Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti
“Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxassisligi magistranti
Mirzaaxmedov Muhammadboburning “Informatika kursini o‘qitishda ta’lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalar” mavzusida bajarilgan dissertatsiya ishiga
T A Q R I Z
Ta’lim jarayoniga kirib kelayotgan turli innavatsion texnologiyalar fanlarni zamonaviy usullarda o’qitishga xizmat qilmoqda. Bilim oluvchilarni mashg’ulotlarni oson o’zlashtirishlariga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Informatika kursini o‘qitishning zamonaviy usullari bo‘yicha ko‘plab ishlar olib borilgan, amalda tadbiq qilinib taraqqiy etib kelmoqda. Asosiy maqsad o‘quvchilarni informatika kursi bo’yicha bilimlarini oshirish va ularda ishlash ko’nikmalarini o‘rgatishdan iboratdir.
Magistrant Mirzaaxmedov Muhammadboburning “Informatika kursini o‘qitishda ta’lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalar” mavzusidagi dissertatsiya ishi informatika kursini zamonaviy texnologiyalar asosida o’qitishga yo’naltirilgan.
Magistrlik dissertatsiya ishi o‘quvchilarga axborot texnologiyalar imkoniyatlari, ishlash prinsiplari va mashg’ulotlarga qo’llanish jarayonlarini taqdim etadi. O‘qituvchi bilan xamkorlikda ishlashni, yuzaga kelgan turli muammolarni zamonaviy texnologiyalar yordamida qanday qilib hal etish mumkinligini ko‘rsatadi.
Mirzaaxmedov Muhammadboburning dissertatsiya ishi qisqacha kirish qismiga ega bo‘lib, unda foydalanilgan zamonaviy usullar bayon etilgan va o‘qitish jarayonini samaradorligini oshirish namunalari keltirilgan. Har bir o‘qitish metodini qulayliklari, foydali tomonlari ko‘rsatib o‘tilgan. Dissertatsiya ishida ko‘rsatilgan va foydalanilgan zamonaviy o‘qitish metodlari, o’qitishning texnik va dasturiy ta’minoti informatika kursini o‘qitishning muammolarini hal etish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan. Kelgusida ushbu dissertatsiya ishidan informatika kursini dars mashg’ilotlarini o‘qitish uchun amaliy va nazariy yordam beradigan qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin. Delphi dasturlash tili, Ispring, Hotpotatos, MacromediaFlash, Macromedia Dreamweaver, Adobe Photoshop7 kabi dasturiy vositalar yordamida umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilari uchun multimediyali elektron darslik yaratgan.
Mirzaaxmedov Muhammadboburning ilmiy faoliyati davomida o‘z ishini mustaqil ravishda bajargan. Magistrlik dissertatsiya ishini amaldagi Nizom talablariga javob berishini hisobga olgan holda ushbu magistrlik dissertatsiya ishini Davlat Attestatsiya hay’atida ochiq himoyaga tavsiya qilaman.
Pedagogika fanlari nomzodi: A.Medatov
Do'stlaringiz bilan baham: |