2. Baholashning zamonaviy metodlari va vositalari. Talaba (yoki oʻquvchi)larning bilimlarini baholash turlari va ularning afzallik hamda kamchiliklari. Baholash – ta`lim jarayonining ma`lum bosqichida, oʻquv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilab qoʻyilgan mezonlar asosida belgilash, oʻlchash, tahlil qilish jarayonidir.
“Qanday?” ierarxik diagrammasi «Qanday?» ierarxik diagrammasi asosida faoliyatni tashkil etish qoidalari:
Vujudga kelgan muammoni sababini aniqlash zarur, ammo ana shu muammoni qanday yoʻllar bilan hal etish mumkin degan savolga javob berishni oʻrganish muhim vazifalardan biridir. «Qanday?» ierarxik diagrammasi ana shunday hollarda samarali natija beradi.
«Qanday?» ierarxik diagrammasi muammo haqida butunligicha umumiy tasavvurga ega boʻlishga imkon beradigan savolarning mantiqiy zanjiri koʻrinishida namoyon boʻladi.
Ketma-ket ravishda «Qanday?» savolini qoʻyish orqali siz faqat muammoni hal etishning barcha imkoniyatlarini tadqiq etibgina qolmay, balki ularni amalga oshirish usullarini ham oʻrganasiz.
Diagramma strategik darajadagi savol bilan ish boshlaydi. Muammoni hal etishning quyi darajasi birinchi navbatdagi harakatlar roʻyxatiga mos boʻladi.
Oʻylamay, baholamay va ularni oʻzaro solishtirmay tezlikda barcha g`oyalarni yozish lozim boʻladi.
Diagramma hech qachon tugallanmaydi: unga yangi g`oyalarni kiritish mumkin boʻladi.
Agarda savol sxemada bir qancha ‘shoxlar’da qaytarilsa, demak u nisbatan muhimdir. U muammoni hal etishning muhim qadami boʻlishi kerak.
Yangi g`oyalarni qanday grafik koʻrinishda qayd etishni oʻzingiz tanlab oling (daraxt, kaskad va b.) Bunda muammo shajarasi koʻz oldingizda namoyon boʻladi.
6. Toʻg`ri mulohaza qilish va xulosalar chiqarish orqali muammoning yechimini topish yengil kechadi.
Besh ballik baholash. Afzalligi - ta`lim oluvchi rag’batlantiriladi; - ta`lim oluvchining faoliyatini tezkor nazorat qilish imkoniyatini beradi; - ta`lim beruvchining vaqti tejaladi; - ta`lim oluvchining yakuniy bilimi baholarning soniga qarab emas, sifatiga qarab baholanadi; - baholash qulay boʻladi; - rasmiylashtirish hujjatlari kam boʻladi.
Kamchiligi- baholashning nisbiyligi; - yozma nutqda xatolarni toʻg’rilash imkoniyatining kamayishi; - baholashning sub`ektivligi.
IOʻM 3-kurs, Baholash mezoni: Maksimal ball - 100 ball. Oʻtish bali - 56 ball ‘A`lo’ - 86 dan 100 gacha (86-100%) “Yaxshi” - 71 dan 85 gacha (71-85) ‘Qoniqarli’ - 56 dan 70 gacha (56-70%) “Qoniqarsiz” - 55% dan past. № Sentyabr Oktyabr Noyabr Dekabr Yanvar Eslatma: 40% dan kam ball toʻplagan talabalar YaN ga qoʻyilmaydi. Yakuniy nazoratga kirish balli - 40 ball. Talabalarning bilimlarini nazorat qilish va baholash texnologiyasi yanadatakomillashmog’i zarur. Ta`lim-tarbiyaning faol innovatsion noananaviy yoʻllarini yaratishva ularni amaliyotga tatbiq etish, mustaqil fikrlash asosida ijodiylik muammolilikni talabetadi. Shunga muvofiq, ta`lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish hamkorlik faoliyatiga,yani ”sub`ekt-sub`ekt” munosabatiga asoslanadi. Bu munosabatga xos motivlar oʻz-oʻzinibaholash va nazorat qilish tizimini yaratishni taqozo etadi.