Bog'liq o’quvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarini baholash vositalari va turlari.
1.4-§. Og`zaki , yozma va tеst vositasida bilimlarni nazorat qilish hamda baholashning afzalliklari hamda kamchiliklari.
O`qituvchining kasbiy faoliyati samarasi talabalar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalarda o’z ifodasini topadi. Talabaning mustaqil faoliyati uning erkin fikri asosida mantiqiy tafakkurning qay darajada rivojlangani bilan bog’liq. Bunda: “o’quv-bilish jarayonidagi mustaqillik”, “ta`lim-tarbiya jarayonidagi faollik”, “ijodiy qobiliyatning rivojlanganlik darajasi” talaba bilimini nazorat qilish va baholash texnologiyasining asosiy mezoni hisoblanadi. Bu ko’rsatkich talabani bo’lajak o’qituvchi sifatiga xos bo’lgan shaxsiy va kasbiy xislatlarini ham o’z ichiga qamrab olishi lozim. Demak, talaba shaxs sifatida va bo’lajak o’qituvchi sifatida qay darajada shakllangan hamda uning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarida uzaro uyg’unlik bormi, degan savolga javob talaba faoliyatiga qo’yilgan baho hisoblanadi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash aksariyat hollarda ta`lim jarayoniga xos qaytar aloqa vositasi sifatida qaraladi. Bunda bo’lajak mutaxassisning shaxsiy va kasbiy xislatlari qay darajada shakllanib kelayotganligiga e`tibor berilmaydi. Bu xususiyatlarning nazardan chetda qolishi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga bo’lgan e`tiborsizlikka olib keladi.
Talabalar bilimini nazorat qilish joriy, oraliq va yakuniy turlarga bo’linadi. Nazoratning joriy turi barcha o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlarni undan avval o’zlashtirilgan bilimlar darajasini prognoz qilish bilan bog’liq bo’ladi. O`quvchi yoki talaba dastur talablari asosida har bir mavzuni o’z vaqtida o’zlashtirib bora olishi yoki o’zlashtira olmasligi joriy nazoratda ma`lum bo’ladi. Joriy nazoratning afzalligi ham aynan mana shu joyda ko’rinadi. Demak, joriy nazoratning asosiy vazifasi o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malaka asosida navbatdagi o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlarni ilmiy-uslubiy jihatdan aniqlab borish hisoblanadi.
Ta`limning tizimiylik va izchillik qoidasiga muvofiq, oraliq nazoratda yirik mavzular, boblar yoki modullashtirilgan mavzular to’plamiga oid bilimlar baholanib boriladi.
Har ikkala nazorat turida talabalarning erkin fikr mustaqilligi va faolligiga alohida e`tibor beriladi. Bu jarayonda har bir talaba o’zini o’zi nazorat qilish imkoniyatiga ham ega bo’ladi.
Dasturda belgilangan soatlar (ya`ni rejadagi barcha mavzular) to’liq bajarilib bo’lingach, yakunny nazorat qabul qilinadi.
Yakuniy nazoratda ta`limning ilmiyligi va ta`lim-tarbiyaning birligi printsipiga alohida e`tibor qaratiladi. Talabalar bilimini nazorat qilish va. baholashda B.Blumnnng pedagogik taksonomiyasiga asoslanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda talabaning qay darajada ta`limiy maqsadni qo’ya olishi va unga erishish yo’llari, ya`ni talaba bilimlarini qaysi bosqichga muvofiq kelishi aniq bo’ladi. Shu bilan birga, talabaning intellektual - ijodiy imkoniyatlari, o’quv-metodik tajribalari hamda professional tayyorgarligi xususida prognostik malumotlar olinadi. Bunda asosiy e`tibor talabani mustaqil bilim olish ishlariga, shu asosda, zarur ko’nikma va malakalarning nechog’li shakllanib borayotganligi hamda uni kasb amaliyotida qo’llay olish qobiliyatiga e`tibor qaratiladi. Bular talabaning kasb faoliyatiga qay darajada kirib kelayotganligini baholash texnologiyasi hisoblanadi.
Umumiy o’rta ta`limda o’quvchi faoliyatini baholash va unga muvofiq keluvchi reyting tizimi joriy etilgan.
Oliy ma`lumotli bakalavr o’qituvchi kadrlar tayyorlaydigan DTS talabiga muvofiq ishlab chiqilgan reyting tizimida talabaning bilim sifatini nazorat qilish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
nazorat turlari (joriy, oraliq. yakuniy);
nazorat usullari (og’zaki, yozma, pedagogik test);
• talabaga qo’yilgan bahoni predmet bo’yicha umumiy baho(ball)ga birlashtirish.
Buni "Informatika fanini o’qitishda innovatsion texnologiyalar" fani bo’yicha joriy etilib kelinayotgan reyting ishlanmasi misolida quyidagicha ko’rsatish mumkin: ma`ruza- 26 soat, amaliyot – 36 soat va seminar 10-soat, jami - 72 soat
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Baholashning zamonaviy metodlari va vositalari to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar.
2. Baholashning zamonaviy metodlari va vositalari to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki dastlab talabalarni bilim ko’nikma malakalarni tekshirish, so’nga ularni holisona baholash kerak ekan. Talabalarning bilimlarini nazorat qilish va baholash texnologiyasi yanada takomillashmog’i zarur. Ta`lim-tarbiyaning faol innovatsion noananaviy yo’llarini yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etish, mustaqil fikrlash asosida ijodiylik muammolilikni talab etadi. Bu munosabatga xos motivlar o’z-o’zini baholash va nazorat qilish tizimini yaratishni taqozo etadi.