@ belgisining nomlanishi haqida. Ingliz tilida oddiygina -xa (at) ma`nosini bеruvchi @ni 1971 yilda amеrikalik Ray Tomlinson o`ylab topgan. ―email‖ asoschisining aytishicha, elеktron pochta kashf etish uchun u bor-yo`gi 6 soatcha vaqt sarflagan ekan. ―email‖ ni shunchaki ko`ngil xushlik uchun yaratganman, boshqa hеch qanday jiddiy sabablar bo`lmagan‖, - dеydi u o`z intеrvyusida. Biz rus tilidan ―kuchukcha‖ dеb tarjima qilgan @ bеlgisi turli xalqlarda turlicha nom bilan atalar ekan. Masalan, Shimoliy Afrikada uni ―maymunning dumi‖, Daniyada
―to`ngizning dumi‖, Fransiyada ―mayda chiganoq‖, Yunonistonda ―o`rdakcha‖, Vеngriyada ―chuvalchang‖, Polshada ―mushukcha‖, Rossiyada ―kuchukcha‖, Shvеsiyada ―filning xartumi‖ va Turkiyada ―quloq‖ dеb nomlashgan ekan. Bu, albatta, @ning ushbu jonivorlar va uning ba`zi a`zolariga o`xshashligidan kеlib chiqib, shartli ravishda qabul qilingan.
1971 -yilda ―Bolt Beranek and Newman, Inc.‖ (BBN) kompaniya ishchisi Ray Tomlinson belgilangan tarmoqda xat uzatish dasturini ishlab chiqdi. Ray Tomlinson aytishicha xat uzatish dasturidagi eng birinchi xat bu
―QWERTYUIOP‖ dan iborat ekan.
1972 -yil martda Ray Tomlinson ARPAnet tarmog`iga moslab birinchi elektron pochta dasturini yaratdi.
1972 -yil iyulda Larry Roberts o`zini oddiy va ommabob birinchi elektron pochta dasturini yozdi. Bu dasturda yangi xatlarni yozish, xatlarni saralash, foydalanuvchi tanlab oqishi, uztilgan fayllarni saqlash, boshqa manzilga uzatish, yoki avtomatik javob berish imkoniyatlari bor edi.
1972- yildagi tadqiqotlar ARPA (Advanced Research Projects Agency) tarmog`idan foydalanuvchilarning 75 % elektron pochta xizmatidan foydalanib kelishini aniqladi.
1975 -yilda bepul elektron pochta xizmati ARPAnet tarmog`ida paydo bo`ldi. Uning asoschisi Steve Walkerdir. John Vittal birinchi ―MSG‖ elektron pochta tizimini ishlab chiqdi. Bu tizim all-inclusive ―hammasi mavjud‖ rukni ostida yaratilgan.
Bugungi kunga kelib, har bir internet foydalanuvchisining Internetga olib kirgan elektron pochta bo`lib hisoblanadi. Yer yuzida 800 millionga yaqin kishilarga elektron pochta mavjud. Bular uchun 100 000 dan ortiq bepul elektron pochta serverlari xizmat ko`rsatadi. Juda ko`p foydalanuvchilar to`g`ridan – to`gri elektron pochta serverlari bilan ishlaydi. Elektron pochta serverlarining kiruvchi portlarini POP3 (Post Office Protocol Version 3) va chiquvchi portlarini esa SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) deb yuritiladi.
Har bir elektron pochta serverlarining manzillari va portlari mavjud. Quyidagi jadvalda ommabob bo`lganlari haqida ma`lumot keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |