги 191-сонли Қарори. 2005 йил 28 сентябрь. ЎзР қонун ҳужжатлари Lexuz маълумотлари миллий
базаси. www.lex.uz
6
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 256-сонли ―Ахборотлаштириш соҳасида норматив-
ҳуқуқий базани такомиллаштириш тўғрисида‖ги қарори. 2005 йил 22 ноябр. ЎзР қонун ҳужжатлари Lexuz
маълумотлари миллий базаси. www.lex.uz
7
Ўзбекистон Республикаси Вазилар Маҳкамасининг ―Солиқ тўловчиларга ахборот хизмати кўрсатиш ва
Давлат солиқ хизмати органларининг ахборот тизимини янада такомиллаштириш тўғрисида‖ги қарори. 2006
йил 4 август. ЎзР қонун ҳужжатлари Lexuz маълумотлари миллий базаси. www.lex.uz
8
Ўзбкистон Республикаси Президентининг ―Республика аҳолисини ахборот-кутубхона билан таъминлашни
ташкил этиш тўғрисида‖ги қарори. 2006 йил 20 июнь. ЎзР қонун ҳужжатлари Lexuz маълумотлари миллий
базаси. www.lex.uz
madaniy, ta‘lim, axborot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga
oshirish uchun ta‘lim muassasalari, mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish organlari, milliy
madaniyat markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
universal axborot resurslari, milliy va xorijiy nashrlar (bosma, audiovizual,
elektron va boshqa) fondlarini shakllantirish, saqlash hamda foydalanish uchun
berish.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Davlat va xo‗jalik boshqaruvi,
mahalliy
davlat
hokimiyati
organlarining
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‗zaro hamkorligini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarori
9
davlat va xo‗jalik boshqaruvi, mahalliy
davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshi-rish, ularning axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan tezkor o‗zaro
hamkorlikni ta‘minlash, shuningdek, davlat va xo‗jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati
organlari tomonidan ko‗rsatiladigan xizmatlardan keng foydalanishni ta‘minlash maqsadida
yuzaga kelgan normativ-huquqiy hujjat bo‗lib, unda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari to‗g‗risidagi nizom hamda bazaviy interaktiv
davlat xizmatlari reestri tasdiqlangan.
Xulosa
qilib
aytganda,
mazkur
normativ-huquqiy
hujjatlar
respublikamizda
axborotlashtirishning milliy tizimini shakllanti-rish, barcha sohalarda zamonaviy axborot
texnologiyalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda jahon axborot hamjamiyatiga kirishni
ta‘minlash bo‗yicha huquqiy asos va yo‗riqnoma vazifasini o‗tashi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |